2-mavzu. Milliy dinlar


Zardushtiylik dinining paydo bo’lishi va ta’limoti


Download 150.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi150.94 Kb.
#1831446
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Milliy dinlar

Zardushtiylik dinining paydo bo’lishi va ta’limoti. Bundan qariyib 2600 yil 
muqaddam hozirgi Markaziy Osiyo hududida ulug’ tarixiy shaxs-ilohiyotchi
faylasuf, shoir va tabiatshunos olim, jahon xalqlariga yakka xudolikka asoslangan 
birinchi kitobiy dinlardan birini bergan ulug’ vatandoshimiz-Zardusht Spitoma 
dunyoga kelgan edi (miloddan avvalgi 589-512 yillar). Diniy rivoyatlarda 
aytilishicha, Zardusht Navro’z kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas 
ichimlik bo’lgan “Haoma” tayyorlashga kirishgan. Erta tong pallasida u daryodan 
suv olish uchun qirg’oqqa tushgan. Suv olib bo’lgach, bir yo’la tahoratini 
yangilayotgan Zardushtning ko’ziga qirg’oqda turgan porloq xilqat - “Voxumana” 
ko’rinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulug’ xudo 
Axuramazda huzuriga boradi. Axuramazda o’zining butun borliqni yaratgan xudo 
ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini 
aytadi. (Bu vaqtda Zardusht 40 yoshga to’lgan edi). Shu kundan boshlab Zardusht 
Axuramazda dinining payg’ambariga aylanadi. Endi u o’z qavmlari orasida 
Axuramazda dinini targ’ib eta boshlaydi. Buning uchun u “Gatlar” (Hatlar) deb 
atalgan, qo’shiq qilib aytishga mo’ljallangan she’rlar yaratadi. 40 yoshida Zardusht 
avvalgi ko’p xudolik diniy tasavvurlariga hamda tabiat hodisalariga sig’inish 
e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan kitobiy din-Zardushtiylik 
dinini yaratgan. Zardusht dastlab mahalliy qabilaviy dinlarning rohiblaridan biri 
edi. Ayni paytda, Zardusht yashagan zamon ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy 
jamiyat, qadimiy davlatchilik asoslari egallayotgan, biroq, mahalliy-qabilaviy 


dinlar jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichiga to’sqinlik qiluvchi kuchga 
aylanib qolgan davr edi. Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichi o’zining to’la 
shakllanishi uchun kuchli mafkuraga muhtoj edi. Bundan tashqari, bu murakkab 
davrda o’lkaning turli qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan 
davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zarurati ham tug’ilgan edi. Zardusht 
yashagan davr Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyoda ko’chmanchilikka asoslangan 
turmush tarzi inqirozga uchrayotgani, o’troqlik turmush tarzi qaror topayotgani, 
sug’oriladigan dehqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy 
etayotgani, yangi shaharlar, qishloqlar bunyod bo’layotganligi, o’troqlik turmush 
tarzi har jihatdan afzal ko’rinishi bilan ham xarakterli edi. Shunday turmush tarzini 
barqaror qilish, odamlarga, xalqlarga g’oyatda kulfat keltirayotgan hamda 
aksariyat bosqinchilik tusini olgan ko’chmanchilikka qarshi kurash hayotiy 
ehtiyojga aylangan edi. Bu ehtiyojni hammadan ko’p anglab yetgan donishmand 
Zardusht bo’ldi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona 
davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li - yakka xudolikka o’tishdan iborat, deb 
bildi va butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi, shu 
muqaddas maqsad yo’lidagi kurashda halok bo’ldi.
Zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyodir. Bu faktning to’g’riligini bu dinning 
muqaddas kitobi-Avestoham isbotlaydi. Chunonchi, bu dinning muqaddas kitobi-
Avestoyakkayu-yagona xudo Axuramazda yaratgan 16 mamlakatdan 9 tasining 
nomi Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyodagi viloyat va shaharlardir. ikkitasi 
afsonaviy bo’lsa, qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon va Armaniston 
hududlariga to’g’ri keladi.
Zardushtiylikning ta’limoti dualistik mohiyati uning ruh va moddiyat masalasi va 
dunyodagi ikki qarama-qarshi ibtido, zid juftlar-jon va tana, yaxshilik va yomonlik
yorug’lik va qorong’ulik, hayot va mamot kabi ziddiyatlar munosabatida namoyon 
bo’ladi.“Ezgu fikr (niyat ), ezgu kalom, ezgu amal” tamoyillari bu dinning iymon 

Download 150.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling