2-mavzu: O’zbekiston ta’lim tizimi va xorij tajribasining qiyosiy tahlili reja


Janubiy Koreyada kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimi


Download 1.35 Mb.
bet13/13
Sana24.01.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1117202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-maruza

Janubiy Koreyada kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimi.
Janubiy Koreyada oliy maʼlumotga ega boʻlish har bir koreys fuqarosining keyingi mavqei muvaffaqiyati uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bu martabali taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga boʻlgan ehtiyoj ham katta. Janubiy Koreyada eʼtibor koʻproq matematika, koreys tili va ingliz tillariga, aniq fanlarga va jamiyat bilan bogʻliq fanlarga qaratiladi.
Janubiy Koreyada quyidagi taʼlim muassasalari turlari mavjud:
- Kollej va universitetlar (xususiy va milliy, davlat tasarrufida);
- Industrial universitetlar;
- Pedagogika institutlari;
- Sirtqi universitetlar;
- Ochiq universitetlar.
Janubiy Koreya taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarida boʻlganidek, oliy taʼlim sohasida ham chuqur islohotlar olib borilgan.
Mamlakatda taʼlimni isloh qilish va rivojlantirishga oid qabul qilingan qonunlar va meʼyoriy hujjatlarni oliy taʼlimni raqobatga tayyorlash, universitet taʼlimini rivojlantirishda tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, bitiruv maktab taʼlimi va amaliy mutaxassisliklarni kuchaytirish, universitetlarning mahalliy sanoat bilan aloqadorligini yaxshilash, sanoat talablariga javob beradigan kasbiy taʼlimni rivojlantirish, maktab bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ijtimoiy kam taʼminlangan oilalar va ishchilar uchun kasbiy taʼlimni kuchaytirish, oliy taʼlim uchun oʻsmirlar imkoniyatlarini yaxshilash, axborot asrida taʼlim boshqaruvi va uni moliyalashtirish xalqaro taʼlim almashinuvini mustahkamlash kabi dolzarb masalalarga katta eʼtibor qaratildi.
Koreyada oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish qattiq nazorat ostida boʻlib, har bir daʼvogarning maʼlum bir kollej yoki universitetga muvofiqligi talabaning taʼlimni oʻzlashtirish qaydlari va standartlashtirilgan milliy test natijalari orqali belgilanidi.
Mamlakatda yagona sirtqi oliy oʻquv yurti - Seuldagi sirtqi universitet oʻziga hos ahamiyatga ega. “Ochiq universitetlar” ning vazifasi ham shunga oʻxshash boʻlib, ularga ishlab chiqarishda ishlayotganlargina kirishi mumkin, ularda kirish imtihonlari yoʻq. Janubiy Koreyada kollejlarning asosiy vazifasi malakali ishchilar yoki boʻgʻin idora xizmatchilarini tayyorlashdir. Talaba kollejni tugatgach, nazariy jihatdan birdaniga universitetning ikkinchi yoki uchinchi kursiga kirish uchun xarakat qilishi mumkin. Shu bilan birga maxsus oʻtish imtihonini topshirib, boshqa mutaxassislik boʻyicha ham kirishi mumkin.
Bakalavriat. Oʻqish muddati 4 yil. Talabalar 140-150 kredit soat atrofida tahsil oladilar. Tibbiyot sohasida oʻqish 6 yil davom etadi va 180 kredit soat oʻqishadi. Oʻqish tugagach, bakalavr darajasini olganligi haqidagi diplom beriladi. Tipik yirik koreys universitetlari tarkibida 10 tadan 20 tagacha fakultetlar bor. Fakultetlar amerikacha termin bilan “kollixlar”, yaʼni koreyscha “texak” deb ataladi. Koreyada oʻquv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilishga alohida eʼtibor beriladi.
Natijada Janubiy Koreya dunyoda oʻz maktab va taʼlim muassasalarini kompyuter va internet bilan toʻliq taʼminlagan ikkinchi davlatga aylandi.
Magistratura. Oʻqish muddati 2-3 yil. Oʻqish yakunida talabalar dissertatsiya yoqlaydilar. Tibbiyot sohasidagi talabalar Tibbiyot maktabining barcha talablarini bajarib, milliy imtihon topshiradilar. Oʻqish yakunida magistrlik darajasi beriladi.
Doktorantura. Oʻqish muddati 3-4 yil. Oʻqish yakunida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinadi, ogʻzaki yoki sohaga mos imtihon topshiriladi.


        1. Xorij tajribasi nima uchun kerak?

        2. Kareya va Yaponiya ta’lim afzalliklari.

        3. Singapurda boshlangʻich ta’lim.

        4. Oʻzbekiston va Finlandiya ta’limotini taqqoslang.

        5. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi xususida fikr bildiring.

        6. Finlandiya ta’limi va uning afzalliklari nimadan iborat?

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling