2-Mavzu: Organizm ichki muhiti


Download 198.53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2023
Hajmi198.53 Kb.
#1229757
Bog'liq
маъруза-2 (1)



2-Mavzu: Organizm ichki muhiti. 
Rеja: 
1. 
Organizmda suv balansi. Ekstravazar va intravazar. 
2. 
Xususiy suyuqliklar. Gemopoyez va uning boshqarilishi 
3. 
Qon shaklli elementlarining anti genlari. 
4. 
Qon guruhlari. Qonning fizik kimyoviy xossalari.
5. 
Qonning ivishi. Limfa. 
6. 
Organizmning ichki muhiti. Qon. .Limfa. Qon aylanish a`zolarining 
tuzilishi. 
Tayanch tushunchalar: Organizmning’ ichki muhiti haqida tushuncha. 
Qonning ahamiyati. Qonning fiziologik xossalari. Qon plazmasi. Qonning shaklli 
elеmеntlari. Qon guruhlari. Qon aylanish tizimi. Yurakning tuzilishi va ishlashi. 
Katta va kichik qon aylanish doiralari. 
Limfa aylanishi. 
1. 
Organizmda suv balansi. Ekstravazar va intravazar. 
Voyaga yetgan odam uchun bir kecha-kunduzda 2,5—3,0 L suv talab qilinadi 
va ulami ozuqalar tarkibida va ichimlik suvi bilan qabul qiladi deyarlik xuddi 
shuncha miqdordagi suv tashqariga chiqariladi. Agarda tashqi muhit harorati tana 
harorati bilan teng bo‘lsa, voyaga yetgan odam bir kecha-kunduzda 450 g suvni 
bo‘g‘lantiradi. Suvga boigan talab organizmni o‘rab turgan muhit haroratiga, 
oziqlanish xarakteriga va ayniqsa ozuqa tarkibidagi tuz miqdoriga bogiiq holda 
jiddiy o‘zgaradi. Masalan, issiq sexlarda yoki issiq jazirama sharoitida ishlaganda 
bir kecha-kunduzlik ozuqalar tarkibidagi va ichimliklar tarkibidagi umumiy suvga 
boigan talab 10 L gacha ortadi. Bundan tashqari suv organizmning o‘zida ham 
to‘yimli moddalaming oksidlanishi natijasida hosil boiadi. 100 g to‘yimlx modda 
toiigicha oksidlanganida hosil boiadigan suv; oqsillar oksidlanganda -41 ml, 
kraxmal-55 ml yog‘ oksidlanganida esa 107 ml suv hosil boiadi. Organizmda 
organik moddalaming parchalanishidan hosil boiadigan har 420 Dj energiyaga 12 
ml suv hosil boiadi va 1-kecha-kunduzda bu hajm 300 ml.ga yaqin boiadi. Hatto 
katta miqdorda suv iste’mol qilinganidan keyin ham aylanuvchi qonning plazmasi 
qisqa muddatda 15 % dan oshmaydi. Voyaga yetgan odamning organizmiga 1-
kecha-kunduzda, ichimlik suvi bilan 1200 ml va ozuqalar tarkibida 1000 ml.suv 
tushadi. Odam organizmidagi suvning miqdori gavda og‘irligiga nisbatan 65 % ni 
tashkil etadi (45 dan 70 % gacha). Organizmdagi umumiy suvning eng ko‘p miqdori 
hujayralar ichida - 71 % hujayra tashqarisida - 19 % va aylanib yuruvchi qon, limfa 
va orqa miya suyuqligida - 10 % saqlanadi. Kam miqdordagi suv oqsillar bilan 
birikkan boiadi va u 4 % dan ortiq bo imaydi. Odatda organizmdagi suvning miqdori, 
undagi yog‘ning miqdoriga bogiiq boiadi, yog‘ qancha ko‘p boisa, suv shuncha kam 
boiadi. Qon plazmasida suvning miqdori 92 % ni tashkil etsa, haZm shiralarida 98-
99 % va undan ham ko‘proq boiadi. Ovqat hazmi kanalidagi suvning ichki 
almashinuvi, ya’ni hazm shiralari tarkibida ajraladigan va uni hazm kanalidan qayta 
so‘rilishi bir kecha-kunduzda o‘rtacha 8 l.ni tashkil etadi. Bir kecha-kunduzda odam 
organizmidan siydik bilan 1,5 1, najas bilan -100-200 ml, teri orqali-500 ml, va 
o‘pka orqali -350-400 ml suv ajratiladi. Organizmga kirayotgan suvningn miqdori 


sogiom odamlarda chiqarilayotgan suv miqdoriga teng boiadi, shu y o i bilan 
tanadagi suv muvozanati ta’min etiladi. Suv almashinuvi mineral almashinuv bilan 
uzviy bogiiq. Tuzlaming gipertonik eritmasi organizmga kiritilganida suvning 
siydik bilan ajralishi ortadi. Organizmdan natriyning chiqarilishi kamayganida, 
suvning ajratilishi ham kamayadi. Qon plazmasida va to‘qimalarda natriy va 
kaliyning almashinuvi hujayra ichi va tashqarisidagi suvning nisbatini aniqlaydi. 
242 Mineral moddalar almashinuvi boshqarilishining gormonlar ishtir kida (buyrak 
usti bezi po‘stlog‘i, qalqonsimon bezoldi bezchalari va h.k bajaralishi suv 
almashinuviga ta’sir qiladi. 
Xususiy suyuqliklar. Gemopoyez va uning boshqarilishi. 
Qon shaklli elementlarining anti genlari. Organizmning ichki muhiti haqida 
tushuncha. 
Qon xaqida fikr yuritishdan oldin organizmning ichki muhit xaqida 
tushunchaga ega bo’lish zarur. Chunki qon organizm ichki muhitining bir qismi 
xisoblanadi. Organizmning ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra 
tashqarisidagi suyuqlik kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik o’z navbatida 
hujayralararo va tomirlar ichidagi (qon va limfa) suyuqliklarga bo’linadi. 
Odam tanasi massasining o’rtacha 60% ini suv tashkil v^iladi. Shundan 33% 
i hujayra ichidagi va 25% i hujayra tashqarisidagi suyuqlikdir. Qon hujayra 
tashqarisidagi suyuq likning’ tarkvbiy qismi bo’lib, uning miodori tana massasining 
o’rtacha 7 % ini tashkil qiladi. Shundan qon plazmasi tana massasining 4, 5 - 5 % 
ini tashkil etadi. Organizm qancha yosh bo’lsa, tana massasining’ ko’iroq qismshga 
65~70% ini suyuqlik tashkil qiladi. Bu yosh a`zonzmda moddalar almashinuvi 
jarayoni kеksalardagiga nisbatan ancha faol o’tishini ta'minlaydi. 
Organizmning ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi suyuqliklarning miodori, 
kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik - kimyoviy xusuiyatlari nisbiy 
doimiydir. Bu nisbiy doimiylik xususiyati gomеostaz dеb atalib, u hujayralar va 
to’qimalarning normal ish faoliyati uchun qulay sharoit xisoblanadi. 
Ichki muhitning nnsbiy doimiyligi organizmning ko’pchilik a`zolar tizimi 
(nеrv-endokrin, ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas oliga, ayirish kabilar)ning 
birgalikdagi faoliyati orqali ta'minlanadi. Shuning uchun ham organizmning barcha 
hujayralari, to’qimalari, a`zolari va tizimlari yaxlit, bir butun bo’lib, ular ish 
faoliyatida bir-biri bilan mustaxkam bog’langan. 
Organizm ichki muhitning fizik-kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiy bo’lsa 
ham, uning ayrim qismlarining kimyoviy tarkibida ba'zi farqlar bor. Masalan, 
hujayra suyuqligining tarkibida kaliy ionining miodori ko’p - 157 mekv.l 
(mikroekvivalеnt litr) bo’lib, natriy ionining miodori kam - 12 mekv.l. Hujayralararo 
suyuqlik va qon zardobining tarkibida esa aksincha, natriy ionining miodori ko’p - 
152 mekb.l., kaliy ioiining miqdori kem - 5 mekv.a. Hujayra ichidagi va 
tashqarisidagi suyuqliklar tarkibida ionlar miqdorining turlacha bo’lishi 
hujayralarning qo’zg’alishida va ularda biotoklar hosil bo’lishida muhim rol 
o’ynaydi. 
Organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligi ko’pchilik a`zo va tizimlarning 
birgalikda faoliyati orqali ta'minlanishi aytilgan edi. Biror a`zoning ish faoliyati 


buzilsa (kasallik tufayli), ichki muhitning nisbiy doimiyligi ham buziladi. Masalan, 
oshqozon-ichak, jigar, buyrak kasalliklarnda ichki muhitning doimiylig’i buziladi. 
Natijada hujayra ichidagi, hujayra oraliq va qon suyuqligining miqdori hamda 
kimyoviy tarkibi o’zgaradi, Bu esa o’z navbatida organizm barcha a`zolarining ish 
faoliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatib, kasallik bеlgalari yana ham kuchayishiga sabab 
bo’ladi. Ichki mu^itning o’zgarishiga tashqi muhit sharoiti ham ta'sir ko’rsatadi. 
Ma'lumki, Markaziy Osiyoning issiq iqlim sharoitida yoz oylarida ko’p tеrlash, 
nafasning tеzlashuvi natijasida kishi organizmi ko’p suyuqlik yo’qotadi. Bu zsa 
hujayra, hujayralararo va qon suyuqliklari miqdorining kamayishiga, ularning 
kimyoviy tarkibi o’zgarishiga sabab bo’ladi. 
Shuningdеk, issiq vaqtda odam jismoniy mеxnat qilganda ham tеrlash orqali 
ko’p suyuqlik yo’qotadi. Shuning uchun bunday sharoitda organizm ichki 
muhitining nisbiy doimiyligani saqlash maqsadida tеrlash orqali yo’qolgan suyuqlik 
o’rni еtarli mt^dorda suv (suyuqlik) istе'mol qilish bilan to’ldiriladi. Ich kеtish, 
qusish va ko’p tеrlash natijasida org’anizmdan suv bilan birga tuzlar ham 
yo’qotiladi. Shuning uchun istе'mol qilinadigan suvga bir oz tuz qo’shilsa yoki 
minеral suv istе'mol qilinsa, ichki muhit suyuqliklarnnng faqat miqdori emas, balki 
kimyoviy tarkibining doimiyligi ham saqlanadi. 
Qoning ahamiyati. Qonning qon tomirlaridagi uzluksiz harakati 
yurakning avtomatik ish faoliyati tufayli ta'minlanadi. Qon odamning yashashi, 
rnvojlanishi, ish faoliyati uchun muhim xayotiy ahamiyatga ega. Qon quyidagi 
muhim vazifalarni bajaradi. 
1. Qonning tashuvchilik vazifasi. Oshqozon - ichaklarda hazm bo’lgan oziq 
moddalar (oqsillar, yog’lar, uglеvodlar, minеral tuzalar, vitaminlar, suv) qon va 
limfa tomirlariga so’rilib, qon orqali hujayralarga еtkaziladi. Shuningdеk, qon 
o’pkadan kislorod qabul qilib, hujayralarga olib boradi. Hujayralarda moddalar 
almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiv; (zaharli) moddalar va karbonat kislota 
qonga o’tadi. Bu moddalar qon orqali ayirish va nafas olish a`zolariga еtkazilib, 
tashqariga chiqarib yuboriladi. 
2. Qon barcha to’qima va a`zolar funksiyasini gumoral yo’l bilan 
boshqarilishida ishtirok etadi. Endokrin bеzlarida sintеz qilingan gormonlar - 
bnologik faol moddalar qonga o’tib, u orqali to’qima va a`zolarga еtkaziladi va ular 
nеrv tizimi bilan birga nеrv - gumoral boshqarilishini ta'minlaydi. 
3. Qon organizmni himoya qilish (immunitеt) funksiyasinya bajaradi. Qon 
tarkibidagi lеykotsitlar (oq qon tanachalari) organizmga kirgan mikroblarni yutish, 
parchalash a eritib yuborish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, qon zardobida 
maxsus oqsil zarrachalar (antitеlalar) bo’lib, ular mikroblarni bir - biriga yopishtiradi 
va eritib yuboradi. Shunday qilib, qonning immunitеtlik funksiyasi organizmning 
har xil yuqumli kasalliklardan saqlanishga yordam bеradi. 
4. Qon tana haroratining nisbiy doimiyligani saqlashda ishtirok etadi. 
Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan 
issiqlik enеrgiyasi tananimg barcha ^ismlariga tarqilib, ulardan harorat doimiyligani 
ta'minlaydi. 


3.Qonning fiziologik xossalari. 
Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq - 1, 050 - 1, 
060 ga tеng. Qon plazmasining solishtirma massasi 1, 025 - 1, 034, shaklli 
elеmеntlarining solishtirma massasi 1, 090 ga tеng. 
Ma'lumki, suvning yopishqoqligi 1, 0 dеb qabul qilingan. Qonning 
yopishqoqligi 5, 0 ga tеng. Qonning yopishqoqligi suviikiga nisbatan yuqori 
bo’lyashi tarkibidagi oqsil moddalar va shaklli elеmеntlar, ayniqsa, eritrotsitlar 
miqdoriga bog’liq. Tеrlash, qusish va ich kеtish natijasida odam organizmi ko’p suv 
yo’qotsa, qon quyuqlashadi, ya'ni plazmasining miodori kamayib, shaklli 
elеmеntlarining miodori ko’payadi. Bu esa qonning yopishqoqligi ortishiga sabab 
bo’ladi. 
Probirkaga bir tomchi gеparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, 
sеntrifugada bir nеcha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida 
rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi ~ 
shaklli elеmеntlarga ajraladi. Shunday qilib, qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi 
qonning suyuq qismi, ya'ni qon plazmasi, ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, ya'ni 
shaklli elеmеntlaridir. Qon umumiy zajmining 5560% ini son plazmasi va 40 -45% 
ini shaklli elеmеntlar tashkil qiladi. Qonning o’rtacha miqdori katta odamda 5 l 
bo’lib, u tana massasining o’rtacha 7 % ini tashkil etadi. 1 kg tana massasiga o’rtacha 
70 ml qon to’g’ri kеladi. Bolalarda x,ar 1 kg tana massasiga to’g’ri kеladigan qon 
miodori kattalarnikiga nisbatan ko’proq bo’ladi. (80 - 100 ml|. 
4.Qon plazmasi. Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo’lib, u murakkab 
aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglеvodlar, minеral tuzlar, 
gormonlar, fеrmеntlar, antitеlalar va erigan x,oldaga gazlar {kislorod, karbonat 
angadrid kabilar) bo’ladi. Plazma tarkibida o’rtacha 90-92 % suv, 7-8 % oqsillar, 0, 
9 % tuzlar, 0, 1 % glyukoza, 0, 8 % yog’lar bo’ladi. Plazma kuchsiz ishqoriy 
rеaktsiyaga ega, ya'ni rN q 7, 4. 
Qon plazmasi tarkibida organizmning x,ayoti - o’sishi va rivojlanishi uchun 
zarur barcha oziq moddalar bo’lib, ular ovqat x,azm qilish a`zolaridan qonga 
so’riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o’tadi va 
o’zlashtiriladi. Moddalr almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo’lgan qoldiq 
moddalar qonga o’tib, ayirish a`zolariga еtkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. 
Plazma tarkibidagi vitaminlar, fеrmеntlar, gormonlar ^ujayralarda moddalr 
almashinuvi jarayoni normal o’tishda va antitеlalar organizmni yuqumli 
kasalliklardan himoya qilipshda muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, qon hamda 
qon plazmasi odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy 
jarayonlar normal o’tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlashda muhim 
rol o’ynaydi. Shuning uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash 
ma^sadida qo’llaniladi. Bu qon va plazma sog’lom odamlardan (donorlardan) 
olinadi. 
5.Qonning shaklli elеmеntlari. 
Qonning shaklli elеmеntlariga eritrotsitlar, lеykotsitlar va trombotsitlar kiradi. 
Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi. 


Eritrotsitlar (qizil qon tanachalar). Eritrotsitlar suyuklarning ko’mik qismida 
hosil bo’ladi. Еtilmagan yosh eritrotsitlarda boshqa hujayralardagi singari yadro 
bo’ladi. Еtilgan eritrotsitlarda yadrosiz bo’ladi. Ular o’rtasi ozroq botq, yumaloq 
shaklga ega. 1, 2 mm3 qonda 4-6 million, o’rtacha 5 milliov dona eritrotsit bo’ladi. 
Eritrotsitlarning hosil bo’lishi va soni normal miqdorda bo’lishi odamning 
sog’lig’iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, quyoshning 
ultrabinafsha nurlarini еtarli qabul qilishiga bog’liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida 
oqsillar, tеmir moddasi, V guru^ga kiruvchi vitaminlar еtarli miqdorda bo’lishi 
zarur. Suyak ko’migida hosil bo’lib, qonga o’tgan eritrotsitlar 120 kun atrofida 
yashaydi. So’ngra ular jigarda va taloqda parchalanadi. Parchalangan eritrotsitlar 
ajralgan tеmir moddasi suyak ko’migida yosh eritrotsitlar hosil bo’lishi uchun 
sarflanadi. Parchalangan eritrotsitlarning gеmoglobini tarkibidagi gеm moddasi 
jigarda bilirubin moddasiga aylanib, o’t suyuqligi hosil bo’lishi uchun sarflanadi. 
Eritrotsitlarning asosiy vazifasi organizmning barcha Zujayralarini kislorod bilan 
ta'minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gеmoglobin o’pkalardan kislorodni o’ziga 
biriktirib hujayralarga еtkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil 
bo’lgan karbonat angidridni yana o’ziga biriktirib o’pkalarga olib boradi. 
Eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gеmoglobin miqdorining’ kamayishi 
kamqonlik (anеmiya) kasalligi dеb atalganidеk, ovqat tarkibida oqsil, tеmir 
moddalari, vitaminlar еtarli miqdorda bo’lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam 
pgug’ullanish, nafas oladigan ^avoning toza bo’lishi kabilar katta ahamiyatga ega. 
Lеykotsitllar. (ots qon tanachalari). Lеykotsitlar yadroli qon hujayralari 
bo’lib, yadrosining shakliga va bo’yalishiga qarab uch gurga: monotsitlar - bir 
yadroli yirik lеykotsitlar; limfotsitlar-bir yadroli, lеkin monotsitlardan bir oz 
maydaroq; donador lеykotsitlar, ya'ni granulotsitlarga bo’linadi. Bularning yadrosi 
ko’p shaklli. 1 mm3 qonda 6-8 ming dona lеykotsit bo’ladi. Lеykotsitlar sonining 
ko’payishi lеykotsitoz, kamayishi lеykopеniya dеb ataladi. Lеykotsitlar 
suyaklarning ko’mik qismida va taloqda (limfotsitlar) hosil bo’ladi. Lеykotsitlarning 
asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular 
organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagotsitoz dеb 
ataladi. Lеykotsitlarning bu xossasini atoqli rus olimi I. I. Mеchnikov aniqlagan. 
Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda lеykotsitlarning soni ko’payib, 1 
mm3 qonda 1020 mingga еtadi va undan ham ortishi mumkin. 
Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir nеcha kun, hafta 
davomida og’ir mе^natdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda 
lеykotsitlar soni kamayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat 
bеradi. Trombotsitlar (qon plastinkalari). Trombotsitlar suyaklarning ko’mik 
qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bo’lmaydi. 
Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombotsitlarining yadrosi bo’ladi, 1mm3 
qonda 300 - 400 ming dona trombotsit bo’ladi. Ular lеykotsitlarga o’xshab 2—5 kun 
yashaydi. Trombotsitlarnvng asosiy vazifasi qonning ivishini ta'minlashdak iborat. 
Ular soni kamayganda qonning ivish xossasi buzvladi. Bunday odam jarohatlanishi 
juda xavfli, chunki qon oqishini to’xtatish qiyin bo’ladi. Salgina urilish, turtinish 
natijasida badanda ko’karish (qon quynlish} yuzaga kеladi, o’z - o’zidan burundan 


qon kеlishi mumkin. Shuning uchun trombotsiti kamaygan odam x,ar xil 
shikastlanishlardan saqlanishi kеrak. 
Trombotsit tarkibida sеrotonin moddasi bo’lib, u qon tomirlarini toraytirish 
va qon kеtgan vaqtda uning ivishini tеzlashtirish xossasiga ega. Qonning ivishi. 
Qonning ivishi - organizmning muhim himoya rеaktsiyasi hisoblanadi. Qonning bu 
xossasi turli jaroxatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo’qotishdan saqlaydi. 
Qonning ivish xossasi o’zgarsa, ozg’ina jaroxatlanish ham odam sog’lig’iga katta 
xavf tug’diradi, chunki organizm ko’p qon yo’qotishi mumkin. Qonning ivishi 
murakkab biologik jarayon bo’lib, bunda quyidagi omillar ishtirok etadi: qon 
plazmasidagi fibrinogеn (oqsil modda) mayda zarrachalardan ingichka tolachalarga 
(fibringa) aylanadi. 
Fibrin tolachalari son tomiri dеvorining jaroxatlangan (kеsilgan) joyida to’r 
hosil qiladi va unga qonning shaklli elеmеntlari, ayniqsa trombotsitlar ilinib, to’siq 
hosil bo’ladi. Natijada qon oqishi to’xtaydi. Bu jarayonda qon tarkibidagi trombin 
fеrmеnti, Sa ionlari, K vitamin va qonning antigеmofil omili muhim rol o’ynaydn. 
Sog’lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. 
Ba'zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonnnng ivishida muhim 
ahamiyatga ega bo’lgan biologik modda-antigеmofil omil еtarli bo’lmaydi. Bu 
kasallik gеmofiliya dеb atalib, u nasldan - naslga, ya'ni ota-onadan bolaga o’tadi. 
Bunday odamlar qon ivishi buziladi, natijada bеxosdan burundan qon kеlishi, 
salgina jaroxat tufayli ko’p qon yo’qotishi mumkin. Bundan tashqari, 
trombotsitlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida Sa ionlari, K vitaminning 
miqdori еtishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi. 
6. Qon guruhlari. 
1901 yili avstriyalik olim K. Landshtеynеr, 1907 yili chеx olimi Ya. Yanskiy 
turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko’ra bir-biridan farq qilishini 
aniqlaganlar. Qonning zritrotsitlari tarkibida agglyutinogеn, plazmasi tarkibida 
agglyutinin moddalari bo’lib, ularning har biri kimyoviy xossalariga ko’ra ikki turga 
bo’linadi, ya'ki agglyutinogеn A va V, agglyutinin a va . Binobarin, bitta odam 
qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xil bеlgili modda bo’lmasligi kеrak, ya'ni 
agglyutinogеn A va agglyutinin a yoki agglyutinogеn V va agg’lyutinin . Normada 
agglayutinogеn A va agglyutinin yoki agglyutinogеn V va agglyutinin a bo’lishi 
mumkin. Agglyutinogеn A va V bo’lgan qonda agglyutininlar umuman bo’lmaydi. 
Aksincha, agglyutinin a va bo’lgan qonda agglyutinogеnlar umuman bo’lmaydi. 
Ana shunga ko’ra, barcha odamlar qoni to’rt gruppaga bo’linadi. 
I gruppa - eritrotsitlarda agglyutinogеn umuman bo’lmaydi, plazmada 
agglyutinin a va bo’ladi. 
II gruppa — eritrotsitlarda agglyutvnogеn A, plazmada agglyutinin bo’ladi. 
III gruppa - eritrotsitlarda agglyutinogеn V, plazmada agglyutinin a bo’ladi. 
IV gruppa - eritrotsitlarda agtlyutivogеn A va V bo’lib, plazmada agglyutinin 
umuman bo’lmaydi. 
Dunyoda ko’p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon gruppalarini 
aniqlash natijasi shuni ko’rsatadiki, qoni I grunpa bo’lgan odamlar axolining 


o’rtacha 40 % ini, II gruppa -39 % ini, III gruppa - 15 % ini va IV gruppa - 6 % ini 
tashkil etadi. 
1940 yili K. Landpggеynеr va Vinеr qoining eritrotsitlarida agglyutinogеn A 
va V dan tashqari, yana bir modda borligini aniqlab, uni rеzus faktor (K-faktor) dеb 
atadilar. Bu faktor 85 % odamlar qonida bo’ladi va ular rеzus musbat qonli odam 
dеb ataladi, 15 % odamlarning qonida bu faktor bo’lmaydi. Ular rеzus manfiy qonli 
odam dеb ataladi. Rеzus musbat qon rеzus manfiy qonli odamga quyilsa, birinchi 
martasida hеch qanday noxush rеaktsiya ro’y bеrmaydi. Lеkin rеzus manfiy qonli 
odam qonida quyilgan rеzus musbat qonga qarshi antitеlalar (organizmda yot 
moddaga qarshi hosil bo’lgan, maxsus himoya xossasiga ega bo’lgan oqsil 
zarrachalar) hosil bo’ladi. Shu odamga ikkinchi marta rеzus musbat qon quyilsa, 
uning qonida agglyutinatsnya hodisasi ro’y bеradi. 
Qon gruppalari va rеzus faktor nasldan - naslg’a o’tadi. Agar erkakning qoni 
rеzus musbat bo’lib, ayolning qoni rеzus manfiy bo’lsa, bino bo’lgan homilaga 
(bolaga) qon onadan o’tsa, uning qoni rеzus manfiy bo’ladi. Bunday bola sog’lom 
tug’iladi, Aksincha, rеzus musbat qon bolaga otadan o’tsa, uning qoni ^am 
otasinikiga o’xshab rеzus musbat bo’ladi. Natijada oyaa va bolaning’ qoni bir-biriga 
to’g’ri kеlmaganlvgi uchun bunday bola gеmolitik kasallik bilan tug’iladi. Uning 
tеrisi va ko’zlari sariq, jigar va talog’i kattalashgan, qorni shishgan, tug’ilgan 
vaqtdan boshlab umumiy axvoli og’ir bo’ladi. Davolash uchun bolaga qon quyib. 
qoni almashtiriladi. Qon quyish. Og’ir shikastlanganda va ko’p qon yo’qotilganda 
uzoq davom etadigan og’ir kasalliklarda bеmorni davolash uchun qon quyish kеrak 
bo’ladi. Bunda birinchi gruppa qonni hamma to’rtta gruppata quyish mumkin. 
Birinchi gruppa qonli odamlar o’z qonini barcha gruppadagi qonli odamlarga bеrishi 
mumkin. Shuning uchun ular univеrsal donor dеb ataladi (boshqalarga qon bеruvchi 
odam donor, boshqalardan qon oluvchi odam rеtsipiеnt dеb ataladi). 
Ikkinchi gruppa qonli odamlar ikkinchi va to’rtinchi gruppa qoili odamlarga, 
uchinchi gruppa qonli odamlar uchinchi va to’rtinchi gruppa qonli odamlarga qon 
bеrishi mumkin. To’rtinchi gruppa qonli odamlar faqat shu g’ruppa qonli odamlarga 
qon bеrishi mumkin, lеkin o’zi hamma gruppadan qon oladi. Shuiing uchun ular 
uyaivеrsal rеtsipiеnt dеb ataladi. 
Bеmorga qon quyish o’ta ma'sulyatli ish hisoblanadi. Agar qon grudpasi 
noto’g’ri aniqlansa, bеmor qon gruppasiga to’g’ri kеlmaydigan qon quyilsa, donor 
qonining eritrotsitlari bilan bеmor qonining eritrotsitlari bir-biriga yopishib qoladi, 
ya'ni agglyutinatsiya hodisasi ro’y bеradi. Bunday hodisa ro’y bеrganda bеmorning 
axvoli birdaniga og’irlashadi, rangi oqarib, lablari ko’karadi, tanasi sovub qaltiraydi. 
Badanida qizil toshmalar paydo bo’ladi, nafas olishi qnyinlashadi. Agar bunda 
zudlik bilan yordam ko’rsatilmasa, bеmor xalok bo’lish. Ayniqsa, Ulug’ Vatan 
urushi yillarida minglab odamlar ixtiyoriy ravishda qon topshirib; ko’plab 
yaradorlarning xayoti saqlab qolinishiga va ular qaytadav safga qaytishiga xissa 
qushganlar. Hozirgi vaqtda ham minglab donorlar ko’plab bеmorlarni davolashga, 
ularning xayotini saqlab qolishdеk olijanob ishga xissalarini qo’shmozdalar. 


Qadimgi Yunoniston, Misr, Rimda bеmorlarni davolashda qonnnng 
ahamiyatini bilishgan. Usha davrning tabiblari bеmorlarga boshqa odam qonini 
quyganlar, lеkyan ularda qon gruppasi xaqida tushuncha bo’lmaganligi sababli qon 
quyish taxminiy bajarilgan. Shuning uchun ayrim xollardagina quyilgan son bеmor 
qoniga to’g’ri kеlib, yaxshi natija bеrgan bo’lsa, ko’pincha qon gruppalari to’g’rn 
kеlmasligi yomon oqibatlarga sabab bo’lgan. Chunonchi, Rim papasn Innokеntiy 
UTP yosharish maqsadida uchta yosh yigitning qonini quyishni buyurgan. Lеkin u 
qon quyish natijasida xalok bo’lgan. Qon gruppalari aniqlznguncha son quyish 
soxasidagi barcha urinishlar yaxshi natija bеrmagan. 
7. Qon aylanish tizimi. 
Qon aylanish tizimsn va uning ahamiyati xaqida umumiy tushuncha. 
Qon aylanish tizimiga yurak, artеriya, kapillyarlar, vеna va limfa tomirlari 
kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning’ to’xtovsiz harakatlanishini 
ta'minlaydi. 
Yurakning avtomatik qisqarib va kеngayib turipsh natijasida qon katta 
artеriya va kapillyarlar (mayda son tomirlari) orqali tananing hamma to’qima hamda 
hujayralariga tarqalib, so’ngra mayda, o’rta va yirik vеna qon tomirlari orqali 
yurakka qaytib kеladi. Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq moddalar, 
kislorod, gormonlarga boy bo’lgan artеrial qon aorta tomiriga quyiladi. Undan yirik, 
o’rta, mayda artеriya tomirlari orqali to’qima va hujayralar orasida joylashgan 
kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga 
o’tadn. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiq moddalar 
va karbonat angadrid ulardan mayda vеna, kapillyar tomirlariga o’tib, so’ngra o’rta, 
yirik vеna tomirlari orqali yurakning o’ng bo’lmasiga kеlib quyiladi. Shunday qilib, 
yurak - qon tomir tizimi tananing hamma to’qima-hujayralariga ozaq moddalar va 
kislorod еtkazib bеradi. Ularda hosil bo’lgan qoldiq moddalarni qabul qilib, ayirish 
a`zolariga еtkazadi. Shuning uchun yurak - qon tomir tizimi "tashuvchi tizim" dеb 
ham yuritiladi. Yurak - qon tomir tizimiga eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. 
Agar yurak vaqt to’xtab qolsa, odamning’ hayoti ham to’xtaydi. Yurak - qon tomir 
tizimi yuqorida aytilganidеk, bir nеchta qismlardan iborat. Bu tizimning faoliyatini 
mukammal o’rganish uchun uning har bir qismning tuzilishi va funksiyasi bilan 
tanishish maqsadga muvofiqdir. 
. Yurakning tuzilishi va joylashishi. Yurak qon aylanish tizimiyaning 
markaziy qismi bo’lib, muskullardan tashkil topgan kovak a`zodir. Har bir odam 
yuragining’ hajmi mushtiga yaqin bo’ladi. Jismoniy mеhnat va sport bilan 
shug’ullanuvchi kishilarda yurakning muskullari yaxshi rivojlavib, uning hajmi 
oshqalar yurag’ining hajmpga nnsbatan kattaroq bo’ladi. Yurakning massasi 
erkaklarda 220300 g gacha, ayollarda esa 180-220 g gacha bo’ladi. 
Yurak ko’krak qafasida to’sh suyaganing orqasida, ikkala o’pkaning o’rtasida 
joylashgan bo’lib, uning ko’proq qismi ko’krak bo’shlig’ining chap tomonida turadi. 
U orqa tomonidan qizilo’ngach va aorta qon tomirining pastga tushuvchi qismi 
orqali umurtqa pog’onasidan ajralib turadi. Pastki tomovidan esa diafragma orqali 
qorin bo’shlig’idan ajralib turadi. 


Yurak dеvori uch qavatdan: ichqi - endokard, o’rta - muskul ya'ni miokard va 
tashqi - pеrikarddan iborat. Tash^i pardasi pеrikard ikki qavat bo’lib, ichki qavati 
yurak muskuliga yopishib turadi, u epikard dеb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida 
yurakni o’rab turadi. Ikkala qavat o’rtasidagi bo’shlioda suyu^ik bo’lib, yurakning 
qisqarish va kеngayish harakatlariga qulaylik tug’diradi. 
Yurak to’rt kamеradan tashkil topgan: o’ng va chap bo’limachalar, o’ng va 
chap qorinchalar. Bo’lmachalarining dеvori yupqaroq, qorinchalarning, ayniqsa 
chap qorinchaning dеvori qalin bo’ladi, chunki chap qorincha aorta qon tomiriga 
yuqori bosim bilan qon haydab, katta qon aylanish doirasi orqali tananing hamma 
org’an va to’qimalarini artеriya qoni bilan ta'minlaydi. Yurakda to’rtta klapan 
(qopqoq) bo’lib, chap bo’lmacha bilan qorincha o’rtasida ikki tavaqali klapan, o’ng 
bo’lmacha bilan o’ng qorincha o’rtasida uch tavaqali klapan, chap qorincha bilan 
aorta qon tomiri o’rtasida hamda o’ng qorincha bilan o’pka artеriyasi o’rtasida 
yarimoysimon klapanlar joylashg’an. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular 
orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi, ya'ii qoya bo’lmachalardan 
qorinchalarga, ulardan esa aorta va o’pka artеriyalariga tomon harakatlanadi. 
Yurak, yuqorida aytilganidеk, qon aylanish tizimining’ markaziy a`zosi 
bo’lib, u nasos singari qon tomirlaridagi qonni to’xtovsiz harakatlantiradi va 
tananing hamma a`zolari, to’qimalari va ^ujayralarini oziq moddalar va kislorod 
bilan ta'minlaydi. Uning kamеralari orqali bir minutda katta odamda 5 l qon o’tadi, 
lеkin bu qonning bir tomchisidan ham yurak o’z extiyoji uchun foydalanmaydi. 
Yura^shing muskullari ikkita maxsus tojsimon artеriyalar orqali qon bilan 
ta'minlanadi. Bu tomirlar aortaniig boshlang’ich qismidan ajralib, yurak muskullari 
orasiga kiradi, Bu artеriya tomirlaridagi qon yurak muskullarini orasiga kiradi. Bu 
artеriya tomirlaridagi qon yurak muskullarini oziq moddalar va kislorod bilan 
ta'minlab, vеna qoniga aylanib ikkita yurak vеnasini hosil qiladi va yurakning o’ng 
bo’lmachasiga quyiladi. Katta odamda tinch xolatda yurakning tojsimon artеriyasi 
orqali bir minutda 200-250 ml qon yurak muskullariga boradi. Jismoniy mashq 
bajarganda esa bu qonning miodori 800-1000 ml gacha ortadi. Bir kеcha-kunduzda 
tojsimon artеriyalar orqali 500 l qon yurak muskullaridan oqib o’tadi. 
Yurakning ishlashi. Yurakning’ asosiy ishi nasos singari vеna son 
tomirlaridagi qonni so’rib, artеriya qon tomirlariga o’tkazishdan iborat. Yurakning 
bu ishi uning bu bo’lmacha va qorinchalari dеvoridagi muskullarning ritmik 
ravishda qisqaripsh va kеngayishi orqali amalga oshadi. Bo’lmacha va qorinchalar 
muskullarning qisqarishi sistola, kеngayishi diastola dеb ataladi. Yurakning 
bo’lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib bo’shashishi yurakning bir ish sikli 
dеb ataladi. Katta odam tinch xolatida yuragi bir minutda 70-72 marta qisqaradi va 
kеngayadi, uning har bir qis^arib kеngayishidan bitta puls hosil bo’ladi. Shunday 
qilib, yurak bir minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Uning har bir ish sikliga 0, 
8 sеk. sarflanadi. Jumladan, bo’lmachalarning qisqarishiga -0, 1 sеk., kеngayishiga 


0, 7 sеk., qorinchalarning qisqarishiga 0, 3 sеk., kеngayishiga 0, 5 sеk. vatst 
sarflanadi. 
Yurakning sistolik va minutlik hajmi. Yurak qorinchalarini x;ar bir 
qisqarganida 65-70 ml qonni artеriya tomirlariga chiqaradi. Bu yurakning sistolik 
hajmi dеb ataladi. Tinch turgan xolatda katta odamning yuragi bir minutda 70-72 
marta qisqarib kеng’ayadi. Har bir qisqarganida undan chiqarilgan qon miodori 
uning bir minutda qisqarib kеngayishi soniga ko’paytirilsa, yurakning minutlik 
hajmi kеlib chiqadi. U 4, 9 l ga tеng (70 ml X 70 marta q 4, 9 l). Bir kеcha kunduzda 
yurak o’rtacha 100 ming marta qisqarib kеngayadi va 10 t qonni artеriya tomirlariga 
chiqaradi. Yurak ritmik ravishda uzluksiz ish bajaradi. Uning bir kеcha kunduzda 
bajargan ish massasi 64 kg li yukni 300 m balandlikka ko’tarishga tеng. Odamning’ 
o’rtacha umr ko’rishi 70-80 yil dеb olinsa, shu davr ichida yurak aorta tomiriga 
chiqargan qon miodori xisoblansa, u 5 km uzunlikdagi kanalni to’ldirib, unda 
paroxod yurishi mumkin bo’ladi.Jismoniy mеxnat, sport mashqlari bajarganda 
yurakning qisqarib-kеngayish soni mashg’ulotning sеkin yoki tеz bajarilishiga ko’ra 
bir minutda 100 martadan 200 martagacha ko’paynsh mumkin. Dеmak, uning 
minutlik xdjmi ham tinch x.oldagiga nisbatan 1, 5-3 marta ortishi mumkin. Jismoniy 
mе^natda chinivdan sportchilarda mashq bajargan vaqtda yurakning sistolik hajmi 
65-70 ml o’rniga 100-150 ml gacha ortadi va bir minutda yurakning qisqarib-
kеngayishi soni 150-200 martaga еtadi, ya'ii ularda yurakning minutlik hajmi 15-30 
l gacha ortishi mumkin. Chang’i sportida 8 soat davomida 100 km masofani o’tgan 
sportchining yuragi 35 t qonni artеriya tomirlariga chiqaradi. 
Yurak avtomatiyasi. Agar baqa yoki boshqa biror ^ayvonning yuragani 
tanasidan ajratib olib, fiziologik eritmaga solib quyilsa, u tanadan va nеrv tizimidan 
ajratilganligiga qaramay, malum vaqt davomida qisqarib kеngayib ishlab turadi. 
Yurakning o’z-o’zidan bunday ishlash xususiyati yurak avtomatiyasi dеb ataladi. 
Odam tanasidagi boshqa a`zolarning birortasi bunday xususiyatga ega emas. 
Yurak avtomatiyasini uning muskullari orasida joylashgan maxsus nеrv-muskul 
tuzilmalari (tugunlari ) taminlaydi. Yurak o’ng bo’lmachasining kovak vеnalari 
quyiladigan joydagi muskullar orasida Kеys-Flyak nеrv tugunchasi bo’lib, undagi 
qo’zgalish o’ng va chap bo’lmacha muskullari tolalariga tarqalib, ularni qo’zg’atadi 
va qnsqartiradi. So’ngra qisqarish bo’lmacha muskullaridan o’ng bo’lmacha va o’ng 
qorincha o’rtasida joylashgan Ashoff-Tovar nеrv tuguniga o’tadi, uning qo’zg’alishi 
Giss nеrv tolasi va Purkinе tolachalari orqali o’ng va chap qorincha muskullariga 
tarqalib, ularni qisqartnradi, 
Yurak biotoklari, Boshqa hujayra va to’qimalarda bo’lgani singari, yurak 
muskullarida ham biologik tok (biotok) bo’ladi. Yurak biotoki elеktrokardiograf 
yordamida maxsus lеntaga yozibolinadi va o’rganiladi. Lеntaga yozib olvngan 
biotoklar elеktrokardiogramma (EKG) dеb ataladi. Yurakning har bir siklida, yani 
bir marta qisqarib kеngayganida lеitada elеktrokardiogrammaning 5 ta tishi hosil 
bo’ladi 
va 
ular 
quyidagi 
harflar 
bilan 
bеlgilanadi: 
ROK5T. 
Elеktrokardiogrammaning R tishi bo’lmachalar muskulining qo’zg’alitidan, qolgan 
ON5T tishlari qorinchalar muskulining qo’zg’alishidan hosil bo’ladi. 
Elеktrokardiogramma tishlarining shakli 30-rasmda tasvirlangan. 


Jismoniy chiniqqan kishilarning elеktrokardiogrammasida tishlar yirikroq 
bo’ladi va bu yurak muskullarining qisqarish kuchini ko’rsatadi. Aksincha, jismoniy 
chini^magan kishilarda tishlar mayda bo’ladi. Bundan tashqari, yurak kasalliklarida 
ham elеktrokardiogramma tishlarining hajmi, shakli va ular orasidag’i masofa 
kasallikning turiga va yurak muskullarining qaysi qismi zararlanganligiga turlicha 
o’zgaradi. Agar bo’lmacha muskullari zararlangan bo’lsa, ON5T tishlar o’zgaradi. 
Shunga qarab, kasallikka tashxis qo’yiladi. 
Qon fiziologiyasi va organizm immuniteti 
Reja: 
Qon funktsiyalari. Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar, 
trombotsitlar. 
Tugma immunitet. 
Limfotsitlar ta`minlovchi immunitet. 
Immun tizimi bilan boglik bulgan kasalliklar (immun tankisligi, autoimmun 
kasalliklari, allergiyalar). 
Qon, limfa va to`qima suyuqlig`i gavdadagi barcha hujayra va to`qimalarni 
yuvib turuvchi organizmning ichki muhitini hosil qiladi. Ichki muhit tarkibi va fizik-
ximiyaviy xossalarining nisbiy doimiyligi bilai farq qiladi va shu tufayli organizm 
hujayralarining ushashi uchun nisbiy doimiy sharoit (gomeostaz) vujudga keladi. 
Organizmga hayot uchun zarur bo`lgan turli moddalar etkazib beradigan va 
parchalanish mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradigan bir qancha organlar 
faoliyati natijasida shunday sharoit muhayyo bo`ladi. Demak, gomeostazni saklab 
turishda, jumladan, hujayra va to`qima-lardagi suv va elektrolitlar miqdorining 
nisbiy doimiyligini saqlashda qon juda muhim rol’ o`ynaydi. 
Qon tomirlarda harakatlanib, organizmda transport vazifasini bajaradi. U 
to`qimalarga oziq moddalar: glyukoza, aminokislotalar, polipeptidlar, yog`lar, 
vitaminlar, mineral moddalar va suvni, shuningdek o`pkada qonga o`tadigan 
kislorodni etkazib beradi va keyin buyraklar, ter bezlari, o`pka, ichak orqali 
organizmdan chiqarib yuboriladigan «hayot tashlandilari» — modda 
almashinuvining oxirgi mahsulotlari: ammiak, mochevina, siydik kislotasi va 
boshqa tashlandilarni, jumladan karbonat angidridni to`qimalardan olib ketadi. Qon 
transport vazifasini o`taganligi uchun gumoral regulyatsiyada, ya`ni organizmdagi 
kimyoviy o`zaro ta`sir protsesslarida ham muhim rol’ o`ynaydi. Qon gormonlarni 
va boshqa fiziologik aktiv moddalarni hosil qilgan hujayralardan boshqa 
hujayralarga tashib bergani uchun shunday rol’ o`ynaydi. 
Qon immunitet (ya`ni yuqumli kasalliklar bilan og`rimaslik)ning eng muhim 
faktory bo`lib, himoya funktsiyasini bajaradi. Buning boisi shuki, qonda 
fagotsitozga qodir leykotsitlar bor, shuningdek mikroorganizmlarni va ularning 
zaharlarini zararsizlantiruvchi va yot oqsillarni parchalovchi immun jismlar 
(antitelolar) mavjud. 
Qonning tarkibi, miqdori va fizik-kimyoviy xossalari. 
Qonning tarkibi. Qon suyuq qism — plazma va undagi muallaq shaklli 
elementlar: eritrotsitlar (qizil qon tanachalari), leykotsitlar (oq qon tanachalari) va 
qon plastinkalaridan iborat. 


Qonni ivishdan saqlovchi modda qo`shilgach probirkaga quyib, 
tsentrifugalansa, shaklli elementlar og`irroq bo`lgani uchun probirka tagiga 
cho`kadi. Ayni vaqtda qon ikki qavatga ajraladi; shaklli elementlardan tarkib topgan 
pastki qavat — qizil rangli: qon plazmasidan iborat bo`lgan yuqori qavat tiniq, 
rangsiz yoki och sariq bo`ladi. Leykotsitlar solishtirma og`irligi eritrotsitlarga 
nisbatan kam bo`lgani uchun eritrotsitlar bilan plazma orasiga joylashib, oq rangli 
yupqa parda hosil qiladi. 
Qon darajalarga bo`lingan maxsus kanillyar — gematokritda tsen-
trifugalanganda plazma hajmi qon hajmining 50—60% ini tashkil qilishini, kolgan 
40—45% esa shaklli elementlarga to`g`ri kelishini aniklash mumkin. 
Organizmdagi qon miqdori Odam organizmidagi qonning umumiy miqdori 
normada gavda vaznining 6—7,5% ini, ya`ni 1/13 qismini tashkil etadi.Odam 
gavdasidagi qon miqdori organizmga zarar qilmaydigan, qon tomirlaridan juda sekin 
chiqib ketadigan kolloid bo`yoq, masalan, kongorotni tomirlarga yuborish yo`li 
bilan aniqlapadi. Bir necha minutdan so`ng, bo`yoq butun qonga tarqalgach, bir 
portsiya qon olinadi va plazmaning rangiga qarab bo`yoq kontsentratsiyasi 
aniqlanadi (plazma rangi standart eritma rangiga solishtiriladi). Qon miqdorini oddiy 
hisoblash yo`li bilan aniqlasa bo`ladi. Keyingi yillarda shu maqsadda radioaktiv 
indikatorlar usulidan ham foydalanilmoqda. Tekshirilayotgan kishidan qon olinib, 
eritrotsitlar plazmadan ajratiladi va radioaktiv fosforli eritmaga solib qo`yiladi. 
Radioaktiv fosfor eritrotsitlarga yutiladi. Nishonlangan eritrotsitlar tekshirila-yotgan 
kishining qon tomiriga qaytadan yuboriladi va ular butun qonga bir tekis tarqalgach 
qon probasiiing radioaktivlik darajasi aniqlanadi. So`ng qonning umumiy miqdori 
hisoblash yo`li bilan aniqlanadi. 
Bu usullar qo`llanilganda qonning bir qismi qon depolarida bo`lib, 
tsirkulyatsiyada qatnashmasligini hisobga olish lozim. SHuning uchun qon tomirga 
kiritilgan indikator (bo`yoq yoki nishonlangan eritrotsitlar) qonga unchalik bir tekis 
tarqalmaydi, deb faraz qilnsh mumkin edi. Biroq hayvonlar ustidagi tajribalarda bu 
usullar bilan olingan natijalarni ularni butunlay qonsizlash yo`li bilan tsonning 
umumiy miqdorini aniqlash natijalariga solishtirib ko`rish, ularning bir-biriga ancha 
yaqin kelishini ko`rsatdi. Qopga kiritilgai indikator tezda qon depolaridagi qonga 
aralashib ketishi o`z-o`zidai ko`rinib turibdi. 
Organizmdagi qoining umumiy miqdori nisbiy doimiy turadi. Qon tomirlariga 
qonning o`rnini bosuvchi suyuqliq quyish natijasida qonning suyuq qismi ko`payib 
ketganda qon miqdori tezda avvalgi darajaga qaytadi. Kiritilgan suyuqliqning bir 
qismi darhol buyraklar orqali chiqib ketadi, qolgan ko`pchilik qismi esa avvaliga 
to`qimalarga o`tadi, so`ng asta-sekin qonga o`tib, buyraklar orqali chiqib ketadi. 
Ko`p qon yo`qotish oqibatida qonning juda kamayib ketishi, masalan, umumiy qon. 
miqdorining ]/z qismini yo`qotish organizmni halokatga olib kelishi mumkin. 
Bunday hollarda qon yoki uning o`rnini bosuvchi suyuqliqlar quyish zarur. 
Qonning yopishqoqligi va solishtirma og`irligiSuvning yopishqoqligi birga 
teng deb olinsa, plazmaniki 1,7—2,2 ga, butun qonniki esa taxminan 5,0 ga teng 
bo`ladi. Qonning yopishqoqligi unda oqsillar va eritrotsitlar borligiga bog`lnq. Qon 
quyulib qolganda, ya`ni, masalan, odam ichi ketganda yoki qattiq terlaganda, ya`ni 


suv yo`qotganda, shuningdek qonda eritrotsitlar ko`payganda yopishqoqlik ortishi 
mumkin. 
Butun qonning solishtirma og`irligi 1,050-—1,060 ga, eritrotsitlarniki 1,090 
ga, plazmaniki esa 1,025—1,034 ga teng. 
Qonning osmotik bosimi 
Ikki eritmaning biri yuqoriroq kontsentratsiyali, ya`ni unda erigan modda 
ikkinchisiga qaraganda ortiqroq bo`lsa va bu ikki eritma yarim o`tkazgich 
(erituvchini, masalan, suvni o`tkazsada, erigan moddani o`tkazmaydigan) parda 
bilan to`sib qo`yilsa, suv kontsentratsiyasi yuqoriroq bo`lgan eritmaga o`tadi. 
erituvchining yarim o`tkazgich pardadan o`tishiga sabab bo`luvchi kuch osmotik 
bosim deb ataladi. 
Eritmaning osmotik bosimini osmometr yordamida o`lchasa bo`ladi. 
Osmometr yarim o`tkazgich parda bilan to`silgan ikkita idishdan iborat. Ularning 
biriga biror moddaning kontsentratsiyasi yuqori eritmasi, ikkinchisiga esa 
kontsentratsiyasi past eritma yoki nuqul erituvchi quyiladi. Ularning birinchisi 
o`rtasidan vertikal manometrik nay o`tgan probka bilan berkitiladi. erituvchi 
kontsentratsiyasi yuqoriroq eritma quyilgan idishga o`ta boshlaydi va suyuqliq 
manometr nayiga ko`tariladi. Suv ustunining bosimi osmotnk bosim miqdorini 
ifodalaydi.
Qon bilan to`qimalar orasida suv almashinuvining boshqarilishida qon, limfa, 
to`qima suyuqlig`ining osmotik bosimi katta ahamiyatga ega. Hujayralarni o`rab 
turuvchi suyuqliqning osmotik bosimi o`zgarishi bilan ularda suv almashinuvi 
buziladi. Buni eritrotsitlar misolida ko`rish mumkin. Eritrotsitlar plazmaga nisbatan 
yuqoriroq osmotik bosimli NaS1 eritmasiga botirilsa, suvini yo`qotib, hajmi 
kichrayadi va bujmayib qoladi. Kamroq osmotik bosimli NaS1 eritmasiga botirilgan 
eritrotsitlar esa, aksincha, shishadi, hajmi kattalashadi va pravardida yorilib ham 
ketadi. 
Qon osmotik bosimining miqdori krioskopik usulda, ya`ni muzlash 
temperaturasini o`lchab aniqlanishi mumkin. Ma`lumki, eritmaning osmotik bosimi 
qanchalik yuqori bo`lsa, ya`ni eritmadagi molekulalar, ionlar va kolloid zarrachalar 
kontsentratsiyasining yig`indisi qancha ko`p bo`lsa, uning muzlash temperaturasi 
o`shancha past bo`ladi. 
Aktiv reaktsiya kislota tomonga o`zgarganda buyraklar ko`p miqdorda bir 
asosli natriy fosfatni, reaktsiya ishqoriy tomonga o`zgarganda esa ko`p miqdorda 
ishqoriy tuzlarni siydik bilan chiqaradi. Birinchi holda siydik juda kislotali, 
ikkinchisida juda ishqoriy bo`lib qoladi (siydikdagi rN normal sharoitda 4,7—6,5 ga 
teng, kislota-ishqor muvozanati buzilganda esa 4,5 va 8,5 ga etishi mumkin). 
Nisbatan ozroq sut kislota ter bezlari orqali ham chiqib ketadiQon 
plazmasining tarkibi. Qon plazmasi 90—92% suv va asosan oqsillar bilan tuzlardan 
tashkil topgan 8—10% kuruq moddadan iborat. Plazmada xossalari va funktsional 
ahamiyati bilan bir-biridan farq qiluvchi bir necha xil oqsil: al’buminlar (taxminan 
4,5%), globulinlar (1,7—3,5%) va fibrinogen (0,4% ga yaqin) bor. 
Odam plazmasidagi oqsillarning umumiy miqdori o`rta hisob bilan 7—8%; 
plazmadagi quruq moddaning qolgan qismi boshqa organik birikmalar va mineral 
tuzlarga to`g`ri keladi. 


Qon plazmasida oqsildan boshqa, azotli birikmalar: oqsillarning 
gidrolizlanishi natijasida Hosil bo`lib ovqat hazm qilish yo`lidan so`riladigan va 
protoplazma oqsillarining sintezlanishi uchun hujayralar foydalanadigan moddalar 
(aminokislotalar, polipeptidlar) va oqsillarning parchalanishi natijasida hosil bo`lib, 
organizmdan chiqarib tashlanadigan moddalar (mochevina, siydik kislotasi, kreatin, 
kreatinin, ammiak) bor. 
Plazmadagi qoldiq azot deb ataluvchi nooqsil azotning. Umumiymiqdori 30—
40 mg% ni tashkil qiladi. Uning yarmi mochevinaga to`g`rikeladi. Buyraklar etarli 
ishlamaganda qon plazmasida qoldiq azotjuda ko`payib ketadi.
Plazmada azotsiz organik moddalar: organizm hujayralari uchun asosiy 
energiya manbai glyukoza (85—110 mg%) va organizm hujayralarining faoliyati 
natijasida hosil bo`ladigan turli organik kislotalar, masalan, sut kislotasi ham bor. 
Qon plazmasidagi mineral moddalar qariyb 0,9% ni tashkil qiladi.Ularning 
tarkibiga asosan Na', K", Sa \ Mg-.-. va Sl, NRO'4, NSO'z ionlari kiradi. 
Plazma mineral tarkibining ahamiyati va qonning o`rnini bosuvchi eritmalar 
Qon bilan bir xil osmotik bosimga ega bo`lgan, ya`ni tuzlar kontsentratsiyasi 
qoshshkiga baravar keladigan eritmalar izoosmotik, yoki izotonik eritmalar deb 
ataladi. NaSl ning 0,9% li eritmasi issiq qonli hayvonlar va odam uchun izotonik 
eritmadir. Bunday eritmani ko`pincha fiziologik eritma deb atashadi. Osmotik 
bosimi qonga qaraganda yuqori eritmalar gipertonik eritmalar deb, pastroq 
bo`lganlari esa gipotonik eritmalar deb ataladi. 
Eritmaning NaCl KSl SaCl2 NaHSOz MgSl NaN2R04 Glyukoza 
nomi distillangan 1 l suvga (gramm hisobida) 
Sovuqqonli hayvonlar uchun 
Ringer eritmasi 
Issiqqonli hayvonlar uchun Ringsr—Lokk eritmasi 
Ayrim organlar, masalan, baqaning organizmidan ajratib olingan yuragi NaS1 
ning izotonik eritmasida bir necha vaqt yashab va ishlab turishi mumkin. Biroq bu 
eritma to`la-to`kis fiziologik eritma emas. Faqat NaS1 bo`lgan eritma yurakdan 
o`tkazilganda u uzoq ishlay olmaydi. Bunday eritmaga ozgina KS1 va SaSl 
qo`shilsa, yurak yana ishlab ketadi va uzoq vaqtgacha ishlab tura oladi. SHunday 
qilib, faqat izotoniya emas, balki eritmaning tarkibi ham katta ahamiyatga ega. 
SHunga ko`ra tarkibi plazmadagi ayrim tuzlar miqdoriga mos keladigan va shu 
sababli NaS1 ning izotonik eritmasiga nisbatan ko`proq «fiziologik» bo`lgan 
eritmalarning retseptlari ishlab chiqilgan. 
Bunday eritmalarning ko`pgina retseptlari taklif etilgan. Ular fiziologik 
eksperimentlarda va klinik praktikada ishlatiladi (masalan, meditsinada turli 
ko`rsatmalar bilan odam terisining ostiga yoki venaga yuboriladi). Ulardan enig ko`p 
tarqalgani Ringer, Ringer— Lokk, Tiroderitmalaridir. 
Turli fizioligik eritmalaring tarkibi 
Issiqqonli hayvonlarning ajratib olingan organi ishlab turishi uchueritmalar 
kislorod bilan to`yintiriladi. 
Fiziologik eritmalar tarkibida plazma oqsillari singari kolloid moddalar 
yo`qligidan, ular baribir qon plazmasiga teng kela olmaydi. SHuning uchun 
glyukozali tuz eritmasiga har xil kolloidlar, masalan, suvda eriydigan, yuqori 


molekulali (molekulyar og`irligi 13 000 dan 100 000 gacha va undan yuqori) 
polisaxaridlar (bunday preparat dekstran deb ataladi) yoki maxsus usulda ishlangai 
oqsil preparatlar qo`shiladi. Kolloidlar 7—8% miqdorida qo`shiladi. Odam qon 
yo`qotganda qon bosimini tiklash uchun organizmga shunday eritma yuboriladi. 
Biroq shunday eritmalar yaratilganiga qaramay, qon plaz-masi qonning o`rnini 
bosuvchi eng yaxshi suyuqliq bo`lib qolmoqda. 
Odam qoniga hayvonlarning qon plazmasini yuborish mumkin emas, chunki 
qon va to`qima oqsillari orasida turga oid farq bor. Hayvon organizmiga boshqa turli 
hayvon oqsillari yuborilganda turli patologik reaktsiyadar (anafilaktik shok, zardob 
kasalligi, ) ro`y berishi mumkin. Hayvonlarning qon plazmasini ishlash usullari 
topilgan, bunda oqsillar turga oid spetsifik farqlarini yo`qotadi. Bunday plazmani 
odam qoniga yuborsa bo`ladi. 
Immunitet va immun jismlar (antitelolar) 
Organizm fagotsitoz yo`li bilangina emas, balki gumoral faktorlar yordami 
bilai, ya`ni mikroblarni va ularning hayot faoliyati natijasida vujudga keladigan 
mahsulotlarni zararsizlantiruvchi moddalarni hujayralarda hosil qilish yo`li bilan 
infektsiyalardan sahlanadi. Masalan, mikroblar qo`zgaydigan ba`zi kasalliklarda 
(yuqumli kasalliklarda) organizm bakteriya zaharlari — toksinlarni, ehtpmol, 
ximiyaviy biriktirish yo`li bilan zararsizlantiruvchi moddalar (antitoksinlar) ishlab 
chiqaradi va to`playdi. Hayvonlar qoniga toksinlar qayta-qayta yuborilgandan so`ng 
unda tegishli antitoksinlar to`planadi. Bunday hanvonlarning qon zardobi 
kasalliklarni davolash maqsadida ishlatiladi. 
Aksari yuqumli kasalliklar (masalan, qizamiq, chin chechak, tepkili terlama 
va hokazo) da organizm mikroblarning rivojlanishiga to`sqinlik qiladigan 
moddalarni hosil qiladi, bu moddalar antitelolar yoki immun jismlar deb ataladi. 
SHunga ko`ra odam ba`zi kasalliklar bilan kamdan-kam takror og`riydi. Kasallik 
bilan og`rib o`tgan odamning qon zardobi shu kasallik mikroblarining o`sishini va 
rivojlanishi-ni to`xtatadi. Infektsiya rivojlanishiga to`sqinlik qiluvchi moddalarning 
qon, to`qi-malarda mavjudligi va organizm hujayralarining kasallik mikroblariga 
reaktsiya ko`rsatish qobiliyatining o`zgarishi tufayli organizmning kasallik bilan 
og`rimaslik (kasallikka chaliimaslik) holati immunitet deb ataladi. Antitelolarni 
leykotsitlar va retikulo-endoteliy sistemasining hujayralari ishlab chiqaradi. 
Immun jismlar mikroblardan boshqa omillar ta`sirida ham ishlanadi. Orga-
nizmga har qanday yot oqsil parsnteral yo`l bilan (hazm yo`lidan tashqari) kiritil-
ganda ham qonda antitslolar paydo bo`ladi. Hayvon qaysi yot oqsilga immunlangan 
bo`lsa, shu hayvon zardobi o`sha yot oqsilga ta`sir etganda oqsil ivib, cho`kib 
tushadi. Bu hodisa pretsipitatsiya, uni vujudga keltiruvchi moddalar esa 
pretsipitinlar deb ataladi. Immun jismlarga gemolizinlar, agglyutininlar va shu 
kabilar kiradi. 
Immun jism organizmning tug`ilish vaqtidan mavjud bo`lsa, tug`ma, yoki 
irsiy immunitet deb aytishadi. Immun jismlarning individual hayot davrida 
to`planishi orttirilgai (yoki kasb etilgan) immunitet deb ataladi. Odamning va 
hayvonlardan ayrim turlarining ba`zi kasalliklar bilan og`rimasligi tug`ma 
immunitet bilan tushuntiriladi. Masalan, odam qoramol chumasi degan kasallik bilan 
ogrimaydi. 


Tashqi ta`sirotlar tug`ma immunitetga putur etkazishi mumkin. Odatdagi 
sharoit-da kuydirgi bilan og`rimaydigan tovuqlar sovutib qo`yilsa, kasallana 
boshlaydi. SHuningdek ionlovchi radiatsnya (nurlanish) ham organizmning 
infektsiyaga qarshi chidamini kamaytiradi. 
Tug`ma immunitet leykotsitlarning fagotsitoz qila olishiga anchagina bog`liq. 
Quyonga kuydirgi sporalari yuborilgach ularni leykotsitlar yutib, hazm qilib yubo-
radi. Quyonning qoi zardobida esa kuydirgi bakteriyalarining sporalari yaxshi 
rivojlanadi. 
Anafilaksiya. Oqsil tabiatli yot moddalar organizmga takror kirganda 
anafilaksiya deb ataladigan maxsus. holat kuzatiladi. 
Masalan, dengiz cho`chqasining terisi ostiga, qoniga eki qorin pardasi 
bo`shlig`iga ozgina (0,02 ml) yot zardob yuborilsa, hech qanday zararli oqibat 
kuzatilmaydi. Lekin shu zardob 15—20 kundan so`ng takror yuborilsa, kuchli 
reaktsiya va ogir holat —anafilaktik shok ro`y beradi: tutqanoq tutadi, nafas olish va 
yurak urishi buziladi, zardob yuborilgach bir iecha minutdan keyin hayvon o`lib 
qoladi. Sababi shuki, yot oqsil birinchi marta yuborilganda hayvonning mazkur 
oqsilga sezuvchanligi oshadi (sensibilizatsiyalovchi in`ektsiya). Usha oqsil modda 
shunday sensibilizatsiyalangai hayvonga takror yuborilganda juda kuchli zahardek 
ta`sir qiladi (ajrim qiluvchi in`ektsiya). 
Hayvon 
ajrim 
qiluvchi 
in`ektsiyadan 
keyin 
omon 
qolsa 
desensibilizatsiyalanib, ya`ni sensibilizatsiyalovchi in`ektsiya ta`sirida oshgan 
sezuvchanlik holatidan qutilib qoladi. Bu holatlarning kelib chiqish mexanizmlari 
murakkab bo`lnb, mukammal o`rga-nilgani yuq. 
Limfada limfa aylanishi. 
Reja: 
1. 
Limfatik Sistema, limfaning tarkibi. 
2. 
limfaning hosil bo’lishi. 
3. 
limfa harakati,limfa tugunlari. 
Tanadagi limfa tizimi to'qimalarni va hujayralarni begona vositalardan 
(begona jismlardan) tozalash va toksik moddalardan himoya qilish funktsiyalarini 
bajaradi. U qon aylanish tizimining bir qismidir, lekin undan tuzilishi bilan farq 
qiladi va o'z tomirlari va organlari tarmog'iga ega bo'lgan mustaqil strukturaviy va 
funktsional birlik sifatida qaraladi. Limfa tizimining asosiy xususiyati uning ochiq 
tuzilishid. Ixtisoslashgan tomirlar, organlar, tuzilish elementlari majmuasi limfa 
tizimi deb ataladi. Muhim elementlar: 
1. 
Suyuqlik (limfa) harakatlanadigan mayda tomirlar, magistrallar, 
tomirlar. Qon tomirlaridan asosiy farq shundaki, suyuqlikni har tomonga 
tarqalishiga imkon beradigan klapanlarning ko'pligi. 
2. 
Tugunlar - limfa filtrlari rolini bajaradigan bitta yoki ta'lim guruhlari 
tomonidan tashkil etilgan. Ular zararli moddalarni ushlaydi, mikrob va virus 
zarralarini, fagotsitoz bilan antitelalarni qayta ishlaydi. 
3. 
Markaziy organlar - timus bezi, taloq, qizil suyak iligi, unda o'ziga xos 
immunitet qon hujayralari - limfotsitlar hosil bo'lib, pishib yetiladi va "o'qitiladi". 
Limfoid to'qimalarining alohida to'planishi - adenoidlar. nson limfa tizimi bir 
qator muhim vazifalarni bajaradi: 


1. 
To'qimalar suyuqligining aylanishini ta'minlash, shu bilan birga 
to'qimalardan toksik moddalar va metabolitlar ajralib chiqadi. 
2. 
Yog ', yog' kislotalarini ingichka ichakdan tashish, bu organlar va 
to'qimalarga ozuqa moddalarini tez etkazib berishni ta'minlaydi. 
3. 
Himoya qonni filtrlash funktsiyasi. 
4. 
Immunitet funktsiyasi: ko'p miqdorda limfotsitlar ishlab chiqarish. 
Limfa tizimida quyidagi tarkibiy elementlar ajralib turadi: limfa tomirlari, 
tugunlar va limfa o'zi. An'anaviy ravishda limfa tizimining a'zolariga anatomiyada 
immunitet tizimining ayrim qismlari kiradi, ular inson limfasining doimiy tarkibini, 
zararli moddalardan foydalanishni ta'minlaydi. Ayollarda limfa tizimi, ba'zi bir 
tadqiqotlarga ko'ra, qon tomirlari tarmog'iga ega, erkaklarda esa limfa tugunlari 
ko'paygan. Xulosa qilish mumkinki, limfa tizimi, uning tuzilishining o'ziga xos 
xususiyatlari tufayli immunitet tizimiga yordam beradi.Limfa oqimi va inson limfa 
tizimining tuzilishi ma'lum bir naqshga bo'ysunadi, bu esa limfa oraliq bo'shliqdan 
tugunlarga oqishini ta'minlaydi. Limfa oqimining asosiy qoidasi suyuqlikni 
periferiyadan markazga harakatlanishi, shu bilan birga filtrlashni bir necha 
bosqichlarda mahalliy tugunlar orqali o'tkazishdir. Tugunlardan uzoqlashib, tomirlar 
kanal deb ataladigan magistrallarni hosil qiladi. 
Chap subklavian venaga oqib tushadigan chap yuqori oyoq-qo'l, bo'yin, 
boshning chap bo'lagi, qovurg'a ostidagi organlar. Tananing o'ng yuqori chorak 
qismidan, shu jumladan bosh va ko'krakdan, o'ng subklavian venani chetlab o'tib, 
limfa oqimi o'ng kanalni hosil qiladi. Ushbu ajratish tomirlar va tugunlarni ortiqcha 
yuklamaslikka yordam beradi, limfa hujayralararo bo'shliqdan qonga erkin aylanadi. 
Kanalning har qanday bloklanishi shish yoki to'qima shishishi bilan tahdid qiladi. 
Limfa harakati 
Oddiy ishlash paytida limfa harakatining tezligi, yo'nalishi doimiydir. Harakat 
limfa kapillyarlaridagi sintez paytidan boshlanadi. Tomir devorlari va klapanlarining 
qisqaruvchi elementi yordamida suyuqlik yig'ilib, tugunlarning ma'lum bir guruhiga 
o'tadi, suziladi, so'ngra tozalanadi, katta tomirlarga quyiladi. Ushbu tashkilot tufayli 
limfa tizimining funktsiyalari faqat hujayralararo suyuqlikning aylanishi bilan 
chegaralanmaydi va u immunitet tizimining vositasi sifatida ishlashi mumkin. 
• 
Lymphomyosot - foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar, tarqatish shakli, 
bolalar va kattalar uchun ko'rsatmalar, yon ta'siri va narxi 
• 
Yuz uchun mikroto'lqinlar - ta'sir qilish printsipi, ko'rsatmalar, 
tayyorlash va o'tkazish, fotosuratga ta'siri va kontrendikatsiyalar 
• 
Limfa tugunlarining yallig'lanishi: kasallikning sabablari, belgilari va 
davolash usullari 
Limfa tizimining kasalliklari 
Eng ko'p uchraydigan kasalliklar - limfadenit - zararli mikroblar va ularning 
metabolitlari kontsentratsiyasi juda yuqori bo'lgan limfa suyuqligining ko'p 
miqdorda to'planishi tufayli to'qima yallig'lanishi. Ko'pincha, patologiya xo'ppozga 
o'xshaydi. Limfadenitning mexanizmlarini quyidagilar boshlashi mumkin: 
• 
ham xavfli, ham yaxshi xulqli o'smalar; 
• 
uzoq muddatli siqish sindromi; 
• 
to'g'ridan-to'g'ri limfa tomirlariga ta'sir qiladigan shikastlanishlar; 


• 
bakterial tizimli kasalliklar; 
• 
qizil qon hujayralarini yo'q qilish 
Yurak fiziologiyasi 
Reja: 
YUrakning tuzilishi va joylashuvi.
Yurakning elektr faolligi. 
Elektrokardiografiya
YUrak tsikli mexanikasi. Sistola va diastolada elektr jarayonlari, konning 
xajmi va bosim urtasidag i boglanishlar.
YUrak ishini nerv va gumoral boshqarilish 
Qon o`ziga xos murakkab funksiyalarni uzluksiz xarakatda, qon tomirlari 
ichida aylanib yurgan sharoitda bajara oladi. qon xarakatini yurak ishi ta`minlaydi. 
YUrak ikkita kovak muskulli organ bo`lib, chap yurak va o`ng yurak deb ajraladi. 
Ularning xar biri yana bo`lmaga va qorinchalarga ajraladi. Demak yurak 4 kovak 
bo`shliqli (kamerali) organ. O`ng yurakka qon kapillyar sohasidagi hujayra 
to`qimalaridagi CO2 gazini olib oqib keladi, vena qoni so`ng o`pkaga boradi, u erda 
qon O2ga to`yinib chap yurakka keladi, chap yurakdan katta qon aylanishi tizimi 
orqali yana butun orgazinmga tarqaladi. qonning o`pka qon tomirlari orqali o`ng 
yurakdan chap yurakka xarakati o`pkada qon aylanishini (kichik kon qon aylanishi 
doirasini tashqil qiladi. qolgan boshqa organlarni qon bilan ta`minlanishi va ulardan 
qaytib kelishi chap qorinchadan o`ng bo`limagacha bosib o`tilgan yo`l- katta qon 
aylanish doirasini tashqil qiladi. YUrakning qon xaydash faoliyati birin-ketin 
bo`shashishi (diastola) va qisqarishga (sistolaga) bog`liq. Diastola vaqtida bo`lmalar 
va qorinchalar qonga to`ladi, sistola vaqtida esa qon qorinchalardan yirik 
arteriyalarga (aorta va o`pka arteriyasiga) otilib chiqadi, Bu arteriyalar yurakdan 
chiqadigan joyda yarim oy qopqoqlar (klapanlar) bor, ular qonning yurakka 
qaytishiga yo`l qo`ymaydi. Bo`lmalar va qorinchalar o`rtasidahamikki (chap 
tomonda) va uch (o`ng tomonda) tavaqali qopqoqlar bor. Ana shu qopqoqlar 
qorinchalar sistolasida qonni qorinchalardan bo`lmalarga kaytishiga to`sqinlik 
qiladi. qon qorinchalarga tushishdan oldin yirik venalar orqali (kavak venalar va 
o`pka venasi) bo`lmalarga qo`yiladi. Bo`lmalar sistolasi tufayli qon qorinchalarga 
o`tadi. qon aylanishi doiralari buyicha qonning yurakka etkazib beradigan qon 
tomirlari venalar, deb ataladi, qonning yurakdan chetga tarqatuvchi qon tomirlar 
arteriyalar deyiladi. YUrakninng muskul tolalari morfologik va funksional 
xossalariga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) bo`lmalar va qorinchalarni ishchi tolalari, 
ular yurak muskulini asosiy massasini tashqil qilib, yurakning qon xaydash 
faoliyatini amalga oshiradi. 2) Ritm etakchisi vazifasini va o`tkazish sistemasini 
tashqil qiluvchi atipik tolalar. Bu tolalar- qo`zg`alishni ruyobga chiqaradi va uni 
miokardni ishchi tolalarga o`tkazadi. Fiziologik xossalari jixatidan yurak muskuli 
miokard: 
qo`zg`aluvchanlik, 
o`tkazuvchanlik 
qisqaruvchanlik, 
avtomatiya 
xossalariga ega. Meokardning skelet muskulidan farqi shuki, u funksional birlik 
(sinsitiy) dan iborat. qo`zg`alish miokardning qaysi bir nuqtasida vujudga kelmasin, 
butun miokardga tarqalib, tolalarni xammasini qo`zg`atadi. Buning sababi shundaki 
miokardning ishchi tolalari oraliq disklar – neksuslar yog`damida o`zaro 


bog`langan. Neksuslarning elektr oqimiga ko`rsatadigan qarshiligi juda kam. Ular 
orqali qo`zg`alish qarshilikka uchramay, tez tarqaladi. SHuning uchunhamyurak 
yakka tola singari «bor yoki yo`q» qonuniga buysunadi. Ketma-ket yurakning ritmik 
qisqarishlari uning o`zida ruyobga chiqqan impulslarning natijasi xisoblanadi. Agar 
yurak organizmdan ajratib olinib tegishli sharoitda saqlansa ritmik ravishda 
kisqaraveradi. YUrakning bu xususiyati avtomatiya, deyiladi. (Langendorf tajribasi) 
tabiiy sharoitda ritmik impulslar ritm etakchisining maxsus hujayralarida 
(peysmekerda) vujudga keladi. YUrakda sinootrial tugun ritm etakchisi rolini 
bajaradi. Bu atipik hujayralar tuplami yuqori va pastki kavak venalar yurakka 
qo`yiladigan joylar oraligida joylashgan. Bu tugun 1daqiqada 70 ga yaqin impulsni 
vujudga keltiradi. Kis-flek yoki sinoatrial tugun deb nomlanuvchi bu tugun yurak 
avtomatiyasining asosiy markazi xisoblanadi. qo`zg`alish u erdan avval 
bo`lmalarning ishchi miokardiga tarqaladi. qo`zg`alish atrioventrikulyar tugunga 
(ashof-tovar) etib kelib, shu erda bir oz vaqt (0, 02-0, 04s) to`xtalib qoladi. 
Atrioventrikulyar tugunhamo`ng bo`lmada, atrioventrikulyar to`siqning oddida 
joylashgan. Gis tutami shu erdan boshlandi. Gis tutami atrio-ventrikulyar to`siqdan 
utibok, ikki tarmoqqa bo`linadi. Bu tarmoqlardan biri o`ng qorinchaga, ikkinchisi 
chap qorinchaga boradi va Purkine tolalari xosil qilib, ular orqali qo`zg`alishni 
qorinchalar miokardiga tarqatadi. Qo`zg`alish bo`lmachalardan qorinchalarga 
o`tishda atrioventrikulyar tugundan utib yurakning o`tkazuvchi sistemasi buylab 
yuqori tezlikda (2mRs) tarqaladi. SHuning uchunhamqorinchalarning xamma qismi 
deyarli bir vaqtda qo`zg`alib, kisqaradi. YUrakni yavtomatiya xususiyati uning sinus 
tugunidan boshlanadi. Lekin yurakning avtomatik ravishda qisqarishi faqat sino-
atrial tugun faoliyatigagina bog`liq emas. YUrak o`tkazuvchi tizimning boshqa 
qismlarihamo`z-o`zidan impuls vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Ammo 
o`tkazuvchi tizimining qaysi bir qismi sino-atrial tutundan qancha uzoq bo`lsa, unda 
xosil bo`lgan impulslarning soni shuncha kam bo`ladi. Atrio-ventrikulyar tugun bir 
daqiqada 40-60 impuls vujudga keltira olsa, Gis tutami 20-40 impuls paydo qiladi. 
Purkene tolalari esa faqat 20 impuls xosil qilishi mumkin. Bu xolat yavtomatiyaning 
pasayib borishi gradienti deyiladi. Xarakat potensialli nerv hujayralari, ko`ndalang 
targil muskullardagi kabi kardiomiositlardahammembrana potensialini tez 
o`zgarishidan boshlanadi. U tinchlik potensiali darajasidan (-90 mv) xarakat 
potensalinikiga (K,30mv) etadi. Bu tez depolyarizasiya bosqichini 1-2ms ni tashqil 
qiladi. YUrakning o`tkazuvchi sistemasi faoliyatida yurak ritmi etakchisi vazifasini 
sino-atrial tugun bajaradi. Tinch xolatda bu tugun vujudga keltiradigan impulslar 
soni bir daqiqada taxminan 70ta qo`zg`alish sino-atrial tugundan bo`lmalarning 
ishchi miokardiga tarqaladi. Baxman tutami qo`zg`alishning o`ng bo`lmadan chap 
bo`lmaga tez tarqalishini ta`minlaydi. Sino-atrial tugunni atrioventrikulyar tugun 
bilan bog`lovchi atipik tolalar bor. qorinchalarga impulslar faqat bitta yo`l-gis tutami 
buylab tarqalishi mumkin, chunki atri-ventrikulyar to`siqning boshqa qismlari 
qo`zg`aluvchan bo`lmagan biriktiruvchi to`qimadan iborat. Qo`zg`alishlar 
o`tkazuvchi sistema buylab tarqalaetganda, atrioventrikulyar tugunga kelib, bir zum 
tuxtalib o`tadi. O`tkazuvchi tizimning boshqa qismlari -gis tutami, chap va o`ng 
oyokchalari va ularning shoxlari -Purkine tolalari impulslarni 2mRsga teng yuqori 
tezlikda o`tkazadi. Natijada chap va o`ng qorinchalar miokardi deyarli bir vaqtda 


kisqaradi. YUrakda yuzaga keladigan elektrik hodisalar (Elektrokardiografiya), 
Demak, ritmik ravishda qo`zg`alib, kisqarib turgan yurak elektr toki manbaiga 
aylanadi. Tana to`qimalari elektr o`tkazuvchanlikka ega bo`lgani uchun yurakning 
elektr tokini tana yuzasidan maxsus asboblar, yog`damida qayd qilish mumkin. Bu 
usul elektrokardiografiya, yozib olingan egri chiziq esa elektrokardiograma, 
deyiladi. eKG yurakning qisqarishini emas balki qo`zg`alishini qayd qiladi. eKG 
ezib olish uchun potensiallar kul-oyoqlaridan va ko`krak nafasining ma`lum 
nuqtalaridan olinadi. Ko`pincha elektrodlar badanga uchta standart ulash usuli 
buyicha ulanadi. 1 usul -o`ng qo`l bilan chap qo`l. 2 -usul-o`ng qo`l bilan chap oyoq. 
3-usul- chap qo`l bilan chap oyoq, Zaruriyat bo`lganda eKG ko`krak nafasining 6 
ma`lum nuqtasidanhamyozib olinadi. Normal fiziologik xolatda ezib olingan eKGda 
beshta tishni ajratish mumkin. Ular PQRST xarflar bilan belgilanadi, R, T tishlar 
tepaga qaratilgan- musbat, q va S tishlar esa - manfiy, ular izoelektrik chiziqdan 
pastda. R tish chap va o`ng bo`lmalar qo`zg`alganda vujudga keladigan 
potensiallarning algebraik yig`indisidir. Uning davomi O,1 s chamasida. Q, R, S, T 
tishlar kompleksi qorinchalar qo`zg`alganda ro`yberadigan elektrik hodisalarni aks 
ettiradi. Q, R, S kompleksi qo`zg`alishni qorinchalar buylab tarqalishining aksi 
bo`lib, T-tish esa ularning repolyarizasiyasini ko`rsatadi. Normal eKGda beshta 
tishdan tashqari, uchta interval ajratiladi. Birinchisi - interval RO bo`lmalar 
qo`zg`alishi boshlanganidan qorinchalar qo`zg`alishi boshlanishigacha o`tadigan 
vaqtga teng. Normada RO - interval 0, 2 s qisqa. Ikkinchi interval OT qorinchalarda 
qo`zg`alishning tarqalish vaqti. YUrak 70 marta qisqarganda u 0, 32-0, 3 s bo`ladi, 
Interval TR - YUrakning tinchlik xolatda bo`lgan vaqti, 0, 4 s chamasida. eKG 
tishlari voltaji qo`yidagicha: R-0, 25 mV; O-O-O, 3 mV; K-0, 6-1, 6 mV; 5-0, 25-0, 
4 mV; T-0, 25-0, 6 mV. Miokardning qisqarish mexanizmi skelet muskulining 
qisqarish mexanizmidan deyarli farq kilmaydi. Aktin iplar miozin iplar oraligiga 
sirg`alib kirganda miokard tolalari qisqaradi. Bu sirg`alish kundalang 
ko`prikchalarning eshkaksimon xarakatlari natijasi xisoblanadi. YUrakning ish sikli 
va fazalari. Xar bir minutda yurak miokardi 75 marta kisqarib bo`shashganda uning 
bir ish sikli - sistolasi, diastolasi va pauzasi -0, 8 s davom etadi, YUrakning 
qisqarishi bo`lmalar sistolasidan boshlanadi, u O,1 s davom etadi. SHu vaqt ichida 
bo`lmalardagi bosim 5-8 mm simob ustuniga ko`tariladi. Bo`lmalarning sistolasi 
tugagach, qorinchalar sistolasi boshlanadi. Uning davomiyligi 0,33 s. qorinchalar 
sistolasi bir necha davr va bosqichga bo`linadi. qoriichalar sistolasining 
boshlanishiga miokard tolalarining taranglaishshi xosdir. O, 08s. davom etuvchi bu 
davr taranglanish davri deyiladi. U tolalarniig asinxron qisqarishi bilan boshlandi. 
Asiyaxron qisqarish bosqichi 0, 05 s davom etadi. Tolalarning bir qismi kisqarib, 
qolganlari bushashganidan asinxron bosqichda qorinchalar bo`shlig`idagi bosim 
taxminan 0 bo`ladi. qo`zg`alish xamma tolalarga tarqalib, ularni qisqartirganda 
koriichalardagi bosim keskin ortadi va chap qorinchada 70-90 mm simob 
ustunigacha, o`ng qorinchada 15-20 mm simob ustunigacha ko`tariladi. Bosimning 
bu o`zgarishi 0, OZsdavom etuvchi izometrik qisqarish bosqichida kuzatiladi. 
Bosimning qorinchalar bo`shlig`ida oshishi natijasida atrio-ventrikulya qopqoqlar 
tezda yopiladi. Ayni vaqtda yarim oysimon qopqoqlarhamyopik bo`ladi. Demak 
qorinchalar bo`shlig`i berk bo`lganidan undagi qonning xajmi o`zgarmaydi, 


qisqarish izometrik turda bo`lgani uchun tolalarning tarangligi ortadi va qon bosimi 
chap qorinchada s. u. 120mm gacha, o`ng qorinchada s. u. 25mm gacha ko`tariladi. 
Bu bosim aorta va o`pka arteriyasida qon bosimidan yuqori bo`lgani uchun yarim 
oysimon qopqoqlar ochiladi va 0,25sga teng bo`lgan qonning xaydalish davri 
boshlanadi. Xaydalish davrining boshida qorinchalardagi bosim orta boradi. 
Natijada aorta va o`pka arteriyasiga qon juda tez oqib chiqadi, qorinchalarning xajmi 
tezda kichiklashadi. Bu qonning 0,12s davom etuvchi tez xaydalish bosqichidir. 
Undan keyin qorinchalar miokardi qisqarishi sustlashadi, qon oqimi sekinlashadi. 
Bu qonning sekin xaydalish bosqichi 0, 13s davom etadi. qorinchalar bo`shlig`ida 
qon bosimining kamyib ketishi qonning orqaga qorinchalar tomon oqishiga sabab 
bo`ladi. Ammo bu oqim yarim oy qopqoqlarga uriladi va ularni yopadi. SHuningdek 
juda qisqa vaqt ichidahamatrioventrikulyar,hamyarim oy qopqoqlar yopiq turadi. 
Keyin qorinchalar bushashib, xajmi ortadi, shunda atrio-ventrikulyar qopqoqlar 
ochilib qonga to`la boshlaydi. YUrakning umuimy distololasi boshlanadi. 
qorinchalar diastolasi 0, 47s davom etadi. Uhambir necha davr va bosqichlarga 
bo`linadi. YUrakdagi mexani hodisalar. YUrak tonlari, yurak zarbi. YUrakning 
qo`zg`alishi elektr potensiallarni xosil kilsa, uning qisqarishi yurak zarbini va 
tonlarini yuzaga chiqaradi. Odatda chap tomondagi beshinchi qovurg`a oralig`iga 
qo`lni bosilsa, yurak zarbini sezish mumkin. Bu zarb sistola vaqtida yurak xolatining 
o`zgarishidan paydo bo`ladi. YUrak kisqarar ekan, deyarli kat-gik bo`lib qoladi va 
chapdan o`ngga sal buriladi, chap qorincha ko`krak nafasiga urilib uni bosadi. Ana 
shu bosim zarb bo`lib seziladi. YUrak ishlab turganda o`ziga xos tovushlar 
eshitiladi, bu tovushlar yurak tonlari, deb ataladi. Ularni stetaskop yog`damida 
eshitish, fonokardiograf yog`damida magnit tasmaisga yozib olish mumkin. 
YUrakning birinchi toni qorinchalar sistolasida eshitilganidan u sistolalik ton deb 
ataladi. Bu ton cho`zikrok, bug`ik va past bo`ladi. Birinchi toy tavaqali qopqoqlar 
bilan pay iplari tebranishining va qorinchalardagi muskullarning qisqarishidan kelib 
chiqadi. Ikkinchi ton qorinchalar diastolasiga mos keladi va diastolik ton, deb 
ataladi. Bu ton kalta va baland bo`lib, yarim oy qopqoqlar yopilganda paydo bo`ladi. 
Fonendoskop yog`damida yurak qopqoqlarini aloxida-aloxida eshitish mumkin. Ikki 
tavkali qopqoq yurak cho`qqisida yaxshi eshitiladi. 1U-U qovurg`alar tish suyagiga 
yopishgan joy o`rtasida esa uch tavakali qopqoqni eshitgan kulay, tish suyagining 
o`ng tomonida 2 qovurg`alar oralig`ida aorta qopqog`i, shu qourg`a oraligida, chap 
tomonda, o`pka arteriyasi qopqog`i yaxshi eshitiladi. YUrak ishlab turgan vaqtida 
otilib chiqayotgan qonning sistolalik va minutlik(daqiqa) xajmlari ajratiladi. 
Odamning to`xtovsiz ishlaydigan yuragi arteriyasiga bir kecha-kunduzda 10 tonnaga 
yaqin, bir yilda-4000t, umr mobaynida-300000t, qonni xaydab chiqaradi. Bu 
tonnalar yurakning xar sistolasida yurakdan chiqadigan qonning xajmi 65-70ml 
teng. Bu xajm sistolik xajm deyiladi. Odamning yuragi tinch xolatda bir minutda 70-
75 marta urad. Demak, 1 minutda yurak 4,5-5,0 l qonni xaydaydi. Bu minutlik 
xajmini tashqil qiladi. YUrakning minutlik xajmi jismoniy faoliyat davrida 5-6 
martaga ortishi mumkin, YUrakning nerv va hujayraga aloqador boshqaruv 
mexanizmlari. YUrak faoliyati murakkab mexanizmlar yog`damida boshqariladi. 
CHunki organizmning aktiv faoliyatida yurak ishi doimo o`zgarib turadi, natijada 
organizmning qon aylanishiniga bo`lgan talabiga moslashadi. Bu moslashuvni 


ta`minlovchi boshqaruv (regulyator) mexanizmlarini yurakning o`ziga bog`liqlarini 
yurak ichi (intrakdinal) mexanizmlar qolganlarini yurakdan tashqari (ekstrakardial) 
mexanizmlari deb ajratiladi. YUrakning o`ziga bog`liq-itrakardial mexanizmlarga 
hujayra mexanizmlari, hujayralararo aloqalarni idora qilish mexanizmlari va nerv 
mexanizmlari- yurakning o`zida ro`yberadigan reflekslar kiradi. Hujayraga aloqador 
boshqaruv mexanizmlariga kelsak, elektron- mikroskopik tekshirishlar natijasida 
miokard sinsitiy emasligi, u ayrim-ayrim hujayralar-miositlardan iborat ekani 
ko`rsatilgan. Bu hujayralar bir biriga maxsus oraliq disklar yog`damida bog`langan, 
Xar qaysi hujayrada uning strukturasi va funksiyasini ta`minlaydigan oqsillar 
sintezini boshqaruvchi mexanizmlar bor. Miokardning ishi ko`paysa, oqsilning 
sintezlanishi tezlashadi. Aktin va miozin miqdori oshadi. Miokard gipertrofiyaga 
uchraydi va ish qobiliyati ortadi. Hujayraga aloqador boshqaruv mexanizimlari 
yurakka ko`p qon qo`yilganda uning qisqarish kuchini oshiradi.
Qon-tomir fiziologiyasi 
Reja: 
Qon oqishining fizikaviy konunlari. Qon oqimi, bosimi va tomirlar qarshiligi 
o`rtasida bog`liklik. 
Qon tomirlarining turlari. Arteriyalar. Qon bosimi. Qon bosimiga ta`sir 
etuvchi omillar. 
Baroretseptorlardagi refleks. Tomirlarga bosim bilan ta`sir etuvchi omillar. 
Arterial pul’s. Qon bosimini bir xil saqlashda arteriyalarning roli. Gipertenziya. 
Gipotenziya. TSirkulyator shok. 
Arteriolalar. 
Kapillyarlar.
Umurtqali hayvonlarning qoni elastik qon tomirlar tizimi - arterial, vena 
va kapillyarlarning ichidan chiqmagan holda harakatlanadi. SHu tufayli 
umurtqalilar, bosh oyoqli molyuskalar (sakkizoyoq), igna terililarning qon aylanish 
tizimi - berk tizim deyiladi. Hasharotlarda, ko`pchilik mollyuskalarda qon 
tomirlarning uchi ochiq bo`lib, qon yurakka qaytib kelishdan oldin to`qimalar 
orasida erkin tarqaladi. Bunday qon aylanish tizimi -ochiq tizim deyiladi. 
Sut emizuvchilarda katta qon aylanish doirasi yurakning chap me`dachasidan 
chiqadigan aortadan boshlanadi va u, ko`psonli arteriyalarga shoxlanib, regionar qon 
tomirlar tarmog`iga ulanadi. SHoxlangan sari arteriyalarning soni ko`payib, diametri 
torayadi. Bu arteriyalar alohida a`zolarni (terini, mushaklarni, jigarni, yurakni, 
o`pkani, miyani, va b.) qon bilan ta`minlaydi. A`zolar tarkibidagi mayda arteriyalar 
(arteriolalar) mayda tomirlarni yupqa devorlar bilan qalin to`qilgan kapillyar 
tarmoqni shakllantiradi. Aynan shu joyda, qon va hujayralar o`rtasida moddalar 
almashinuvi sodir bo`ladi. Odam organizmidagi barcha kapillyarlarning umumiy 
yuza maydoni 1500 kv.m atrofida bo`ladi. Kapillyarlar o`zaro qo`shilishib, 
venulalarni hosil qiladilar. Bu qo`shilish jarayoni ikkita katta venani - kranial va 
kaudal venani hosil bo`lishi bilan tugaydi. Bu venalar yurakning o`ng bo`lmachasiga 
kelib qo`shiladi. Umumiy qoida shundan iborat bo`lib, bundan ichak va taloq 
mustasnodir. CHunki ularning qon tomirlari venoz qonni jigarga olib kelib, jigardagi 
yana bir kapillyarlar tizimiga shoxlanadi (portal qon aylanish), keyin esa qaytar 
venalar orqali kaudal kovak venaga kelib qo`shiladi. Sut emizuvchilarda kichik 


qon aylanish doirasi o`ng me`dachadan chiqadigan o`pka arteriyasidan boshlanib, 
keyinchalik shoxlanib, o`pka qon tomirlar to`riga o`tadi va yurakning o`ng 
bo`lmachasiga keladigan o`pka venalarga qo`shiladi. Natijada ikkala qon aylanish 
doirasi tutashadi. O`pka arteriyasi - yurakning o`ng me`dachasidan o`pkaga 
boradigan venoz qon oqadigan yagona arteriya, o`pka venasi esa- o`pkadan yurakni 
chap bo`lmachasiga kislorod bilan to`yingan arterial qon oqadigan yagona vena 
hisoblanadi. 
Organizmda katta va kichik qon aylanish doirasidan tashqari limfatik qon 
tomirlar tizimi ham mavjud. Bu tizim hujayralar orasidagi suyuqlikni va 
to`qimalardan oqsilni resorbtsiya qilinishini, limfa hosil bo`lishi va uni venoz 
tizimga o`tkazishni amalga oshiradi. A`zolarda, qon o`tkazuvchi kapillyarlar 
tarmog`i ham mavjud bo`lib, ulardan limfatik tomirlar boshlanadi. Mayda limfatik 
tomirlar qo`shilib yirik tomirlar shakllanadi. Ular orqali, limfa a`zolardan regionar 
limfatik tutamlarga boradi. Limfatik tutamlardan o`tgan limfa, limfatik ustunga 
keyin esa ko`krak oqimiga va o`ng limfatik oqimga kelib tushadi, natijada bu 
oqimlar venaga qo`shiladi. evolyutsiya jarayonida baliqlardan boshlab limfatik tizim 
mustaqil tizimga aylangan. 
Qon tomirlari funktsiyasiga qarab quyidagi tiplarga bo`linadi: 
amortizatsiyalovchi, 
rezistiv, 
sfinkter-tomirlar, 
almashinuv, 
hajmli, 
shuntirlovchi. 
Amortizatsiyalovchi (elastik) qon tomirlarga aorta, o`pka arteriyasi va yirik 
qon tomirlarning o`pkaga yondosh bo`lgan qismlari kiradi. Ularning o`rta pardasida 
elastik elementlar ko`p bo`ladi. Bunday moslashuv tufayli, muntazam sodir 
bo`ladigan sistola vaqtida paydo bo`ladigan arterial qon bosimining ko`tarilishi silliq 
o`tadi. 
Rezistiv (qarshilik ko`rsatuvchi) qon tomirlarga oxirgi arterial va arteriolalar 
kiradi. Ularning devori yo`g`on silliq mushaklardan iborat bo`lib, qisqarish paytida 
ko`ndalang kesimini o`zgartirishi mumkin. Bu esa, turli a`zolarni qon bilan 
ta`minlash mexanizmini boshqarishning asosi hisoblanadi. 
Sfinkter-tomirlar prekapilyar arteriolalarning oxirgi qismi hisoblanadi. Ular, 
rezistiv qon tomirlar kabi, o`zining ichki diametrini o`zgartirish qobiliyatiga ega 
bo`lib, funktsiya qiluvchi kapillyarlar sonini va mos ravishda almashinuv yuzasini 
aniqlashi mumkin. 
Almashinuv qon tomirlariga qon va to`qima suyuqligi o`rtasida turli 
moddalar va gazlarni almashinuvi sodir bo`ladigan kapillyarlar kiradi. 
Kapillyarlarning devori bir qavat epiteliy va yulduzsimon hujayralardan iborat. Bu 
kapillyarlarda qisqarish qobiliyati bo`lmaydi, ularning ko`ndalang kesimi rezistiv 
qon tomirlardagi bosimga bog`liq bo`ladi. 
YUrak-tomir tizimining hajmli zvenosini postkapillyar venulalar, venalar va 
yirik venalar tashkil qiladi. Venalar tuzilishi bo`yicha arteriyalarga o`xshash, lekin 
ularning o`rta qobig`i ancha yupqadir. Ularda, venoz qonni orqaga oqishiga qarshilik 


qiladigan klapanlar ham mavjud. Venalar katta hajmdagi qonni o`ziga sig`dirishi va 
chiqarib yuborishi mumkin bo`lib, shu tufayli, organizm bo`yicha qonni 
taqsimlashga yordam beradi. eng hajmi katta venalar jigarda va qorin bo`shlig`ida 
bo`ladi. 
SHuntirlovchi (ulovchi) qon tomirlar tananing ayrim qismlarida (quloq, 
burun, tovon va boshqa a`zolarning terisida) bo`lib, arterial qon yo`lini kapillyarlarni 
chetda qoldirib venoz qon yo`li bilan (arteriolalar va venulalar) o`zaro bog`lovchi 
anastomoz ko`rinishidadir. Ushbu qon tomirlari ochiq holatda bo`lganda, qon 
kapillyarlardagi qon oqimini keskin kamaytirib yoki to`liq to`xtatib venoz qon 
yo`liga qarab intiladi. SHuntirlovchi qon tomirlar regionar periferik qon oqimini 
boshqarish funktsiyasini bajaradi. Ular termoregulyatsiya, qon bosimini boshqarish 
va uni taqsimlashda qatnashadilar. 
Gemodinamikaning asosiy qonunlari. Gemodinamika - qonning qon 
tomirlardagi harakatini o`rganadi va gidrodinamikaning bir qismi hisoblanadi. 
Gidrodinamikaning qonuniyatiga binoan, naylarda suyuqlikning oqishi ikki kuchga: 
suyuqlik harakatini yuzaga keltiruvchi bosim, ya`ni nayning boshi va oxiridagi 
bosim farqiga va oqayotgan suyuqlikka ko`rsatiladigan qarshilikka bog`liq. Bu 
kuchlarning birinchisi - gidravlik qarshilik- suyuqlik harakatiga to`sqinlik qiladi. 
Bosimlar farqining qarshilikka nisbati, vaqt birligida, naylardan oqayotgan suyuqlik 
hajmini, ya`ni suyuqlik oqimining hajm tezligini belgilaydi. Bu bog`lanish quyidagi 
tenglama bilan ifodalanadi: 
R1 - R2 
Q Q ————— 

Qon tomirlarda qon oqishiga ko`rsatiladigan qarshilik tomirlarning uzunligi, 
diametri, qonning yopishqoqligiga bog`liq. Turli tomirlardagi qarshilikni ularning 
uchi va oxiridagi qon bosimi farqidan bilish mumkin: qon oqimiga qarshilik qancha 
katta bo`lsa, tomirda qonning harakatiga shuncha ko`p kuch sarflanadi, binobarin, 
bu tomirdagi bosim shuncha ko`p pasayadi. Tomirlardagi qon bosimini bevosita 
o`lchash yirik va o`rta arteriyalarda uning atigi 10 %, arteriyalarda va kapillyarlarda 
esa 85 % pasayishini ko`rsatadi. Qon oqishining ikki tezligi o`rnatiladi. Birinchisi - 
chiziqli tezlik - qon zarrachalarining tomirda siljish tezligini ifodalaydi, o`lchash 
birligi- mmg`s yoki smg`s.da ifodalanadi. Ikkinchisi - hajm tezligi - qon tomirdan 
vaqt birligida oqqib o`tgan qonning hajmini ko`rsatadi va mlg`s da o`lchanadi. 
Aorta yoki kovak venalar orqali, o`pka arteriyasi yoki o`pka venalari orqali 
bir daqiqada oqib o`tadigan qon hajmi bir xil bo`ladi. YUrakdan kelayotgan qonning 
miqdori unga kelayotgan qon miqdoriga teng. Katta va kichik qon aylanish 
doirasining butun arterial tizimi yoki barcha arteriolalar, barcha kapillyarlar, yoki 
butun venoz tizimi orqali bir daqiqada o`tgan qon hajmi bir xilda bo`ladi. Tomirlar 
tizimining har qanday umumiy ko`ndalang kesimidan o`tgan qon hajmi doimiy 
bo`lgan holda, qon oqimining chiziqli tezligi bir xil bo`lmasligi kerak. CHiziqli 
tezlik tomirlarning umumiy kengligiga, ya`ni eniga bog`liq. Qon tomirlar tizimining 
eng tor joyi aorta. Arteriyalar shoxlanganda, har bir tarmoqlar yig`indisining 
kengayganligi kuzatiladi. Kapillyarlar turi hammadan keng, chunki barcha 
kapillyarlar diametrining yig`indisi aorta diametridan taxminan 600-800 barobar 


katta. SHunga binoan, aortadagi qon, kapillyarlardagiga qaraganda juda ham tez 
harakatlanadi. Qon yurakdan uzluksiz ravishda oqib chiqmay, balki otilib-otilib 
chiqqani uchun, arteriyalardagi qon oqimi pul’sli tabiatga ega bo`ladi. Ammo 
arteriola, kapillyar va venalarda qon oqimi uzluksiz, ya`ni doimiydir. Buning sababi 
arteriyalar devorining tuzilishidadir. 
Qon tomirlar tizimidagi qonning hajmi. Qon tomirlardagi qonning umumiy 
hajmi yurakning diastola vaqtida to`lishiga jiddiy ta`sir ko`rsatadi va sistolik hajmni 
aniqlaydi. Katta yoshli odamda qon umumiy hajmining 84 % katta qon aylanish, 16 
% kichik qon aylanish doirasiga to`g`ri keladi. Katta qon aylanish doirasi 
arteriyalarida umumiy qon hajmining 18 % saqlanadi, shundan 3 % arteriolalarga 
to`g`ri keladi. Bundan ko`rinib turibdiki rezistiv qon tomirlarning torayib-kengayib 
turishi, qon tomirlar tizimining boshqa qismlaridagi qon miqdoriga sezilarli ta`sir 
qilmaydi. Kapillyarlarning ko`ndalang kesimi juda katta bo`lishiga qaramay, ularda 
qonning taxminan 6 % saqlanadi xolos. Qonning ko`p qismi, ya`ni 64 % venalarda 
bo`ladi. Demak, rezistiv tomirlar qon oqimiga katta qarshilik ko`rsatadi, ammo 
kichik hajmga ega, hajmli tomirlar esa kam qarshilik ko`rsatib, qonning ko`p qismini 
o`zida saqlaydi. Diametri 0,5- 2,0 mm bo`lgan kichik arteriyalar va venalar oraliq 
joyni egallaydi. Bu tomirlar kengayganda sig`im va qarshilik sezilarli darajada 
o`zgaradi.
Arteriyalarda qon oqishi. Qon oqimining pul’sga bog`liq o`zgarishlari 
mavjud bo`lib, yurak qisqarganda, qon chap bo`lmachadan, aortaning yuqoriga 
ko`tariluvchi qismiga, faqat haydalish davrida chiqadi. Bu erda, qon oqimining 
tezligi aorta klapanlari ochilganda tez ortib, davrning 1g`3 o`tganida eng yuqori 
darajaga etadi. Haydalish davrining oxiriga borib, qon oqishi to`xtaydi. Bo`shashish 
davri boshlanishidan, to aorta klapanlari berkilishigacha o`tgan vaqt orasida qon 
chap me`dachaga qayta oqadi. Diastola vaqtida, ko`tariluvchi aortada qon harakat 
qilmaydi. Tinch holatda bo`lgan odamning ko`tariluvchi aortasida, qon oqish tezligi 
haydalish bosqichining boshlarida 100 smg`s dan ko`proq bo`ladi. Bu davr butun 
olinganda, qon oqimining o`rtacha tezligi 70 sm atrofida bo`ladi. YUrakdan 
uzoqlashish bilan oqim tezligining o`zgarish amplitudasi asta-sekin kamayadi. 
Ammo, ko`krak aortasida va periferik arteriyalarda ham, diastola vaqtida qonning 
orqaga oqishi kuzatiladi. Arteriyalarning oxirgi shoxlarida va arteriolalarda qonning 
pul’slanib oqishi asta-sekin uzluksiz qon oqishiga o`tadi. 
9.1-jadval 
Odam qon tomirlar tizimining turli qismlarida hajm, qon bosimi va oqimi 
tezligi. 
Tomirlar 
Hajm, ml 
Bosim, mm s.u. 
Tezlik, smg`s 
Aorta 100 100 40 
Arteriyalar 300 100-400 
40-10 
Arteriolalar 50 
40-30 10-0, 
Kapillyarlar 250 30-12 0,1 
Venulalar 300 12-10 0,3 
Venalar 
2200 10-5 0,3-0,5 
Kovak vena 300 2 
5-20 


Aorta va yirik arteriyalarda qon oqimi yurak qisqarishiga qarab o`zgarib 
turadi. Qon oqimining o`rtacha chiziqli tezligi aortada 40 sm-s (9.1-jadval). 
YUrakdan otilib chiqadigan qon miqdorini ko`payishi qon oqimining chiziqli 
tezligini 100 smg`s dan oshib ketishiga olib keladi.. Qon oqimini o`rtacha tezligi 
tomirlarning ko`ndalang kesimiga teskari proportsional bo`ladi. Bu tezlik periferik 
arteriyalarda ancha past (20-30 smg`s), ayniqsa, oxirgi arteriya va arteriolalarda juda 
ham sekinlashib ketadi. Qon oqimining chiziqli tezligi kapillyarlarda (0, 03 sm-s) 
kam bo`ladi. O`rtacha uzunlikdagi kapillyarda (0,75 mm) qon 2,0-2,5 soniyada 
o`tadi. 
Arterial pul’s - yurak qisqarishlari paytida yuzaga chiqadigan, tomirlar 
devorining va ularga yondosh to`qimalarning turtkisimon tebranishlaridir. Pul’s 
to`lqini, ya`ni bosimning ko`tarilish to`lqini aortadan arteriolalarga va kapillyarlarga 
muayyan tezlik bilan tarqaladi va kapillyarlarda so`nadi. Pul’s to`lqinining tarqalish 
tezligi qon oqishi tezligiga bog`liq emas. Arteriyalarda qon oqimining chiziqli tezligi 
0,2-0,3 mg`s dan oshmaydi. YOsh va o`rta yoshli odamlarda pul’s to`lqinining 
tarqalish tezligi aortada 5,5-8 mg`s, periferik arteriyalarda esa -6-9,5 mg`s ga etadi. 
Aorta va yirik arteriyalarning pul’s egri chizig`ida (sfigmogrammada) 
ikkita asosiy qism: ko`tarilish- anakrota va tushish - katakrota tafovut qilinadi. 
Katakrota qismida intsizura (chuqurcha) va dikrotik ko`tarilishni ko`rish mumkin. 
Intsizura va dikrotik ko`tarilishning kelib chiqishi qorinchalar diastolasining boshida 
qonning teskari oqishi, yarimoysimon klapan yopilib, orqaga qaytishiga bog`liq 
bo`ladi. 
Pul’sni paypaslab tekshirish juda keng qo`llaniladi. Bunda uning bir qancha 
xususiyatlariga: chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmiga ahamiyat 
beriladi. 
Kapillyarlarda qonning oqishi (mikrotsirkulyatsiya). Organizmdagi qon va 
to`qimalar o`rtasidagi modda almashinuvi kapillyarlar devori orqali sodir bo`ladi. 
Kapillyarlar devori faqat bir qavat endoteliy hujayralaridan iborat, qondagi erigan 
moddalar shu hujayralar orqali diffuziya bo`ladi. Qon aylanishning katta doirasidagi 
jami kapillyarlar bir necha milliarddan oshadi va shu sababli, kapillyarlar sohasida 
qon yo`li ancha kengaygandir. Kapillyarlardagi modda almashinuvi venulalarda 
ham kuzatiladi. 
Venulalar arteriolalar, metarteriolalar (met - o`rta) kapillyarlar orqali qon 
oqimini boshqarishda ishtrok qiladi. SHuning uchun, bu tomirlar umumiy faoliy 
birlik hisoblanadi. Arteriola, metarteriola, kapillyarlar va kichik venulalar 
mikrotsirkulyatsiya tomirlar havzasini tashkil qiladi. 
Kapillyarlarning diametri 4,5-30 mkm atrofida o`rtacha uzunligi 750 mkm ga 
teng. Odam organizmida 40 milliardga yaqin kapillyar bo`lib, ular orqali modda 
almashadigan samarali yuza 1500 m2 ga teng. 1 mm3 to`qimada 600 ga yaqin 
kapillyar bor. 100 g to`qimaga to`g`ri keladigan kapillyarlar yuzasi 1,5 m2 ga teng. 
Massa birligiga to`g`ri keladigan kapillyarlar soni to`qimalarning faolligiga bog`liq. 
YUrak mushagida kapillyarlarning soni skelet mushagidagidan ikki baravar ko`p. 
Miyaning kulrang moddasi oq moddaga nisbatan kapillyarlarga boyroq 
Ko`pincha «chin» kapillyarlar arteriolalarni to`g`ridan-to`g`ri venulalar bilan 
bog`lamaydi. Kapillyarlarning arteriolalardan ajralishi joylarida silliq mushaklar 


hujayralari prekapillyar sfinkterlarni hosil qiladi. Ularning qisqarish darajasiga 
qarab, kapillyarlar orqali qonning qaysi qismi o`tishi belgilanadi. Kapillyarlarning 
qolgan qismlarida qisqartiruvchi elementlar butunlay bo`lmaydi. Kapillyarlarning 
devori yarim o`tkazuvchi membrana bo`lib, funktsional va morfologik jihatdan 
atrofdagi birlashtiruvchi to`qima bilan yaqindan bog`liqdir. U, ikkita pardadan 
tashkil topgan: ichki - endotelial va tashqi - bazal. Uch tipdagi - somatik, vistseral 
va sinusoid kapillyarlar farqlanadi. 
Birinchi turdagi kapillyarlarning devori jips joylashgan endotelial 
hujayralardan iborat. endotelial hujayralar membranasidagi teshiklar juda kichik. 
Bunday kapillyarlar devori orqali suv, elektrolitlar va kichik molekulali moddalar 
almashadi. Organizmda juda ko`p tarqalgan bo`lib, ular, silliq va targ`il 
mushaklarda, yog`da va o`pkada ko`p bo`ladi. Ikkinchi turdagi vistseral kapillyarlar 
devorida diametri 0,1 mkm li teshikchalar (rombchalar, fenestrlar) bor. Bu xildagi 
kapillyarlar, so`rilish jarayoni juda jadal o`tadigan a`zolarda, masalan, buyrakda va 
ichakning shilliq pardasida ko`p uchraydi. Uchinchi turdagi sinusoid kapillyarlar 
devori ko`p erda uzilgan bo`lib, bu joylardan suyuqlik, molekulalari katta moddalar 
va qon hujayralar o`tishi mumkin. Bu tip kapillyarlar ko`mikda, jigar va taloqda 
uchraydi. 
Mikrotsirkulyator havzasida modda almashinuvi diffuziya yo`li bilan sodir 
bo`ladi. Qon va to`qimalar suyuqligi o`rtasida suv va modda almashinuvida ikki 
taraflama diffuziyalanishning roli juda katta bo`lib, uning tezligi juda yuqori. Qon 
kapillyardan o`tguncha plazmadagi suyuqlik to`qimalararo suyuqlik bilan 40 
marotaba almashadi. Bir daqiqada hamma kapillyarlar orqali 60 l, bir kecha-
kunduzda 85000 l suyuqlik diffuziyalanib o`tadi. Natriy, xlor va glyukozaga 
o`xshagan suvda eruvchi moddalar, suv bilan to`lgan g`ovak orqali diffuziyalanadi. 
Kapillyarlarning turli moddalarni o`tkazuvchanligini 1 ga teng deb qabul qilinsa,
uning glyukoza uchun o`tkazuvchanligi 0,6, al’bumin molekulalari uchun esa 
0,0001 dan kam bo`ladi. Al’buminning kapillyar devori orqali o`tishi juda qiyin 
bo`lganidan, uning qon plazmasi va to`qimalararo suyuqlikdagi miqdorida farqi 
katta. Buning ahamiyati juda muhim. Molekulalari yirik bo`lib, kapillyar 
teshiklardan o`ta olmaydigan moddalar kapillyar devori orqali pinotsitoz yo`li bilan 
o`tadi. Kislorod va karbonat angidridning diffuziyalanishiga kapillyar devori 
to`sqinlik qilmaydi. 
Mikrotsirkulyator havzasida fil’trlanadigan modda almashinuvi ham mavjud. 
Tomirlardagi va to`qimalararo fazalar o`rtasida modda almashinuvini ta`minlovchi 
ikkinchi mexanizm fil’trlanish va reabsorbtsiyadir. E.Starling nazariyasiga binoan, 
kapillyarlarning arterial uchidan fil’trlanib o`tadigan suyuqlik hajmi va venoz 
tarafida qayta so`riladigan suyuqlik hajmi o`rtasida dinamik muvozanat saqlanishi 
kerak. 
Kapillyarlarda fil’trlanish va qayta so`rilishning tezligi quyidagi kuchlarga, 
ya`ni kapillyardagi qonning gidrostatik bosimiga (Rkqg), to`qimalararo 
suyuqlikning gidrostatik bosimiga (Rtsg), kapillyardagi qonning onkotik bosimiga 
(Rkqo), to`qimalararo suyuqlikning onkotik bosimiga (Rtso) va fil’trlanish 
koeffitsientiga - (K) bog`liq.


 Venalarda qon aylanishi. Venalar hajmli tomirlar bo`lib, eng katta 
cho`ziluvchanlikka va nisbatan past elastiklikka ega. Venoz tizim mikrotsirkulyator 
havzaning tomirlaridagi postkapillyar venulalardan boshlanadi va qonni orqaga 
tashuvchi zveno hisoblanadi. Mikrotsirkulyator oqimdan venoz tizimga kelib 
tushgan qonning bosimi yuqori bo`lmaydi - venulalarda 10-15 mm s.u. ga teng, yirik 
venalarda nolga yaqin, kovak venalarda esa atmosfera bosimidan past bo`lishi 
mumkin. Venalarda qon oqishiga bir qator omillar - yurakning ishi, venalarning 
klapan apparati, skelet mushaklarning qisqarishlari, ko`krak qafasining so`ruvchi 
ta`siri ko`maklashadi. Venalar, organizmdagi qon miqdorining 70-80 % ni o`z ichiga 
qamrab oladi. Venalar - qon aylanish tizimining barcha hajmini, yurakka qaytuvchi 
qon miqdorining kattaligini, qon aylanishning daqiqalik hajmini belgilashda katta 
ahamiyatga ega. 
Venoz tizimning boshlanishidagi bosim yurakning qonga bahsh etgan bosim 
qoldig`idir. Me`dachalarning qisqarishida, qonga bergan kinetik energiya, qon 
kapillyarlaridan o`tganidan keyin ham qisman saqlanib qoladi. Bu qoldiq bosimdan 
tashqari, qonning venalar orqali yurakka qaytib kelishida ko`krak qafasining 
so`ruvchi ta`siri katta ahamiyatga ega. Nafas olgan paytda ko`krak qafasi kengayadi, 
ko`krak bo`shlig`ida bosim manfiylashadi (ya`ni atmosfera bosimidan past bo`lib 
qoladi). Venalar devori yupqa bo`lgani uchun, bu manfiy bosim ularga ham 
tarqaladi, natijada qonning yurak tomon harakati tezlashadi. Demak, venalarning 
boshlanish qismida bosim 12-15 mm s.u. ni tashkil qilsa, oxirida 2-5 mm s.u. ni 
tashkil qiladi. Nafas olgan paytda, xatto manfiy bo`ladi. Bosimdagi bu farq qonning 
yurak tomonga harakatini ta`minlovchi dastlabki kuchdir. 
Skelet mushaklarining ritmik qisqarishlari ham (masalan, jismoniy ish 
bajargandagi harakatlar va boshqalar) venalarda qon oqimiga yordam beradi. 
Qisqargan mushak, ichidagi va yonidagi venalarni qisib, ulardagi qonni siqib 
chiqaradi. Venalardagi klapan, siqib chiqarilgan qonni, faqat yurak tomon harakat 
qilishini ta`minlaydi. 
Periferik venalarda qon oqimining chiziqli tezligi 6-14 smg`s bo`lsa, 
kovak venalarda 20 smg`s bo`ladi. Venalarda qon oqishini arteriyalarga nisbatan 
sekinroq bo`lishining sababi ularning arteriyalarga qaraganda 2-3 barobar 
kengligidadir. 
Vena pul’si deb, sistola va diastolaning turli bosqichlarida o`ng bo`lmachaga 
qon oqimining kelishi dinamikasi bilan bog`liq bitta yurak tsikli vaqtida, venalardagi 
qonning bosimi va hajmini tebranishlariga aytiladi. Pul’s to`lqinlarining tarqalishi 
retrograd yo`l bilan sodir bo`lib, tezligi 1-3 m/s ni tashkil qiladi va ularni yurakka 
yaqin joylashgan venalarda sezish mumkin. Venalar pul’si to`lqinlarini kelib 
chiqishi arteriyalarnikidan farq qiladi. Arterial pul’sga sabab, yurak qisqarishi 
energiyasini qonga uzatuvchi sistolik tezlatuvchi hisoblansa, vena pul’siga sabab, 
bo`lmachalar va ma`dachalar sistolasi paytida venadan yurakka qon oqishini 
to`xtashi hisoblanadi. Bu paytda, katta venalarda qon oqishi ushlanib qoladi va 
ulardagi bosim ko`tariladi. Vena pul’sini bosim o`lchagich yordamida yozib olish 
flebografiya deb ataladi. 
Qon aylanishining boshqarilishi. Umurtqasiz hayvonlar organizmida 
tsirkulyatsiya qiluvchi suyuqliklar bosimini va oqimini boshqarish to`g`risida 


ma`lumot juda kam. Hasharotlar turining juda ko`pligiga qaramasdan, ularning 
tomirlar tizimini boshqarish haqida deyarli xech narsa ma`lum emas. Baliqlardagi 
vazomotor boshqarish kam o`rganilgan. Ularning ko`pchilik periferik qon tomirlari 
simpatik asablarga ega, lekin bu asablarning ayrimlari aslida atsetilxolin ajratadi. 
Atsetilxolin sut emizuvchilarda qon tomirlarni kengaytirish qobiliyatiga ega bo`lsa, 
baliqlarda esa, aksincha, periferik qarshilikni ko`paytirib, bosimni orttirish an`anasi 
topilgan. 
Filogenezda 
gemodinamikani 
reflektorli 
boshqarilishi 
uchun 
asos 
amfibiyalarda namoyon bo`lgan. U, mohiyati bo`yicha, reptiliyalar, qushlar va sut 
emizuvchilardagidek sodir bo`ladi. Qon almashinishni boshqarish mexanizmlari 
shartli ravishda mahalliy (periferik, yoki regional) va markaziy neyrogumoral 
mexanizmlarga bo`linadi. Birinchisi, a`zo va to`qimalardagi qon oqimini ularning 
funktsiyasiga va metabolizmning jadalligiga mos ravishda boshqarsa, ikkinchisi - 
organizmning umumiy adaptiv reaktsiyalari paytida sistemali gemodinamikani 
boshqaradi. 
Mahalliy boshqarish mexanizmlari organizmning muayyan qismlarida qon 
oqimining miqdori bo`lib, bu miqdorni a`zolarning qonga bo`lgan talabiga 
moslashuvi asosan tomirlar diametrini o`zgartirish va qon oqimiga qarshilikni 
boshqarish yo`li bilan ta`minlanadi. 
Periferik qon tomirlarda qon oqimining o`zgarishi o`sha joyning o`zida 
vujudga keladigan (mahalliy) mexanizmlar yordamida, asab va gumoral yo`l bilan 
ro`yobga chiqadi. 
Asab va gumoral omillardan boshqa, periferik qon aylanishining metabolik 
yo`l bilan, o`z-o`zidan boshqarilishining ahamiyati katta. 
Qonda kislorodning miqdorini kamayishi periferik tomirlarni (arteriolalarni) 
kengaytiradi. Tabiiy sharoitda modda almashinuvining va kislorod sarfining 
kuchayishi a`zolarning faolligi oshganda kuzatiladi. Faolligi oshgan to`qimalarda, 
miqdori ko`payadigan metabolik moddalarning ko`pchiligi, masalan karbonat 
angidrid, vodorod, piruvat, ADF, AMF, adenozin tomirlarni sezilarli darajada 
kengaytirish qobiliyatiga ega. Ularning ta`siri mikrotsirkulyator tomirlarda yaqqol 
bilinadi. 
Qon bosimi ko`tarilganda baroretseptorlaridan MAT ga intiluvchi impul’slar 
soni oshadi, tomirlarni harakatlantiruvchi markazning tormozlanishi kuchayadi. 
Natijada, tomirlar yana ham kengayadi. Rezistiv tomirlarning kengayishi umumiy 
periferik qarshilikni kamaytiradi, sig`imli tomirlarning kengayishi tomirlar sig`imini 
oshishiga olib keladi. Bularning har ikkalasi ham qon bosimining pasayishiga olib 
keladi. 
Xemoretseptor reflekslarning qo`zg`alishi qonda kislorodning miqdori 
kamayib, karbonat angidridning miqdori ko`payganda kuchayadi. Impul’slarning 
oshishi nafas markazi bilan bir qatorda, tomirlarni harakatlantiruvchi va yurakni 
boshqaruvchi markazga ham etib keladi. Ammo, qon tomirlarining torayishi 
natijasida qon bosimini oshiruvchi samara, yurak ishining salbiylashgani tufayli qon 
bosimini kamaytiruvchi samaradan ustunlik qiladi. SHu sabali ham, qon bosimi 
ko`tariladi - pressor refleks vujudga keladi. 


Markaziy zveno mexanizmlari, arterial bosimni organizm uchun zarur bo`lgan 
darajada ushlab turishni boshqaradi, ya`ni yurak haydab beradigan qon miqdori bilan 
qon tomirlar tonusi o`rtasidagi o`zaro hamkorlik, asab tuzilmalarining to`plami 
hisobiga amalga oshiriladi va ular vazomotor markaz deb ataladi. Bu markazga 
kiruvchi tuzilma orqa miyada, uzunchoq miyada, katta yarim sharlar po`stlog`ida 
lokal joylashgan. 
Boshqaruvning spinal darajasidagi asab hujayralarining aksonlari, qon 
tomirlarni toraytiruvchi tolalarni hosil qiladi. Ular, ko`krak segmentlarining 
yonbosh shoxlarida va orqa miyaning birinchi bel segmentlarida joylashgan. 
Somatik asablarning sezuvchi oxirlari ta`sirlangan paytda, orqa miyada 
qo`zg`alishning shu yo`li bilan, qon tomirlar tonusini boshqaruvchi reflekslarning 
tutashishi amalga oshiriladi. Qon tomirlarini toraytiruvchi spinal neyronlar o`zining 
Qo`zg`aluvchanlik darajasini, asosan asab tizimining yuqorida joylashgan 
tuzilmalaridan keladigan impulslar hisobiga ushlab turadi. 
Uzunchoq miyaning qon tomirlarini harkatlantiruvchi markazi, qon tomirlar 
tonusini quvvatlab turuvchi va qon bosimini reflektorli boshqaruvchi asosiy markaz 
hisoblanadi. Sut emizuvchi hayvonlarda, bu markaz, to`rtinchi miya qorinchasi 
tubining yuqori qismida, o`rta chiziqning ikki tomoni bo`ylab joylashgan qon 
tomirlarini harkatlantiruvchi markaz depressor, pressor va kardioingibirlovchi 
sohalariga bo`linadi. Depressor soha qon tomirlarini toraytiruvchi simpatik tolalar 
faolligini kamaytirish, hamda yurakni simpatik stimulyatsiyasini susaytirish yo`li 
bilan arterial bosimni pasayishiga yordam beradi. SHu tufayli, qon tomirlarining 
kengayishi va periferik qarshilikning, hamda yurakdan haydaladigan qon 
miqdorining kamayishi chaqiriladi. Pressor soha umuman qarama-qarshi ta`sir 
ko`rsatadi - qon tomirlarining periferik qarshiligini va yurakdan haydaladigan qon 
miqdorini ko`paytirish orqali arterial bosimni oshiradi. Depressor va pressor 
tuzilmalarining o`zaro harakati murakkab sinergo-antogonistik xususiyatga ega. 
Boshqaruvning gipotalamus sohasi qon aylanishning adaptiv reaktsiyalarini 
amalga oshishida muhim rol o`ynaydi. Gipotalamusning integrativ markazlari, 
uzunchoq miyaning yurak-tomir markaziga pastga tushuvchi ta`sir ko`rsatib, 
differentsiyalangan bosqichli va tonik nazoratni amalga oshiradi. Bu bo`lim 
ta`sirlanganda, qon bosimini ancha miqdorda o`zgarishiga olib keladi.

Download 198.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling