2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja
Download 118.49 Kb.
|
Maruza 2
Maxsuslashtirilgan so’rovlarda axborotning bosh manbai bo’lib kasbiy faoliyati, mutaxassislik tajribasi bo’lgan shaxslardan to’plangan axborot hisoblanadi. Maxsuslashtirilgan so’rovlarning yana bir nomlanishi – ekspertli so’rovlardir.
2) So’rovni tashkil etish soniga qarab: bir martalik so’rovlar; takroriy so’rovlar. Qamrab olish darajasi bo’yicha so’rovlar: yoppasiga so’rov; tanlama so’rov (mijozlarni tanlab so’rov o’tkazishga). Tanlanma so’rov ko’pincha fokus-guruh usuli ham deb ataladi. Marketing amaliyotida so’rovning ikki shaklidan foydalaniladi: anketa orqali so’rov va intervyu orqali mijoz fikrini bilish. Anketa olish orqali usulida so’raladigan mijoz yozma ravishda anketani oluvchining oldida savollarga javob qaytaradi yoki ishtirokisiz. O’tkazilish shakliga qarab u individual yoki guruhlarda so’rov olishga bo’linadi. Guruhlarda so’rov o’tkazish qisqa muddat ichida ko’p sonli mijozlar orasida so’rov o’tkazish imkoniyatini beradi. Anketa orqali so’rov shu bilan birga to’g’ridan-to’g’ri (muloqot) va sirtqiga bo’linadi. Kuzatish analitik usul hisoblanadi. Uning yordamida odamlarning xulqatvorini va atrof-muhitni, odatda, haqiqiy holatlarda o’rganish va qayd etish mumkin. Bunda odamlarni so’roqqa tutmaydilar, ularning hamkorligi shart emas. Masalan, do’konda biror bir tovarning sotib olinishi miqdori yoki xaridorlar oqimining harakati kuzatiladi. Iste’molchilarda ma’lum tovarlarning mavjudligini yozib olish qo’llaniladi. Iste’molchilarning, masalan, reklamaga, yangi o’ramga, emosional ta’sirga reaksiyasini aniqlash uchun kuzatishning texnik vositalari (kamerako’z, tahistoskop va b.) qo’llanilishi mumkin. Bunda hodisalar sabablarni tushuntirmasdan faqatgina qayd etiladi. Vizual kuzatishlarning natijalari, odatda, tadqiqot boshliqlari tomonidan tuzilgan, olingan axborotni bir butunga keltirish, shuningdek, unga avtomatlashgan ishlov berish imkonini ta’minlaydigan maxsus anketalarda qayd etiladi. Biroq bu usulning imkoniyatlari juda cheklangan. Uning yordamida do’kon, restoran yoki kinoteatrlarga tashrif buyuruvchilarning yosh jinsiy tarkibini, shuningdek, xaridlarning taxminiy chastotasi va assortimentini baholash mumkin. Sinov — oldindan «holatni yaratish» asosida olingan natijalarni o’lchash bilan biror jarayonni amalga oshirishdir. Asosan sababnatijaviy aloqalarni o’rganishda ishlatiladi. Masalan, tovarlarni har xil o’ramlarda taklif etishga xaridorlarning reaksiyasini o’lchash, modifikasiyalangan tovarning an’anaviy tovarlarga nisbatan sotilish miqdorini baholash va hokazo Sinov yordamida, odatda, bir martalik tavsifdagi aniq voqyealar tadqiq qilinadi va shuningdek, olingan ma’lumotlarni hamma vaqt ham umumlashtirib bo’lmaydi. Sinovning kamchiliklari yuqori xarajatlar, subyektiv tanlangan sharoitlar, shuningdek, marketing rejasining hamma parametrlari va unga ta’sir etadigan hamma omillarni hisobga olish va nazorat qilish imkonining yo’qligidan iboratdir. Fokuslash «fokus guruhi»ni maqsadli tanlash (maxsus tanlangan 10—12 respondent) va o’rganiladigan muammoni har tomonlama muhokama qilishdan iborat. Bunda munozaraning boshlig’i («mediator») uning borishiga minimal darajada aralashadi. Fokus-guruh tovarning real yoki potensial iste’molchilaridan, muayyan ijtimoiy guruh vakillaridan, «fikr yetakchilaridan», ekspertlardan iborat bo’lishi mumkin. Yangi tovar, mahsulot g’oyasi, mukammallashgan o’ram, reklama kompaniyasi yoki uning ayrim elementlarini testdan o’tkazish g’oyasi muhokamaga qo’yilishi mumkin. Download 118.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling