2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari


Download 302.32 Kb.
bet7/16
Sana04.11.2023
Hajmi302.32 Kb.
#1745258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org

Kashtachilar katta matoga o‘zlari chizgan naqshinkor kompozitsiyani igna bilan tikib chiqish uchun ko‘p vaqt va mehnat sarflashadi. Kashtada naqsh tabiat va atrof dunyo go‘zalligining poetik in‘ikosidir. Yirik dekorativ buyumlar-so‘zana, palak, gulko‘rpa, joypo‘sh (taxmon parda), tokchapo‘sh, kirpech, zardevor, joynamoz, ro‘yjo va boshqalar doyra, to‘pbarggul (naqshi girdob), nozik-nihol gul, yaproqlar, qushlar, hayvonlar tasviri bilan naqshlanadi. Qo‘lda tikiladigan dekorativ kashtachilik an‘analari Urgut, Qo‘qon, Buxoro, Toshkent va Qoraqalpoq, kashtachilari ijodida yashab, rivojlanib kelmoqda.


  • Kashtachilar katta matoga o‘zlari chizgan naqshinkor kompozitsiyani igna bilan tikib chiqish uchun ko‘p vaqt va mehnat sarflashadi. Kashtada naqsh tabiat va atrof dunyo go‘zalligining poetik in‘ikosidir. Yirik dekorativ buyumlar-so‘zana, palak, gulko‘rpa, joypo‘sh (taxmon parda), tokchapo‘sh, kirpech, zardevor, joynamoz, ro‘yjo va boshqalar doyra, to‘pbarggul (naqshi girdob), nozik-nihol gul, yaproqlar, qushlar, hayvonlar tasviri bilan naqshlanadi. Qo‘lda tikiladigan dekorativ kashtachilik an‘analari Urgut, Qo‘qon, Buxoro, Toshkent va Qoraqalpoq, kashtachilari ijodida yashab, rivojlanib kelmoqda.

  • Gilamdo‘zlik va sholchado‘zlik O‘zbekistonda to‘qimachilikning eng qadimgi turlaridan biridir. Ular uch turga — qisqa patli gilam, uzun patli gilam — julxirs va taqir gilam (sholcha)ga bo‘linadi. To‘qimachilikning bu turida yigirilgan jun, paxta ip va ipak ishlatiladi. Qisqa patli gilam Farg‘ona vodiysida, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda to‘qiladi. Bunday gilamda qizil-jigarrang o‘zaro uyg‘unlikda beriladi, handasaviy va islimiy shakldagi rangdor detallar bilan bezatiladi. Bu gilamlar oddiyligi hamda ranglar tiniqligi bilan ajralib turadi.

  • Julxirs (tojikcha ayiq juni) gilamlar ko‘proq Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida tarqalgan. Ular naqshiga ko‘ra juda sodda, ranglar uyg‘unligiga ko‘ra ko‘zga tashlanuvchandir. Ayollar gilam tuo‘qishni tugallar ekanlar, ishni oxiriga etkazmay, uning qayerinidir chala qoldiradilar. Bu ko‘hna an‘ana bizning kunlargacha yetib kelgan bo‘lib, aytishlaricha, gilamdo‘z ayollar keyingi ish avvalgisidan yaxshiroq chiqsin, degan niyatda shunday qilar ekanlar. O‘zbekistonda to‘qiladigan taqir gilam turi va ijro texnikasiga ko‘ra rang-barang. Taqir gilamning ko‘xma, terma, gajari, arabi, beshkashta va boshqa turlari mavjud.

  • O‘zbekiston xalq amaliy bezak san‘ati muttasil tiklanmoqda, shiddat bilan rivojlanmoqda va yuksalmoqda. Respublikada ishlab turgan xalq ustalari safi kengayib borayotgani, xalq san‘atining kashtachilik, gilamdo‘zlik, sholcha to‘qish, pichoqchilik, savat to‘qish, zargarlik, ganch hamda yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshligi, lok va qog‘ozda miniatyura, kulolchilik va h.k. turlari ko‘payib borayotgani shundan guvohlik beradi. Bu esa mustaqillik davrida mamlakatimizda madaniyat va san‘atni rivojlantirish, kishilarni intellektual va axloqiy kamol toptirish uchun qulay sharoit ko‘proq yaratilayotganining dalilidir.

Download 302.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling