- 2-Mavzu:Nutq o‘stirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari.
- REJA:
- 1:Nutq o‘stirishning psixolingvistik asoslari.
- 2. :Nutq o‘stirishning ta’limiy asoslari.
- Nutqni psixologik tadqiq qilishning istiqbolli vazifasi sifatida inson nutqiy qobiliyatining konseptual modelini qurish psixologik hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi (T.N.Ushakova). Modelda quyidagi hodisalar o‘z izohini topishi lozim: nutq yordamida mulohaza qilingan fikrni uzatish (ya’ni, nutqiy semantika muammosi), bunda grammatik qoidalardan foydalanish (ya’ni, tilni ishga tushirish), akustik kanalni ishga tushirish, muloqot va ijtimoiy aloqa sifatida nutqni qo‘llash, ushbu barcha operatsiyalarni miya harakatlari bilan muvofiqlashtirgan holda bayon qilish imkoniyatining mavjudligi.
- Nutqni tushunish borasida yuqorida bayon qilingan fikrlar va tavsiflardan kelib chiqqan holda «Nutqni rivojlantirish» tushunchasiga murojaat qilamiz. «Nutqni rivojlantirish - bu oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tishdan iborat bo‘lgan o‘zgarish; miqdoriy o‘zgarishlarning asta-sekin yig‘ilishi sifat o‘zgarishlarining yuz berishiga olib keladigan jarayondir».
- Nutq funksiyalari va shakllari. Bolaning imkon doirasidagi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishish, kattalarning savollariga va takliflariga javob berish, o‘z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlash; tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashini, o‘yin harakatlarini, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o‘ziga yaqin mavzular bo‘yicha, hayvonlar hayoti, transport (shahar) haqida vaziyatdan tashqari muloqot qilishga undash. Bolalarni buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash uchun so‘zlardan foydalanishga undash.
- Pedagogik adabiyotlarda nutq o‘stirish usullari quyidagicga tasnif qilinadi
- 1.So‘z yoki og‘zaki usullar. 2. Ko`rsatmalilik usullari. 3. Amaliy usullar. 4. O`yin usuli.
- Og‘zaki usulda bolalarga beriladigan bilim, malaka va kunikma tarbiyachining so‘zi, tushuntirishi, hikoya qilishi, tasvirlashi, suhbatlashishi, o‘qib berishi, yoddan aytishi orqali shakllantiriladi. Jumladan, tarbiyachi og‘zaki usullardan foydalanganda aniq, lo`nda fikrlashi, gap va so‘zlarni aniq oxanh va tuxtamlarga rioya qilgan holda bayon qilishi, savollarni aniq, kiska tuzishi va unga bolalarning oson javob topishini uylashi lozim.
- Ona tilida nutq o‘stirish metodikasini o‘qitishning tashkiliy shakllari. Intonatsiya, temp, ritorika to‘g‘risida ma’lumot.
- Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont’ev). Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.
- Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasini fan sifatida shakllantirishga Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, O.I.Solovev, A.N.Govzdev va boshqalar katta hissa qo‘shganlar.
- Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
- – nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayonidir;
- – nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
- – bola nutqini rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim
- MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR.
- 1.Bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirsh?
- 2. maktabgacha tarbiya muassasalari va oilada nutq o‘stirish bo‘yicha metodik ish.
- 3. Pedagogik adabiyotlarda nutq o‘stirish usullari qanday tasnif qilinadi?
- 4. Ona tilida nutq o‘stirish metodikasini o‘qitishning tashkiliy shakllari?
- 5. Intonatsiya, temp, ritorika to‘g‘risida ma’lumot?
- 6. Nutq o‘stirishning psixolingvistik asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |