2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja
Download 463 Kb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза -2
2-mavzu:Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja: 1. Insonning ijtimoiylashuvi ma’naviyatning vujudga kelish. 2. Ibtidoiy sinkretizm. 3. Ma’naviyatning vujudga kelishi tug’risidagi turli nazariyalar va qarashlar. 4. Ma’naviyat genezisida mehnatning o‘rni. 5.Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura ta’sirining kuchayishi. Insonning ijtimoiylashuvi ma’naviyat vujudga kelishining asosiy sababi. Inson doimo izlanishda. Eng avvalo u o‘zining kimligini bilgisi, insoniy tabiati bilan uyg‘unlikda yashagisi keladi. Insonning o‘zini anglashi ibtidosida va asosida ma’naviyat turadi.Ma’naviyatning o‘zi esa insonning poda bo‘lib yashashdan ongli urug‘-jamoa bo‘lib yashashga o‘tishi jarayonida, ya’ni ijtimoiylashuvi jarayonida shakllana boshlagan. Neandertal odam o‘zini tabiatdan, hayvonot olamidan ajratib anglashi va ilk urug‘ jamoada munosabatlarini tartibga solishi jarayonida ma’naviyatning ilk kurtaklarini vujudga keltirdi. Bu haqda biz ularning marosimiy unsurlari yaqqol ko‘rinib turgan dafn qoldiqlari orqali bilamiz. Antropologiya fanining so‘nggi tadqiqotlari hozirgi zamon odami (kramonon odami) neanddertallarning bevosita avlodi emasligini, neandertal genlari zamonaviy insonda faqat besh foizini tashkil etishini ko‘rsatmoqda. Neandertal odam homo sapiens (aqlli odam) deyiladi. Kramonon odami (zamonaviy insonlarning ilk ajdodlari) esa homo sapiens sapiens (aqlli-aqlli odam, yoki ikki karra aqlli odam) deyiladi. Kramonon neandertallarni va saqlanib qolgan boshqa qadimgi odam xillari asta-sekin siqib chiqargan, qisman assimilyatsiyalashtirgan. Kramonon odamida ma’naviyat unsurlari neandartallarga* nisbatan yana-da ko‘proq bo‘lgan, deb faraz qilish mumkin. Taxmin qilish mumkinki, kramonon odam yaratgan madaniyat bevosita neandertal odam madaniyati emas, lekin undan ancha-muncha unsurlarni olgan. Chunki neadertal odam yevropaning sovuq iqlimida, og‘ir sharoitda yashagan va turmush tarzida, ko‘nikmalarida, madaniyatida mazkur sharoitda foydali bo‘lgan unsurlarni yaratgan. Rus qadimshunosi P. I. Boriskovskiy «Insoniyatning eng qadimgi o‘tmishi» 1 kitobida marosimlar 400 ming yil ilgari paydo bo‘lgan deydi.G‘arb olimlaridan J. Klark marosimlar yoshini neandertal va «rodeziyalik» odam bilan bog‘laydi va 200— 150 ming yilga tenglashtiradi 2 . Ilk marosimchilik 400 ming yoki 200 ming yil ilgari paydo bo‘lganmi, degan masala ustida bahs yuritish shart emas. Biz uchun eng muhimi - inson o‘z biologik, hayvoniy tabiatidan asl insoniy tabiatiga o‘tish jarayonida ma’naviylik unsurlarini o‘zlashtira boshlagani va oqibatda yangi tosh asrida nisbatan muvozanatga keltirilgan murakkab tizimga ega ma’naviyatni yaratganidir. Dadil aytish mumkinki, neandertal odamlarda diniy-ma’naviy hayot unsurlari faqat dafn marosimlari bilangina cheklanmagan. Ular hattoki falakiyot hodisalariga, yulduzlar turkumlariga, alohida yulduzlarga nom berganlar. Isbot uchun shunday misol keltirish o‘rinlidir: o‘zbeklar Yetti og‘ayni, Yetti qaroqchi deb nomlaydigan yulduzlar turkumi bor. Yevropaning ko‘p xalqlari ularni Katta ona ayiq, Kichik ayiq deb atashadi. Jahonning boshqa ayrim xalqlari ham ularga nisbatan «ayiq» nomini qo‘llaydi. Qadimgi yunonlarning falakiyot asotirlarida bu bir necha variantda shunday tushuntiriladi. Ona ayiq – Zevsning mahbubasi Kallisto, Kichik ayiq - uning o‘g‘li Arkos. Zevs xotini Geraning rashkidan qo‘rqib, Kallistoni ayiqqa aylantirib qo‘yadi (boshqa bir variantda uni ayiqqa Gera aylantiradi, yana birida esa Artemida). Arkos ov qilib yurganda ayiq qiyofasidagi onasiga duch keladi va tanimasdan o‘q-yoyidan otmoqchi bo‘ladi. Zevs o‘g‘li Arkosning beixtiyor onasining qotiliga aylanib qolmasligi uchun uni ham ayiqqa aylantiradi va har ikkisini osmonga dumidan ushlab otib yuboradi (osmon ayiqlarining dumi uzunligi shundan). * Қулайлик учун неандерталлардан ташқари осий ва африкада сақланиб қолган қадимги одамнинг барча хилларини шартли равишда умумийлаштириш неандерталлар деб аташ маъқул. 1 Download 463 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling