2-mavzu: O’zbekiston ta’lim tizimi va xorij tajribasining qiyosiy tahlili reja


Download 1.35 Mb.
bet8/13
Sana24.01.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1117202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-maruza

Qachon va qancha vaqt oʻqiladi?
Finlyandiyada oʻquv yili avgustda boshlanadi, ya'ni 8 avgustdan 16 avgustgacha, yagona kun yoʻq. Oʻquv yili may oyi oxirida yakunlanadi. Kuzgi yarim yillikda 3-4 kunlik ta'til bor, shuningdek Rojdestvo munosabati bilan 2 haftalik ta'til beriladi. Bahorgi yarim yillik fevral oyidagi "changʻi" ta'tilini ham oʻz ichiga oladi, bunda fin oilalari, qoidaga koʻra, oilaviy changʻi uchishga borishadi. Bundan tashqari, bahorgi yarim yillikda Pasxa ta'tili ham bor.
Ta'lim - besh kunlik, faqat kunduzgi smenada. Juma - qisqartirilgan kun.
Nima oʻrganiladi?
1–2 sinf:
Ona (fin) tili va oʻqish, matematika, tabiat, din (e'tiqodiga qarab) yoki hayotiy tushunchalar (dinga qiziqmaydiganlar uchun), musiqa, tasviriy san'at, mehnat va jismoniy tarbiya. Bir darsda biryoʻla bir necha fan oʻtilishi mumkin.
3–6 sinflar:
Ingliz tili oʻrgatila boshlanadi. 4-sinfda - tanlov asosida yana bir chet tili: fransuz, shved, nemis yoki rus tillari. Qoʻshimcha fanlar kiritiladi (tanlov asosida, har bir maktabda har xil): klaviaturada ishlash tezligi, kompyuter bilimlari, daraxt bilan ishlash, xor ijrosi. Deyarli barcha maktablarda musiqiy asboblarda oʻynashni oʻrgatishadi, bolalar 9 yillik ta'lim davomida barcha musiqiy asboblarida oʻynashni mashq qilib koʻrishadi.
5-sinfda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix qoʻshiladi. 1-sinfdan 6-sinfgacha deyarli barcha fanlardan bir oʻqituvchi kiradi. Jismoniy tarbiya darsi haftada 1-3 marta istalgan sport oʻyini shaklida oʻtadi (maktabning tanlovi asosida). Darsdan keyin dush qabul qilish majburiy. Adabiyot bizning tushunchamizdagidek oʻqitilmaydi, bu koʻproq shunchaki oʻqishni eslatadi.
Fan oʻqituvchilari faqat 7-sinfdan kira boshlaydi.
7 –9 sinflar:
Fin tili va adabiyoti (oʻqish, oʻlka madaniyati), shved, ingliz tili, matematika, biologiya, geografiya, fizika, kimyo, salomatlik asoslari, din (yoki hayotiy tushunchala musiqa, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, tanlov asosidagi fanlar va mehnat (oʻgʻil va qiz bolalar ajratilmaydi). Barcha birdek shoʻrva tayyorlashni va arralashni oʻrganadi. 9-sinfda ikki hafta davomida "mehnat hayoti" bilan tanishiladi. Bolalar oʻzlari uchun istagan "ishchi oʻrni"ni topib, katta ishtiyoq bilan "ishga" borishadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling