2-Mavzu. Oziq-ovqat va agrobiznes korxonalari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Download 120.39 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi120.39 Kb.
#1758782
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu. Oziq-ovqat va agrobiznes korxonalari faoliyatini tashki

2-Mavzu. Oziq-ovqat va agrobiznes korxonalari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy asoslari




Darsning maqsadi: Talabalarga Agrobiznes korxonalari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi me’yoriy huquqiy hujjatlar; Fermer xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari; Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari; Dehqon xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari; Qishloq xoʻjaligida kooperasiyaviy munosabatlar bilan tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:

  1. Oziq-ovqat va agrobiznes korxonalari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi me’yoriy huquqiy hujjatlar.

  2. Fermer xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari.

  3. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari.

  4. Dehqon xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari.

  5. Qishloq xoʻjaligida kooperasiyaviy munosabatlar.

Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Fermer xoʻjaligi oʻziga tanlov asosida va ijara shartnomasiga koʻra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subʼyekt hisoblanadi.
Fermer xoʻjaligi tuman (shahar) hokimligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda boʻlmagan huquq va majburiyatlarga ega boʻlish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega boʻlish huquqini oladi, sudda da’vogar va javobgar boʻlishi mumkin.

Download 120.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling