2-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit muassasalari Reja
Download 190.12 Kb.
|
2-mavzu O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank bo’lmagan muassasalar Mashguloti
Bank va uning turlari
Demak, bank - bu pul mablag‘larini o‘zida mujassamlashtiruvchi va jamg‘aruvchi, kredit beruvchi, pul hisobini olib boruvchi, pul va qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiluvchi, oltin va chet el valyutalari bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir. Ko‘pgina moliya institutlari, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi dilerlar, broker firmalari, sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining ko‘rsatgan xizmatlari bilan ko‘proq banklarga tenglashishga va bankka xos ishlar bilan shug‘ullanishga harakat qiladilar. Ana shunday moliya institutlari o’zlarini bank bo’lmagan banklar deb ataydilar Bank bo’lmagan banklar (asosiy muassasalar)
80-yillarda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va brokerlik bilan keng faoliyat boshlagan «Meril Linch» va «Dreyfus korporeyshn» firmalari bank bo‘lmagan banklarga misol bo‘la oladi. Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib borishi banklarning paydo bo‘lishiga asos soladi. O‘rta asrlarda banklar dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida qarz so‘ragan subektlariga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan. Dastlabki banklar jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587 yilda) Florensiya va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini almashtirishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605 y), Gamburgda (1618 y), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilishgan. Ular hisob-kitobni asosan naqd pulsiz amalga oshirishgan. Tarixda birinchi yirik bank 1694 yilda Angliyada tashkil etilib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank aksiyador-emmission bank deb hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilina boshlanadi. Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishiga, kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi yollanma mehnatni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan. g‘llanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul aylanishni yuzaga keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazifani banklar bajara boshladi. SHunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. XX asrning boshlarida yirik Evropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p filiallariga ega bo‘lgan, yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga keldi. Bular jumlasiga xalqaro pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi quyidagi xalqaro banklarni kiritish mumkin: Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki; Xalqaro valyuta fondi; Xalqaro Moliya korporatsiyasi; Xalqaro hisob-kitoblar banki; Evropa investitsiya banki va boshqalar. Xorijiy banklar to‘liq yoki qisman chet el investitsiyalariga tegishli bo‘lgan banklar bo‘lib, ular o‘z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar yirik banklarning sho‘‘balari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Download 190.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling