2-mavzu. Kompyuter tashkil etilishi va klassifikatsiyasi


Download 31.47 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi31.47 Kb.
#1627650
1   2   3
Meynfreymlar.
Meynfreymlar (mainframe) – yuqori xajmli tezkor xotira va katta sig’imli vinchester(lar) ga ega, xisoblash tezligi yuqori bo’lgan xisoblash mashinasi. Ular bir vaqtning o’zida ko’plab vazifalarni uzoq vaqt uzluksiz bajarishi mumkin. Ularning asosiy ishlatilish doirasi komertsiya tashkilotlari va ilmiy tekshirish ishlari bilan shug’illanuvchi tashkilotlar.
Bu turdagi kompyuterlar ustida olib borilgan ilmiy ishlar shu narsani ko’rsatadiki, global massivlar bilan ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarida meynfreymlarlardan foydalanish oddiy personal kompyuterlarni ishlatilgan xolatga solishtirilganda iqtisodiy jixatdan ma’qul xisoblanadi. Meynfreymlar zamonaviy kompyuterlarni deyarli barcha ko’rsatkichlari bo’yicha ortda qoldiradi.
Yana shuni aloxida nazarda tutish kerakki bu qurilmalarni va ular qayta ishlayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi yuqori. Meynfreymlardagi qo’shimcha resurslar ulardagi majud qurilmalarni ishini to’xtatmasidan qurilmalarni almashtirish imkoniyatini beradi. Protsessorlarining yuklanganlik darajasi umumiy qiymatiga nisbatan 85 % yuqoriga osonlik bilan chiqarish mumkin. Bunday qurilmalarni yaqin yaqingacha tarmoq interfesi orqali boqarilgan bo’lsa xozirda terminallar qatori bilan boshqarilmoqda. Meynfreymlarlarni ishlab chiqarishda IBM kompaniyasi xozirgi kunda etakchilik qilmoqda .
Meynfreymlarning ishonchlilik darajasi yuqoriligi deyarli 60 yillik yuksalish amaliyotga ega ekanligidir. Meynfreymlar ko’plab apparat va dasturiy vositalar bilan bog’liq bo’lgan xatoliklarni bartaraf qilib(biri o’rniga ikkinchi resursni ishlatish va x.o) ishlash imkoniyatiga ega.
Meynfreymlar uchun xos bo’lgan xususiyatlar quydagilar:

  • Markaziy protsessorni va boshqa elementlarni apparatni o’chirmasdan va xisoblashlarni to’xtatmasdan almashtirish imkoniyati, qo’shima protsessorlarning mavjudligi.

  • Meynfreymlar ishlatilayotgan malumotlarning saqlaninshi kafolatlanadi, ular ustida ammlarni bajarish vaqtidagi xatoliklar avtomatik tarzda to’g’rilanadi. Ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtida yuz bergan xatoliklar ma’lumotlarni buzilishiga olib kelmaydi. Ma’lumotlarni saqlanishi RAID-massiv (eerkalno’y) bo’lganligi sababli ularni buzilishidan saqlaniladi.

  • Meynfreymlarlar ni yuklanganlik darajasini 80-95 % gacha ko’tarish mumkin.

  • Ularning kiritish/chiqarish qurilmalari kiritish/chiqarish amallarni yuqori yuklanganlik darajasida ishlashga moslashtirilgan.

  • Ma’lumotlarni olish: ular bitta serverda joylashgan bo’lganligi uchun turli joylardan ma’lumotlarni yig’ish kerak bo’lmaydi va ularni saqlab turish uchun diskdan qo’shimcha joy talab qilinmaydi.

  • Serverlarni ishlatish uchun uncha ko’p bo’lmagan serverlar va oddiy dasturiy ta’minot talab qilinadi. Ularning barchasini yig’indisi yuqori tezlik va effekt bilan ishlash imkoniyatini beradi.

  • Disklardagi kiritish/chiqarish tezligi protsessorlarni yuqori darajada yuklangaligi ta’minlash uchun etarli.



Superkompyuterlar (klasterli arxitekturaga ega).
Superkompyuterlar – o’zinining texnik sifatlari bo’yicha ko’plab kompyuterlardan yuqori turadi. Odatda zamonaviy Superkompyuterlar yuqori ishlab chiqarish darajasigi ega bo’lgan bir necha server kompyuterlarning yig’indisi bo’lib, ular bir biri bilan yuqori tezlikka ega bo’lgan lokal magistral bilan ulangan bo’ladi. Ulardagi vazifalarni bajarilishi paralellashtirish printsipiga asoslanadi, shuning uchun ko’plab Superkompyuterlar klaster arxatekturaga ega.
Klaster bu parallelel yoki bo’lingan sistemaning bir ko’rinishi bo’lib u o’zaro bog’langan bir nechta kompyuterlardan tashkil topadi va ular umumlashgan bitta koatta kompyuter sifatida ishlatiladi.
Klasterdani tashkil qilgan kompyuterlar bir xil tipdagi kompyuterlar bo’lishi shart emas. Ular ma’lum bir joyga yigilgan yoki masofalarga chachilgan bo’lishi mamkin. Ba’zin global tarmoq orqali ulangan bo’lishi mumkin. Superkompyuterlarni tashkil qiluvchi kompyuterlar aloxida klasterladan tashkil bo’lganligi uchun ularni aloxida aloxida remont uchun to’xtatish va biron bir qismini almashtirish mumkin. Bunda superkompyuterning ishida to’xtilish kuzatilmaydi.
Apparat qismi yoki dasturiy ta’minot biron bir kompyuterda uzilish bersa shu kompyuterga qo’yilgan vazifa darxol boshqa kompyuterlar orasida qayta taqsimlanadi, shuning xisobiga Superkompyuterlarda uzilish ro’y bermaydi. Xozirgi vaqtda yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan supperkompyuterlarning 80 % ni klaster sistemasi tashkil qiladi.
Internet manbaalar:
https://studme.org/397364/informatika/klassifikatsiya_organizatsii_vychislitelnyh_sistem
https://www.polnaja-jenciklopedija.ru/nauka-i-tehnika/klassifikatsiya-kompyuterov.html
https://it.wikireading.ru/48114
http://nmr-esr.kubsu.ru/inf/2/2a.htm
https://inep.sfedu.ru/wp-content/uploads/ehamt/learn/it/lection_3-4.pdf
Download 31.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling