2-mavzu: pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda motivatsiya. Reja


Download 26.01 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2023
Hajmi26.01 Kb.
#1141353
  1   2
Bog'liq
2-dars


2-MAVZU: PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA MOTIVATSIYA.


Reja:



  1. Motiv haqida umumiy tushuncha

  2. Motivning turlari.

  3. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda motivlashtirish.

  4. Shaxsni rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar.



Tayanch so’z va iboralar: motiv, motivatsiya, emotsional, affiliatsiya, adaptatsiya, ehtiyoj, referent guruh, fenomen, qobilyat, assimilyasiya, akkamodatsiya, profadaptatsiya, kasbiy qobiliyat.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushunchalari ishlatiladi.
S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to’g’risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya - bu psixika orqali hosil bo’ladigan determinatsiyadir;
 motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog’lovchi subyektiv tarzda aks etish demakdir. Shaxs o’zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo’ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) etakchi o’rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo’nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (histuyg’usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Bir necha yillar muqaddam talabalarni aldash holatlarini ularni darslarga muntazam ravishda ishtirok etishini ta’minlaydigan motivatsiya degan fikrlarga qattiq gumon bilan yondashishgan. Tadqiqot guruhi ushbu taxminiy yondashuvni tekshirish maqsadida ish boshlashganda talaba motivatsiyasini baholash muammosiga duch kelishgan. Mazkur sohada juda kam izlanish ishlari olib borilganligi, talaba motivatsiyasini baholovchi koʻrsatkichlarning deyarli yoʻqligi, talabalarni o‘qishga chorlovchi motivlarni oʻlchaydigan tezkor va tayyor koʻrsatkishlarni qoʻlga kiritish qiyinligi masalalariga duchor boʻldik. Bu holat talabalar motivatisyasi va motivatsiya shakllari orasidagi farqlar borasida mulohaza yuritishga olib keldi. Shunday qilib, talabalarga ularning universitetda o‘qishining asosiy sababi nima degan savolni berish orqali tezkor va oddiy bahoni shakllantirish toʻxtamiga kelindi. Javoblar albatta juda koʻp hamda turli tumanligiga qaramasdan, ularni “vaqtincha bandlik”, “yakuniy ifoda” hamda “shaxsiy taraqqiyot” kabi asosiy turkumlarga ajratib olindi. Ushbu turkumlanish quyidagi jadvalda keltirilgan. Foiz koʻrsatkichlari universitet boʻyicha jami 844 ta talabalarning turkumlanishga nisbatini beradi

Download 26.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling