2 Mavzu: Pedagogning kasbiy kompetentligi va unga xos sifatlar. Reja
O’zini-o’zi rivojlantirish dsturi
Download 38.78 Kb.
|
2 Mavzu Pedagogning kasbiy kompetentligi va unga xos sifatlar. -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Individual rivojlantirish dasturi (IRD)
- Pedagogning individual rivojlantirish dasturi
- 3-jadval. Individual rivojlantirish dasturi
O’zini-o’zi rivojlantirish dsturi – shaxsning o’zida kasbiy tajriba , malaka va mahoratni takomillashtirish yo’lida aniq maqsad va puxta o’ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatni tashkil etishi
Bir qator tadqiqotlarda mutaxassis, shu jumladan, pedagogning o‘z-o‘zini rivojlantirishida “Individual rivojlanish dasturi” qo‘l kelishi aytiladi. Individual rivojlantirish dasturi (IRD) – har bir shaxs yoki mutaxasisning o’zida ma’lum sifat, BKM, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlari asosida ishlab chiqqan shaxsiy amaliy xarakterdagi dasturi Ushbu dasturda kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan BKM hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi. Har qanday mutaxassis kabi pedagog ham o‘zi uchun shaxsiy-amaliy xarakterga ega “Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqa olishi, u asosida pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yishi zarur. Pedagogning individual rivojlantirish dasturi – mutaxasis sifatida pedagogning individual ravishda o’zida u yoki bu kasbiy pedagogik sifat, bilim, ko’nikma, malakalar, kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy amaliy xarakterdagi dasturi Pedagog tomonidan ishlab chiqiladigan “Individual rivojlanish dasturi” quyidagi tarkibiy elementlardan tarkib topadi: 1) pedagogik bilimlar; 2) psixologik bilimlar; 3) mutaxasislik bilimlari; 4) didaktik malakalar; 5) tarbiyaviy ishlarni tashkil etish malakalari; 6) ruhiyatning kasbiy ahamiyatga ega Xususiyatlari va shaxsiy sifatlari; 7) o’z-o’zini rivojlantirish maqsadlari; 8) o’z-o’zini rivojlantirish uchun topshiriqlar Quyidagi pedagogning “Individual rivojlantirish dasturi”ning namunasi keltiriladi (3-jadval): 3-jadval. Individual rivojlantirish dasturi
Pedagogning kasbiy jihatdan rivojlanish darajasini yana quyidagi shkala yordamida ham aniqlash mumkin (11-jadval). SHunday qilib, bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida yuzaga keladigan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish ehtiyoji har bir mutaxassisni o‘zida kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlarni tarkib toptirishga undaydi. Lug‘aviy jihatdan “qobiliyat”, mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish” ma’nosini anglatuvchi kompetentlik negizida ijtimoiy, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion hamda kommunikativ), shaxsiy, texnologik va ekstremal kompetentlik kabi sifatlar aks etadi. Download 38.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling