2-mavzu: O’zbekiston ta’lim tizimi va xorij tajribasining qiyosiy tahlili reja


Download 1.35 Mb.
bet5/13
Sana24.01.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1117202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-maruza

FINLANDIYA TA’LIM TIZIMI
N ufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan uch yilda bir oʻtkaziluvchi xalqaro tadqiqotlarga koʻra, finlyandiyalik maktab oʻquvchilari dunyodagi eng yuqori bilimlar darajasini namoyish etishadi. Ular shuningdek dunyodagi eng koʻp kitob oʻquvchi bolalar hamdir. Bundan tashqari, finlyandiyalik maktab oʻquvchilari tabiiy fanlar boʻyicha - dunyoda ikkinchi, matematika boʻyicha esa beshinchi oʻrinni egallashadi. Biroq pedagogik jamiyatni quvontiradigani birgina bu natijalar emas. Shunisi ajablanarliki, dunyo miqyosida yuqori koʻrsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab oʻquvchilari darslarga u qadar koʻp vaqt ajratishmaydi.
Finlyandiyada oʻrtacha majburiy umumta'lim tizimi ikki bosqichli maktabni oʻz ichiga oladi:
— quyi (alakoulu), 1-6 sinf;
— yuqori (yläkoulu), 7-9 sinf.
Qoʻshimcha 10-sinfda oʻquvchilar oʻz baholarini yaxshilashlari mumkin. Soʻngra bolalar yo professional kollejga yoʻl olishadi, yoki litsey (lukio)da oʻqishni davom ettirishadi. 
Finlyandiya ta'limi "oʻrta" bosqichining 7 tamoyili:
1. Tenglik
Maktablar
Mamlakatda na elita va na "boʻshroq" maktablar bor. Finlyandiyadagi eng yirik maktabda 960 nafar oʻquvchi ta'lim oladi. Eng kichigida esa - 11 nafar. Barcha maktablar mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil moliyalashtirilgan. Deyarli barcha maktablar - davlat maktablari boʻlib, oʻnlab xususiy maktablar bor. Ularning ota-onalar qisman toʻlov kiritishlaridan tashqari yana bir farqi - oʻquvchilarga boʻlgan talabning yuqoriligida. Qoidaga koʻra, bu oʻziga xos "pedagogik" laboratoriyalar: Montessori, Fren, Mortan i Valdorf maktablari. Ingliz, nemis va fransuz tillarida ta'lim beriluvchi oʻquv muassasalari ham xususiy hisoblanadi.
Finlyandiyada tenglik tamoyiliga rioya qilgan holda shved tilidagi parallel ta'lim tizimi mavjud - bogʻchalardan tortib to universitetlargacha. Saam xalqining manfaatlari ham unutilmagan, mamlakat shimolida ona tilida ta'lim olish mumkin.
Yaqin vaqtlargacha finlarga maktab tanlash taqiqlangan edi, bolalar shunchaki eng yaqin oradagi maktabga chiqishardi. Taqiq bekor qilindi, lekin ota-onalarning aksariyati baribir bolalarni yaqin oradagi ta'lim muassasasiga berishni ma'qul koʻrishmoqda, zero Finlyandiyada barcha maktablar birdek yaxshi.
Barcha fanlar
Bir fanning boshqalaridan chuqurroq oʻrgatilishi maqsadga muvofiq emas. U yerda, masalan, matematika san'atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab ularning tasviriy san'at, musiqa va sportga moyilligi boʻlishi mumkin.
Ota-onalar
Oʻqituvchi oʻquvchisining ota-onasi kim boʻlib ishlashini oxirgi navbatda, zarurart tugʻilgandagina biladi. Oʻqituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir savollar berish taqiqlangan.
Oʻquvchilar
Finlar oʻquvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab tasniflashmaydi.
Shuningdek, "yaxshi" va "yomon" oʻquvchilar ham yoʻq. Oʻquvchilarni bir-biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati boʻshroq bolalar ham "oʻziga xos" hisoblanib, barcha bilan birga oʻqishadi. Umuman olganda, jamoada nogironligi boʻlgan bolalar ham ta'lim oladi. Oddiy maktabda koʻrish va eshitish organlari kasalliklari boʻlgan oʻquvchilar uchun sinf tashkil qilingan boʻlishi mumkin. Finlar alohida munosabatga talabgor insonlarni jamiyatga maksimal darajada integratsiya qilishga harakat qilishadi. Bilimi kuchli va boʻsh oʻquvchilar orasidagi farq - juda kichik.
Oʻqituvchilar
Oʻqituvchilar ham bolalarga bor mehrini beradi, "sevimlilar" ajratilmaydi. Qoidadan har qanday chetga chiqish bunday oʻqituvchi bilan shartnoma buzilishiga olib keladi. Fin oʻqituvchilari faqat ta'lim beruvchi vazifasini bajarishlari kerak. Jamoada barcha oʻqituvchilar - fiziklar ham, adabiyotchilar ham, mehnat oʻqituvchilari ham birdek teng.
Katta yoshli kishilar (oʻqituvchilar, ota-onalar) va bolalar huquqlari tengligi
Finlar bu tamoyilni "oʻquvchiga hurmat" deb atashadi. Bolalarga 1-sinfdan ularning huquqlari tushuntiriladi, ijtimoiy xizmatchiga katta yoshlilar ustidan shikoyat qilish ham shular jumlasidandir. Bu finlyandiyalik ota-onalarni ularning farzandi - mustaqil shaxs ekanini, ularga soʻz bilan ham, "qamchi" bilan ham ozor yetkazib boʻlmasligini tushunishga ragʻbatlantiradi. Finlyandiya mehnat qonunchiligiga koʻra, pedagog oʻz kasbidan kelib chiqib oʻquvchini taxqirlashga haqqi yoʻq. Barcha oʻqituvchilar faqat 1 yilga shartnoma imzolashadi, bu muddatni uzaytirish ham, toʻxtatish ham mumkin. Oʻqituvchilarga juda yaxshi maosh toʻlanadi: fan oʻqituvchisi - 5000 yevrogacha, yordamchi - 2500 yevrogacha.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling