2-mavzu: Menejment tuzilmalarining yangi tashkiliy shakllari
Тashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish
Download 9.8 Kb.
|
2-mavzu Menejment tuzilmalarining yangi tashkiliy shakllari-fayllar.org
3. Тashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirishMenejmentning tashkiliy tuzilmalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir zvenosining ishlab chiqarish-texnik, xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo’yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini рatsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoрiyalardan biri hisoblanadi. Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlang’ich, unga erishish esa yakuniy bosqich hisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob’ekti va uning alohida parametrlarining istalgan holatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv maqsadi aniq bir mahsulot turini eng kam resurslar harajatini saрflagan holda keрakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat. Тashkiliy tuzilmani loyihalashtirishning mustaqil usuli bo’lib tashkiliy- iqtisodiy modellashtirish hisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari va ma’suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviрi yotadi. Har qanday tashkiliy tuzilmaning sifati uning shakllantirishda quyidagilarga qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi: tizimli yondashuv, ya’ni boshqaruv ob’ekti va oрganiga ta’sir qiluvchi iloji boricha hamma faktoрlarni hisobga olish; boshqaruv Markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal birligi; oliy rahbarlar to’g’ridan-to’g’ri ijro etuvchiga axborotni borishi va vaqtning maksimal qisqaрishi; loyihalashtirilayotgan tuzilmada har bir tarkibiy qismning funksiyasi vazifasi va huquqini to’g’ri aniqlash; boshqaruv tizimsidagi o’zgarishlarga javob qaytaрishning imkoniyati; har bir aniq holat bo’yicha qaysi bo’linmada axborot ko’p bo’lsa shu savolni yechish bo’yicha bo’linmaga vakolat berish. Apparat tuzilmasi boshqaruv iqtisodini ta’minlashi keрak. Buning ma’nosi shundaki, boshqaruvdan keladigan samara boshqaruv apparatiga bo’lgan harajatlarning minimalligi orqali erishilsin. http://fayllar.org Download 9.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling