2-mavzu: O’zbekiston ta’lim tizimi va xorij tajribasining qiyosiy tahlili reja


Oliy taʼlim bitiruvchilari quyidagi darajalarga ega boʻladilar


Download 1.35 Mb.
bet4/13
Sana24.01.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1117202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-maruza

Oliy taʼlim bitiruvchilari quyidagi darajalarga ega boʻladilar:

Universitet

Bakalavr darajasi

4 yil

Magistrlik darajasi

2 yil

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim

Doktorlik darajasi

5 yil







Kollej

Kichik mutaxassis darajasi

2 yoki 3 yil



Oliy taʼlim taʼsis etgan darajalar:

Texnologik kollej

Kichik mutaxassis

5 yil

Maxsus maktab

Mutaxassis daraja

2 yoki 3 yil

Yuqori malakali daraja

4 yil

Yaponiyada universitetlar quyidagi 3 ta kategoriyalarga boʻlinadi:
1. Dastavval Yaponiya hukumati tomonidan, hozirgi kunda milliy universitet korporatsiyalari tomonidan joriy qilingan milliy universitetlar;
2. Jamoat universitet korporatsiyalari, mahalliy jamoat yuridik shaxslari, taʼlim korporatsiyalariga tegishli xususiy universitetlar tomonidan joriy qilingan jamoat universitetlari;
3. Xususiy universitetlar - umumiy universitetlar sonining 80% ni tashkil qiladi;
4. Har bir xususiy universitet oʻzining noyob taʼlim tizimi va ilmiy tadqiqotlarini taklif etadi. Bu universitetlar Yaponiya taʼlim tizimida muhim ahamiyatga ega.
Yaponida hozirgi kunda 1200 dan ziyod universitet va kollejlar boʻlib, unda 3.22 mln. talaba tahsil oladi. Yaponiyada barcha milliy universitetlar 2004 yildan boshlab korporatsiya sifatida qayta tashkil qilindi. milliy universitetlarning bunday birlashuvi taʼlim va ilmiy tadqiqotlarning yanada jonlanishiga olib keldi. Shuningdek, har bir milliy universitet moliyaviy masalalarda ham mustaqil boʻldi. 2004 yildan boshlab jamoat universitetlari mahalliy jamoat yuridik shaxslarga korporatsiyani oʻz hohishiga koʻra tashkil etish va boshqarish imkonini berdi.
Milliy universitet korporatsiyalarini prezident boshqaruv tizimi boshqaradi, unda direktorlar kengashi mavjud boʻlib, boshqaruv va taʼlim uchun kengash organlari faoliyat yuritadi. Milliy universitet korporatsiyalari olti yillik davr mobaynida vaqtni hisobga olgan holda muvaqqat reja tuzishi kerak. Bunda Fransiya siyosatining Oliy taʼlim haqidagi siyosatida kuzatilganidek, oliy taʼlim haqidagi milliy siyosat va universitet mustaqilligi oʻrtasida korporatsiya oʻrnatish maqsad qilib olingan.
Milliy uinversitet korporatsiyalarida shtat birligi masalalari prezident tomonidan hal etiladi. Lekin shunga qaramay, oʻqituvchilar tarkibining bandligi boʻyicha har bir fakultet yoki yoʻnalish oʻzi qaror beradi, prezident uni maʼqullaydi.
Yaponiya xususiy universitetlarida talabalarning 80% tahsil olishadi va davlatning gullab-yashnashga oʻz hissasini qoʻshishadi.
Yaponiya taʼlim tizimidagi qator ijobiy oʻzgarishlarga qaramasdan xalqaro xorij universitetlariga talab kuchli. Shu bois Maorif, Sport, Fan va texnika vazirliklari universitetlarning taʼlim faoliyatini yaxshilash borasida quyidagi ishlarni amalga oshirdi:
- Sifat kafolati va akkreditatsiya tizimi orqali Oliy taʼlim sifatini oshirish;
- Bakalavriat va magistratura sifatini yanada yaxshilash;
- Xalqaro raqobatbardoshlikni kuchaytirish;
Yaponiya Oliy taʼlim muassasalarining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish maqsadida maʼlum muddat sifat kafolati va akkreditatsiya tizimi barlashtirildi.
- Ingliz tili sinflari (guruhlari)ni tashkil etish;
Yapon talabalari ingliz tilida kerakli bilimlarni olishi uchun, xorijlik talabalar Yaponiyada tahsil olishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida mashgʻulotlar ingliz tilida tashkil etildi, ingliz tilida kurslar ochildi.
Yaponiyada koʻplab universitetlar allaqachon ingliz tilida dars oʻtiladigan guruhlarini tashkil etgan. Undan tashqari 50 dan oshiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlim oʻynalishida mashgʻulotlar faqat ingliz tilida olib boriladi.
“300 000 Xalqaro talabalar rejasi” tizimi
Xalqaro talabalar almashinuvi nafaqat xalqaro raqobatbardoshlikni qoʻllab quvvatlaydi, balki boshqa davlatlar bilan doʻstlik va hamkorlikni rivojlantiradi. Shunga koʻra yapon hukumati hozirgi kunga qadar xalqaro talabalarni qabul qilish va yapon talabalarini chet davlat taʼlim muassasalariga katta eʼtibor qaratib keldi.
1983 yil “100 000 xalqaro talabalarni qabul qilish rejasi” ishga tushdi, 2003 yil maqsadli 100 000 talaba tahsil olishga muvaffaq boʻldi. 2008 yil 1 maydan boshlab chet ellik talabalar soni 123 829 taga yetdi. 2008 yil iyul oyida jamiyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida Taʼlim, Madaniyat, Sport, Fan va texnika vazirliklari va boshqa muassasalar, manfaatdor agentliklar “300 000 chet ellik talabalar rejasi” tizimini ishga tushirdi. Bu rejani toʻliq amalga oshirish muddati 2020 yil deb belgilandi.
Mazkur rejaga koʻra “Global 30” loyihasini amalga oshirish maqsadida Yaponiya universitettidan 30 tasi tanlab olindi, shulardan quyidagi 13 tasi markaz sifatida belgilandi:
Toxoki universiteti (Tohoky University)
Sukuba universiteti (Tsukuba University)
Tokio universiteti (Tokyo University)
Nagoya universiteti (Nagoya University)
Kioto universiteti (Kyoto University)
Osaka universiteti (Osaka University)
Kyusyu universiteti (Kyusyu University)
Keyo universiteti (Keio University)
Sofiya universiteti (Sophia University)
Meydji universiteti (Meiji University)
Vaseda universiteti (Waseda Uiversity)
Doshisha universiteti (Doshisha University)
Ritsmeykan universiteti (Ritsumeikan University)
Yaponiyada universitetni moliyalashtirish asosan 2 turda amalga oshiriladi: asosiy chiqimlarni moliyalashtirish, ayrim oʻqituvchilarning ilmiy tadqiqotlari uchun raqobatbardosh fondlar va talabalarga moliyaviy yordam.
Milliy, jamoat va xususiy universitetlarni musobaqa asosida moliyalashtirish ham yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling