2-Mаvzu: Mаktаbgаchа tа’limdа tаsviriy sаn’аt vа mеhnаt fаоliyatigа o`rgаtishgа qo`yilаdigаn tаlаblаr Rеjа
Download 62,44 Kb.
|
2-Mаvzu Mаktаbgаchа tа’limdа tаsviriy sаn’аt vа mеhnаt fаоliyat
Davlat talablarining tarkibi
1. Davlat talablari rivojlanish sohalari integrasiyasini ko’zda tutadi va bola rivojlanishiga ko’maklashadi. Davlat talablari tug’ilgandan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning beshta asosiy sohalariga bo’lingan. Har bir rivojlanish sohasi o’z o’rnida kichik sohalarga bo’lingan bo’lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan ( kutilayotgan rivojlanish ko’rsatkichlaridan) iborat. 2. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo’yicha belgilanadi: jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari; bilish jarayonlarini rivojlanishi; ijodiy rivojlanish. 3. “ Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo’linadi; yirik motorika; mayda motorika; sensomotorika; sog’lom turmush tarsi va xavfsizligi. 4. “ Ijtimoiy – hisssiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo’linadi; “ Men” konsepsiyasi; hissiyot va ularni boshqarish; ijtimoiylashuv, kattalar va tendoshlari bilan muloqot. 5. “ Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalarini” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo’linadi; nutq va til; o’qish malakalari; qo’l barmoqlari mayda motorikasi. 6. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo’linadi; intellektual – angalash malakalari; elementar matematik malakalar; tadqiqiy – bilish va samarali refleksif faoliyat. 7. “Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo’linadi: dunyoni badiiy tasavvur etish; badiiy – ijodiy qobiliyatlar . 8. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: go’daklik ( tug’ilgandan 1 yoshgacha); erta yoshdagi bolalik ( 1 yoshdan 3 yoshgacha ); kichik maktabagcha yosh ( 3 yoshdan 4 yoshgacha ); o’rta maktabgacha yosh ( 4 dan 5 yoshgacha ); katta maktabgacha yosh ( 5 yishdan 6 yoshgacha ); maktabga tayyorlov yoshi ( 6 yoshdan 7 yoshgacha ). 9. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan . 10. Maktabgacha yoishdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan. Download 62,44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling