2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi
Download 59.36 Kb.
|
2-mavzu k.p. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Rangli assotsativ test metodlari haqida tushuncha Tayanch so`z va tushunchalar
- Longityud metodi
2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: 1.Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi 2. Metodlarni qo`llash sohasi, metodlardan foydalanishni shakllantirish 3.Genetik metodlar, praksimetrik metodlar, eksperimental metodlar 4.Rangli assotsativ test metodlari haqida tushuncha Tayanch so`z va tushunchalar: Tadqiqiy metodlar, longityud, kesimli, interpretasion metodlar, sub`ektiv metodlar, ob`ektiv metodlar. Kasb psixologiyasi fanida quyidagi tadqiqot metodlarining tasnifidan foydalaniladi. Tadqiqiy metodlar (usullar)-bu psixikaning xususiyatlari, qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi yangi ob`ektiv bilimlar olishga yo`naltirilgan maxsus tarzda tashkil topgan faoliyat usullaridir. Sub`ektiv yangi bilimlar (dalillar, baholar, ko`rsatkichlar, belgilar, psixologik yordam, maslahat, korreksiya uchun muhim) omillarga qaratilgan psixologiya usullarini umumiy, pragmatik usulublar deb ataladi. Kasb psixologiyasi metodlari asosan ikkita metodologik tamoyillarga asoslanadi: Sub`ektiv tamoyil-o`zini o`zgartirishga qaratilgan kasbiy shakllanishga erishishni ta`minlovchi tamoyil. Ob`ektiv tamoyil - psixik hodisalarni tashqi tomonlama anglashning turli tadqiqiy vositalari orqali kasbiy shakllanish belgilarini o`rganishni nazarda tutuvchi tamoyil.Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud: 1. Longityud; 2. Kesimli. Longityud metodi – ma`lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga ko`ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o`rganishni nazarda tutadi. Kesimli metod - ma`lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan o`tayotgalarning ko`p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. Kesimli tadqiqotlarni o`tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo`llaniladi. Longityud metodi-kasbiy shakllanishda individual yo`lni o`rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro` orttirishi uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Psixologiyada qo`llaniladigan tadqiqot usullari kelib chiqishiga ko`ra umumpsixologik ko`rinishga ega, lekin spesifik xususiyatiga ega emas. Kasb psixologiyasi yosh psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o`z navbatida shakllanib bo`lgan metodlarni o`zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qo`llash o`ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo`llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko`rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda, tadqiqot metodlarining to`liq tasnifi mavjud emas. Ko`pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada ma`lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ro`yxati beriladi. Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi: 1.Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya`ni tashkiliy metodlar. 2.Dalillar to`plash, ilmiy ma`lumotlar olishga qaratilgan empirik metodlar(usullar). 3. Ma`lumotlarni qayta ishlash usullari. 4.Interpretasion metodlar (usullar). Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi: 1. Sub`ektiv metodlar (o`zini o`zi kuzatish); 2. Ob`ektiv metodlar (kuzatishning har xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, so`rovnomalar). Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini (klassifikasiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini sanab o`tish bilan chegaralanadilar. Bu esa o`z navbatida aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko`pligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, o`lchash, tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: Download 59.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling