2-mavzu: Muloqot va kommunikatsiya jarayoni, shakllari va nutqiy faoliyat
Download 1.9 Mb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og`zaki muloqotning ikki tomoni Ogʻzaki muloqotning 2 tomoni mavjud: Jo‘natuvchi, Qabul qiluvchi.
- Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.
2-MAVZU: Muloqot va kommunikatsiya jarayoni, shakllari va nutqiy faoliyat.REJA: 1. Ogʻzaki muloqot va uning xususiyatlari. 2. Ogʻzaki muloqot afzalliklari va cheklovlari. 3. Ogʻzaki muloqotning ikki tomoni.Verbal va noverbal muloqot. Xatti- haraktlar tili. 4. Yozma muloqot va uning xususiyatlari. 5. Muvofiqlashtirish va soʽzlarni tanlash. 6. Soʽz, gaplarni to‘gʻri yozish va talaffuz qilish. 7. Iqtisodchining yozma muloqoti.Og`zaki muloqot afzalliklari 1. Tezlik: Tinglovchilar bilan muloqotga kirishar ekansiz, xabarni jo‘natish va olish oʻrtasida kechikish boʻlmaydi. 2. Soʽzlovchi tinglovchilarning shaxsiy e’tiborini jalb qila olishi kerak: Siz soatlab vaqtingizni eslatma, xat yoki hisobotning rejasini tuzishga ketkazasiz, biroq qabul qiluvchi yuzaki koʻrib chiqishi yoki uni o‘qimasligi ham mumkin. Garchi siz Shaxsiy muloqotda oluvchining e’tiborini koʻproq boshqara olasiz.Vaqtni tejaydi: chora oʻsha zahotiyoq koʻrilishi talab etilganda, muloqotni ogʻzaki tarzda olib borish tavsiya etiladi. Pulni tejaydi: barcha vaqtning oʽzida birdan koʻproq insonlar bilan muloqot qila olishingiz mumkin va bu tashkilot ichidagi yozma muloqotga qiyoslaganda pul mablagʻlarini tejaydi.Lahzalik reaksiya imkonini beradi: bir yoki undan ortiq tinglovchilar bilan soʽzlasharkansiz, savollar tugʻilishi bilan ularga javob berishingiz mumkin. Agar siz noto‘gʻri soʽz ishlatgan boʻlsangiz yoki xafa qilgan boʻlsangiz yoki tinglovchilarni chalkashtirgan boʻlsangiz, tezda to‘gʻrilashingiz mumkin bo`ladi.Noverbal xatti-harakatlar bilan toʻldirilgan: ogʻzaki muloqotni tinglayotgan shaxs soʽzlovchidagi ibora va noverbal xatti-harakatlardan xabarni yaxshiroq tushunishi mumkin.Bu yigʻilishlarda, majlislarda guruhlar bilan muloqot qilayotganda judayam foydalidir.Og`zaki muloqotning ikki tomoni Ogʻzaki muloqotning 2 tomoni mavjud: Jo‘natuvchi, Qabul qiluvchi.Tasvirlovchi /Tavsiflovchi boʻling: baho berishdan koʻra soʽzlovchi nima qilayotganini kuzatganingizni tasvirlab bering, masalan: «Taqdimotingizni yakunlashning axmoqona usuli bo`ldi»dan koʻra «Men yakunlovchi fikrni eshitmadim» deng.Boshqalardan farqlaning. Kelgusi taqdimotini yaxshilash uchun soʽzlovchiga yetarli ma’lumot bering, masalan «Sizning koʻrgazmali qurollaringiz behuda/samarasiz»dan koʻra, «PowerPoint slaydlaringizdagi shrift hajmini oshirgan boʻlardim, chunki men slaydlarni o‘qishga qiynaldim», deng. Ijobiy yondashing. «Koʻp qatlamli» sharhlarda siz ijobiy sharh bilan boshlaysiz, so‘ngra takomillashtirish uchun taklif kiritishlarini soʻraysiz va yakunida ijobiy sharh bilan yakunlaysiz.Ijodkor boʻling. Soʻzlovchi oddiygina nimani xato qilganligidan koʻra, takomillashtirish uchun muayyan takliflarni bering. Xushmuomala boʻling. Baho berishda keskin/qo‘pol taklif yoki sharhlardan ko`ra, xushmuomala uslubdan foydalaning, masalan «Men hech nimani eshita olmadim-baland gapiring!» dan ko`ra, «Xona ortidagilar eshita olishlari uchun ozroq baland gapiring» deng.Realist boʻling. Soʽzlovchi haqiqatda oʽzgartira olishi mumkin boʻlgan narsalarga baho bering. Soʽzlovchiga nutq juda qisqa boʻlganligini aytish foydali boʻlmaydi.Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.Noverbal muloqot so`zlarni ishlatmaydigan muloqot turiga taalluqli bo`ladi.E’tiboringiz uchun raxmat.Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling