2-Mavzu: Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja
Konstitusiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish - islohotlar ehtiyoji
Download 123 Kb.
|
2-seminar
Konstitusiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish - islohotlar ehtiyoji O’zbekiston Konstitusiyasining barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta’minlash maqsadida unga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish nazarda tutilgan jarayon tabiiy va o’tish davriga xos hodisadir.
Mamlakatimizda islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modemizasiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko’lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog’i bilan Konstitusiyada o’z ifodasini topishi va huquqiy asosiga ega bo’lishi lozim. Ma’lumki, 2002-yil 27-yanvarda umumxalq referendumi o’tkazildi. Referendumda O’zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitusiyaviy vakolat muddatini 5-yildan 7-yillik qilib o’zgartirish to’g’risidagi masalalarga bag’ishlangan edi. Referendum qarorlariga ko’ra, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to’g’risida»gi Konstitusiyaviy qonunlar 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan bo’lib, ular O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga tegishli o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish uchun asos bo’lib hisoblandi. Referendum yakunlariga ko’ra 2003-yil 24-aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XI sessiyasi «O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonun qabul qildi. Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XVIII (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi), XIX (O’zbekiston Respublikasining Prezidenti), XX (Vazirlar Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan. O’zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 89-moddasiga, 93-moddasining 15 bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan.O’zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o’zgartirish kiritilgan. O’zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-aprelda qabul qilgan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. O’zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrda qabul qilgan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga (O’zbekiston Respublikasida Prezidentni besh yil muddatga saylash) tuzatish kiritilgan.
Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling