2-mavzu: Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari Kirish. Tarmoqlar – maqsad va vazifalar Ma’lumotlarni uzatish. Tarmoq turlari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/35
Sana09.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#255843
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
2-мавзу.Компьютер тармоқлари ва турлари

Radiokanal 

 

Axborotni uzatish uchun radioto‘lqinlardan foydalaniladi, shuning uchun o‘nlab, yuzlab va minglab 




kilometrlarga aloqa ta’minot mumkin. Uzatish tezligi sekundiga o‘nlab megaitga yetishi mumkin (bu yerda 

tanlangan  to‘lqin  uzunligi  va  kodlash  usuliga  bog‘liq).  Ammo  lokal  tarmoqlarda  qabul  qiluvchi  va 

uzatuvchi qurilmalarning narxlari ancha yuqori bo‘lgani uchun, shovqinlardan himоyalаnishi past bo‘lgani 

uchun,  uzatiladigan  axborotlarni  to‘liq  maxfiyligi  bo‘lgani  uchun  va  aloqani  kam  ishonchliligi  bo‘lgani 

uchun radiokanal keng tarqalganmagan. 

Global tarmoqlar uchun radiokanal – bu ko‘pincha yagona hal etish imkoniyati, chunki yer yo‘ldosh – 

retranslyator  yordamida  nisbatan  oson  butun  dunyo  bilan  аlоqаni ta’minlay  oladi.  Bir  birovidan  uzоqda 

joylashgan ikki va ko‘proq lokal tarmoqlarni bir tarmoqga aylantirib aloqa uchun radiokanal ishlatiladi. 

Axborotni radiouzatishda bir nechta standart turlari mavjud. Ularning ikkitasida to‘xtaymiz. 

 Tor  spektorda  uzatish  (yoki  bir  chastotali  uzatish)  46500  kv.m.gacha  bo‘lgan  maydonni  qamrab 



olishiga hisoblangan. Bunda radiosignal metali va temirbetonli to‘siqlardan o‘ta olmaydi, shuning uchun 

bir  bino  miqiyosida  ham  aloqa  qilishda  jiddiy  muammolar  bo‘lishi  mumkin.  Aloqa  nisbatan  sekin  (4.8 

Mbit/c atrofida). 

 Tarqlagan spektrda uzatish bir chastotali uzatishlar kamchiliklarni yopish uchun kanallarga bo‘lingan 



ma’lum bir chastotalar polosasidan foydalanishni nazarda tutadi. Tarmoqning barcha abonentlari ma’lum 

bir  vaqt  oralig‘ida  sinxrom  ravishda  keyingi  kanalga  o‘tishadi.  Maxfiyligini  oshirish  uchun  axborotni 

maxsus kodlash ishlatiladi. Bunda uzatish tezligi yuqori emas – 2 Mbit/s dan oshmaydi. Оchiq maydonda 

abonentlar orasidagi masofa 3.2 km dan kamroq va bino ichida 120 m dan kamroq. 

Yuqorida ko‘rsatilgan turlardan tashqari, boshqa radiokanallar ham bor. Masalan uyali tarmoqlar, ular  

uyali  telefon  tarmoqlari  bo‘lib  o‘sha  prinsiplarda  quriladi  (ular  maydon  bo‘yicha  bir  tekisda  tarqalgan 

retranslyatorlarni ishlatadi), shuningdek, yer ustidagi ob’yektlar orasida tor yo‘naltirilgan uzatishlarni yoki 

yer yo‘ldoshi va yer stansiyalari orasida ishlatadigan mikro to‘lqinli tarmoqlar. 

Infraqizil  kаnаl  ham  ulanadigan  simlarni  talab  qilmaydi,  chunki  aloqa  uchun  infraqizil  nurlarni 

ishlatadi  (xudi  o‘ydagi  telivizorni  masofadan  pult  orqali  boshqaradiganga  o‘xshash).  Radiokanalga 

qaraganda  uning  asosiy  ustunligi  –  elektormagnit  to‘siqlarining  sezmasligi,  masalan,  ishlab  chiqarish 

sharoitlarida uning qo‘llanishi mumkin. To‘g‘ri, bunda uzatish quvvati ancha yuqori bo‘lishi kerak, chunki 

boshqa  hech  qanday  issiklik  (infraqizilli)  nurlar  manbalari  ta’sir  ko‘rsatmasligi  uchun.  Infraqizil  aloqa 

xavoning yuqori changlanishi sharoitida ham yomon ishlaydi. 

Infraqizil kanali bo‘yicha axborotni uzatish eng yuqori tezligi 5-10 Mbit/s dan oshmaydi. Radiokanalga 

o‘xshab  uzatiladigan  axborotning  maxfiyligiga  erishib  bo‘lmaydi.  Radiokanalga  o‘xshab  ancha  qimmat 

uzatuvchi va qabul qiliuvchi stansiyalar kerak bo‘ladi. Bularning hammasi infraqizil kanallari kamdan kam 

ishlatishga olib keladi.  

Infraqizil kanallar ikki guruhga bo‘linadi: 

 



To‘g‘ri  ko‘rinishli  kanallar,  -  uzatuvchidan  qabul  qiluvchiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  keladigan 

nurlarda  aloqa  аmаlgа  oshiriladi.  Bunday  aloqa  tarmoq  kompyuterlari  oralig‘ida  faqat  to‘siqlar 

bo‘lmaganda bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri ko‘rinishli kanalning uzunligi bir necha kilometrga yetishi 

mumkin.  

 Tarqalgangan  nurlarda  ishlaydigan  kanallar  –  devorlardan,  potoloklardan,  pollardan  va 



boshqa to‘siqlardan qaytarilgan signallarda ishlaydigan kаnаllar. Bu holatda to‘siqlar uncha xavfli 

emas, lekin aloqa faqat bir xona ichida аmаlgа oshiriladi.  

Agar  mumkin  bo‘lgan  topologiyalar  to‘g‘risida  gap  ketsa,  ko‘proq  tabiiyki,  hamma  simsiz 

aloqa kanallari “shina” turidagi topologiyasi uchun to‘g‘ri keladi, bunda axborot bir vaqtda xamma 

abonentlarga  uzatiladi.  Ammo  tor  yo‘nal-tirilgan  uzatishni  tashkil  qilishda  xar  qanday  TOPI  ni 

аmаlgа  oshirish  mumkin  (halqa,  yulduz,  kombinatsiyalangan  topologiyalar)  radioto‘lqinlarida 

xam, va infraqizil kanalida xam.  

 Lokal tarmoqlar topologiyalari xususiyatlarning ko‘zdan kechirib chiqishni tamomlarkanmiz, 

belgilab o‘tish kerakki, tarmoq turini tanlashda topologiya bar bir asosiy  omil emas. Undanam, 

muhimrog‘i,  masalan,  tarmoqning  standartlashtirish  darajasi,  almashuv  tezligi,  abonentlar  soni, 

asbob-uskunalar  narxi,  tanlangan  dasturiy  ta’minot.  Lekin  boshqa  tomondan  qaraganda  ba’zi 

tarmoqlar  har  xil  darajada  har  xil  topologiyalarni  ishlatishga  imkon  yaratadi.  Bu  tanlash  endi 

foydalanuvchi zimmasida yotadi, u yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limdagi topologiyalar xususiyatlarini 

hisobga olish kerak. 

 

 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling