2-mavzu: O’zbekiston ta’lim tizimi va xorij tajribasining qiyosiy tahlili reja


Download 1.35 Mb.
bet6/13
Sana24.01.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1117202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-maruza

2 . Bepul
Oʻqishning oʻzidan tashqari quyidagilar bepul:
– tushlik;
ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat;
– bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport, agar eng yaqin maktab 2 kilometrdan uzoqda boʻlsa;
– oʻquv darsliklari, barcha oʻquv qurollari, kalkulyatorlar va hatto planshet-noutbuklar.
Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul yigʻish taqiqlanadi.
3. Individuallik
Har bir bola uchun individual ta'lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik oʻquvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar mazmuni, mashgʻulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda ularga ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta'lim materialiga ham tegishli.
Bir sinfning oʻzida darsda bolalar turli murakkablikdagi mashqlarni bajarishadi. Baholash tizimi ham personal darajaga muvofiq. Agar "odatiy" mashq a'lo bahoga bajarilsa, ertasiga yuqoriroq darajali mashq beriladi, mobodo uddasidan chiqa olmasa, hechqisi yoʻq, yana oddiy mashq beriladi.
Finlyandiya maktablarida oddiy ta'lim bilan bir qatorda ta'lim jarayonining ikki noyob turi mavjud:
"Boʻshroq" oʻquvchilar ta'limini qoʻllab-quvvatlovchi — bu boshqa mamlakatlarda repetitorlar bajaradigan ish. Finlyandiyada repetitorlik keng tarqalgan ta'lim usuli hisoblanmaydi, maktab oʻquvchilari dars vaqtida yoki undan keyin kerakli oʻquvchilarga qoʻshimcha yordam koʻrsatishadi.
Korrektsion ta'lim — materialni oʻzlashtirishdagi umumiy barqaror muammolar bilan bogʻliq. Masalan, bu ta'lim olib boriluvchi fin tilini tushunmaslik yoki eslab qolish yo matematik qobiliyatining yaxshi emasligi, yoxud ba'zi bolalarning asotsial xatti-harakatlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Korrektsion ta'lim kichik guruhlarda yoki individual tarzda oʻtkaziladi.
4 . Amaliyot
"Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz", - deydi finlar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda imtihonlar yoʻq. Nazorat ishlari va oraliq test sinovlari - oʻqituvchining qaroriga qarab belgilanadi. Umumta'lim maktabini tugallashda faqat birgina majburiy standart test oʻtkaziladi. Shunisi diqqatga sazovorki, oʻqituvchilar uning natijalari uchun alohida qaygʻurishmaydi, test natijalari uchun birovning oldida javob ham berishmaydi, bolalar ham unga maxsus tayyorgarlik koʻrishmaydi: boriga baraka.
Finlyandiya maktablarida hayotda kerak boʻladigan bilimlar beriladi. Masalan, biror bir qurilmaning tuzilishi ularga kerak boʻlmaydi, uni oʻrganishmaydi ham. U yerdagi bolalar bolalikdan portfolio, shartnoma, bank kartasi nima ekanini yaxshi bilishadi. Merosdan soliq fozini yoki kelgusidagi daromadlarini hisoblay olishadi, internetda tashrif-saytini yarata olishadi va h.k.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling