2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari


Download 302.32 Kb.
bet9/16
Sana04.11.2023
Hajmi302.32 Kb.
#1745258
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org

Bu yerda sirlangan sopol idishlari ishlab chiqarishning rivoji VIII asr oxiridan boshlangan. Kulolchilik mahsulotlarining ajoyib namunalari Samarqandning qadimiy shahri hisoblangan Afrosiyobdan topildi. Sopol parchalari undagi sir va bo‘yoqlarning yuksak sifati, shakl va bezakning mukammalligini ko‘rsatadi. Bu yerda idishlar yopiq (ko‘za va xumchalar), ochiq(lagan, kosa va shokosa) shaklda ishlangan bo‘lib, nozik va bejirim ranglar bilan bezatilgan. Bu bezaklar asosan o‘simlik yoki girixiy, ba‘zan esa qush, hayvon va odamlarning uslublashgan tasviridan iborat bo‘lgan.


  • Bu yerda sirlangan sopol idishlari ishlab chiqarishning rivoji VIII asr oxiridan boshlangan. Kulolchilik mahsulotlarining ajoyib namunalari Samarqandning qadimiy shahri hisoblangan Afrosiyobdan topildi. Sopol parchalari undagi sir va bo‘yoqlarning yuksak sifati, shakl va bezakning mukammalligini ko‘rsatadi. Bu yerda idishlar yopiq (ko‘za va xumchalar), ochiq(lagan, kosa va shokosa) shaklda ishlangan bo‘lib, nozik va bejirim ranglar bilan bezatilgan. Bu bezaklar asosan o‘simlik yoki girixiy, ba‘zan esa qush, hayvon va odamlarning uslublashgan tasviridan iborat bo‘lgan.

  • O‘rta Osiyo, umuman, barcha musulmon davlatlari kulolchiligida arab yozuvi epigrafik bezak butunlay yangicha bezak yo‘nalishida namoyon bo‘lgan odatdagi oq yuzaga tushurilgan yozuvni endi kulol-rassom jigarrang, qora, ba‘zan qizil rangda bitgan. Yozuv kosa va laganlarda hoshiya bo‘ylab yoki tubiga ko‘ndalangiga bezak tarzida joylashtirilgan.

  • Yozuvli bezak tadrijini uning ikki asosiy turi bo‘yicha kuzatish mumkin; chiziqlarning geometric aniqligi va harflarning umumiy rasoligi oddiy kufiy yozuviga xos; gullayotgan kufiy kamroq uchraydi. Bu yozuv asosan me‘morchilikda hattotlik uslubida harflarning uchlari kengaytirilgan holda beriladi. Ular o‘simlik guli va unga uyg‘unlashib ketgan shoxlarga aylanadi. X asrda va keyinchalik kulolchilikda qiya bosma harflar keng qo‘llanilgan.

  • Arablar istilosi oqibatida tarqalgan islom dini o‘z urf odatlari va madaniyatini kirib kelishi amaliy bezak san‘ati, jumladan naqshning ravnaqiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatdi. Bino, buyum, kiyim, idish, qurol naqsh bilan bezatilishi jamiyat va davr talabi bo‘lib qoldi. Masjid, xonaqoh, madrasa, maqbaralarni jimjimador, hashamatli bo‘lishida naqshning ahamiyati beqiyos bo‘ldi. VIII-X asrlar me‘morchiligida g‘ishtni naqshinkor qalash san‘ati yuksak darajaga ko‘tarildi.

  • Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X-asrda (taxminan 864-868yy.) Somoniylar sulolasi asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Bu yodgorlik ajoyib ziynatli turli jimjimador naqshlari va murakkab gumbazi tomli konstruksiyani qo‘llagan binokorlarning muhandislik mahorati jihatidan ham jahon me‘morchiligining eng mukammal asari hisoblanadi. Cheklangan tasvir vositasi g‘ishtning o‘zidan ham qurilish ashyosi sifatida mantiqiy naqshinkorlik hamda o‘ta nafis badiiy kompozitsion mukammallikni yaratilishi ajdodlarimiz zakovati va mohirligidan dalolatdir.

  • Naqshinkor bezaklar bilan jilolangan O‘zbekiston me‘moriy yodgorliklari butun dunyo sayyoh, o‘lkashunos, san‘atshunos olimlarining e‘tiborini tortmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona, O‘gan kabi shaharlarning betakror qiyofasini yaratgan qadimiy me‘morlarining yuksak mahorati va badiiy tafakkuri hanuzgacha kishilarni hayratga solib kelmoqda.

Download 302.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling