2-Mavzu: Kasbiy kompetentlikning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni
Bunda o‘qituvchining faoliyati quyidagilarda o‘z ifodasini topadi
Download 21.92 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-mavzu
Bunda o‘qituvchining faoliyati quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:o‘z-o‘zini rivojlantirish; o‘quv faoliyatini ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etish; o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning qaror topishiga zamin yaratish; o‘quv faoliyatining o‘quvchilar ichki motiviga asoslangan izlanuvchanlik yo‘nalishining kasb etishini ta’minlash va boshqalar. Pedagogik faoliyat o‘quvchilarga uch xil pedagogik ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi: nimani o‘qitish, kimni o‘qitish va qanday o‘qitish? Demak, mohir o‘qituvchi o‘quv predmetidan material tanlash va uni guruhlarga ajratish uquvini oshirishi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlari, ta’limning umumiy maqsadlarini amalga oshirib, o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatishning shakl, usul va metodlarini oqilona tanlashi va qo‘llashi lozim. Tabiiyki, mohir o‘qituvchi o‘zining shaxsiy faoliyatini o‘zi tahlil qilib boradi. Faoliyati davomida o‘quvchilar va o‘zining shaxsiy mehnati hamda sarflangan vaqtini hisobga olish, ishdagi kamchiliklar mavjud joylarni ko‘ra bilish va ularni bartaraf etish yo‘llarini tanlash, o‘z tajribasini va hamkasblarining ishlarini tahlil qilish o‘ta muhim. Agar pedagogik faoliyatning barcha sanab o‘tilgan tarkibiy qismlari mavjud bo‘lsa, u holda uni psixologik jihatdan to‘la va yetuk, deb hisoblash mumkin. Pedagogik kompetentlikni rivojlantirish uchun faoliyat davomida pedagogik vazifa va maqsadlarni qo‘yish, uni o‘zgartirish, pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va klassifikatsiyalash, qaror qabul qilish, pedagogik tafakkur va pedagogik intuitsiya, tahlil etish, baholash, o‘zini-o‘zi tuzatish, pedagogik refleksiya va boshqalar kabi muhim kasbiy sifatlar mujassamlanadi. Pedagogik kompetentlikni rivojlantirish bevosita uning faoliyatida ro‘y beradigan o‘zgarishlar, motivlar, maqsadlar, yangi vositalarni qo‘llash, usullar hamda faoliyat dasturi bilan bog‘lik holda kechadi. Turli pedagogik o‘zgarishlar asosida o‘qituvchi faoliyati shakllanadi. Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg‘ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga kam kuch sarflab, ko‘prok natijalarga erishish imkonini beradi. Pedagogik mahorat va kompetentlik o‘qituvchidan odatdan tashqari kuch-g‘ayrat, qat’iyat, tirishqoqlik, tadqiqotlarni olib borishga intilish, yangi vaziyat, yangi jamoaga moslashuvchanlik, samimiyat, to‘g‘rilik va halollik, o‘tkir aql-idrok, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi. Kelajagi buyuk bo‘lgan mustaqil, demokratik, huquqiy davlatni barpo etish ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan pok qilib tarbiyalangan yoshlar qo‘lida bo‘ladi. Shunday ekan, yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy va ma’naviy sohada quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlanadi: insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlik; milliy-istiqlol g‘oyasiga sodiqlik; ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash; qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklar, adabiyot va san’atni bilish hamda ko‘paytirish; hurfikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish; ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish; xalqimizning milliy, tarixiy va madaniy an’analari, ma’naviy tajribasini ta’lim va tarbiya tizimiga uzviy ravishda kiritish; ijodning barcha turlarini rivojlantirish. Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning mazmuni erkin, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilganligidir. Bu jarayonda “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatini o‘zgartirish talab etiladi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi lozim. Demak, o‘qituvchiga qo‘yiladigan yana bir muhim talab, yangi pedagogik texnologiyalarni chuqur tushunib yetish va bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iborat. Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Demak, hozirgi kunda ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini tashkil etish, ularni Vatanga sadoqatli, yovuz g‘oyalardan xoli, bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, erkin fikrli, ongli, barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Shunday qilib, davlatimiz tomonidan ta’lim sohasiga qo‘yilayotgan vazifalarni bajarishda pedagogik kompetentlikni rivojlantirish pedagogik va psixologik qonuniyatlarga tayangan holda turli shakl va metodlar orqali, maxsus didaktik tamoyillarni qo‘llash asosida tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va jamiyat talabidan kelib chiqib, bugungi kunda o‘quvchi faoliyati o‘quv jarayonida bilimlarni o‘rganish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish asosida tashkil qilinsa, o‘qituvchi faoliyati pedagogik vazifa- larni qo‘yish, maqsadga erishish, faoliyat predmeti, vositalarini aniqlash, ularni bajarish usullarini oqilona tanlash, o‘quvchi faoliyati- ni boshqarish, ilg‘or o‘zaro hamkorlikka asoslangan ta’lim-tarbiyani tashkil qilish natijasida amalga oshadi. Download 21.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling