2-Mavzu: Kichik lirik janrlar sharhi: ruboiy, tuyuq va fardlar Reja


Download 89 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi89 Kb.
#1583483
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

xosiy ruboiy yoki ruboiyi xosa (qofiyalanishi: a-a, b-a):

Sen borg‘ali ortmish ko‘ngul zorlig‘i,
Oh o‘qlaridin har nafas afgorlig‘i.
Bilman unutulg‘anmu ekandur manga hajr,
Yo ko‘prak erur bu qatla dushvorlig‘i.

  1. taronayi ruboiy yoki ruboiya (qofiyalanishi: a-a, a-a):

Ollimda tabibi chorasozim ham yo‘q,
Yonimda rafiqi dilnavozim ham yo‘q.
Tegramda anisi jongudozim ham yo‘q,
Boshimda shahi bandanavozim ham yo‘q.
Ruboiy muayyan kompozitsiyaga ega bo’lib, unda mumtoz ruboiy talablariga ko‘ra, to‘rt unsur mavjud bo‘ladi. Mazkur unsurlar to‘rt misrada aytilmoqchi bo‘lgan falsafiy, axloqiy yoki didaktik fikrning ma'lum bir yaxlitlikka erishishini ta'minlaydi. Shu ma'noda to‘rt misrani quyidagi unsurlarga taqsimlash mumkin:

  1. tezis – unda ruboiyda aytilmoqchi bo‘lgan fikr, boshqacha aytganda ruboiy mavzusi bayon qilingan bo‘ladi;

  2. antitezis – bunda birinchi misraga qarama-qarshi fikr aytiladi;

  3. moddai ruboiy – to‘rtinchi misrada aytilmoqchi bo‘lgan fikr uchun ko‘prik vazifasini o‘taydi;

  4. sintez – xulosa.

Lekin bu unsurlarning doimiy mavjud bo‘lish talabi nisbiy bo‘lib, ko‘pincha tezis va antitezisning o‘rniga faqat moddai ruboiy va sintezning qo‘llanilganligini kuzatish mumkin. Yuqorida keltirilgan ruboiyda ham oshiq kechinmalari, asosan, moddai ruboiy tarzida berilgan.
Ruboiy o‘ziga xos maxsus vaznda yoziladi. Bu hazaj bahrining axrab va axram shajarasidir. Bu haqda Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida Shunday yozadi:
Ruboiy vaznikim, oni “dubaytiy” va “tarona” ham derlar, hazaj bahrining “axram” va “axrab”idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xushoyanda va vaznedur bag‘oyat raboyanda”. Hazaj bahrining axrab shajarasi 12 vaznni, axram shajarasi yana 12 vaznni o‘z ichiga oladi va ushbu jami 24 vazn ruboiy vaznlari hisoblanadi. Ruboiyning she'riy o‘lchovi bilan bog‘liq muhim xususiyat Shundaki, boshqa she'riy janrlardan farqli o‘laroq ruboiyning to‘rt misrasi mazkur shajaralarga mansub 4 vaznda yozilishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi 45-ruboiyni taqti'i bilan birga ko‘rsak:
Olam bor emish, Navoiyyo sho‘rangiz,
– – V / V – V – / V – – – / ~
Olamdagi el boshtin ayog‘ rangomiz.
– – V/ V – – V / V – – – / ~
Ishq istar emish seni adam Misri sari,
– – V / V – V – /V – – V / V –
Borg‘ilki, erur el tilagan yerda aziz.
– – V / V – – V / V – – V / V ~
Yuqoridagi chizmadan ma'lum bo‘lyaptiki, mazkur ruboiyning har bir misrasi alohida vaznda yozilgan ekan.
Navoiy ruboiylarining mavzu ko‘lami keng bo‘lib, ular ishqiy, ijtimoiy, shoir hayotiga aloqador bo‘lgan hijron mavzusi va boshqalardan iborat. Biroq ruboiy janri talablaridan kelib chiqilsa, ruboiy qaysi mavzuda bo‘lishidan qat’i nazar, avvalo, u falsafiy mohiyatga ega bo‘lishi zarur. Shu ma’noda Navoiy ruboiylarida jamiyat hayotidagi muhim masalalar badiiy-falsafiy talqin etiladi. Ruboiylarning muayyan qismida shoir o‘z hayotidagi konkret voqealarga murojaat qiladi. Biroq shoir voqelikning o‘zini emas, balki Shu konkret voqelik b-n bog‘liqholda o‘zining umumlashma fikrlarini – tiriklikka, olam va odamga, jamiyatga munosabatini badiiy obraz va xilma-xil detallar yordamida badiiy aks ettiradi. SHoirning 1465 yilgacha bo‘lgan davrda yozil­gan (bu ruboiy “Ilk devon”da uchraydi) va o‘z sharhi holidek yangraydigan quyidagi ruboiysida (77-ruboiy) ham falsafiy mazmun ustuvor:
Yo‘q dahrda bir besar u somon mendek,
Oz holig‘a sargashtavu hayron mendek.
G‘am ko‘yida xonumoni vayron mendek,
Ya’niki, aloxon-u alomon mendek.
Alisher Navoiy turkiy adabiyotda birinchi bo‘lib taronai ruboiy janrida ijod qildi (“Xazoyin ul-maoniy”dagi 133 ta ruboiydan 116 tasi taronayi ruboiy hisoblanadi), ruboiy janrining mavzu doirasini kengaytirib, ma’rifiy mazmun bilan boyitdi, falsafiy mohiyatini kuchaytirdi – hayotiy masala va muammolarga bog‘lab hayotga yaqinlashtirdi, ruboiyni turkiy she’riyatda g‘azal kabi faol janr darajasiga olib chiqdi.
Muammo (ar. “ko‘r qilingan”, “berkitilgan”) – bir, ba'zan esa ikki baytdan iborat mustaqil she'r bo‘lib, a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Muammoda biror ism yoki narsa-buyum nomi berkitiladi. Berkitilgan so‘z shoirning turli-tuman ishoralari: ma'nodosh yoki shakldosh so‘zlarni topish, bir tildagi so‘zning ikkinchi bir tildagi muodili (ekvivalenti)ni qo‘llash, so‘zlardagi ma'lum bir harflarni tizib, yangi so‘z yasash, ba'zan esa abjad hisobini ishlatib, raqamlar asosida so‘z tuzish va boshqalar asosida topiladi. Muammoni yechish uchun dastavval asosiy e'tiborni matnda ishora qilingan kalit so‘zga qaratish lozim bo‘ladi.
Turkiy adabiyotda muammo janri Alisher Navoiy ijodidan boshlangan. Uning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida 52 ta muammo mavjud bo‘lib, ularning barchasi kulliyotdagi ikkinchi devon “Navodir ush-shabob”ga kiritilgan. Alisher Navoiy muammolari asosan bir baytli bo‘lib, faqat “Qosim” va “Zahir” ismlariga bitilgan muammolar 2 baytdan iborat.
Navoiyning ba'zi muammolarini ko‘rib chiqsak:

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling