2-mavzu: O’zbekiston ta’lim tizimi va xorij tajribasining qiyosiy tahlili reja


Download 1.35 Mb.
bet11/13
Sana24.01.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1117202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-maruza

JANUBIY KAREYA TA’LIM TIZIMI
J anubiy Koreya Respublikasi koʻplab tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial sivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiyo-Tinch okeani regionining noyob davlatlaridan biridir.
Koreyaliklar bajarilishi shart boʻlgan asosiy vazifa - oʻz anʼanaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni oʻz madaniy-siyosiy identivlik, Sharqning anʼanaviy qadriyatlari va oriyentirlari bilan bogʻlashga intilish deb hisoblaydilar. Bu davlatning taʼlim tizimi YUNISEF ekspertlari xulosasiga koʻra sanoati rivojlangan
davlatlar ichida “eng samaralisi”deb tan olingan. Koʻpchilikning yagona fikricha, Janubiy Koreyaning iqtisodiyoti va texnikadagi yutuqlari “inson resursiga investitsiyani toʻgʻri tikkanligida” deb taʼkidlashadi. Konfutsiy davridan saqlanib qolgan ziyoli odamga jamoat xizmati xozirgi kungacha bor. Janubiy Koreyada 1980 yillardan beri ilmiy kasblar eng nufuzli hisoblanadi.
Janubiy Koreya taʼlim tizimi yana bitta butunjahon tamoyilini amalga oshiradi: bu taʼlim va fan integratsiyasidir. Dunyo amaliyotida oʻquv muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini oʻz ichiga oluvchi akademik konglomeratlar samarali faoliyat olib borishmoqda. Bunday birlashuv ilm va taʼlim integratsiyasining aniq asosi boʻlib xizmat qiladi va mamlakatda yagona ilmiy-texnik va taʼlim siyosatini olib borish imkoniyatini beradi. Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarining qoʻshilishi bugungi kunda integratsiyaning eng samarali shakli hisoblanadi.
Koʻp rivojlanayotgan davlatlarda taʼlim bugungi kunda jamiyatning faqat sarf-harajatlar sohasi emas, balki asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylandi. Yaʼni, taʼlim raqobatbardosh, jiddiy moliyaviy mablagʻlarni olib keluvchi soha boʻlishi kerakligi isbotlandi. Taʼlimning deyarli 1-bosqichidayoq davlat va iqtisodiyotning rivojlanishiga qaratilgan boʻlishi kerak. Faqat bilim olish uchungina emas, balki olingan bilimlarni amaliyotda samarali qoʻllash uchun oʻqish zarur.
Lekin shuni hisobga olish joizki, taʼlimni tizimli modernizatsiya qilish jarayoni oʻz-oʻzidan eski tartib elementlarni yengib oʻtish, yangi gʻoyalarni ishlab chiqish va tabiiy boshqaruvning boshqa metod va mexanizmlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Lekin bu shundoqligicha nusxa olish shaklida emas, balki yangiliklarni qabul qilish bilan birga taʼlim rivojlanish bosqichidagi eng yaxshi anʼanalar va qoʻlga kiritilgan yutuqlarni saqlab qolishni taqozo etadi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling