2-mavzu. Kompyuter tashkil etilishi va klassifikatsiyasi
Download 31.47 Kb.
|
Personal kompyuterlar.
Personal kompyuterlar bitta foydalanuvchini extiyojini qoplash uchun mo’ljallangan bo’lib o’zaro bog’langan kompleks (monitor, klaviatura, protsessor (sichqoncha)) dan iborat. Bu sinf kompterlarini uyda ishlatish uchun mo’ljallangan va mutaxassislikka mo’ljallangan kompyuterlarga bo’lish mumkin. Personal kompyuterlarga xos bo’lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat: Keng ommaga mo’ljallangan va keyinchalik foydalanuvchini xoxshiga ko’ra tuzilishini o’zgartirish mumkin bo’lgan, staandart texnik qurilmalar. Ularning texnik xarakteristikalari o’rtacha qiymatga ega. Mustaqil ishlatish uchun mo’ljallangan, tarkibiga qo’shimcha qurilmalar sifatida printer, skanner va boshqa qurilmalar qo’shilgan kompyuterlar. Personal kompyuterlarning o’z imkoniyatlarini ishlatish bilan bir qatorda boshqa kompyuterning imkoniyatlarini tarmoq orqali ishlatishi (masalan InterNet). Boshqaruv asosida ishlashi, boshqaruvchilar sifatida operatsion sistemalar xizmat qiladi. Ishchi stantsiyalar Ishchi stantsiya (ingl. Workstation) biron bir maqsad uchun mo’ljallangan vazifalarni echishga qaratilgan texnik va dasturiy maxsulotlar kompleksi. Ishchi stantsiya - biron yo’nalishdagi mutaxasisning vazifalarini bajarishga mo’ljallangan kompyuter yoki kompyuter terminali (aloxida kompyuterdan boshqa joylashtirilgan informatsiyani kiritish va chiqarish qurilmasi), kerakli dasturiy ta’minot, kerak bo’ladigan qo’shimcha qurilmalar (printer, turli tashqi xotira qurilmalari, skannerlar va x.o.) Ba’zan ishchi stantsiya sifatida server bilan birga ishlayotgan lokal tarmoqdagi kompyuter xam tushuniladi. Lokal tarmoqdagi kompyuterlar server va ishchi stantsiyalarga bo’linadi. Ishchi stantsiyada foydalanuvchilar maliy dasturlar bilan turli vazifalarni echishadi(ma’lumotlar bazasi bilan, turli xujjatlar bilan ishlaydi va turli xisob-kitob ishlarini amalga oshiradi). Server kompyuter tarmoqqa xizmat qiladi va o’zidagi resurslarni tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga taqdim qiladi shu jumladan ishchi stantsiyalarga xam. Ishchi stantsiyalarning o’ziga xos xususiyatlari ular ma’lum gurux vazifalarini echishga qaratilgan bo’lganligi uchun ularning ba’zilarida keng xajmli monitorlar (grafik informatsiya bilan ishlash uchun mo’ljallangan), turli multimediya qurilmalari (ovoz va boshqa turdagi informatsiya bilan ishlash uchun), aloxida proektlarni bajarish uchun kerakli dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin. Bunday sinflanishda xar bir ishchi stantsiya o’z vazifasidan kelib chiqib yagona (unikal) komponentlarga ega bo’lishi mumkin. Katta monitor yoki bir necha monitor ulangan; Katta tezliklda ishlovchi grafik platali; Ko’p malumotlarni saqlash uchun katta xotira qurilmali(video va kompyuter o’yinlari uchun) Turli skannerlarga ega bo’lishi(tasvirlar bilan ishlash uchun) Ximoyalangan (turli maxfiy ma’lumotlar ba’zasi, xarbiylar, ichki ishlar va x.o.) Serverlar. Server(server) – o’zining ma’lumotlarini va xisoblash imkoniyatlarini boshqa kompyuterlarga berish imkoniyatiga ega bo’lgan kompyuterlar. Bu kompyuterlar personal kompyuterlardan va ishchi stantsiyalardan kelgan so’rovlarga javob beradi. Serverlarni quyidagicha bo’lishimiz mumkin: Server (dasturiy ta’minot) – ushbu dasturiy ta’minot klentlardan turli so’rovlarni qabul qiladi. Ya’ni bu xisoblash sistemasining dasturiy bo’lagi bo’lib, klentning so’roviga servis xizmat ko’rsatadi. Server (apparat ta’minot) – kompyuter yoki maxsus kompyuter qurilmasi bo’lib maxsus servis vazifalarni bajarish uchun mo’ljalangan Server kompyuterlar uchun xarakterli bo’lgan xususiyatlar: Tarmoq operatsion sistemasi ostida ishlaydi; Kerakli xajam va tezlikda informatsiya almashishini ta’minlaydigan tarmoq kartasining mavjudligi; Ikki va undan ortiq (xatto bir necha yuztagacha!) yuqori xisoblash imkoniyatiga ega bo’lgan protsessorlarning mavjudligi; Tezkor va tashqi xotira xajmiing katta bo’lishi; UPS (doimiy tok manbai) qurilmasining mavjudligi; Kiritish qurilmalari va informatsiyani vizual ko’rish uchun kam talab quyilganligi (ba’zan ular bo’lmasligi mumkin). Download 31.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling