2-mavzu: Korporativ moliyaviy munosabatlar tizimi
Download 14.33 Kb.
|
2-mavzu Сhuliyev Shaxboz
2-mavzu: Korporativ moliyaviy munosabatlar tizimi 1. Korporativ moliyaviy munosabatlar yuzaga kelish sabablari. 2. Korporativ tuzilmalarning bank-kredit institutlari bilan munosabatlari. 3. Korporativ tuzilmalarning fond bozori institutlari bilan munosabatlari. 1.Korporativ moliyaviy munosabatlar yuzaga kelish sabablari. Moliya tizimining aynan korporativ moliya sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda korporativ tuzilmalar daromadlari o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yo‘nalishlarga taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaning moliya tizimi markaziy bo‘g‘ini sifatida yuzaga chiqishini ko‘rishimiz mumkin va korporativ moliyaning amal qilishini samarali tashkil etish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida doimiy e’tibor talab qilishini ta’kidlashimiz lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimining samarali ishlashi uning har bir bo‘g‘in faoliyat samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. Bunda moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korporativ moliyada moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish nafaqat har bir korporativ tuzilmada shu bilan birga har bir mamlakatda alohida muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin. Korporativ moliya – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi. Moliyaning aynan shu sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda korxonalar daromadlari o`z-o`zini moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yo`nalishlarga taqsimlanadi. Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo`jalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi. 2. Korporativ tuzilmalarning bank-kredit institutlari bilan munosabatlari. Bugungi kunda korporativ tuzilmalar faoliyatini tijorat banklarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tijorat banklari korporativ tuzilmalarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini tashkil etishlari bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditlash (investitsiyalash), faktoring, lizing va boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi. Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga yangi texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin. Korporativ tuzilmalarning asosiy vositalar sotib olish imkoniyati cheklangan sha roitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan samarali bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank tizimi amalda lokomotiv vazifasini bajarishi, xo‘jalik yurituvchi barcha subyektlarni o‘z ishlarini qayta tashkil etishga, bozor mexanizmlarini dadil va jadal egallashga da’vat etuvchi omil bo‘lishi kerak. Lizing – moliyaviy ijaraning alohida turi bo`lib, unda lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig`iga binoan sotuvchidan lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o`n ikki oydan ortiq muddatga beradi. 3.Korporativ tuzilmalarning fond bozori institutlari bilan munosabatlari. Korporativ tuzilmalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va ularni joylashtirish fond birjalari orqali amalga oshiriladi. Bunda investorlar bevosita fond birjalarida joylashtirilgan korporativ qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish orqali korporativ tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Bundan tashqari fond birjasi ham aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.Shu o‘rinda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan fond bozori orqali aksiyalar muomalasi tashkil etilganligi, shuningdek, tor doirada korporativ obligatsiyalar muomalasi mavjudligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 2019 yil 1 yanvar holatiga 40372,8 milliard so‘mlik aksiyalar muomalaga chiqarilganligini ko‘rishimiz mumkin. Download 14.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling