9-rasm. Prokatni qirqish usuli
Polotno bilan qirqilayotganda detallning devori orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirishi uchun unga tinmay yog` surtish kerak. Agar polotnoning tishi sinib qolsa, unda qirqishni to’xtatib, singan tishni olib tashlab, o’rniga charh yordamida yoysimon shakl berib, yana qirqishni davom ettirish mumkin.
Bir xilda uzun zagotovkani qirqayotgan paytda temir arraning dastgohi zagotovkaning tepasiga tegib qolgani uchun uni qirqish imkoni bo’lmay qoladi. Shunda dastgohni polotnoga nisbatan 90 ° ga burib mahkamlab olsangiz, unda bemalol qirqishni davom ettirishingiz mumkin (10-rasm).
Ingichka metall listlarni qirqish uchun uni ikkita yog`och bruslar orasiga mahkamlab qirqish mumkin (11-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |