2-mavzu: O’zbekiston ta’lim tizimi va xorij tajribasining qiyosiy tahlili reja


Download 1.35 Mb.
bet9/13
Sana24.01.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1117202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-maruza

Baho kimga kerak?
Mamlakatda 10 ballik tizim qabul qilingan, ammo 7-sinfgacha faqat soʻzda baho qoʻyiladi: oʻrtadan pastroq, qoniqarli, yaxshi, a'lo. 1-3 sinflarda umuman hech qanday koʻrinishdagi baholar yoʻq.
Finlyandiyada barcha maktablar «Wilma» davlat elektron tizimiga ulangan, bu elektron maktab kundaligidek gap, har bir ota-ona unga kirish uchun shaxsiy kodga ega. Pedagoglar baho qoʻyib, davomatni belgilab, bolaning maktabdagi hayoti haqida xabar berib borishadi; shuningdek psixolog, ijtimoiy xizmatchi, "kelajak oʻqituvchisi", feldsher ham u yerda kerakli ma'lumotni qoldiradi.
Fin maktablarida baholar xavotir uygʻotmaydi, ular faqat oʻquvchining oʻzi uchun kerak, qoʻyilgan maqsadga erishishda bolaga motivatsiya berish va oʻzini tekshirish uchun qoʻllaniladi. Baholar oʻqituvchi, maktab nufuziga ta'sir koʻrsatmaydi va hech qanday koʻrsatkichlarini buzmaydi.
M aktab hayotiga doir boshqa tafsilotlar
Maktablar hududi oʻralmagan, kiraverishda qoʻriqchilar yoʻq. Aksariyat maktablarning kirish darvozasi avtomatik tizimga ega, binoga darslar jadvali asosida kirish mumkin.
Darsda bolalar parta va stolda oʻtirishi shart emas, polda (gilamda) oʻtirish ham mumkin. Ba'zi maktablarda sinflar divan va kreslolar bilan jihozlangan. Kichik maktab inshooti gilamchalar bilan ta'minlangan.
Forma yoʻq, kiyimga nisbatan qandaydir talablar ham yoʻq, istagan kiyimda kelish mumkin. Almashtirish uchun qoʻshimcha poyabzal talab qilinadi, lekin kichik va oʻrta zvenodagi bolalar paypoqda yurishni ma'qul koʻrishadi.
Iliq havoda darslar koʻpincha ochiq havoda maktab oldida, maysalar ustida yoki maxsus jihozlangan qatorlarda oʻtkaziladi. Tanaffus vaqtida kichik maktab oʻquvchilari albatta koʻchaga olib chiqiladi.
Uy vazifalari kamdan-kam beriladi. Bolalar dam olishlari kerak. Ota-onalar bolalar bilan dars qilishga majbur emas, buning oʻrniga pedagoglar muzey, oʻrmon yoki suzish havzasiga oilaviy borishni tavsiya qilishadi.
"Doska oldida" oʻqitish usuli qoʻllanmaydi, bolalar materialni soʻzlab berish uchun doska oldiga chaqirilmaydi. Oʻqituvchi darsga umumiy tus beradi, soʻngra oʻquvchilar orasida yurib, ularga vazifalarni bajarishga yordam beradi va jarayonni nazorat qiladi. Oʻqituvchining yordamchisi (fin maktablarida oʻqituvchi yordamchilari ham boʻladi) ham xuddi shu ish bilan band boʻladi.
Daftarga qalam bilan yozish va qancha xohlasa, shuncha oʻchirish mumkin. Oʻqituvchi ham vazifani qalamda tekshirishi mumkin.
F inlyandiya maktablaridagi ta'lim tizimi qisqa satrlarda mana shunday. Ehtimol, u kimgadir notoʻgʻridek tuyulishi mumkin. Finlar mukammallikka da'vogarlik qilishmaydi va erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolishmaydi, hatto eng yaxshi tizimda ham kamchiliklar boʻlishi mumkin. Ular mamlakatdagi maktab tizimi jamiyatdagi oʻzgarishlarga qanchalik toʻgʻri kelishini doimiy ravishda tadqiq qilishadi.
Shunisi quvonarliki, finlarning farzandlari tunda asabiy zoʻriqishdan uygʻonmaydi, tezroq katta boʻlishni orzu qilmaydi, ularda maktabga nisbatan nafrat yoʻq, oʻquvchilar navbatdagi imtihonlarga tayyorlanib, oʻzlari va butun oila a'zolarini qiynamaydi. Xotirjam, sermulohaza va baxtli fin bolalari kitoblar mutolaa qilishadi, tarjimasiz (original tilda) filmlar koʻrishadi, kompyuter oʻyinlari oʻynashadi, rolik va velosipedlarda uchishadi, musiqa va teatr pesalari yaratishadi, qoʻshiq kuylashadi. Ular hayotdan quvonib yashashadi va buning orasida ta'lim olishga ham ulgurishadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling