2-мавзу. Жаҳон иқтисодиётини глобаллашуви концепцияларининг шаклланиши, ривожланиш босқичлари ва йўналишлари


Download 0.84 Mb.
Sana19.11.2019
Hajmi0.84 Mb.

2-мавзу. Жаҳон иқтисодиётини глобаллашуви концепцияларининг шаклланиши, ривожланиш босқичлари ва йўналишлари


Globalashuvning asosiy jihatlari

1950-2018 yillardan globallashuv haqidagi ilmiy nazariyalarni rivojlanish bosqichlari


Asosiy mualliflar:

Ta'rifning xususiyatlari:

Globallashuv nazariyasi:

 

1- bosqich (1950-1990 yillar)

R.Robertson, M.Uoters, G. Terborn, A. Zinovyev, I. Vallershteyn, D.Meyer, N. Luman

Globallashuv jarayoni tarixiy jarayon sifatida qaraladi. Globallashuvning hayotning muayyan sohalarida namoyishi. Bu hodisani keng qamrovli yoritib bermaydigan bir qator ta'riflar taklif etiladi. Ba'zi tadqiqotchilar globallashuvni ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish natijasi deb hisoblashadi.

I. Vallershteynning “Jahon tizimli tahlili” nazariyasi (1974). D.Meyer tomonidan jahon iqtisodiyotini tizimli rivojlanishida davlat siyosatining o’rni tahlili (1987),. I. Vallershteynning "Zamonaviy jamiyatning global tasvirlash" nazariyasi (1984).

N. Luman ijtimoiy jarayonlarga global yondashish g’oyasi

(1970-1980). R.Robertsonning “Glokalizasiya (globallashish + mahalliylashtirish)” nazariyasi (1990)


 

2-bosqich (1990-2000 yillar)

I.Vallerstrein, G. Terborn, M. Archer, R. Robertson, M. Fezerstoun, A. Appadurai, B. Terner, A. Zinoviev, N.S. Mironenko

G’oyalar iqtisodiy asosga ega.

Ijtimoiy hayot turli sohalarining kompleks globallashuvi

 


G. Terborn "Globallashuv to'lqinlari" (2000), A.Zinovyev g’oyasiga binoan globallashuvni jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan ulkan jarayonligi (2000-yillar).

N.S. Mironenkoning “Jahon iqtisodiyotining rivojlanishining globallashish modeli” (1990 yillar)



 

3-bosqich (2000- hozirgi davr)

M.Castels, L.Y. Grinin, R.Robertson

 

Globallashuv jarayonini hayotning barcha jabhalarini murakkab o'zaro ta'sirida ko'rib chiqish, globallashuvning kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarini bashorat qilish.

Jahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiyalashuvi jarayoni.

 


Globallashuvning madaniy jihatlariga va ommaviy axborot vositalarining faoliyati natijasida yaratilgan ijtimoiy jarayonlarning global xususiyatiga oid jamoaviy (ijtimoiy) g'oyalarning ahamiyatiga e'tibor qaratgan R. Robertson nazariyasi (2003).

Kontseptsiyadan qochishga urinishlar. A.D. Borodayevskiy 2010 yilgi maqolasida "siamizatsiya" atamasini kiritdi.

 


 

Globallashuvning nazariy asoslari

Ko'plab tadqiqotchilar "globallashuv" atamasining noaniqligini qayd etadi. Tarixchilar bunday jarayonni kapitalizmning rivojlanish bosqichlaridan biri deb bilishadi. Iqtisodchilar globallashuv jarayonlarini moliya bozorlarni transmilliylashuvi bilan bog’lashadi. Siyosatshunoslar globallashuvni demokratik institutlarning tarqalishi bilan bog’lashadi. Madaniyatshunoslar globallashuvning namoyon bo’lishini madaniyatning g'arbiylashuvi, shu jumladan, Amerika iqtisodiy rivojlanishi bilan birlashtiradi. Ushbu tushunchni turlich tariflash globallashuv jarayonini murakkabligi va beqarorligi bilan bog’liq.

Globallashuvning nazariy asoslari

Globallashuvga bag’ishlangan minglab monografiya, tadqiqot ishlari va ma'ruzalar, konferentsiya materiallari mavjud. Ushbu kontseptsiyani aniqlashda R. Robertson, I.Volershteyn, E. Giddens, M.Castells, V.Bek, J.Soros, K.Popper, A.Utkin asarlari katta ahamiyatga ega.

Globallashuvning nazariy asoslari

Globallashuv kontseptsiyasi ilk bora Buyuk geografik kashfiyotlar davriga nisbatan qo'llanilishi mumkin edi, chunki aloqa vositalarini (birinchi navbatda dengiz transporti) rivojlantirish xalqaro almashinuv uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi. Amerikalik tadqiqotchilar R.Robertson va M.Uoters globallashishning uzoq tarixiy jarayon ekanligiga ishonishadi va uning boshlanishi 15 va 16 asrlarga to'g'ri keladi deb hisoblashadi.

Globallashuvning nazariy asoslari


G.Terborn globallashuvning oltita "to'lqinlari" bir-biridan farqlaydi. Ushbu to’lqinlarning birinchisi III-VII asrlarda jahon dinlarining kengayishi bilan bo’liq.

Oksford inglizcha lug'atiga ko'ra, "globallashuv" so'zi ilk bor 1952 yilda "Yangi ta'lim" nashrida ta'lim sohasida to'plangan tajribani umumiy nuqtai nazarini ifodalash uchun ishlatilgan.


Immanuil Moris Vallerstayn

1970-yillarning mashhur Amerikalik sotsiologi Immanuil Moris Vallerstayn zamonaviy jamiyatning globalistik tasavurini yaratdi. U insoniyatni bir-biriga bog'liq jamiyat sifatida tushuntiradi. Bunday umuminsoniy yondashuv jahonga tizimili yondashuv nazariyasini sivilizatsiya nazariyasidan ajratib turadi. Sivilizatsiya nazariyasida jahon hamjamiyati mintaqalarga ajratilib o’riganiladi. I.Vallerstayn nazariyasiga binoan insoniyat doimo globallashuvga intiladi. Uning nazariyasi, iqtisodiy jarayonlarga emas, balki insonlarning ijtimoiy hayotida global jarayonlarga asoslangan.

Globallashuvning nazariy asoslari

"Globallashuv" atamasi iqtisodchilar va sotsiologlar ilmiy ishlarida XX asrning 60-yillaridan boshlab ishlatilgan. Tilshunoslarning fikriga ko'ra bu atama 1983 yilda muomalaga kiritilgan. Globallashuv tushunchasi ilk bor T.Levittning 1983 yilda “Garvard Business Review” jurnalida chop etgan maqolasida qo’llanilgan. Unda globallashuv "yirik xalqaro kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni birlashtiruvchi hodisa" sifatida belgilandi. Ushbu ta'rifda iqtisodiy tizimdagi global o'zgarishlarga e'tibor qaratilgan.

Globallashuvning nazariy asoslari

1997 yilda Jahon valyuta fondining elektron nashrlarida "globallashuv" ning quyidagi ta'rifi taklif qilindi: "bu jarayonda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarning takror ishlab chiqarishida tashqi omillarning (iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy) o’rnini o’sib borishi, milliy to'siqlarsiz yagona jahon bozorini shaklanishi va barcha mamlakatlar uchun umumiy huquqiy sharoit yaratilishi". Ushbu ta'rif keng qamrovli bo'lib, globallashuvning hamma sohalarini qamrab oladi.


Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globalashuvi jarayonlari

Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globalashuvi quyidagi jarayonlarda namoyon bo’ladi

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlari natijalari

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlari natijalari

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlari natijalari


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling