2-mavzu. Korporativ boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi


Korporativ boshqaruvning zamonaviy rivojlanish nazariyasi


Download 56.24 Kb.
bet4/6
Sana25.04.2023
Hajmi56.24 Kb.
#1396205
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Korporativ boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi

2.4. Korporativ boshqaruvning zamonaviy rivojlanish nazariyasi.
Korporativ boshqaruv‖ atamasining о‘zi tarixan 1970-yillarning о‘rtalarida AQShda yuzaga kelgan. Keyinchalik, ushbu atama Yevropada keng tarqalib, unda korporativ menejment, korporativ huquq va korporativ strukturalar (tashkilotlar)ni yaratish sohalarida tadqiqotlar о‘tkazilishi davom ettirilgan[8]. Tadqiqotlar natijasida shu aniq bо‘ldiki, ―korporativ boshqaruv‖ atamasi birinchi marta R. Ills[9] tomonidan ―korporativ tuzumning strukturasi va faoliyati‖ mohiyatini ochib berish uchun qо‘llanilgan. ―Korporativ boshqaruv‖ konsepsiyasining о‘zi azaldan ma’lum bо‘lgan va bu konsepsiya XX-asr boshlarida chop etilgan adabiѐtlarda qо‘llanilgan. Xususan, korporativ munosabatlar tizimi korporativ va xususiy mulkni boshqarishni qо‘llash jaraѐni sifatida birinchi marta 1932 yilda amerikalik huquqshunos olim A. Berli va iqtisodchi G. Minzning[2] klassik ishlarida о‘rganilgan. Ularning ishlarida ―korporativ boshqaruv‖ atamasi tilga olinmagan bо‘lsa-da, ular korporativ boshqaruvni ishonib topshiruvchilar – principals (autsayderlar, investorlar) va vakillar – agents (insayderlar, boshqaruvchilar) о‘rtasidagi agentlik munosabatlarini о‘rganishgan. Korporativ boshqaruv alohida fan sifatida 1980-yillarda yuzaga kelgan. ―Korporativ boshqaruv‖[10] nomli birinchi kitob 1984 yilda chop etilgan, 1993 yildan boshlab ―Corporate Governance: An International Review‖ deb nomlangan nazariy jurnal chiqa boshlagan. Unga muvofiq, kompaniyalarni tashkil etish, boshqarish va samarali о‘zaro faoliyat yuritish asosida ѐtgan huquqiy konsepsiyalar va tartibotlarning umumiy nomlanishi ―korporativ boshqaruv‖ nomini olgan [11]. Tadqiqotlarga kо‘ra, bugungi kunda G‘arb olimlari tomonidan shakllantirilgan korporativ boshqaruvning juda kо‘p miqdordagi ta’riflari mavjud. Xorijiy mualliflardan birinchi bо‘lib Ser Adrian Kedberi 1992 yilda ―Korporativ boshqaruvning moliyaviy jihatlari bо‘yicha qо‘mita‖ ning hisobotida korporativ boshqaruvga quyidagi ta’rifni bergan: ―Korporativ boshqaruv – shunday tizimki, uning ѐrdamida biznes boshqariladi va nazorat qilinadi



Download 56.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling