2 mavzu. Plauntoifalar (Lycopodiophyta) bo‘limi. Reja: Plauntoifalar bo‘limining umumiy tavsifi. Cho‘qmoq plauni haqida tushuncha. Selaginellalar haqida tushuncha
Download 127.86 Kb.
|
umumiy botanikaaaaaaaaaaaaaaaa
2 – mavzu. Plauntoifalar (Lycopodiophyta) bo‘limi. Reja: 1. Plauntoifalar bo‘limining umumiy tavsifi. 2. Cho‘qmoq plauni haqida tushuncha. 3. Selaginellalar haqida tushuncha. Tayanch ibora va atamalar: sporalar, dixatomik, makrosporangiy, mikrosporangiy, mikrospora, makrospora, peritsikl, zigota, floema, ksilema. Plaunsimonlar (Lycopodiophyta) eng qadimgi o‘simliklardan biridir. Ular paleozoy erasining Silur davridan boshlab, Karbon davrida o‘z rivojlanishining eng yuqori pog‘onasiga yetgan. Karbon davrida plaunsimonlarning baland bo‘yli daraxtsimon shakllari keng tarqalgan. Hozirgi paytda esa faqatgina o‘tsimon turlarigina yetib kelgan. Plaunsimonlar plaunlar (Lycopodineae) va lepidodendronlar (Lepidodendrineae) sinflariga bo‘linadi. Plaunlar sinfi o‘tsimon o‘simliklarning: plaunsimonlar (Lycopodiales) — teng sporalilar va selaginellalar (Selaginellales) — har xil sporalilar qabilalaridan iborat. Lepidodendronlar sinfiga paleozoy erasida yashagan va keyinchalik yo‘qolib ketgan daraxt o‘simliklar kiradi. Bir xil sporali plaunlarga vakil qilib apteka plaunini olamiz. Apteka plauni o‘rmonlarda, qarag‘ayzorlarda uchraydi. O‘rta Osiyoda uchramaydi. Poyasining uzunligi 70 sm ga yetadi. Apteka plauni doim yashil, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyasi dixatomik ravishda o‘sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo‘ladi. Tik o‘suvchi poyasi qo‘shaloq yoki yakka boshoqchalari bilan tamom bo‘ladi. Boshoqchani sporacha barglaridan tashkil topgan. Sporachi barglarning ichki shakli buyraksimon sporangiyalar taraqqiy etadi ichida sporalar vujudga keladi. Bu sporalar sporangiya xujayralarning reduksion yo‘lida bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Sporalar nixoyatda mayda va yengil, quruq bo‘ladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiyalar yoriladi. Natijada sporalar shamol yordamida tarqalib ketadi. Qulay sharoitga tushib qolgan spora una boshlaydi. Sporadan tuganakka o‘xshash o‘simta o‘sib chiqadi. Bu o‘simtada anteridiya va arxegoniya taraqqiy etadi. Anterediya va arxegoniyalarning taraqqiy etishi uchun 10-12 y.vaqt ketadi. Apteka plaunining o‘simtasi 1 uyli 2 jinslidir. Otalanish protsessi bahorda, yog‘ingarchilikda bo‘ladi. Anteriyada ishlab chiqqan spermatazoidlar arxegoniyaning tuxum xujayrasini otalantirgandan so‘ng embrion hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Bu o‘simlik jinssiz nasl sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka sifatida, pillyula tayyorlashda sporadan sepib qo‘yiladi. Ya’ni pillyulalar bir biriga yopishib qolmaydi. Og‘ir sanoatda eritilgan metallarni qoliplashda ishlatiladi. Har xil sporali plaunlarga selaginellani misol qilib olamiz. Bu o‘simlik ham ko‘p yillik o‘simlik, doim yashil o‘simlik (o‘tli) poyasi dixatomik ravishda shoxlangan. Tik va yotib o‘suvchi poyalari bo‘ladi. Vertikal poyasida boshoqchasi bor. Boshoqchasida 2 xil: katta — makrosporangiylar va kichik mikrosporangiyalar bo‘ladi. Mikrosporangiyalardan mikrospora taraqqiy etadi. Undan otalik o‘sib chiqadi. Makrosporangiyalardan makrospora taraqqiy etadi. Undan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtasi demak 2 uyli 1 jinsli. Otalanish yog‘ingarchilikda bo‘ladi. Plaunlarning barcha xarakterli xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan vakili cho‘qmoqli plaun (Licopodium clavatum) hisoblanadi. Cho‘qmoq plauni (Lycopodium clavatum). Plaunsimonlar ajdodining yagona turkumi mavjud bo‘lib, turkumning cho‘qmoqli plaun (Licopodium clavatum) deb yuritiladigan turi butun yer shari bo‘ylab, aksariyat hollarda o‘rmon mintaqasida tarqalgan. Cho‘qmoq plauni doimiy yashil o‘simlik bo‘lib, o‘rmon va tundra zonasida keng tarqalgan. Uning poyasi yer bag‘irlab o‘suvchi, 100-150 sm uzunlikda. Undan yuqoriga balandligi 10-15 sm tik o‘suvchi novda, yer bag‘irlab esa haqiqiy ildizlar o‘sadi. Bu o‘simlik Rossiyada, xususan, uning o‘rmon zonasida keng tarqalgan. Cho‘qmoqli plaun dixatomik shoxlangan, yer bag‘irlab o‘sadigan o‘simlik bo‘lib, ayrim hollarda uning uzunligi 3 m ga qadar boradi. Poyasi bigizsimon barglar bilan qoplangan, uning gorizontal holda yer bag‘irlab o‘sadigan qismida ancha murakkab tuzilishli, shoxlangan ildizlari bor. Poyasining ichki tuzilishi nisbatan murakkab, uning sirt tomonida og‘izchali epidermis joylashgan, epidermis ostida ich tomonidan endodermaga o‘xshash po‘st bo‘ladi. Endodermadan so‘ng peritsikl boshlanadi, markazda esa traxeidlardan iborat ksilema joylashgan bo‘lib, uni elaksimon naylar va parenxima hujayralaridan shakllangan floema o‘rab turadi. Barglari uzun, ensiz, poyada navbatlashib, qarama-qarshi va halqa shaklida joylashgan. Poyaning uchida dixatomik shoxlangan cho‘qmoq shaklidagi boshoqlar bo‘ladi. Boshoqchaning markazidan o‘q o‘tadi. Boshoqcha o‘qiga qorin qismi kengaygan, qisqa bandli, o‘tkir uchli spora saqlovchi barglari o‘zining tub qismi bilan birlashgan. Spora barglarning markazida buyraksimon sporangiy joylashgan. Sporangiyning ichi juda ko‘plab bir xil kattalikdagi sporalar bilan to‘la bo‘ladi. Pishib yetilgan sporangiy yorilib, sporalar qulay sharoitga tushishi bilan ulardan plaunning gametofit nasli — o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtaning ostki qismida rizoidlar, ustki qismida jinsiy organlar anteridiy va arxegoniy taraqqiy etadi. Odatda anteridiy o‘simtaning markazida, arxegoniy esa uning tashqi qismida joylashgan bo‘ladi. Cho‘qmoq plaunning gametofiti 15-20 yilga qadar umr ko‘radi. Jinsiy organlarning rivojlanishi va urug‘lanishi gametofit hayotining ikkinchi yarmida kuzatiladi. Urug‘lanishdan so‘ng vujudga kelgan zigotadan darhol sporofit murtagi shakllanadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng sporofit murtagidan cho‘qmoq plaunning sporofit nasli hosil bo‘ladi. Plaunsimonlar ma’lum darajadagi xo‘jalik ahamiyatiga ega, undan olinadigan moy tabobatda, sporasidan olinadigan bo‘yoq esa jun va ipakni bo‘yash uchun ishlatiladi. Yer usti novdalari mayda barglar bilan qoplangan. Barglari cho‘zilgansimon, o‘rtasidan bitta o‘tkazuvchi nay o‘tadi. Bargining uchi tevanasimon cho‘ziq, o‘tkir uchli. Vertikal novdalarida spora saqlovchi boshoqlar joylashgan. Boshoqchalar uzun bandli, mayda yashil bargchalar bilan zich qoplangan. Boshoq markaziy o‘qdan iborat bo‘lib, unda sarg‘ish rangli sporachi barglar joylashgan. Ular uchburchak tuxumsimon shaklda, cheti tishsimon qirqilgan, tishlari o‘tkir, biroz bukilgan. Sporofill ustida qisqa bandli, buyraksimon sporangiylar joylashgan. Sporangiyda arxegoniy shakllanadi. Arxegoniyda otalanish va reduksion bo‘linishdan so‘ng sporalar hosil bo‘ladi. Plaun sporasi tarkibida 50% gacha moy bor. Rossiya federasiyasida cho‘qmoq plaunining sporasi metallurgiya zavodlarida materillarni qoliplashda ishlatiladi. Spora tarkibida moy ko‘pligi tufayli presslangan metall qolipga yopishib qolmaydi. Sporalardan tuproq bag‘rida gaploid gametofit o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simta tuproq ostida unadi. U qavariq, ostki qismi botiq. Ayrim hollarda, o‘simtaning to‘liq yetilishi uchun 15-20 yil vaqt talab qilinadi. O‘simta hujayralarida xlorofill hosil bo‘lmaydi. Zamburug‘ bilan hamxonalik hisobida (ektotrof mikoriza) oziqlanadi. Zamburug‘ giflari o‘simta rizoidlari orqali uning tanasiga kiradi. O‘simtaning ust tomonida arxegoniy va anteridiy hosil bo‘ladi. Anteridiy va arxegoniy o‘simta tanasiga biroz botgan holda turadi. Otalangan tuxum hujayrasidan (zigota) urug‘murtak shakllanadi va keyinchalik diploid nasl — yetilgan cho‘qmoq plauniga aylanadi. Cho‘qmoq plauni poyasining markazida o‘tkazuvchi nay bog‘lami joylashgan bo‘lib, u ksilema o‘tkazuvchi naylardan iborat. Narvonsimon ksilema to‘qimalari orasida yog‘och parenximasi, ular atrofida elaksimon lub (floema) tolalari joylashgan. Floema yonidan perisikl qatlami joy olgan. Uning ust tomonida mahkamlik to‘qimlari, ustida esa yupqa po‘stli parenxima joylashgan bo‘lib, uning ustida bir qator maxkamlik to‘qimalar, poyaning sirtida bir qavat epidermis qoplangan. Po‘st paremximasining ustki va ostki tomonidan mahkamlik to‘qimalari joy olgan bo‘lib, unda barg bandining o‘rni ko‘rinib turadi. Selaginellalar, asosan tropik mintaqalarda soya joylarda o‘sadigan o‘simliklardir. Ular har xil (tengsiz) sporalar yordamida ko‘payishi bilan boshqa qabilaga kiradigan plaunlardan farq qiladi. Selaginella mayda (mikrospora) va yirik spora (makrospora) hosil qiladi. Har xil sporalilik evolyutsion rivojlanishda katta rol o‘ynaydi, chunki bu xususiyat ikki xil, ya’ni erkak va urg‘ochi o‘simta (gametofit) vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Selaginellalar biron amaliy ahamiyatga ega emas. Oddiy selaginellaning (Selaginella). Selaginellalar ajdodi vakillari har xil sporaliligi bilan xarakterlanadi. Ularning aksariyat qismi tropik va subtropiklarda tarqalgan. Sellaginellalarning Yer kurrasida 700 turi tarqalgan bo‘lib, shundan mo‘tadil iqlimli mintaqa 8 ta turining o‘sishi aniqlangan. Ularning ayrimlari issiqxonalarda (oranjereya) o‘stiriladi. Bu o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘t, lekin ayrim butasimon turlari ham bor. Barglari mayda, poyada zich bo‘lib joylashgan. Ayrim turlarining bargi ikki xil: poyaning uchki qismida joylashgani ancha mayda, pastki qismida joylashganlari katta. Barg tubida mayda parda bo‘lib bu organ barg tili deb yuritiladi. Ildiz selaginellaning rizofora deb ataluvchi maxsus organlarida hosil bo‘lib, o‘simlikning tanasida shakllanadi. O‘simlikning poya va ildizlari dixotomik shoxlangan. 3 – mavzu. Qirqbo‘g‘imtoifalar (Equisetophyta) bo‘limi. Reja: 1. Qirqbo‘g‘imlarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. 2. Qirqbo‘g‘imlarning qadimiy va hozirgi vaqtda tarqalgan vakillarining o‘zaro o‘xshashligi va farqli belgilari. 3. Dala qirqbo‘g‘imining tuzilishi, ko‘payishi va ahamiyati. Tayanch ibora va atamalar: sinangiy, diktiosteliya, sorus, induziy, platsenta, halqa, og‘izcha, gametofit, oyoqcha, kamgak, geterofilliya, prostoteliya, solenosteliya, apogamiya, aposporiya, partenogenezis, sporokarpiy. Qirqbo‘g‘imlilar sinfi — Equisetineae Equisetineae sinfining vakillari poyasining “bo‘g‘imli” bo‘lishi, ya’ni bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bo‘g‘imlarda, odatda, juda reduktsiyalangan va ko‘pincha bir-biri bilan qo‘shilib, naysimon qinlar hosil qiladigan barglar halqa shaklida joylashadi. Shox halqalari ham bo‘g‘imlarda bo‘ladi. Yer usti novdalarining uchida sporali boshoqchalar yuzaga keladi, ular halqa bo‘lib joylashgan qalqonchalar yoki sporofillardan iborat. Gametofitlari mayda yashil plastinkaga o‘xshab ko‘rinadi va ko‘pincha bir jinsli bo‘ladi. Spermatozoidlarida bir tutam xivchinlar bor. Equisetineae sinfiga: 1) hozirgi Equisetaceae va 2) qurib bitgan Calamariaceae oilalari kiradi. Qirqbo‘g‘imlar oilasi — Equisetaceae Bu oilaga birgina qirqbo‘g‘im (Equisetum) avlodi kiradi. Uning 25 ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari butun yer yuzida tarqalgan. Suv havzalarimizda, odatda, ko‘p uchraydigan dala qirqbo‘g‘imi — Equisetum arvense bu oilaning xarakterli belgilari bilan tanishib chiqnsh uchun misol bo‘la oladi. Uning poyasi uzun va shoxlanmaydigan bo‘lib, to‘g‘ri tartib bilan gallanadigan bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan. Ba’zi novdalarining bo‘g‘imlaridan bir talay ingichka barglardan tuzilgan muntazam halqalar chiqadi, bu halqalar ham bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan bo‘ladi. Sal bo‘rtib turadigan bo‘g‘imlarda bir-biri bilan qo‘shilib, naychasimon qin xosil qiladigan barglar bo‘ladi, bu barglar yuqoriga qarab o‘sadi va tepadagi bo‘g‘im orasining pastki qismini o‘rab oladi. Poyaning pastki qismi yerda o‘sib, ildizpoyaga aylanadi. Ildizpoya ham, yer ustidagi novda singari bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘ladi. Ildizpoyaning bo‘g‘imlaridan bir talay mayda ildizlar chiqadi. Poya bilan ildizpoyaning uchlarida o‘sish nuqtasi bo‘ladi, o‘sish nuqtasi bir-biriga zich taqalib turadigan qinlar bilan qoplangan. Sporali boshoqchalar novdalarning uchlarida paydo bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning ichi to‘qimalar bilan to‘lgan. Bo‘g‘im oraliqlari esa bo‘sh bo‘ladi va kavagi keng bo‘lib, bir bo‘g‘imdan ikkinchi bo‘g‘imgacha boradi. Bo‘g‘im oraligining yuzi notekis; undan uzunasiga ketgan och rangli qirralar o‘tadi, ularning orasida birmuncha to‘q rangli chuqurchalar bo‘ladi. Chuqurchalar tagidagi asosiy parenximadan (poya asosan shu parenximadan iborat) serbar havo yo‘llari o‘tadi. Qirralar tagida esa, kichik suv kanalchalari bog‘lamlari bo‘ladi. Suv kanalchalari bog‘lamlari kollateral tipda tuzilgan bo‘lib, bo‘g‘im oralig‘ining boshidan-oyog‘igacha bir-biriga parallel holatda boradi; bo‘g‘imda ular shoxlanadi va tarmoqlari bir-biri bilan yana qo‘shilib, keyingi bo‘g‘im oralng‘iga o‘tadi. Qirqbo‘g‘imning xarakterli xususiyatn shuki, epidermisning devorchalariga qumtuproq singadi, shunga ko‘ra paporotnik ancha qattiq bo‘ladi. Equisetum sporangiylarda paydo bo‘ladigan sporalar yordamida ko‘payadi. Sporangiylar esa, o‘z navbatida, sporali boshoqchalarda turadi. Bu boshoqcha sporali qalqonchalar yoki sporofillardan tuzilgan. Har bir sporofill olti qirrali plastinkadan iborat bo‘lib, uning markazidan o‘zakka (o‘qqa) tomon (unga tik ravishda) ingichka oyoqcha o‘tadi, sporofill shu oyoqcha bilan o‘zakka birikib turadi. Sporofill oyoqchasi atrofida 810 ta sporangiy bo‘ladi, ular tashqi cheti bilan sporofillga birikadi. Sporangiy ichida shakli va kattaligi bir xil bo‘lgan bir talay sporalar bor. Sporofillar o‘zakda zich halqa bo‘lib joylashgan, ular yoshligida chetlari bir-birlariga zich taqalib turadi. Sporalar pishib, yetilishga kelganda o‘zak cho‘zilib, halqalar bir-biridan ajraladi va orasi tirqish bo‘lib qoladi, sporalarga shu tirqishlardan sochilishga yo‘l ochiladi. Spora sharsimon to‘q yashil hujayradan iborat bo‘lib, ancha qalin parda bilan qoplangan va spiralsimoi ikkita burama lenta yoki elatera bilan o‘ralgan. Elateralar gigroskopik bo‘lib, quriganida yoziladi va havo nam tortganida yana buraladi. Elateralarning roli shundan iboratki, o‘shalar borligidan spora xamisha bir-biriga ilashib, yancha yirik va yumshoq tugunchalar xosil qiladi. Shunga ko‘ra, sporalar shamolda osonroq tarqaladi va unib chiqar ekan, hamisha bir talay gametofitlar paydo bo‘ladi va otalanishni osonlashtiradi (qirqbo‘g‘im gametofiti ko‘pincha bir jinsli bo‘ladi) Nam yerga tushgan sporalardan gametofitlar o‘sib chiqadi. Qirqbo‘g‘imning sporalari sirtdan bir-biridan farq qilmasa ham; ichki tuzilishi boshqacha bo‘ladi, shunga ko‘ra bir xil sporalar otalik gametofit xosil qilsa, ikkinchi xil sporalar onalik gametofiti xosil qiladi. Biroq, bu doim saqlanib qoladigan tafovut emas, tashqi sharoit ta’siri bilan otalik gametofitlarida arxegoniylar, onalik gametofitlarida esa anteridiylar hosil bo‘lishi mumkin. Equisetumning ba’zi turlarida (E. arvense, E. laevigatum, E. majusda) gametofitlar, chamasi, ko‘pincha bir uyli bo‘ladi, shu bilan birga, ularda avval arxegoniylar, keyinroq esa anteridiylar taraqqiy qiladi. Equisetum gametofiti lentasimon uzun-uzun parralarga bo‘lingan kichkina yashil plastinka ko‘rinishidadir; uning pastki tomonidan rizoidlar chiqadi. Otalik gametofitlari onalik gametofitlariga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Gametofit parraklari uchida anteridiylar joylashgan. Anteridiylar dumaloq tanacha ko‘rinishida bo‘lib, bir qavat devori va mayda-mayda spermagen hujayralardan iborat moddasi bor, Ularning har biri buralgan va uchida bir tutam xivchini bo‘lgan spermatozoidni beradi. Onalik gametofitining ko‘p qavatli markaziy qismida arxegoniylar rivojlanadi. Arxegoniylar tipik tuzilishda bo‘ladi va qorin qismi bilan gametofit to‘qimasiga botib turadi. Arxegoniyning otalangan tuxum hujayrasidan yangi qirqbo‘g‘im o‘simligi, ya’ni sporofit yoki jinssiz nasl o‘sib chiqadi. Qirqbo‘g‘imlarning hammasi o‘t o‘simliklaridir. Qirqbo‘g‘imlar ichida eng kattasi janubiy amerika qirqbo‘g‘imi — E. giganteum bo‘lib, bo‘yi 12 m ga borgani holda, eni atigi 0,5-2 sm keladi. (E. giganteum chirmashib o‘suvchi o‘simlikdir). Qirqbo‘g‘imlarning bo‘yi, odatda, 0,5-1 m bo‘ladi. Ularning hammasida gorizontal ravishda o‘sib, juda shoxlanadigan va ko‘pincha ancha yerni egallaydigan ildizpoya bor; ko‘pgina qirqbo‘g‘imlar (E. arvense, E. heleocharis va boshqalar) ildizpoyasi yordamida vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Ba’zi turlarining ildizpoyalarida (E. arvense, E. maximum) alohida tuganaklar hosil bo‘ladi, bu tuganaklar ham vegetativ yo‘l bilai ko‘payishga xizmat qiladi. Ildizpoyalarining uchi qayrilib, yer betiga chiqadi va yer usti novdalarini hosil qiladi. Ba’zi qirqbo‘g‘imlarda vegetativ novdalar bilan spora beruvchi novdalar bir-biridan farq qilmaydi; ba’zilarida esa bu novdalar bir-biridan keskin farq qiladi (dimorfizm). Masalan, Ye. arvensening erta bahorda hosil bo‘lgan novdalari och qo‘ng‘ir rangli va nozik bo‘lib, uzoq yashamaydi. Ularning uchida sporali boshoqchalar bo‘ladi; ular sporalarini tarqatganidan keyin qurib qoladi. Bu novdalar o‘rniga ildizpoyadan vegetativ novdalar o‘sib chiqadi. Ye. pratense va Ye. silvaticumda ham spora beruvchi novdalar bo‘ladi, biroq bu novdalar sporalar to‘kilgvnidan keyin qurimay, vegetativ novdalarga aylanadi; ayni vaqtda yashil tusga kirib, halqa bo‘g‘imlaridan shoxlar chiqaradi. Kalamitlar oilasi — Calamariaceae Kalamitlar, asosan, paleozoy erasida o‘sib, hozir qurib bitgan o‘simliklar oilasidir. Calamites va Protocalamites bu oilaning asosiy avlodlari bo‘lgan. Kalamitlar bo‘yi 20—30 m ga boradigan katta-katta daraxtlar holida bo‘lar edi. Ularda gorizontal yoki vertikal ildizpoyadan o‘sib chiqqan, shoxlangan uzun poya bor edi. Kalamitlar tanasi to‘g‘ri navbat bilan gallanadigan bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan bo‘lib, yuzi qirrali bo‘lgan. Bo‘g‘imlari ikki xil shoxlar: kam sonli yirik-yirik yo‘g‘on shoxlar va bir talay mayda shoxlar chiqargan. Shu mayda shoxlarining bo‘g‘imlarida halqa bo‘lib joylashgan mayda-mayda barglar bo‘lgan. Asosiy poyaning bo‘g‘imlaridan ham juda reduktsiyalangan barglar chiqqan. Bo‘g‘im oraliqlari, xuddi qirqbo‘g‘imlardagiga o‘xshash, ichi kovak, bo‘g‘imlari esa to‘qimalar bilan to‘lgan edi. Kalamitlar anatomik tuzilishi jihatidan qirqbo‘g‘imlarga uxshardi-yu, lekin kambiy halqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olar edi. Kalamitlar maxsus sporali boshoqchalarida hosil bo‘ladigan sporalari yordamida ko‘payardi. Sporali boshoqchalari to‘rt tipda bo‘lgan: Calamostachyslar — o‘rtasidan o‘q o‘tgan uzun boshoqchalar edi. O‘qda pushtsiz tangachalar halqalari bilan navbatlashadigan sporofillar halqalari turardi. Ba’zi Calamostachyslarda sporalar bir xil bo‘lsa, ba’zilarida mikro- va makrosporalar bo‘lar edi. 2. Paloestachya — boshoqchasining markazidan o‘tgan o‘qida mevasiz barglar joylashgan; barglarning yuqorirog‘ida sporofillar bo‘lgan, ular barg bilan o‘q orasidagi burchakka birikkan. 3. Archeocalamites — hozirgi qirqbo‘g‘imlarning boshoqchalariga o‘xshagan bo‘lib, birbirining ustida zich joylashgan sporofillardan tuzilgan edi. 4. Cingularia — sporofillari nozik o‘qida siyrak halqalar holida joylashgan har bir sporofili ikki qismga: bargsimon, ustki qism va sporali, pastki qismga bo‘lingan edi. Bargsimon qismlari bir-biri bilan qo‘shilib, uzun-uzun, o‘tkir tishli shokilaga o‘xshagan bir narsa hosil qilgan. Sporali qismi uchi ikkiga ajralgan kalta lentaga o‘xshagan bo‘lib, pastki tomoniga sporangiylar birikkan edi. Ponabarglilar sinfi — Sphenophyllineae Ponabarglilar, asosan, poleozoy erasida o‘sgan va hozir qurib bitgan o‘simliklar sinfidir. Asosiy oilasi — Sphenophyllaseae bo‘lib, bu oilaning eng muhim avlodi — Sphenophyllumdir. Ponabarglilarda uzun, ammo nozik poya bo‘lib, poyasi to‘g‘ri tartib bilan navbatlashadigan bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan edi. Bo‘g‘imlarida ponasimon barglar halqa bo‘lib o‘sgan. Poyasining yuzi qirrali edi. Ba’zi turlarining barglari ikki xil bo‘lgan: serbar ponasimon plastinka ko‘rinishidagi barglar va ipsimon ingichka-ingichka bo‘lakchalarga bo‘lingan barglar. Sphenophyllum barglarining shu tariqa ikki xil bo‘lishi talaygina olimlar uchun ularni suv o‘simliklari deb qarashga asos bo‘ldi. Lekin, keyingi tekshirishlar bu fikrni tasdiqlamay qoldi. Ponabarglilar, chamasi, quruqlikda chirmashib o‘suvchi o‘simlik bo‘lgan va nozik poyalari atrofdagi o‘rmon daraxtlaridan tayanch topgan. Poyasining markazini birlamchi yog‘och egallagan, shu yog‘och qatlami kesmada uchburchak shaklida bo‘lgan ikkilamchi yog‘och qatlamiga taqalib turgan. Kambiy halqasi bo‘lganligidan ponabarglilar poyasi ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Ko‘payish organlari o‘rnida sporangiylar bo‘lgan, ular har xil tuzilgan sporali boshoqchalardan joy olgan. Masalan, Sphenophyllum Dawsoniida sporali boshoqchalar kalamitlarning boshoqchalariga sal o‘xshab ketardi. Ularning o‘rtasidan o‘q o‘tar, bu o‘qda sporofillar halqa bo‘lib joylashgan bo‘lar edi. Ulardan har birining ustki tomonida uchtadan uzun oyoqli sporangiy bo‘lgan. Sphenophyllum majusning sporofillari uchi dixotomik ravishda shoxlangan ingichka plastinkaga o‘xshar edi. Ularning ustida to‘rttadan sporangiylar to‘p bo‘lib turgan. Sphenophyllum fertile cnopofillari qirqbo‘g‘imlardagiga o‘xshash bo‘lgan. Ular shoxlangan oyoqchalarda turgan va ichki tomonida bir nechtadan sporangiysi bo‘lgan. 4-mavzu. Qirqquloqtoifa (Polypodiophyta) bo‘limi. Reja: 1. Qirqquloqtoifalarning umumiy tavsifi. 2. Asl qirqquloqlar kenja tartibi umumiy tavsifi. 3. O‘rmon qirqqulog‘ining tuzilishi, ko‘payishi. 4. Suv qirqqulog‘ining tuzilishi, ko‘payishi. Tayanch ibora va atamalar: nasl gallanishi, anteridiy, arxegoniy, gametofit, urug‘murtak, spermatozoid, ksilema, floema, sporogon, arxesporiy, epifit, fillodiy, prostotel, tetrada, sporangiy, o‘simta, sorus, induziy, plasenta, halqa, og‘izcha, prostoteliya, solenosteliya, apogamiya, aposporiya, sporokarpiy. Qirqquloqtoifalarning umumiy tavsifi. Qirqquloqsimonlar toshko‘mir davrida yer yuzida ko‘p tarqalgan o‘simlik hisoblanadi. U davrda daraxtsimon paporotniklarning juda katta o‘rmonlari bo‘lgan. Bu daraxtlarning balandligi 20-30 m bo‘lgan. Yerdan qazib olingan bu o‘simliklarning toshga aylanib ketgan qoldiqlari va ularning toshko‘mirga tushib qolgan aniq izlari toshko‘mir davrining o‘simligi ekanligini bildiradi. Hozirgi vaqtda ham Avstraliya, Novaya Zelandiya, Braziliya mamlakatlarida o‘sadigan turlari uchraydi. Bularning tashqi ko‘rinishi palmaga o‘xshaydi. Qirqquloqsimonlilar moxlardan shu bilan farqlanadiki, ularning sporofit nasli yaxshi taraqqiy etgan. Ularda ildiz bo‘lmaydi, qirqquloqsimonlilarda haqiqiy ildiz bo‘ladi. Qirqquloqsimonlilar quruqda o‘ssa ham, ular soya-salqinni yaxshi ko‘radi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda o‘sadigani ham uchraydi. Mas: suv qirqquloqi. Qirqquloqsimonlilarning o‘tkazuvchi to‘qimalari yaxshi taraqqiy etgan. Ularda floema va ksilema elementlarini ko‘rish mumkin. O‘tkazuvchi to‘qima elementlari konsentrik tuzilgan, ya’ni ksilema markazda joylashgan. Qirqquloqsimonlilar quruqlikda o‘ssa ham, ular soya salqin yerlarni yaxshi ko‘radi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda yashaydigani ham uchraydi. Xozirgi zamonda uchraydigan qirqquloqlarning turlari 8000 dan oshadi. Qirqkuloqlar yer sharining cho‘l zonasidan tashqari hamma yerda tarqalgan. Xavosi nam bo‘lgan joylarda, o‘rmonlarda ba’zilari tog‘li joylarda uchraydi. Ba’zi qirqquloqlar madaniy o‘simliklar orasida, begona o‘t sifatida uchraydi. Mas.Gruziyada choy plantatsiyasida Orlyak deb atalgan qirqquloq uchraydi. Uning bargi shu darajada katta bo‘ladiki, odam ko‘rpa o‘rnida yopib yotsa bo‘ladi. Qirqquloqsimonlilar 3 xil yo‘lda ko‘payadi: 1. Vegetativ 2. Jinssiz 3. Jinsiy Vegetativ ko‘payish ildizpoyalar yordamida bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida, jinsli ko‘payish jinsiy organlar yordamida bo‘ladi. Qirqquloqsimonlilarda oldin jinssiz, so‘ngra jinsli ko‘payish bo‘ladi. Moxlarda aksincha edi. Qirqquloqsimonlilarda jinsiy organlar o‘simtalarda taraqqiy etadi. O‘simtalar 1 uyli yoki 2 uyli 1 jinsli bo‘lishi mumkin. Otalanish protsessi yog‘ingarchilik vaqtida bo‘ladi. Otalangan tuxum hujayradan jinssiz nasl-sporofit o‘sib chiqadi. Sporofit - bu ildiz,poya,bargli xaqiqiy o‘simlikdir. Jinssiz nasli-sporofitda sporangiya hujayralarning reduksion yo‘lda bo‘linishi natijasida sporalar xosil bo‘ladi. Sporalar shamol yordamida tarqaladi. Agar sporalar bir xil bo‘lsa, undan 2 jinsli o‘simta o‘sib chiqadi. Sporalar xar xil bo‘lsa 2 uyli 1 jinsli o‘simta o‘sib chiqadi. Sporalar katta va kichik bo‘lishi mumkin. Kichik sporalarni Mikrospora, katta sporalarni Makrospora deyiladi. Qirqquloqsimonlar (Pteropsida) makrofilliya bilan, ya’ni barglarining yirik, ko‘pincha murakkab tuzilgan bo‘lishi hamda bo‘g‘im oraliqlarining kamroq rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Suv naylari barglarga kiradigan joylarda, poyadagi o‘tkazish sistemasida barg uzilishlari yoki rahnalari vujudga keladi. Sporofillarida sporangiylar ko‘p bo‘ladi. Bu tipga ikki sinf kiradi: 1. Dastlabki (birlamchi) qirqquloqlar (Primofilices). 2. Qirqquloqlar (Filicineae). Filicineae sinfi uchta tartibga bo‘linadi: ujovniklar (Ophioglossales), marattiylar (Marattiales) va qirqquloqlar (Filicales). Qirqquloqsimonlar (Pteropsida) makrofilliya bilan, ya’ni barglarining yirik, ko‘pincha murakkab tuzilgan bo‘lishi hamda bo‘g‘im oraliqlarining kamroq rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Suv naylari barglarga kiradigan joylarda, poyadagi o‘tkazish sistemasida barg uzilishlari yoki rahnalari vujudga keladi. Sporofillarida sporangiylar ko‘p bo‘ladi. Bu tipga ikki sinf kiradi: 1. Dastlabki (birlamchi) qirqquloqlar (Primofilices). 2. Qirqquloqlar (Filicineae). Filicineae sinfi uchta tartibga bo‘linadi: ujovniklar (Ophioglossales), marattiylar (Marattiales) va qirqquloqlar (Filicales). Dastlabki qirqquloqlar sinfi — Primofilices. Primofilices — Pteropsida bo‘limining eng qadimgi va sodda tuzilgan vakillari bo‘lib, faqat qazilma holidagina ma’lum. Ular paleozoy davrida o‘sgan (o‘rta devondan boshlab boshlang‘ich permgacha) asl qirqquloqlarga xos belgilari ularda hali yuzaga kelmagan edi. Ularda haqiqiy yirik barglar bo‘lmagan, bu o‘simliklar bargsiz yoki juda mayda bargli o‘simliklar edi. Sporangiylari barglarda turmasdan, psilofitlardagiga o‘xshash, novdalarining uchida turar edi. Bu gruppaning eng qadimgi va sodda vakillaridan biri Cladoxylon scopariumdir. Bu o‘simlik dixotomik ravishda shoxlanib, butaga o‘xshab o‘suvchi yer usti novdalari chiqaradigan kichkina o‘simlik edi. Uning o‘sha novdalari noto‘g‘ri dixotomik ravishda shoxlangan mayda-mayda yassi barglar bilan qoplangan bo‘lar edi. Novdalarining yuqori qismlarida uchida sporangiy tomirlari bo‘ladigan barglari bor edi. Stauropteris Oldhamium ikkinchi misol bo‘la oladi. Unda “barglar” o‘sib chiqadigan ildiz poyasi bo‘lgan. Ammo bu barglar barglardan ko‘ra butasimon novdalarga ko‘proq o‘xshar edi. Ularning tarmoqlari to‘rt qator bo‘lib joylashgan “patchalar” bilan qoplangan edi. Shularning uchlarida halqasiz sporangiylar turardi. Primofilices tartibiga talaygina vakillar kiradi. Ularning anatomik tuzilishi o‘ziga xosdir. Primofilicesning sporangiylari tomirlar uchida erkin joylashgan yoki bir-biri bilan qo‘shilib sinangiylarga aylangan. Ularning ko‘pchiligida bir necha qator hujayralardan tuzilgan halqasi bo‘lgan; sporalari bir xil bo‘lgan. Primofilices xozirgi qirqquloqlarning qadimgi ajdodlari deb hisoblanadi. Qirqquloqlar sinfi — Filicineae Qirqquloqlar tartibi — Filicales. Filicales Pleropsidaning makrofilliya ro‘y-rost ko‘rinib turadigan tipik vakilidir. Ularning barglari yaxshi taraqqiy qilib, murakkab tuzilgan bo‘ladi, poyasi birmuncha kalta bo‘lib, bo‘g‘im oraliqlari uncha bilinmaydi. Sporangiylarida bir qavat devor bor, ko‘pincha maxsus halqa ham bo‘ladi. Gametofitlari yashil, plastinkasimon bo‘lib, yer ustida o‘sadi. Bu tartib ikkita kenja tartibga bo‘linadi: 1) asl qirqquloqlar — Filices, 2) suv qirqquloqlari — Hydropterides. Asl qirqquloqlar — Filices kenja tartibi umumiy tavsifi Asl qirqquloqlar juda katta tartib bo‘lib, vakillari butun yer yuzida tarqalgan. Bu tartibga 200 ga yaqin avlod va 8680 ga yaqin tur kiradi. Ularning hammasi bir necha oilaga bo‘linadi. Tipik qirqquloqlar nam va zax joylarda o‘sadigan o‘simliklardir. Ular, asosan, subtropik va o‘rta iqlim o‘rmonlarida o‘sadi, tropiklarga yaqin joylarda, asosan, tog‘li o‘rmonlarda uchraydi. Lekin asl qirqquloqlar orasida kserofil formalar ham oz emas. Qirqquloqlar tashqi ko‘rinishi va kattakichikligi jihatidan juda xilma-xil bo‘ladi. Ular orasida, bir tomondan, ko‘zga arang ko‘rinadigan hamda bir necha millimetr keladigan formalar bo‘lsa (masalan, yo‘sinlar orasida uchraydigan Trichomanes Goebelianum yoki Tr. microphullum), ikkinchi tomondan, bo‘yi 25 m ga boradigan va Avstraliya hamda Yangi Zelandiya tog‘larida ba’zan butun-butun chakalakzorlar hosil qiladigan ulkan daraxt formalari bor (masalan, Alsophila yoki Dicksonia). Ana shu juda har xil ikkala forma o‘rtasida bir qancha oraliq formalar bor. Ko‘pchilik qirqquloqlar o‘tsimon o‘simliklar bo‘lib, ildizpoyalari yer bag‘irlab gorizontal holda yoki tik o‘sadi. Ildizpoyalaridan to‘p-to‘p bo‘lib murakkab barglar chiqadi, ular ko‘pincha tilim-tilim bo‘ladi. Talaygina qirqquloqlarning poyasi odatda yashash sharoitiga qarab, o‘ziga xos shaklga kiradi. Masalan, tropiklarda lianalarga o‘xshab o‘sadigan qirqquloqlar ko‘p. Asl qirqquloqlarga barglarining juda rivojlangan bo‘lishi xarakterlidir, ularning barglari kattaligi va qismlarga bo‘linganligi jihatidan eng murakkab barglar hisoblanadi va faqat palma barglaridan keyinda turadi. Lekin, murakkab patsimon bargli vakillari bilan bir qatorda oddiy bargli vakillar ham uchraydi, masalan, buyraksimon oddiy bargli Trichomanes reniforme shu jumladandir. Ana shunday oddiy barglar bilan haddan tashqari murakkab chiroyli barglar o‘rtasida (bunday barglar daraxtsimon qirqquloqlar — Balanthium, Alsophila va boshqalarda bo‘ladi) talaygina oraliq formalar bor. Qirqquloq barglarining katta-kichikligi ham har xil bo‘ladi. Maydamayda epifit formalarda, masalan, Trichomanes reniformeda barglar millimetrlar bilan o‘lchansa, yirik formalarida uzunligi 2-3 m ga boradi. Qirqquloqlarning barglari, uning poyasiga o‘xshab, shaklan o‘zgarishi mumkin, ayni vaqtda bu xildagi shakl o‘zgarishlari qirqquloqlarning yashash sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, chirmashib o‘suvchi nozik poyali qirqquloqlarda barglar, o‘z vazifasidan tashqari, birikish organi vazifasini ham bajaradi; bu barglarning bandlarida tikanlar paydo bo‘ladi (Lindsaya) yoki bandlarning o‘zi qayrilib, boshqa o‘simliklarga chirmasha oladigan bo‘ladi (Odontosoria, Blechnum volubile). Lygodiumning barglari haqiqiy chirmashuvchi barglardir. Qirqquloqlar barglarining bandlari uchidan to‘xtamasdan o‘sib, asl chirmashuvchi poyalar singari boshqa o‘simliklarga o‘ralib oladi. Talaygina qirqquloqlar, ayniqsa epifit qirqquloqlar geterofilliyali o‘simliklardir. Bunga eng yorqin misolni Platyceriumdan topamiz. Uning har xil turlari butun dunyoning tropik o‘rmonlaridagi daraxtlarda o‘sadi. Platyceriumning bir-biridan keskin ajralib turadigan ikki xil bargi bor. Ularning bir xili poyaga taqalib turadi; bu barglar dumaloq va tashqari tomondan qavariq bo‘ladi, shunga ko‘ra substratga zich yopishmay turadi, substrat bilan barg orasida bir kamgak qoladi. O‘sha kamgakda gumus to‘planadi. Platyceriumning kalta poyasi bilan bir talay ildizi ham shu yerdan joy oladi. Ana shu “qoplag‘ich” barg avvalo yashil bo‘lib, tez orada qorayadi va qurib qoladi. Uning o‘rniga yangi barg chiqib, eskisini ustidan bekitadi. Platyceriumning boshqa xildagi barglari juda shoxlangan bo‘lib, tanadan pastga osilib turadi va assimilyatsiya qiladigan sporali barglar hisoblanadi. Qirqquloqlar poyasining anatomik tuzilishi juda har xil, lekin ularning barglari bilan ildizlari ancha sodda va bir xil tuzilgan. Masalan, yuqorida ko‘rib o‘tilgan Dryopteris singari bir xil qirqquloqlarda poyasining suv naylari sistemasi rombga o‘xshagan keng ko‘zlari bor to‘rsimon tsilindrdan iboratdir (diktiosteliya deb shuni aytiladi). Har qaysi katakcha qarshisida barg turadi. Barg bandiga poyaning suv naylari sistemasidan shoxlanib chiqadigan ingichka suv naylari bog‘lamlari o‘tadi. Boshqa qirqquloqlarda, masalan, Hymenophyllaceae, Lygodiumda, poyasining markazida bitta tsilindrik stel bo‘ladi, bu stel kontsentrik tipda tuzilgan bo‘lib, o‘rtasida qattiq yog‘och (ksilema) bor, ksilemani har tomondan floema o‘rab turadi. Floema peritsikl va endoderma bilan po‘stdan ajraladi (protosteliya deb shuni aytiladi). Nihoyat, uchinchi xil qirqquloqlarda o‘tkazish sistemasi poya o‘rtasidan o‘tgan naydan iborat. Bu nay bo‘shlig‘i parenximatik to‘qima bilan to‘lgan bo‘ladi. Nay shu parenxima (o‘zak) bilan po‘stloqdan endoderma va peritsikl bilan ajralib turadi, peritsiklga floema taqalgan. Shunday qilib, bu yerda, tashqi endoderma bilan peritsikl, tashqi floema bilan ichki endoderma peritsikli hamda ichki floema borligini ko‘ramiz. Floemalar orasida ksilema yotadi. Ba’zan faqat tashqi floema taraqqiy qiladi. Bunday poya tuzilishi solenosteliya deb ataladi. Masalan, Loxsoma yoki Marsiliada (Hydropteridesga kiradi) solenosteliya bor. Mattoniaceae oilasiga kiruvchi tropik qirqquloqlarining poyalari juda murakkab tuzilgandir. Ularning poyalarida bir-birining ichiga kirib turadigan ikkita yoki uchta stel sistemasi bor (politsikliya). Protosteliya qirqquloqlar orasida hammadan oddiy tuzilish deb hisoblanadi: chunki bunday tuzilish qirqquloqlar sinfining qadimgi qazilma vakillarida (masalan, Primofilicesda) va Psilophytineaeda uchraydi. Protosteliya oldin solenosteliyaga aylanib, keyin undan diktiosteliya paydo bo‘lgan deb hisoblanadi, bu — fitopaleontologiya ma’lumotlariga ham juda muvofiq keladi. Qirqquloqlar sporalar bilan yoki vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘payish usuli ular o‘rtasida ko‘p uchraydi. Ba’zi qirqquloqlar vegetativ yo‘l bilan ko‘payishda qatnashuvchi mo‘ylovchalar (poya mo‘ylovchalari) ham hosil qila oladi (Nephrolepis). Bunday mo‘ylovchalar barg bandlaridan ham chiqishi mumkin (Adianthum Edgenworthii). Talaygina qirqquloqlarning barglarida maxsus meva kurtaklari paydo bo‘ladi. Masalan, Cystopteris bulbiferada ular barg plastinkalarida barg o‘qi atrofida vujudga keladi va tangachasimon etdor ikkita barg bilan o‘ralgan kichkina sharsimon tana ko‘rinishida bo‘ladi. Sporalar har galdagidek, sporangiylar ichida hosil bo‘ladi, sporangiylar esa barg yoki sporofillarning pastki yuzasida paydo bo‘ladi va shu joyda to‘p-to‘p bo‘lib turadi (soruslar). Sporangiy epidermisning bitta hujayrasidan yuzaga keladi. O‘zining tashqi ko‘rinishi bilan sporofillar oddiy vegetativ bargdan ko‘pincha farq qilmaydi (Dryopteris, Asplenium, Pteris va boshqa ko‘pgina qirqquloqlarda). Boshqa hollarda sporofill bilan vegetativ barg orasida ko‘pincha katta farq bo‘ladi. Masalan, Drymoglossum subcordatum degan kichkina qirqquloqda sporofillar uzun bandli va ingichka plastinkali bo‘lsa, vegetativ barglar, aksincha, kalta bandli va serbar dumaloq plastinkali bo‘ladi. Talaygina qirqquloqlarda sporofillarning o‘zgarishi reduktsiyalanish bilan ifodalanadi, bunda sporofillning shakli ham, to‘qimasi (mezоfill) ham reduktsiyaga uchraydi. Masalan, Onoclea sporofillari ko‘ng‘ir rangda va patsimon qirqilgan bo‘lsa, vegetativ barglari esa murakkab patsimondir; Aneimia yoki Osmunda sporofillarida mezofill mutlaqo taraqqiy qilmaydi, shunga ko‘ra sporofill boshdan-oyoq aslida sporangiylar turgan tomirlardan iborat bo‘ladi. Soruslar bargning pastki tomonida yoki chetlarida yo bo‘lmasa, yuzasida joylashadi. Sorusning tuzilishi, katta-kichikligi va shakli, induziyning bor-yo‘qligi va shakli qirqquloqlarning sistematikasi uchun muhim ahamiyatga egadir. Sporangiyning tuzilishi, chunonchi halqaning bor-yo‘qlkgi va shakli butun Filices tartibining sistematikasi uchun yanada kattaroq ahamiyatga ega. Bu tartibning ayrim oilalari halqaning shakli va olgan o‘rniga qarab ta’rif qilinadi. Dryopteris singari ba’zi qirqquloqlarda halqa tutash emas (Polypodiaceae oilasi), boshqalarida halqa tutash bo‘lib, sporangiyga ko‘ndalang yotadi (Numeriophyllaceae oilasi). Cyatheaceae oilasida ham halqa tutash bo‘ladi-yu, lekin qiyshiq yotadi, Schizaeaceaeda halqa sporangiy uchiga surilgan, Gleicheniaceaeda tutash bo‘lib, ko‘ndalang yotadi, Osmundaseaeda halqa butunlay yo‘q. O‘rmon qirqqulog‘ining tuzilishi, ko‘payishi Asl qirqquloqlar — Filices kenja tartibga erkak qirqquloq yoki o‘rmon qirqqulog‘i Dryopteris (Aspidium) filix mas vakil bo‘la oladi. O‘rmon qirqqulog‘i salqin o‘rmonlarda, butalar orasida nam yerda O‘rta Osiyoning tog‘lik rayonlarida uchraydi. O‘rmon qirqqulog‘i ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi yo‘g‘on qoramtir bo‘lib, tangacha barg bilan qoplangan. Ildiz poyaning uchida bo‘yi 1m gacha yetadigan ko‘p patsimon yashil rangli barg o‘sib chiqadi. Yoshlik vaqtida bargning uchi gajaksimon qayrilgan. Barglar kuzda qurib,tushib ketadi. Bargning ostki qismi qoladi. Bu qolgan barglar xisobiga ildiz poya tobora yo‘g‘onlashib boradi. Yoz paytlarining oxirida bargning orqa tomonida mayda g‘uddalar – soruslar paydo bo‘la boshlaydi. Bularning shakli yumaloq bo‘ladi. Soruslar barg o‘rtasida tomirlar bo‘ylab, ikki qator joylashgan. Soruslar-sporangiyaning yig‘indisidir. Chunki sorusning ichida bir qancha tuxumsimon sporangiyalar joylashgan bo‘ladi. Sporangiyalarning o‘sib chiqqan joyini planset deb ataladi. Sporangiyalari ko‘p hujayrali bo‘lib, ularning tashqi tomonidagi bir qator hujayrasini tapetum deyiladi. Ichki tomonidagi hujayralarini arxespora deyiladi. Bu hujayralar reduksion tipda bo‘linishi natijasida har bir hujayradan 4 tadan spora-tetraspora hosil bo‘ladi. Sporalarning rangi qo‘ng‘ir bo‘ladi. Sporalarning hujayra po‘sti 2 qavat bo‘lib spora yetilgandan so‘ng tashqi qavati yorilib ketadi. Bir tup o‘simlikda millionllab spora hosil bo‘lishi mumkin. Nam yerga tushgan spora una boshlaydi. Natijada diametri 0,5-1 sm bo‘lgan yashil rangli yuraksimon o‘simta o‘sib chiqadi. Bu o‘simta rizoidlar yordamida yerga yopishgan bo‘ladi. O‘simtada xlorofil donachalari bo‘lgani sababli fotosintez protsessi ham bo‘lib turadi. O‘simta 1 uyli 2 jinsli. Shu o‘simtada Antersiya ham, Arxegoniya ham taraqqiy etadi. Demak bu o‘simta 1 uyli 2 jinsli ekan. O‘simta o‘rmon qirqqulog‘ining jinsli nasli gametofit xisoblanadi. Spora xosil qilgan o‘simlikning o‘zi jinssiz nasl-sporafit xisoblanadi. O‘simta qisqa umrli efemerdir. U faqat 1-2 hafta yashay oladi. Jinsiy ko‘payish yog‘ingarchilik vaqtida bo‘ladi. Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda suzib yuradi. Bu spermatozoidlarni o‘ziga jalb qilgani uchun Arxegoniya "olma kislotasini" ishlab chiqadi. Spermatozoidlar Arxegoniyaning bo‘yniga kelib yopishadi, natijada Arxegoniyaning tuxum hujayrasini otalantirgandan, so‘ng embrion xosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Bu o‘simlik murakkab tuzilgan serbar barg dastalari hosil qiladi, ular ildizpoya uchidan chiqadi. Ildizpoya gorizontal holda yer yuzasiga yaqin o‘sadi va qora-qo‘ng‘ir rangli katta, ammo yo‘g‘on yog‘ochsimon poyadan iborat bo‘ladi. Ildizpoyani o‘tgan yillardan qolgan barg bandlarining asoslari zich qoplab turadi, shunga ko‘ra, u yanada yo‘g‘on bo‘lib qoladi. Dryopteris barglari har yili kuzda tushib ketadi, ulardan barg bandlarining yer osti qismigina qoladi. Har yili bahorda ildizpoyaning uchidagi o‘sish nuqtasidan bir to‘p yangi barglar chiqadi. Yerdan o‘sib chiqqan yosh barglari xuddi shiliqqurtga o‘xshab o‘ralib turadi va jigar rang tangachasimon po‘stlar bilan qalin qoplangan bo‘ladi. Barg juda sekin o‘sadi va uch yilda yer betiga chiqib, yetiladi. Yetilgan barg murakkab, qo‘shpatsimon bo‘lib, bo‘yi 1 m ga yetadi. Ildizpoyadan bir talay ingichka ildizlar chiqadi. Dryopteris poyasining anatomik tuzilishi ancha murakkab. Poya asosan parenximatik to‘qimalardan tuzilgan bo‘lib, uning ichida suv naylari bog‘lamlari bor. Poyaning ko‘ndalang kesmasida suv naylari bog‘lamlari to‘garak bo‘lib joy oladi va kontsentrik tipda tuzilgan bo‘ladi, ya’ni bog‘lamning markazini ksilema egallagan bo‘lib, uni hamma tomondan floema o‘rab turadi; floemadan keyin peritsikl, undan keyin endoderma keladi. Peritsikl bilan endoderma bir qavat hujayralardan tuzilgan bo‘lib, bog‘lamni asosiy parenximadan ajratib turadi. Suv naylari bog‘lamlari poya bo‘ylab borar ekan, doim bir-biri bilan birlashib, keyin yana ajralib boradi. Shunga ko‘ra, tutash o‘tkazuvchi sistema vujudga keladi, bu sistema rombsimon yirik-yirik ko‘zli tsilindrik to‘r ko‘rinishida bo‘ladi (diktiosteliya). To‘rning har bir ko‘zi qarshisida barg turadi, ko‘znint chetlaridan esa barg bandiga mayda suv naylari bog‘lamlari (barg izlari) o‘tadi. Dryopterisning ildizlari bilan barglarining tuzilishida hech qanday xarakterli xususiyat yo‘q, bargida palisad parenxima bo‘lmaydi. Yozning o‘rtalarida Dryopteris bargining pastki yuzasida hamma o‘simlikda ko‘rilganidek, jinssiz yo‘l bilan ko‘payish organi bo‘lmish sporangiylar hosil bo‘ladi, sporangiylar hamisha to‘pto‘p bo‘lib joy oladi, shu to‘plari soruslar deb ataladi. Soruslar bargining o‘rta tomiri bo‘ylab ikki qator bo‘lib joy oladi. Har bir sorus ustidan yupqa parda — indusiy bilan o‘ralib turadi, shunga ko‘ra sorus oddiy ko‘z bilan qaralganda buyraksimon do‘mboqchaga o‘xshab ko‘rinadi. Sorus ko‘ndalang qilib kesib qaralsa, bargning pastki tomonida ancha qalin o‘simta — platsenta borligi ko‘rinadi. Platsenta induziy oyoqchasiga aylanadi. Induziyning o‘zi kesmalarda soyabonga o‘xshab ko‘rinadi. Platsentada bir talay sporangiylar bo‘ladi. Sporangiy ikki yoni siqilgan yumaloq qutichaga o‘xshaydi, ya’ni ikki tomoni qavariq yasmiq shaklida bo‘ladi, u uzun va ingichka oyoqchada turadi. Sporangiyning devorchasi bir qavatli bo‘lib, boshidan-oyog‘igacha deyarli yupqa po‘stli hujayralardan tuzilgan. Sporangiy qirrasi bo‘ylab bir qavat hujayrachalar ketadi, ular devorlarining juda qalin tortib, qo‘ng‘ir-tilla rang tusda bo‘lishi bilan ajralib turadi. Halqa deb shuni aytiladi. Halqani hosil qiluvchi hujayralarning ichki va radial devorchalarigina qalinlashgan bo‘lib, tashqi devorchalari yupqaligicha qoladi. Dryopterisning halqasi tutash emas, ya’ni bu halqa sporangiy aylanasining taxminan ⅓ qismini o‘rab turadi. Halqa birdan tugab, yupqa devorli hujayralarga aylanadi. Keyinchalik sporangiy yoriladigan va og‘izcha (stomium) deb ataladigan joy shu yerda bo‘ladi. Sporangiy bo‘shlig‘i sporalar bilan to‘la turadi. Spora bir hujayrali bo‘lib, qalin, qora parda bilan o‘ralgan. Halqa sporangiyning ochilib, sporalar sochilishiga yordam beradigan moslamadir. Sporalar pishib yetilganida sporangiy qurib, halqa hujayralardagi suv tashqi yupqa devorlar orqali bug‘lanadi, shunda tashqi devorlar ichkariga, hujayra bo‘shlig‘iga botadi. Suv yana bug‘lanar ekan, radial devorchalar bir-biriga yaqinlashadi. Suv zarralari o‘rtasida yopishish kuchi ta’sir qilganligidan shunday bo‘ladi. Natijada xalqa to‘g‘rilanib, yoyilishga harakat qiladi va suv qanchalik ko‘p bug‘lansa, uning o‘sha harakati shunchalik zo‘rayadi. Natijada og‘izchaning yupqa devorlari chidash berolmay ko‘ndalangiga yoriladi. Halqa teskari tomonga buraladi va birdan zarb bilan oldingi holiga qaytadi. Shu harakat natijasida sporangiydagi sporalar zo‘r bilan sochiladi. Dryopteris sporalari qulay sharoitga tushganidan keyin unib, gametofitga aylanadi. Gametofit yuraksimon shakldagi kichkina (eni 2-4 mm), yupqa yashil plastinkadir. Bu plastinka xlorofill donachalariga boy hujayralardan tuzilgan. Hujayralar gametofitning boshidan-oyog‘igacha deyarli bir qavat bo‘lib turadi va o‘rta qismidagina bir necha qavat bo‘lib joy oladi, shu o‘rta qismning pastki tomonidan bir talay rizoidlar chiqib, gametofitni yerga biriktirib turadi. Jinsiy organlari — anteridiylar bilan arxegoniylar gametofitniig pastki yuzasida paydo bo‘ladi, shu bilan birga anteridiylar, asosan, gametofitning orqa qismidan, arxegoniylar oldingi qismidan vujudga keladi. Anteridiy bir qavat parda bilan o‘ralgan dumaloq tana bo‘lib, ichida spermatozoidlar hosil qiladigan spermatogen hujayralar turadi. Anteridiy yomg‘ir yoqqanida yoki ko‘p shudring tushganida ochilib, uchidan yoriladi, spermatozoidlar hosil bo‘lgan shu yoriqdan suvga tushadi. Spermatozoid shtoporga o‘xshab buralgan tanacha bo‘lib, oldingi uchida joylashtan bir tutam xivchinlari bor, shu xivchinlari yordami bilan suvda harakat hiladi. Spermatozoidning orqa uchida, tiniq pufakcha — spermagen hujayrasi plazmasining qoldig‘i bor. Arxegoniylar odatdagicha tuzilgan. Ular o‘zlarining qorin qismi bilan gametofit to‘qimasiga botgan bo‘lib, kalta bo‘yin qismi tashqarigagina chiqib turadi. Qorin qismida tuxum hujayrasi, uning ustida qorin kanal hujayrasi bor, arxegoniyning bo‘ynini bo‘yin kanal hujayralari egallagan, bu hujayralar ko‘pincha bir-biriga qo‘shilishgan bo‘ladi. Pishib yetilgan arxegoniy uchidan yoriladi, ayni vaqtda kanal hujayralari shilimshiqqa aylanadi. Spermatozoid shu shilimshiq orqali tuxum hujayraga o‘tadi va uni otalantiradi. Otalangan tuxum hujayradan embrion paydo bo‘ladi. Yetilgan o‘simlikda qanday qismlar bo‘lsa, embrionda ham shunday qismlar bor, ya’ni unda ildiz, poya, barg (urug‘pallasi) va bundan tashqari embrionni gametofitga birlashtirib turuvchi maxsus organ — oyoqcha ham bo‘ladi. Asta-sekin o‘sib chikqan ildiz tuproqqa kirib boradi; shu bilan bir vaqtda undan yuqoriga qarab poya va birinchi barg chiqadi. Embrion mustaqil holda o‘sa boshlaydi, gametofit esa sekin-asta qurib ketadi. Yuqoridagi ta’rifdan ravshanki, oldin ko‘rib utilgan Lycopsida va Sphenopsida vakillarida bo‘lganidek, Dryopterisda ham, nasllar rivojlanish tsiklida to‘g‘ri tartib bilan gallanadi. Qirqquloqning o‘zi jinssiz nasl, sporofit bo‘lib, jinssiz yo‘l bilan ko‘payish elementlari — sporalarni hosil qiladi; jinsiy nasl, gametofit esa jinsiy organlarni — anteridiylar bilan arxegoniylarni paydo qiladi. Sporofitda xromosomalar 2 n ta bo‘lsa, gametofitda — n tadir. Xromosomalarning soni har galdagidek, sporalar hosil bo‘layotgan (ona hujayra yadrosi bo‘linayotgan) vaqtda kamayadi va otalanish paytida ikki baravar ko‘payadi. Suv qirqqulog‘ining tuzilishi, ko‘payishi Har xil sporali qirqquloqlarga suv qirqqulog‘ini olamiz. Suv betida suzib yuruvchi 1 yillik o‘t o‘simlik. Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan. Bargi 2 xil bo‘ladi. a) Suvning betidagi bargi b) Suvning ostidagi bargi Suvning betidagi bargi yashil. Unda xlorofil donachalari bo‘ladi. Bu bargda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Suvning ostidagi bargi qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, ildiz vazifasini bajaradi. Qo‘ng‘ir rangli barglarda soruslar joylashgan. Soruslar ichida sporangiyalar taraqqiy etadi. Sporangiyalar 2 xil bo‘ladi. Mikrosporangiyalar va Makrosporangiyalar. Mikrosporangiyalarda mikrosporlar, Makrosporangiyalarda makrosporalar yetiladi. Soruslar kuzda uzilib, suv tagiga cho‘kib ketadi. Suv tagida qishlaydi. Bahorda makro va mikrsporangiyalar sorusdan ajralmagan holda suvni yuzasiga ko‘tariladi. Mikrosporalar sporangiyadan ajralmagan xolda otalik o‘simtasini hosil qiladi. Bu o‘simtada 2 ta anterediya bo‘lib, anterediyalar spermatazoidlarni ishlab chiqadi. Makrosporalar sporangiyadan ajralmagan holda onalik o‘simtasini vujudga keltiradi. Onalik o‘simtasida bir - nechta Arxegoniyalar yetiladi. Spermatozoidlar suvda suzib kelib Arxegoniyalarning bo‘yni orqali kirib,tuxum hujayrani otalantiradi. Bunda embrion hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Suzuvchi salviniyaning (Salvinia natans) Salviniya qabilasining O‘zbekistonda faqat bir, Salviniyadoshlar (Salviniaceae) oilasi va Salviniya (Salvinia) turkumiga mansub suzuvchi salviniya (S. natans) turi sekin oquvchi yoki oqmaydigan suvlar, suv havzalari, ko‘llar, sholipoya va zovurlarda uchraydi. Bu o‘simlik suv qirqbo‘g‘imi deb ham yuritiladi. U suv yuzida erkin suzib yashovchi, bargi 1-1,5 sm bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik. Barglari poya bo‘g‘inida uchtadan joylashgan. Har bir bo‘g‘imdagi barglardan ikkitasi suv betida, uchinchisi ildiz qiyofasida suv ostida osilib turadi. Suv ustidagi barglar yashil, qisqa bandli, tuxumsimon, tekis qirrali, ust tomoni yulduzsimon tuklar bilan qoplangan. Suv ostidagi ildiz qiyofasidagi barglar qo‘ng‘ir rangli, ipsimon bo‘laklarga bo‘lingan. Suv osti barglarining yon tomonida 4-8 tadan sporokarp deb yuritiladigan soruslar joylashgan. Sporokarplarda ikki xil: ularning birida ko‘p sonli mayda bandli mikrosporangiylar, boshqalarida bir nechtadan ancha katta, oval shaklidagi, qisqa bandli megasporangiylar hosil bo‘ladi. Mikrosporangiylarda arxesporiyning diploid hujayralaridan reduksion bo‘linishdan so‘ng 64 ta (gaploid) mikrosporalar hosil bo‘ladi. Megasporangiylarda bir nechta megaspora hosil bo‘ladi, ammo uning faqat bittasi taraqqiy etadi. Sporokarpiy avgustsentyabr oylarida yetiladi. SHundan so‘ng sporokarpiy uzilib suv ostiga tushadi, erta bahorda yorilib, ulardan sporangiylar unib chiqadi. Sporalar sporangiylar ichida o‘sa boshlaydi va ularning ichida kuchli ravishda reduksiyalangan, ikki anteridiyli erkak gametofit o‘simta shakllanadi. Har bir anteridiyda 4 tadan ko‘p xivchinli spermatozoidlar hosil bo‘ladi. O‘sayotgan megasporangiylar ham o‘sa boshlaydi va undan urg‘ochi o‘simta shakllanadi. U yashil rangli, soyabon shaklida bo‘lib, soyaboni megasporangiydan chiqib turadi. O‘simtada 3-5 ta arxegoniy hosil bo‘lib, ular gametofit to‘qimalariga botgan holda turadi. Ochilmagan tuxum xujayrasidan (zigota) murtak (embrion) vujudga keladi, vaqt o‘tishi bilan voyaga yetgan o‘simlik rivojlanadi. 9– mavzu. Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) yoki yopiq urug‘li ,gulli о‘simliklar (Angiospermae) bо‘limi. Reja: 1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi. 2. Yopiq urug‘lilar sistematikasi tarixi. 3. Yopiq urug‘lilarning xarakterli belgilari. Tayanch so‘z va iboralar: yopiq urug‘li, ochiq urug‘li, ikki urug‘pallali о‘simliklar, bir urug‘pallali о‘simliklar, sinf (ajdod), sinfcha (ajdodcha), qabila (tartib), oilalar, turkum, tur. Yopiq urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi Yopiq urug‘lilar tipi eng katta o‘simliklar tipi bo‘lib, xozirgacha ma’lum o‘simlik turlarining yarmidan ko‘prog‘ini o‘z ichiga oladi. Bu tip o‘ziga xos bir qancha xususiyatlari bilan boshqa tiplardan ajralib turadi. Bu o‘simliklarda urug‘chi borligi hammadan xarakterlidir, urug‘chi bir yoki bir necha meva barglaridan (makro- yoki megasporofillardan) vujudga keladi, meva barglarining chetlari bir-biriga qo‘shilib ketgan bo‘ladi, shunga ko‘ra, urug‘chining pastki qismida kamgak joy, ya’ni urug‘kurtak (makro- yoki megasporangiy) rivojlanadigan tuguncha yuzaga keladi. Otalanishdan keyin tuguncha o‘sib, mevaga aylanadi, meva ichida urug‘kurtakdan yuzaga kelgan urug‘lar (yoki bitta urug‘) bo‘ladi; bu o‘simliklar ochiq urug‘lilardan ajratilib, yopiq urug‘lilar deb atalishi ham shunga bog‘liq (ochiq urug‘lilarning urug‘i o‘sib, kattalashgan megasporofillarda ochiq holda turadi). Bundan tashqari, yopiq urug‘lilarga: sakkiz yadroli embrion xaltasi yoki shunday xaltadan yuzaga keladigan xalta borligi qo‘sh otalanish bo‘lishi, otalanishdan keyingina yuzaga keladigan triploid endosperm bo‘lishi, changni ushlaydigan urug‘chi tumshuqchasi borligi va ko‘pchiligida birmuncha tipik gul bilan gulqo‘rg‘oni bo‘lishi xarakterlidir. Anatomik belgilardan yopiq urug‘lilarda asl suv naylari (traxeyalar) borligi ko‘rinadi, ochiq urug‘lilarda esa faqat traxeidlar bo‘ladi-yu, suv naylari kamdan-kam uchraydi. Yopiq urug‘lilar bilan ochiq urug‘lilarda o‘xshash belgilar ko‘p bo‘lganiga ko‘ra, yopiq urug‘lilarni qanday bo‘lmasin juda oddiy ochiq urug‘lilardan kelib chiqqan deb gumon qilish kerak bo‘lsa-da, ularning eng yaqin ajdodlarini haligacha aniq ko‘rsatish qiyin. Yopiq urug‘lilarning hammadan qadimgi va juda uzuq-yuluq qazilma qoldiqlari (changi, yog‘ochi) yura geologik qatlamlaridan topilgan. Pastki bo‘r qatlamlaridan yopiq urug‘lilarning kamdan-kam ba’zi qoldiqlari topilgan, o‘rta bo‘r qatlamlarida esa yopiq urug‘lilar birdan ko‘plab uchraydi, uchraganda ham ancha xilma-xil formalari uchrab, bu formalarning hammasi hozir o‘sadigan har xil oilalarga, hatto avlodlarga kiradi (magnoliyadoshlar, lavrlar, buklar, tollar, tutlar va boshqalar). O‘simliklar sistematikasining quyi darajasida turgan har xil gruppalar — keytoniyalar, urug‘li qirqquloqlar, bennetitlar, gnetumlar (jumladan, gnetum yoki efedra) yopiq urug‘lilarning ajdodi bo‘lgan deb gumon qilinar edi. Keytoniyalarda tuguncha, tumshuqcha bor edi-yu, lekin ularda tuguncha yopiq urug‘lilardagidan boshqacharoq bo‘lardi; ularda bir nav gulga o‘xshagan narsa ham bo‘lmay, sporofillari oddiy tuzilgan edi, shunga ko‘ra bu o‘simliklar, chamasi evolyutsiyaning tumtoq bir shoxidir. Bennetitlarda o‘ziga xos ikki jinsli gullari bo‘lgani bilan urug‘chisi yo‘q edi, ularning urug‘lari megasporofillardan yuzaga kelgan meva ichida turmay, bepusht tangachalar orasida yashiringan edi, xolos. Urug‘li qirqquloqlarda gul bo‘lmagan, urug‘lar ham ochiq turgan. Yopiq urug‘lilar gnetumlardan kelib chiqqan degan nazariyaga ko‘ra, eng oddiy yopiq urug‘lilarda bir jinsli mayda-mayda gullar bor edi, bu gullarda gulqo‘rg‘oni bo‘lmas yoki bo‘lsa ham arang ko‘zga ilinadigan bo‘lar edi, deb faraz qilinadi. Lekin, yuqorida aytilganidek, qubba tipida spiral bo‘lib joylashgan bir talay a’zolari bor ikki jinsli yirik-yirik gullar, hozir bir qancha mulohazalarga ko‘ra eng oddiy gullar deb hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi yopiq urug‘lilarni qurib itgan qandaydir ochiq urug‘lilardan, qubba tipidagi ikki jinsli gullari (strobillari) bo‘lgan juda oddiy ochiq urug‘lilardan kelib chiqqan deb faraz qilsa ham bo‘ladi, ochiq urug‘lilarning o‘sha gullaridagi gul o‘rnida (o‘qida) bir jinsli gulqo‘rg‘onning erkin (bir-biriga qo‘shilmagan) yaproqchalari, mikrosporofillar (changchilar) va megasporofillar (meva bargchalari) spiral holda joylashgan edi. Ochiq urug‘lilar sistemasida bu gruppa past bir joyda, urug‘li qirqquloqlar va bennettitlar hamda sagovniklar orasida turishi kerak. Urug‘larning yopiq bo‘lishi urug‘kurtaklar bilan rivojlanib kelayotgan urug‘larni tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan, birinchi navbatda havoning quruqligidan saqlashda shubhasiz katta rol o‘ynadi. Biroq, yopiq urug‘lilarning tez ko‘payib, yerda ilgaridan ustunlik qilib kelayotgan arxegonial o‘simliklarni siqib chiqarganligini urug‘larining yopiq bo‘lishi bilangina tushuntirish qiyin. Yashash uchun kurashda yopiq urug‘lilarning qanday sabablarga ko‘ra g‘olib chiqqanligi to‘g‘risida rus botanigi M. I. Golenkin (1927 yil) qiziq gipotezani o‘rtaga qo‘ydi. U, bo‘r davrining o‘rtalarida qandaydir umumiy kosmogonik sabablarga ko‘ra butun yer yuzida yorug‘lik va havo namligi keskin o‘zgardi deb taxmin qiladi. Ilgari yerni doim o‘rab turadigan qalin bulutlar tarqalib, ravshan quyosh nurlari yerga tushadigan bo‘lib qoldi, shu munosabat bilan havo ancha quridi. O‘sha vaqtdagi yuqori darajali arxegonial o‘simliklarning ko‘pchiligi ravshan yorug‘lik bilan quruq havoga moslashgan emas edi va moslasha olmadi, natijada ular quriy boshladi yoki o‘zining yashash maydonini ancha toraytira boshladi (ninabarglilar va kserofit o‘simliklardan boshqalari). O‘sha davrgacha juda oz joyga tarqalgan va kamgina formalardan iborat bo‘lgan yopiq urug‘lilar esa, aksincha, yorug‘ quyosh nuri bilan quruq havoga yaxshi chidaydigan bo‘lib qoldi. Mana shu hol, shuningdek, yopiq urug‘lilarning evolyutsiyada haddan tashqari muloyim bo‘lib, har xil tashqi sharoitlarga turli yo‘llar bilan moslasha olganligi ularning butun Yer yuzasiga tez tarqalib, ilgaridan hukmdor bo‘lib kelgan yuqori darajali arxegonial o‘simliklarni siqib chiqarishiga sabab bo‘ldi. Yopiq urug‘lilarning g‘olib chiqishi Yerdagi xayvonlar olamining o‘zgarishiga ham olib keldi; bu o‘zgarish hasharotlar, xasharotxo‘r, sut emizuvchi va qushlarning, keyinchalik esa yirtqich va mevaxo‘r hayvonlarning tez evolyutsiya qilishiga sabab bo‘lishi kerak edi. O‘z navbatida yopiq urug‘lilarda ham shakl, ximizm va funktsiyalar evolyutsiya protsessida moslanish tomoniga qarab necha martalab asta-sekii o‘zgarib bordi. O‘simliklar bilan hayvonot olami o‘rtasidagi murakkab va xilma-xil o‘zaro munosabatlar shunga sabab bo‘ldi. Yopiq urug‘lilarning g‘olib chiqishi, Yer yuzidagi tiriklik olamining taqdirida burilish davri, zo‘r revolyutsiya bo‘ldi. Yopiq urug‘lilar dastlab qaerda paydo bo‘lgan degan savol to‘g‘risida har xil farazlar bor. Ba’zilarning fikricha, yopiq urug‘lilar dastlab Amerika, Osiyo va Avstraliya orasida joylashgan, keyinchalik Tinch Okean suvlariga cho‘kkan gipotetik tropik materikda paydo bo‘lgan. Ba’zilar yopiq urug‘lilarning dastlab paydo bo‘lgan joyi Arktika materigidir deb hisoblasa, boshqalar subtropiklar va shimoliy yarim sharning o‘rtacha issiq zonalaridagi tog‘lardir deb hisoblaydi. Hozir ko‘pchilik botaniklar dastlabki yopiq urug‘lilarni monopodial tipda bir nechta yo‘g‘on shox chiqargan kalta tanali daraxtlar bo‘lgan deb hisoblaydi. Simpodial tipda shoxlanib, bir talay yo‘g‘on va ingichka shoxlar chiqargan ancha katta daraxtlar o‘sha daraxtlardan paydo bo‘lgan. Daraxtsimon o‘simliklardan har xil davrlarda va har xil filogenetik taraqqiyot davomida butalar, yarim butalar va o‘tsimon o‘simliklar, avval ko‘p yillik o‘simliklar, so‘ngra, iqlnm va yashash joylarining o‘ziga xos sharoitlariga ko‘ra har xil avlodlarda ikki yillik va bir yillik o‘simliklar paydo bo‘lgan. Yopiq urug‘lilar juda plastik (muloyim) bo‘lgani tufayli evolyutsion taraqqiyotda ularning vegetativ organlari, ayniqsa, barglari, bir talay metamorfozlarga uchragan, gullari bilan mevalari nihoyatda xilma-xil bo‘lib qolgan. Ximiyaviy tarkibi bilan fiziologik reaksiyalarning murakkab va xilma-xil bo‘lishi ham yopiq urug‘lilarga xos xususiyatlardandir. Yopiq urug‘lilar gulining evolyutsiyasi (bu o‘simliklarning sistematikasida asosan gul tuzilishiga ahamiyat beriladi) sodda qilib, umuman aytganda, uzun (qubba tipida) gul o‘rni bor, aktinomorf, ikki jinsli gullardan, a’zolari son jihatdan notayin bo‘lib, erkin holda (bir-biriga qo‘shilmay) spiral joylashgan, ustki tugunchasi bilan bir talay urug‘kurtaklari bo‘lgan gullardan — bir jinsli, tsiklik, zigomorf gullarga, yassi gul o‘rnidagi a’zolari son jihatdan juda tayinli bo‘lib, ma’lum darajada bir-biriga qo‘shilgan hamda bir uyali pastki tugunchasi bilan bitta yoki bir nechta urug‘kurtagi bo‘lgan gullar tomoniga qarab borgan. Yopiq urug‘lilar gulining shu evolyutsiyasi har xil evolyutsion qatorlarda bir-biriga bog‘lanmagan holda mustaqil davom etgan. Yopiq urug‘lilar xamma yerda, o‘simliklar dunyosining deyarli eng chetki chegarasida ham tarqalgan bo‘lib, ninabarglilar o‘rmoni, torfli botqoqliklar va ba’zi tundralarni aytmaganda, hamma joyning manzarasi yopiq urug‘lilarga bog‘liq. Odamning hayotida va xo‘jalik faoliyatida yopiq urug‘lilar boshqa o‘simlik gruppalariga qaraganda beqiyos darajada katta rol o‘ynaydi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, yem-xashak, dorivorlar, xo‘shbo‘y moddalar, narkotiklar, dori-darmonlar, oshlovchi moddalar, kauchuk, guttapercha, po‘kak va boshqa bir talay narsalar yopiq urug‘lilardan olinadi; qurilish materiallari, yoqilg‘i, buyum yasaladigan material, qog‘ozni ham ma’lum darajada yopiq urug‘lilar beradi. Yopiq urug‘lilar sistematikasi tarixi XVI asrdan beri necha o‘nlab sistemalar taklif etilgan bo‘lsa-da, boshqa talaygina o‘simlik tiplari singari, yopiq urug‘lilar to‘g‘risida ham hammaga manzur bo‘lgan sistema yo‘q. Qaysi o‘simlik gruppalarini hammadan sodda deb hisoblash kerak va yopiq urug‘lilarni mono-, bi- yoki polifiletik yo‘llarning qaysi biri bilan yuzaga kelgan deb bilish kerak degan asosiy qoida ustidayoq ixtiloflar chiqa boshlaydi. XIX asrning oxirlari va XX asrning birinchi choragida nemis botanigi A. Engler bilan avstriya botanigi R. Vettshteyn sistemalarini ko‘plar tan olar edi. Engler sistemasi bir qancha qoidalari eskirgan bo‘lsa-da, xususan, amaliy maqsadlarda hozir ham qo‘llaniladi. Chunki Engler sistemasi boshka sistemalar singari tartib va oilalargacha emas, balki avlod va kenja avlodlargacha ishlab chiqilgan birdan-bir eng yangi sistemadir. Ikkala sistemada — Engler va Vettshteyn sistemasida, gullari bir qoplag‘ichli va qoplag‘ichsiz, mayda, anemofil, kam a’zoli bo‘ladigan oilalar (kavuaringullar, qalampirgullar, tolgullar, qayingullar, buksimongullar va boshqalar) har xil sababdan bo‘lsa-da, hammadan sodda oilalar deb qaraladi. Hozir ko‘proq rasm qilingan eng yangi sistemalarda, aksincha, gullari yaxshi rivojlanib, ko‘p a’zoli, aloxida tojibargli (ikki qoplag‘ichli) bo‘lib olgan va hasharotlar bilan changlanadigan (entomofil) oilalar, masalan, ko‘p mevalilar (Polycarpicae} tartibiga kiruvchi magnoliyagullar, ayiqtovongullar, xurmachagullar, zirkgullar va boshqalar bosh tomonga qo‘yiladi. Gullari bir qoplag‘ichli va qoplag‘ichsiz bo‘ladigan oilalar esa, bir qancha mulohazalarga ko‘ra, ikkilamchi tartibda „oddiylashgan" deb qaraladi, masalan, ulardan ko‘plarida tsenokarp ginetsiy, past tuguncha bor — bu belgilar mutlaqo oddiylik belgilari emas. Rus botaniklari Kozo-Polyanskiy, Bush, Grossgeym, gollandiyalik olim Galler, amerika olimi Bessi, Pula, Shafner, inglizlardan Getchinsonning (Xachinson) sistemalari shunday sistemalardir. Ko‘pchilik sistematiklar, ayniqsa o‘tmish zamon sistematiklari yopiq urug‘lilarni ikki sinfga — ikki pallalilar va bir pallalilarga bo‘ladi. Ikki pallalilarga xarakterli xususiyatlar quyidagilar: urug‘i ikki pallali bo‘lib, o‘tkazuvchi to‘qimasi (kambiyli to‘qima) ochiq turadi, bosh ildizi bir umr saqlanib qoladi (urug‘dan chiqqan individlarda), barglari elaksimon va patsimon tomirlanib, gullari 5-4-2 a’zoli bo‘ladi. Bir pallalilar bunga qarama-qarshi belgilar bilan ta’riflanadi: urug‘lari bir pallali bo‘lib, o‘tkazuvchi to‘qimasi yopiq turadi (kambiysiz), bosh ildiz barvaqt qurib, o‘rniga yon ildizlar paydo bo‘ladi, barglari parallel yoki yoysimon tomirlanadi, gullari uch a’zoli bo‘ladi. Birinchi gruppaga xos ayrim belgilar, ikkinchi gruppaning vakilarida ham uchrashi mumkin, shuning uchun bu belgilarning hammasi bir bo‘lgandagina muhim hisoblanadi. Yopiq urug‘lilarning filogenezida ikki pallalilar bilan bir pallalilar qanday o‘zaro munosabatda bo‘lgan degan masalaga kelganda shuni aytish kerakki, kamdan-kam morfologlar bilan sistematiklargina ikki pallalilarni bir pallalilardan kelib chiqqan deb biladi. Shu ikkala sinf qandaydir umumiy bir ajdoddan paydo bo‘lib, parallel ravishda taraqqiy qilgan degan nazariya ko‘proq rasm bo‘lgan edi, shu bilan birga, sirtdan ancha sodda ko‘rinadi deb bir pallalilar sistema boshiga qo‘yilar edi. Ko‘pchilik yangi sistemalarda, aksincha, bir pallalilar sodda tuzilgan birlamchi ikki pallalilardan kelib chiqqan degan qoida oldinga suriladi va bir pallalilar sistemada ikki pallalilardan keyin qo‘yiladi. Birlamchi ikki pallalilarda (ko‘p mevalilar) gullar bilan anatomik tuzilishning ancha oddiy bo‘lishi, yopiq urug‘lilar poyasining birlamchi shakli deb hisoblanadigan daraxtsimon formalar borligi, bir pallaning ikki pallaga ajralishi yoki ikkinchi pallaning yangidan paydo bo‘la olishi mumkinligini ko‘rsatadigan dalillarning yo‘qligi shunga asos bo‘la oladi deb hisoblanadi. Ba’zi sistematiklar (Kuznetsov, Bush, Lotsi) bir pallalilarni mustakil sinf deb qaramaydi va bu o‘simliklarni ikki pallalilar sistemasining har xil joyiga qo‘yadi. Bu fikrni kamdan-kam olimlar yoqlaydi, shunda ham faqat pedagogik mulohazalarga ko‘ra yoqlaydi, sistemaning yana to‘laroq bo‘lishi uchun bir pallalilarni mustaqil sinf deb qarash qulayroqdir. Yopiq urug‘lilar sistematikasidagi „tartib" degan sistematik kategoriya bilimlarimizning hozirgi darajasida ancha noaniq va, ko‘pincha, sun’iy bo‘lib ko‘rinadi. Tartibga ko‘pincha sirtdan o‘xshash bo‘lgani holda, qon-qardoshlik aloqalari bilan bir-biriga bog‘lanmagan oilalar kiritiladi. Yopiq urug‘lilar tartiblarining soni bilan hajmi turli avtorlarning sistemalarida bir xilda emas. Ularning qarindoshlik aloqalari ham turlicha ta’rif qilinadi va ko‘pincha tartiblardan ko‘ra ayrim oilalar orasidagi taxminiy filogenetik yaqinlik to‘g‘risida juda aniq gapirsa bo‘ladi. Umuman aytganda, yangi sistemalarda tartiblar, qisman oilalar hajmini kichraytirishga va shunga yarasha tartib, oilalar sonini oshirishga intilish borligi ko‘riladi. Engler sistemasida (Dils tomonidan bir oz o‘zgartirilgan 1936 yilgi nashrida) ikki pallalilar 44 tartib bilan 268 oilaga, bir pallalilar esa 11 tartib bilan 45 oilaga bo‘linadi. Getchinson (Xachinson) sistemasida ikki pallalilar 76 tartib bilan 264 oilaga, bir pallalilar esa 29 tartib bilan 68 oilaga bo‘lingan. Yopiq urug‘lilarni ikki pallalilar bilan bir pallalilarga bo‘lishni tan olmaydigan rus botanigi A. A. Grossgeym yopiq urug‘lilarning hammasini 67 tartib bilan 304 oilaga bo‘ladi. Gulli о‘simliklar dastlabki qazilma holdagi qoldiqlari (changlari, barglari) Mezozoy erasining oxiri Bо‘r davrining 2-yarmiga xos yotqiziqlaridan boshlab uchray boshlaydi. Umuman shu davridan boshlab gulli о‘simliklarga mansub paleobotanik ma’lumotlar dunyoning kо‘p joylaridan topilgan. Gulli о‘simliklar filogeniyasining tо‘g‘ri, ilmiy asosda hal qilishda dastlab qachon, qayerda, qanday yо‘l bilan gulli о‘simliklar paydo bо‘lgan degan savolga javob berish bilan oydinlashadi. Kо‘pchilik botanik (palebotanik) olimlar tomonidan qachon degan savolga «Mezozoy» erasining oxiri bо‘r davrining 2-yarimidan boshlab gulli о‘simliklar paydo bо‘lgan degan fikr bir xilda bildiriladi. Bunga sabab о‘sha bо‘r davrida er planetasida qator kosmagonik о‘zgarishlar bо‘lgan, quyosh radiatsiyasi kuchaygan, havo harorati keskin kо‘tarilgan, sо‘ng yana haroratning pasayishi kuzatilgan. Ayniqsa shimol tomonda erning juda kо‘p qismi «Buyuk muzlik» bilan qoplangan. Bu о‘zgarishlar geograf, geolog, klimatolog, paleogeograf va boshqalar tomonidan tasdiqlangan. Shu sababdan ham bо‘r davrida gulli о‘simliklar paydo bо‘lgan deb hisoblanadi. Qayerda? degan savolga hozirgacha turlicha fikrlar bildiriladi. Aksariyat palebotanik topilmalar ekvatorga yaqin bо‘lgan tropik va subtropik xududlaridan topilgan. Paleobotanik olimlar A.Krishtofovich, V.Sveshnikovalar fikricha gulli о‘simliklar dastlab qadimgi Gondvana qit’asining shimolida paydo bо‘lgan deb qaraladi. Ular tomonidan Shpitsbergan oroli, Grelandiya hududlaridan topilgan gulli о‘simliklarning changlari Bо‘r davriga xosligi aytiladi. Bu yо‘nalishda bir muncha tо‘liq, asosli fikrlarni taniqli paleobotanik olim A.Taxtadjyan (1964), Toron (1976) nazariyalari: dastlab paydo bо‘lgan joy qadimgi Panfik qit’asining tropik hududlari yoki hozirgi Osiyo qit’asining sharqiy-janubidagi orollar-Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya qit’asining Filippin, ayniqsa Fidji orollari hisoblanadi. Chunki u erda hozirda ham gulli о‘simliklarning eng qadimgi va sodda tuzilgan vakillari kо‘p uchraydi. Maslan: magnoliya, lola daraxti va boshqalar. Bular qanday yо‘l bilan kelib chiqqan? - degan savolga ham turli fikrlar bildiriladi. Ularning filogeniyasining hal qilishidagi muhim masala gulning paydo bо‘lishini hal qilish bilan bog‘liq. Bu yо‘nalishida qator fikrlar, nazariyalar о‘rtaga tashlangan. Shulardan muhimlari quyidagilar: Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi masalasini hal etishda gulning kelib chiqishini hal etish kerak. Gulni kelib chiqishi haqida asosan 2 ta nazariya mavjud. 1. Nemis (Avstraliya) olimi P.Vettshteyn (1901) tomonidan fanga kiritilib keyinchalik «soxta-gul»- Pseudanthos – nazariya nomini olgan. Bu nazariyaga muvofiq gul ochiq urug‘lilar vakili bо‘lgan gnetumlar (oraliq formasi efedralar) qubbasining shakl о‘zgarishdan kelib chiqqan deb qaraladi. Bulardagi qubbalaridagi ayrim jinsli bо‘lishi, tо‘liq 2 jinsli gulning paydo bо‘lishiga zamin bо‘ldi deyishiga tо‘g‘ri kelmadi. {Vetshteyn nazarisiga ko‘ra gul aslida efedraga o‘xshash yalang‘och urug‘lilarning o‘zgargan va soddalashgan to‘pguldan iborat. To‘pguldagi har bir otalik va onalik ayrim gul hisoblanadi. Bu nazariya psevdant yoki soxtagul nazariya deb ataladi. Bu nazariyaga muvofiq sodda tuzilgan gullar ayrim jinsli, oddiy gulqo‘rg‘onli yoki gulqo‘rg‘onsiz bo‘ladi.} 2. Nemis olimi G.Galir va ingliz olimlari A.N.Arber va D.Parken nazariyalaridir. Bu nazariya ingliz paleobotaniklari Arber, Parkin va ular bilan deyarli bir vaqtda boshqa ingliz botaniklari Besi, Galir (1869) ishlab chiqqan «Chin gul» - Euanthos nazariyasi. Bu nazariyaga muvofiq «2 jinsli gul-bu shakli о‘zgargan bennettitlarning 2 jinsli qubbasidir. Bennettitlarning qubbalaridagi mikrosporofil bargchalarining о‘zgarshidan changchilar, megasporafillarning о‘zgarishidan urugchilar paydo bо‘lgan» deb talqin qilinadi. {Ikkinchi nazariya benettitlar topilib, fanga ma’lum bo‘lgandan keyin, ya’ni 1905 yilda yaratiladi. Bu nazariyaga ko‘ra yopiq urug‘lilarni guli yalang‘och urug‘lilarga qarashli bo‘lgan benettitlar ajdodining ikki jinsli va o‘zgargan qubbasi strobildan iborat. Biroq benettitlar strobil-gullarida chin onalikni yo‘qligini va mikrosprofilining shoxlangan bo‘lishi bilan chin guldan farq qiladi. Ikkinchi tomonidan, bennettitlarning strobili o‘zining umumiy tuzilishi jihatidan yopiq urug‘lilarning eng ibtidoiy vakili bo‘lgan magnoliyaning guliga o‘xshab ketadi. Arbor va Parkinlar bennettitlar strobilining yuqorida tasvirlangan tuzilishini hisobga olgan holda, bennettitlar strobili guli bilan yopiq urug‘lilar guli oralig‘idagi taxminiy, ya’ni gipotetik gulning tasviriy sxemasini yaratadilar.} Bu nazariyani tо‘ldiruvchi yana muhim asos shundaki, bennettitlar va urug‘li paporotniklarning yо‘qolib ketgan davri (bо‘r davri) gulli о‘simliklarning paydo bо‘lishiga tо‘g‘ri keladi. Akademik A.Taxtadjyan (1986) Yuqoridagi «chin gul» nazariyasini ma’qullagan xolda, «gul-bu shakli о‘zgargan bennettitlarning 2 jinsli qubbasidir. Bennettitlar о‘z yо‘lida urug‘li paporotniklardan paydo о‘‘lgan» degan tо‘ldirishni kiritadi. Lekin, shuni qayd etish kerakki, shu kunga qadar bu fikrlar tо‘liq isbotini topmagan. Sababi, keyingi tekshirishlar shuni kо‘rsatmoqdaki, gulli о‘simliklarning kо‘pchiligi uchun xos bо‘lgan urug‘dagi oqsil moddalar bennettitlar urug‘ida yо‘q ekanligi aniqlangan. Gulli о‘simlikni kelib chiqishi bо‘yicha yana kо‘p olimlar о‘z fikrlarini bildirganlar. Masalan: Nazariyotchi botanik olim, О‘rta Osiyo florasining taniqli tadqiqotchisi M. G. Popov «Gulli о‘simliklar gibridizatsiya – duragaylanish» yо‘li bilan kelib chiqqan degan fikrni bildiradi. Bu gipoteza ham munozarali va kо‘p isbot talab qiladi. Yopiq urug‘lilar shimoldan janubga tomon ko‘proq tarqala boradi. Mas: Frans Iosif Yerida gulli o‘simliklarning 37 turi, O‘rta Osiyoning tog‘li qismida 6000 (tekislik va sahro qismida 600) turi o‘sadi. Xindistonda 21000 turi, Afrikada 13000,Braziliyada 40000 turi uchraydi. Tropik zonalarda hammasi bo‘lib, yopiq urug‘lilarning 120000, subtropikda esa 60000 ga yaqin tur o‘sadi. Yopiq urug‘lilarning xarakterli belgilari Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar dunyosining eng yosh va keng tarqalgan guruhi bo‘lib hozirgi geologik davrining hukmron o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, kishilar va xayvonlar hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo bo‘la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan. Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq tushgan. Yalang‘och urug‘larning qurg‘oqchilikka moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip-yopiq urug‘lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron o‘simliklar guruxiga aylandi. Yopiq urug‘lilar guruhiga 200 000 dan ortiqroq tur kiradi. Bu ochiq urug‘lilardan 400 marta ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi. Yalang‘och urug‘lilarning taxminan 500 turi ma’lum. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillari odam uchun oziq-ovqat, xayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xom ashyo manbai bo‘ladi. Yer shari aholisining asosiy ovqati bug‘doy, sholi, jo‘xori, kartoshka, mevalardan olma, o‘rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o‘simliklardan g‘o‘za, zig‘ir, lavlagi, shakar qamish va xilma xil dorivor o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillaridir. Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, ularning yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li o‘simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud. Yopiq urug‘lilar anatomik tuzilishi ham yalang‘och o‘simliklardan ustun turadi. Ular poyasida traxeyalar va suv naylari bo‘ladi. Bu o‘simliklar ildizdan suvni onsonroq so‘rishga va bug‘latishga yordam beradi. Yopiq urug‘lilar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun ham ular "Yopiq urug‘li o‘simliklar"deb ataladi. 2. Bularda urug‘chining va eng muhimi mevaning hosil bо‘lishidir. 3. Ularda otalik xamda mevacha (onalik) dan iborat gul bo‘ladi. Ba’zi istisno e’tiborga olinmaganda, ularda gulqo‘rg‘on bor. Gullari juda xilma-xil shaklda bo‘ladi. 4. Bularda haqiqiy gulning paydo bо‘lishi bilan changlanish va urug‘lanishi jarayonida qо‘sh urug‘lanishni amalga oshishidir (S.Navashin, 1898). 5. Gulli о‘simliklarda gametofit nasl ochiq urug‘lilarga qaraganda о‘ta qisqarganligi va juda tez taraqqiy etganligi bilan ajralib turadi. Gametofit nasl-ayrim jinsli: erkak gametofit-chang, chang naychasi va unda harakat qilayotgan vegetativ va generativ hujayralardan iborat. Urg‘ochi gametofit-bu urug‘chidagi murtak xaltasi va unda joylashgan 8 ta hujayradan (tuxum hujayra markaziy hujayra, antipod va sinergidlar) tashkil topgan. Sporofit nasl mohiyati jihatidan 2-ta о‘simlikdan: asosiy о‘simlik va zigota tarqqiyotidagi embriondan (murtak) iborat. 6. Gullarning changlanishini va urug‘ hamda mevalarning tarqalishi har xil yo‘llar bilan boradi, ya’ni shamol, xashoratlar, qushlar va suv yordamida changlanadi. Yopiq urug‘lilarning qariyib 90% xashoratlar yordamida changlanadi. 7. Bu o‘simliklar ikkilamchi urug‘lanadi, buning natijasida faqat murtak emas, balki endosperm ham hosil qiladi. 8. Yopiq urug‘lilarning urug‘ kurtagi urug‘ga, tuguncha mevaga aylanadi va mevalar mevacha barglarining himoyasida yetiladi. 9. Yopiq urug‘li o‘simliklarning morfologik va anatomik jihatdan boshqa tipdagi o‘simliklarga nisbatan juda ham murakkab tuzilgan. Ichki anatomik tuzilishi bо‘yicha ular rivojlangan bо‘lib, ikkilamchi yog‘ochligida ksilema, floyema, haqiqiy о‘tkazuvchi naychalar traxeyalar va yо‘ldosh hujayralarning bо‘lishidir. Yopiq urug‘lilarning nasllari changlanishda, yuqori o‘simliklarning boshqalari singari, sporofit nasl hukmronlik qiladi. Ammo sporofit nasl yopiq urug‘lilarda juda yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib qariyib individning hamma qismini tashkil etadi. Gametofit nasl nihoyatda reduksiyalangan bo‘lib, sporofitdan ajralmagan holda gulda uning hisobiga taraqqiy etadi. Gametofit ayrim jinsli bo‘ladi. Erkak gametofit changining o‘sishdan h-sil bo‘lgan chang naychasi va uning ichidagi bitta vegetativ, ikkita spermiy deb yuritiladigan xivchinsiz generativ yadrodan, urg‘ochi gametofit esa urug‘kurtakda joylashgan 8 ta yadroli murtak xaltasidan iborat. Yopiq urug‘lilarda arxegoniy taraqqiy etmaydi. Gulli o‘simliklarning klassifikatsiyasi. Jon Reydan keyin, ya’ni 1682 yildan boshlab, to shu kungacha gulli o‘simliklarni 2 sinfga: ikki pallali yoki ikki urug‘lilar va bir pallalilar yoki bir urug‘lilarga bo‘lish qabul qilingan. Bir pallalilarning murtagi esa bir urug‘ bargli bo‘lib, bosh ildizi tezda nobud bo‘ladi. Uning o‘rniga qo‘shimcha popuk ildizlar taraqqiy etadi. Barglari paralel tomirlangan, guli ko‘pincha oddiy gul qo‘rg‘onli bo‘lib, gul qismlari doirada 3 tadan joylashgan bo‘ladi. Umuman olganda xar ikkala sinf ko‘zga yaqqol tashlanadigan qator belgilarga ega. Bundan tashqari, bu sinf vakillari o‘zaro vegetativ yo‘l bilan ham jinsiy yo‘l bilan ham hech bir chatishmaydi. Gul qismlarining joylanish qonuniyati, diagrammalari va formulalari. Gul o‘simliklarning turlariga, ularning biologiyasiga, gul a’zolarining joylashishiga qarab xilma xil shaklda bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklarning gul qismlari doira yoki siklik, ba’zi bir ajdodlarda esa birin-ketin spiral yoki atsiklik shaklda joylashadi. Atsiklik gullar magno-liyadoshlar, ayiqtovondoshlar oilasining vakillarida uchraydi. Gul qismlarining joylashishida atsiklik gullarning siklik gullarga o‘tish xollarini ham uchratish mumkin. Bunday gullar chala doirali yoki gemitsiklik gullar deb ataladi. Shu xildagi gul qismlarining ba’zi biri (kosachabarglar) doira, boshqalari esa (otalik va onaliklar) spiral holda o‘rnashadi. Gul qismlari qirrali nisbatlar va doiraning gallanish qonuniyati asosida joylashadi. Qirrali nisbatlar qoidasi. Bu qoidaga muvofiq ikki pallali o‘simlik gul doiralari ko‘pincha 5, 4 va 2 qismli bo‘ladi. Mas. zig‘ir o‘simligining kosachabargi 5 ta, tojbargi 5 ta, otaligi 10 ta, meva bargi 5 ta. Bir pallalilarda 3 qismli, mas. lolada gultojbarglar 6 ta bo‘lib, 2 qator joylashgan 3+3. Otaligi 3+3 tadan, onalik uch meva bargdan iborat. Diagramma va formulalar. Gulning sxematik tuzilishi, gul qismlarining bir-biriga bo‘lgan nisbati diagramma va formulalarda yaqqol ko‘rinadi. Gul tuzilishida gorizontal yuzaning sxematik proyeksiyasi diagramma deb ataladi. Doiradagi gulning ayrim qismlari xar xil shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Diagramma ochilmagan gul g‘unchasining ko‘ndalang kesimiga qarab tuzilgan. Diagrammada gulqo‘rg‘on qismlari yoy shaklida ko‘rsatiladi. Kosachabarglar sirtidan o‘rtasiga tumorchasi bor yoylar bilan, tojibarglar tumorchasiz oddiy yoylar bilan ifodalanadi. Otaliklar ochilmagan changdonning ko‘ndalang kesimi shaklida, onaliklar tugunchaning ko‘ndalang kesimi shaklida ko‘rsatiladi. Agar gul qismlari tutashgan bo‘lsa ular birlashtiriladi. Diagrammalar 2 xil bo‘ladi: 1. Emprik diagrammada to‘la ochilgan va voyaga yetgan gul tasvirlanadi. 2. Nazariy diagramma gulning tarixiy rivojlanishi hisobga olingan holda tuziladi. 10 – mavzu. Magnoliyakabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja: 1. Ikki urug‘pallalilar sinfining o‘ziga xos belgilari. 2. Magnoliyanamolar qabilasining umumiy tavsifi, asosiy oila, turkum va turlari. 3. Lavrnamolar qabilasining umumiy tavsifi, asosiy oila, turkum va turlari. 4. Nilufarnamolar qabilasining umumiy tavsifi, asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar: yopiq urug‘li, ikki urug‘pallali, embrion xaltasi, qo‘sh urug‘lanish, urug‘chi tumshuqchasi, sinf (ajdod), sinfcha (ajdodcha), qabila (tartib), oilalar, turkum, tur, magnoliya, lola daraxti, lavr, nilufar, rafleziya. Ikki urug‘pallalilar sinfining o‘ziga xos belgilari Jon Reydan keyin, ya’ni 1682 yildan boshlab, to shu kungacha gulli o‘simliklarni 2 sinfga: ikki pallali yoki ikki urug‘lilar va bir pallalilar yoki bir urug‘lilarga bo‘lish qabul qilingan. Ikki pallalilar ajdodiga mansub о‘simliklar kelib chiqishi bо‘yicha qadimgi bо‘lib, ular orasida daraxt, buta va о‘t о‘simliklar uchraydi. Hozirgi paytda bu ajdodga 190000 tur о‘simlik kirib, ular 10000 turkum, 429 ta oilani tashkil etadi (Taxtadjyan, 1987). Ikki pallalilar — Dycotelodonae (Magnoliyasimonlar sinfi — Magnoliopsidae) sinfining о‘ziga xos xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: 1. Murtagi 2 ta palladan iborat. 2. Urug‘i endospermli yoki endospermsiz. 3. Murtagida boshlang‘ich ildiz о‘simlik hayotining oxirigacha saqlanib о‘q ildiz hosil qiladi. 4. О‘tqazuvchi nay tolalar tо‘plami ochiq tipdagi bо‘lib, ular xalqa bо‘lib joylashgan. Shu bilan birgalikda ularda poyaning ikkilamchi tartibda qalinlashishiga imkon beradigan kambiy katlami mavjud. 5. Bularning kо‘pchiligida gulqo‘rg‘on 5 a’zoli. 6. Bu ajdodda daraxtsimon vakillari bir pallalilarga nisbatan kо‘p uchraydi. Bu 2 sinf orasidagi farqni tubandagi jadvaldan yanada yaqinroq ko‘rish mumkin. Umuman olganda har ikkala sinf ko‘zga yaqqol tashlanadigan qator belgilarga ega. Bundan tashqari, bu sinf vakillari o‘zaro vegetativ yo‘l bilan ham jinsiy yo‘l bilan ham hech bir chatishmaydi. Bu sinf quyidagi sinfchalarga bо‘linadi: 1. Magnoliyakabilar sinfchasi – Magnoliidae 2. Ayiqtovonkabilar sinfchasi – Ranunculidae 3. Chinnigulkabilar sinfchasi – Caryophyllidae 4. Chinorkabilar sinfchasi – Hamamelididae 5. Dilleniyakabilar sinfchasi – Dilleniidae 6. Ra’nokabilar sinfchasi – Rosidae 7. Yalpizkabilar sinfchasi – Lamidae 8. Qoqiо‘tkabilar sinfchasi – Asteridae 9. Qo‘ng‘irpо‘stkabilar sinfchasi – Cornidae Magnoliyakabilar — Magnoliidae sinfchasiga umumiy tavsif Magnoliyakabilar sinfchasi sodda tuzilgan, tarkibida efir modda saqlovchi bezchalarning bо‘lishi, gul qismining spiral joylanishi, apokarp ginitseyning bо‘lishi, bilan farq qiladi. Bu ajdodcha vakillarining kо‘pchiligi daraxt, buta va о‘t о‘simliklardan tashkil topgan. Ajdodcha bir nechta qabilalarni о‘z ichiga oladi. 1. Magnoliyanamolar qabilasi — Magnoliales Bu qabila tarkibida 3 ta oila mavjud bо‘lib, magnoliyadoshlar oilasi haqida to‘xtalamiz. Magnoliyadoshlar oilasi - Magnoliaceae. Oilaning 12 turkumga mansub 230 ga yaqin turi asosan Janubiy – Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik о‘lkalarda tarqalgan. Ularning kо‘pchiligi daraxt va buta о‘simliklardir. Barglari oddiy, novdada ketma-ket joylashgan. Bu oila vakillarining ba’zilari doimo yashil tursa, ba’zilari kuzda bargini to‘kadi. Barglarida efir moy chiqaradigan ichki bezchalar bor. Poyasining pо‘st qismida efir moy bilan tо‘lib turuvchi hujayralar mavjud. Gullari oddiy yoki murakkab yakka-yakka holda joylashgan ikki jinsli, gul qismlari spiral joylashgan, hasharotlar yordamida changlanadi. Gul tojbarglari oq, sariq, binafsha rangli, limon hidini tarqatadi. Changchi va urug‘chisi cheksiz, mevasi kо‘p urug‘li bargak meva. Mevaning umumiy kо‘rinishi ochiq urug‘lilarning onalik qubbasini eslatadi. Bu oilaning tipik vakili magnoliya avlodidir. Uning qisman Sharqiy Osiyoda, qisman Shimoliy Amerikada uchraydigan 30 ga yaqin turi bor. Magnoliyalarning ba’zi turlari Floridada yovvoyi holda o‘sadi. Subtropik iqlimli rayon bo‘lgan Qrim va Zakavkazyeda ekib o‘stiriladi. Oilaning tipik vakili – yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora) hisoblanadi. Asl vatani shimoliy Amerika bo‘lgan yirik gulli magnoliya park va bog‘larda ko‘p ekiladi. Bu o‘simlik kalta bandli, barglari katta-katta va oddiy, cheti butun, qalin, yaltiroq bo‘ladigan daraxtdir. Shu barglarining yonbarglari kurtakdagi hali ochilmagan yosh barglarni saqlab turadi. Yakka-yakka bo‘ladigan yirik-yirik gullarining diametri 10 sm ga boradi va bundan ham oshadi. Gullari oq yeki pushti rangda bo‘lib juda xushbo‘y. Gul o‘rni cho‘ziq konussimon shaklda. Unda gulqo‘rg‘onning 6-12 ta nim rang, yirik-yirik, bargchalari uch a’zoli doira bo‘lib turadi. Bargchalaridan keyin spiral holda joylashgan bir otalikda serbar chang ipchasi bor, bu ipcha uchi changdonlar ustida ko‘tarilib turadi. Changdonlar cho‘zinchoq bo‘lib, bog‘lam atrofidan joy oladi. Gul o‘rnini 2/3 bo‘lagini yuqori qismini ginetsey egallagan. Spiral holda joylashgan talaygina meva bargchalarining har qaysisi mustaqil onalik hosil qiladi, shu bilan birga, o‘rta tomirdan bukilib turadigan meva bargchasining chetlari birbiriga qo‘shilib ketadi va shu tariqa yuzaga kelgan bir uyali tugunchadan ko‘pincha 2 ta urug‘ kurtak joy oladi (ba’zi turlarida urug‘kurtaklar 6 donagacha bo‘ladi). Onalik ustunchasi yo‘q, shuning uchun og‘izchaning chang ushlaydigan yuzasi meva bargchasining chetida, yuqori qismida turadi. Gul formulasi: * ♀♂ P3+3+3A∞G∞ Gullash tamom bo‘lgandan keyin gulqo‘rg‘on bargchalari bilan otaliklari tushib ketadi, ularning o‘rni esa chuqurcha-chuqurcha bo‘lib qoladi: gul o‘rni qalinlashadi va onaliklardan kul rang tukli bir talay bargsimon meva xosil bo‘ladi, ular qorin chokidan ochiladi. Shu mevalar bo‘yi 5-7 sm va bundan ko‘proq keladigan cho‘zinchoq "qubba" xosil qiladi. Pishib yetilgan urug‘lari qizil rangda bo‘ladi va etdor po‘st bilan qoplanib ipdek uzun bandida pastga osilib turadi. Lola daraxti (Lirodendron tulipifera). Bu avlod vakillari Kavkaz, Qrim va O‘rta Osiyoning janubidagi Ashxobod va Dushanbedagi parklarda, hozirgi vaqtda Toshkentdagi parklarda ham o‘stirilmoqda. Lola daraxtining bo‘yi magnoliyaning bo‘yidan biroz balandroq 40 m.ga yetadi. Bu daraxtning gullari sirtidan lolaga birmuncha o‘xshaydi, lekin rangi loladek ochiq bo‘lmaydi. Lola daraxti Amerikada "oq terak" deb ataladi. Uning yog‘ochidan xar xil asboblar tayyorlanadi. Magnoliyagullilarning ko‘pchiligi dekorativ o‘simlik sifatida o‘stiriladi.Bu oila vakillari eng qadimgi o‘simliklardan biridir. Bo‘r davriga talluqli qazilma qoldiqlar shundan guvohlik beradi.Oddiy novdaga xos ko‘pgina belgilarni saqlab qolgan oddiy tuzilishli gullar, shuningdek boshqa morfologik belgilar bu oilaning qadim zamonlardan qolganligiga mos keladi. Ularning ba’zi vakillarining yog‘och qismida suv naylari yo‘q,shunga ko‘ra suv o‘tkazuvchi elementlar xoshiyador teshikchali traxeidlardangina iborat bo‘ladi, shu tufayli bularning yog‘och qismi ninabarglilarning yog‘och qismiga juda o‘xshab ketadi. Gul formulasi: * ♀♂ Ca3Co3+3A∞G∞ Bu oila vakillari manzarali о‘simlik sifatida mamlakatimiz va boshqa davlatlarda ekib о‘stiriladi. 2.Lavranamolar qabilasi – Laurales Bu qabilaning 11 ta oilaga mansub 2700 ga yaqin turi ma’lum. Ular asosan daraxt va buta shaklidagi о‘simliklar. Barglari ketma-ket, qarama-qarshi, ba’zan xalkasimon joylashgan. Lavrdoshlar oilasi – Lauraceae. Oilaning 2000 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiysharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik о‘rmonlarida tarqalgan. Lekin yovvoyi holda о‘sadigan turlar orasida har ikkala yarim sharlar uchun umumiy bо‘lgan birorta turni uchratish qiyin. Ularning aksariyati daraxt yoki buta shaklidagi о‘simlik. Faqat Cassytha turkumiga mansub 16 parazit о‘tsimon о‘simliklar bundan mustasno. Oilaning keng tarqalgan lavr (Laurus), anis daraxti (Cassafras), avokado (Persea) turkumlariga taalluqli turlar tropik va subtropik о‘simliklar orasida salmoqli о‘rin egallaydi. Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri asl lavr (Laurus nobilis). Uning gul tuzilishi bu oila vakillarining bir qadar sodda tuzilganligidan dalolat beradi. Gulining 3 a’zoliligi ularning bir pallalilarga yaqinligidan dalolat beradi. Magnoliyadoshlarning Lavrdoshlarga nisbatan soddaligini kо‘rsatuvchi birdan bir belgi—ularning gulida androtsey va ginetseyning spiral shaklda joylashishi desa bо‘ladi. Bu о‘simlik g‘oyat xidli, gullari mayda, ayrim jinsli, 2 uyli, yoki bir uyli о‘simlik. Tugunchasi ostki. Gul formulasi : * ♀♂ P3+3A3+3+3 G(3) Mevasi-danak yoki rezavor meva, urug‘i endospermsiz. Lavr о‘simligi qimmatbaho oziq - ovqat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali о‘simlik sifatida muhim ahamiyatga ega. Uning navlari subtropik о‘lkalarda – Kavkaz, Qrimda madaniylashtirilgan. Poleobotanik ma’lumotlarga kо‘ra lavrdoshlar bо‘r davri qazilmalarida uchraydi. Ularning aksariyat turlari doimiy yashil о‘simliklar. Lavr о‘simligi qimmatbaho oziq-ovqat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali о‘simlik sifatida insonning xо‘jalik faoliyatida muhim rol о‘ynaydi. Shuning uchun ham lavrdoshlarning qator navlari subtropik о‘lkalarda — Kavkaz va Qrimda madaniylashtirilgan. Avakado (Persea gratissima) doimiy yashil daraxt, nok shaklidagi rezavor mevasining og‘irligi 600 grammga qadar. Mevaning tarkibida 30% gacha yog‘, 4 % oqsil moddasi bor. Qimmatli meva daraxti sifatida Qora dengizning janubiy sohili va Kavkazda о‘stiriladi. Bir daraxtidan 50 kg ga qadar hosil olish mumkin. Avakado oshqozon va qand kasalligiga duchor bо‘lgan kishilar uchun yaxshi diyetik ovqat xisoblanadi. Vatani tropik Amerika. 3. Nilufarnamolar qabilasi – Nymphaeales. Bu qabilaga kо‘p yillik suvda о‘suvchi, kо‘pincha ildiz poyali о‘simliklar kiradi. Poyasi reduksiyaga uchragan. Barglari butun ketma - ket yoki xalqa shaklida joylashgan. Gullari yirik ikki jinsli, tо‘g‘ri, xashoratlar bilan changlanadi. Qabilaning muhim oilasidan biri Nilufardoshlar. Nilufardoshlar oilasi – Nyuphaeaceae. Bu oila gulli о‘simliklarning eng qadimgi oilalaridan biri bо‘lib, ular 8 ta turkum va 100 ga yaqin turdan iborat. Aksariyat qismi issiq iqlimli va subtropik о‘lkalarda tarqalgan. О‘rta Osiyoda 2 ta turkumga oid 4 ta turi uchraydi. Ularning kо‘pchiligi suv xavzalarida – kо‘llarda, botqoqliklarda о‘sadigan kо‘p yillik ildiz poyali о‘simliklar. Barglari butun, navbatlashib yoki ayrim hollarda xalqa shaklida joylashgan. Guli yakka-yakka, katta, qо‘sh jinsli, tо‘rri (aktinomorf) hasharotlar yordamida changlanadi. Changchilari cheksiz, urug‘chisi kо‘p sonli mevabarglardan shakllangan. Aksariyat qismi manzarali о‘simliklar, ayrimlarning ildiz poyasi kraxmalga boy. Mevasi: yong‘oqcha yoki rezavor meva. Urug‘i endosperm va perispermli. Gul formulasi: ♀♂ * Ca3 -5Co∞A∞G∞ Oilaning aksariyat vakillari suvda о‘suvchi manzarali о‘simlik sifatida о‘stiriladi. Oq nilufar (Nymphaea alba). Uning bargi yuraksimon, qattiq, suvda suzishga moslashgan. Guli bandli, gul kosacha barglari 4 ta yashil rangli, tojbarglari va changchilari cheksiz, urug‘chisi bir necha meva bargchalarining qushilishidan shakllangan. Tugunchasi о‘rta, mevasi – rezavor kо‘p urug‘li. Urug‘i endsperm va perispermli. Urug‘ pо‘stida suvda suzib yurishga yordam beruvchi xavo bо‘shliqlari bо‘ladi. Bu tur Sirdaryo va Amudaryo deltalarida uchraydi. Sariq nilufar (Nuphar luteum). Bu о‘simlikni ham belgilari yuqoridagilarga о‘xshab ketadi. Faqat tarqalish jixatidan Irtish daryosi sohili va Balxash ko‘llarida tarqalgan. Yana bir turkum Viktoriya (Victoria regia) bо‘lib, u Amerikadagi Amazonka daryosi xavzasining qirg‘oqlarida uchraydi. Barglari 2 m. Guli 35 sm. gacha bо‘lib, 50 kg. gacha Yukni kо‘tara oladi. Bu xam maxsus xavzalarda о‘stiriladi. Qalampirdoshlar (Piperaceae) oilasi. Oilaning 2000 ga yakin turi 14 turkumga birlashtirilgan. Ular daraxt, buta, lian, epifit, bir yillik va kо‘p yillik hayot shakliga taallukli о‘simliklar hisoblanadi. Barglari oddiy, navbatlashib joylashgan. Gul qо‘rg‘oni oddiy, aloxida yoki kush jinsli. Androtsey anik songa ega emas. 1 dan 100 taga kadar, genidey 1-4 meva bargidan shakllangan. Tugunchasi ustki, bir xonali. Mevasi rezavor yoki danakdan iborat. Urug‘i endosperm va perispermli. Oilaning tipik vakili qora murch (Piper nigrum). Bu tik о‘suvchi buta, uning utkir uchli gullari shingil shaklidagi gul tuplamida, gul qо‘rg‘oni oddiy kush jinsli, shamol yordamida changlanadi, urug‘i karamtir danak. Zeravor о‘simligi sifatida efir moyi tufayli ishlatiladi. Vatani Janubiy-Sharqiy Osiyo. Tropik va subtropik ulkalarda madaniylashtirilgan. Kirkazondoshlar (Aristolochiaceae) oilasi. Oila vakillarining aksariyat qismi tropik va subtropik ulkalarda о‘sadi va faqat ularning ayrim turlarini о‘rta iqlimli ulkalarda uchratish mumkin. Ular Avstraliyadan tashkari xamma kit’alarda uchraydi. Oilaning 7 turkumiga mansub 450 dan ortik turi ma’lum. Ularning aksariyat qismi lian hayot shaklidagi о‘simliklar bо‘lib uzunligi 10 metrga kadar bо‘ladi. Oilaning tipik vakili sifatida Kirkazonni va xususan issikxonalarda о‘stiriladigan tabiiy holda Janubiy Amerikada tarqalgan ulkan bargli Kirkazonni (Aristolochia macrophylla) kursatsa bо‘ladi. Rafleziyadoshlar (Raflesiaceaye) oilasi. Oilaning 55 turi 9 turkumga birlashtirilgan. Unga mansub barcha turlar parazit holda hayot kechiradi. Aksariyat qismi tropik mintaqada tarqalgan. Xarakterli turi Arnold raflezatsiyasi R.Arnoldiil hisoblanadi. Gullari kosachasimon, katta diametri 1 metrga kadar. Bir jinsli, kosacha barglari 4-5 tadan, gul qismlari tutash, changchilari dovra hosil kilgan holda joylashgan 5 tadan cheksizga kadar. Urug‘chisi 5-10 meva bargdan shakllangan. Tugunchasi ostki. Mevasi rezavor. Urug‘i endospermli. Chivin va qo‘ng‘izlar yordamida changlanadi. Gulining aynigan go‘sht hidi chivin va qo‘ng‘izlarni o‘ziga jalb qiladi. 11 – mavzu. Ayiqtovonkabilar va chinnigulkabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja: 1. Ayiqtovonnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 2. Kо‘knorinamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 3. Chinnigulnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 4. Torongulnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar: ikki urug‘pallali о‘simliklar, ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, kо‘knordoshlar, chinniguldoshlar, torondoshlar, qo‘sh urug‘lanish, urug‘chi tumshuqchasi, zigomorf, aktinomorf, etnomofil, alkaloid, nektarnik, parokarp. Ayiqtovonkabilar – Ranunculidae sinfchasiga umumiy tavsif Bu sinfchaga mansub о‘simliklarning kо‘pchiligi о‘t о‘simliklar. Ularning gullari ikki jinsli ba’zan, bir jinsli aktinomorf yoki zigomorf, hashoratlar yoki shamol yordamida changlanadi. Ajdodcha 4 ta qabilani о‘z ichiga oladi. Shulardan quyidagilrga tо‘xtab о‘tamiz. 1. Ayiqtovonnamolar – Ranunculales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabila bir nechta oilalardan tashkil topgan. Ulardan Ayiqtovondoshlar, Zirkdoshlar oilalarining vakillari bizning sharoitimizda ham uchraydi. Ayiqtovondoshlar oilasi – Ranunculaceae. Bu oilaning 45 turkumga mansub 2000 dan ortiq turi yer yuzining о‘rta, sovuq va mо‘tadil iqlimli kengliklarida tarqalgan. О‘rta Osiyoda 200 dan ortiq turi, turli ekologik sharoitlarda о‘sishga moslashgan. Ularning kо‘pchiligi kо‘p yillik о‘tsimon, ildizpoyali о‘simliklar; Barglari ketma-ket, ayrimlari qarama–qarshi joylashgan, oddiy, chetki qirralari bо‘lmali, panjasimon tuzilishga ega. Tо‘pgullari shingil, boshoqsimon. Gullari ikki yoki bir jinsli , aktinomorf yoki zigomorf. Gultojbarglarining rangi ish rangli har-xil – oq, sariq, xavorang, och qizil, binafsha. Gulqurgoni murakkab yoki oddiy. Changchilari kup sonli, urug‘chisi 1-5 tagacha, ba’zan bir nechta meva bargchalarini qushilishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ustki. Oila vakillarining gul formulasi bir hil emas. Masalan: Ayiqtovonda * ♀♂ Ca5 Co5 A~G~ Sug‘ur о‘tda *♀♂ Ca5 Co~A~G~ Mevasi bargakcha, tupbargak yoki kо‘sakcha, ba’zan rezavor meva. Oila vakillarining deyarli hammasida alkaloid,va glyukozidlar uchraydi. Bu oila vakillarining xarakterli belgisi otaliklarining magnoliyadoshlar oilasining vakillaridagi singari cheksiz bo‘lib, ko‘pincha spiral joylanishi, onaligining qariyib hamma vaqt erkin bo‘lishidir. Ayiqtovondoshlarning to‘qimasida efir moyi bezlari bo‘lmasa ham, lekin tarkibida chorva mollari uchun zaxarli bo‘lgan alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar bo‘ladi. Shuning uchun bu oila vakillarini mollar xush ko‘rib yemaydi, ko‘plari zaharli o‘tlar hisoblanadi. Ayiqtovondoshlar oilasi ba’zi turlarining mevasi bargsimon bo‘lsa, ba’zilarining mevalari ochilmaydigan yong‘oqchalar holida bo‘ladi. Ba’zan rezavor va ko‘sakcha mevalilari ham uchraydi. Bu oilaga kiruvchi tipik vakillardan biri ayiqtovon (Ranunculus) avlodidir. Bu avlod 600 turga ega. Bular orasida o‘rta mintaqada eng ko‘p uchraydigan-laridan zaxarli ayiqtovon (R.Sceleratus), o‘rmalovchi ayiqtovon (R.repens), o‘yuvchi ayiqtovon (R.acer) ni aytib o‘tish mumkin. Ayiqtovondoshlar oilasining keng tarqalgan vakillari: О‘rmalovchi ayiqtovon (Ranunculus repens). Kо‘p yillik ildiz poyali, nam joylarda ko‘p uchraydigan о‘t о‘simlik bо‘lib, ariq va soy bо‘ylarida о‘sadi. Poyasi yer bag‘irlab yoki yerdan kо‘tarilib turadi. Barglari bandli, 1-2 marta 3 bо‘lak qismlarga bо‘lingan. Gullari tо‘gri, ikki jinsli, qо‘shgulqo‘rg‘onli. Kosacha bargi 5 ta, tojibargi 5 ta, oltin sariq rangli, doira bо‘lib joylashgan. Har qaysi tojibargning ostida shiradon chuqurchalari bor. Changchi va Urug‘chilari cheksiz. Tugunchasi ustki. Mevasi bir urug‘li yong‘oqchalardan iborat tо‘p meva. Isfarak (Delphinium). Bu turkumga bir yillik va ikki yilik о‘simliklar kiradi. Gullari zigomorf. Gul qо‘rg‘oni oddiy, gulkosachasimon, changchi va urig‘chilari cheksiz. О‘zbekistonda uning Delphinium semibarbatum turi, tog‘ oldi zonalarida tarqalgan. Ilonchо‘p (Slimatus orientalis), Sedana (Nigella sativa), Suv yig‘ar (Aqvilegia tiyanshanica) kabi turlari uchraydi. O‘zbekistonda isfakning Delphinium semibarbatum, D barbatum deb nomlanuvchi turlari tog‘ va tog‘ oldi zonalarida keng tarqalgan. Bu o‘simlikni xalqimiz qadimdan qimmatbaho rang beradigan buyosbon o‘simlik sifatida biladi. Akonit avlodi-(Aconitum). Bu avlod vakillari ildizlari tuganaksimon, bo‘rtgan, poyasi tik chiqqan, barglari panjasimon qirqilgan yirik gulli o‘t o‘simliklar bo‘lib, ularning gullari noto‘g‘ri, ko‘k, binafsha, sariq ba’zan oq ranglidir. Gulqo‘rg‘oni tojsimon. Mevasi ko‘p urug‘li, bargsimon bo‘ladi. Akonitning barcha turlarida akonitin alkaloidi bor.Tanasining barcha qismi zaharlidir. Ko‘pincha dorivor va dekorativ o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Dori bo‘ladigan o‘simliklar orasida bahor suvur o‘ti (Adonis vernalis) hammadan ko‘proq ishlatiladi. Bularning yer ustki qismidan yurak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan adonizit va adonin brom nomli preparat tayyorlanadi. Pionlar, isparaklar manzarali o‘simliklar sifatida ekib o‘stiriladi. Parpi - Aconitum turkumning 160 turi yer yuzining Shimoliy yarim sharlarida, ayniksa togli viloyatlarda tarqalgan. Xamdustlik mamlakatlarida 50 turi, shu jumladan O‘rta Osiyoda uning 12 turi tog‘ zonasining butazor, daraxtzor va archazorlarda, daraxt va butalarning soyasida mayin va shag‘al aralash tuproqlarda o‘sadi. U ko‘p yillik ildiz poyali o‘t o‘simlik. Bo‘yi 60-150 sm. Barglari barmoqsimon qirqilgan. Gullari monosimmetrik tuzilishli bo‘lib, shingil shaklidagi gul to‘plamlarida joylashgan. Gulning formulasi Ca5Co8A∞G3. Mevasi 3-5 bargdan shakllangan. Iyul, avgust oylarida gullab uruglaydi. Tarkibida alkolloidlar bor dorivor o‘simlik sifatida ishlatiladi. Sug‘ur о‘t (Adonis). Bu turkum vakillaridan О‘zbekistonda Turkiston sug‘ur о‘ti (A.Chrysociatus) Zarafshon, Oloy, Turkiston tog‘ tizmalarining mayin tuproqli yonbag‘irlarida tarqalgan. Gullari yirik, sariq gulli, о‘ziga hos badbо‘y xid tarqatadi. Tabobatda dori olish uchun ishlatiladi. Tarkibida adonizin alkaloidi uchraydi. Zirkdoshlar oilasi – Berberidiaceae. Bu oilaning 12 ta turkumi, 600 ta turi yer Yuzining turli iqlim sharoitlarida tarqalgan. Oila vakillari asosan о‘rta iqlimli mintaqada uchraydi. Ular ko‘p yillik о‘t va buta о‘simlik. Barglari oddiy yoki murakkab. Tо‘pgulli sochoq. Guli siklik tuzilishli, gul qо‘rg‘oni oddiy, aktinomorf, yakka holda yoki gul tо‘plamidan iborat, ikki uyli entomofil. Gullari ikki jinsli. Gul qurg‘oni 2-4 doira bо‘lib joylashgan, ba’zan gul qo‘rg‘onsiz. Gul formulasi: * ♀♂ P4+9 A3+3 G(2-3) Mevasi rezavor meva, kusak yoki yong‘oqsimon. Kо‘pchilik turlari uchun berberin alkaloidi xarakterli. Oilaning О‘zbekistonda zirk, yersovun deb ataluvchi turkumlari uchraydi. Zirkning О‘rta Osiyoda qora zirk (Berberis oblongo), Oddiy zirk (B. Vulgaris), qizil zirk (B. Integrima) kabi turlari tarqalgan. Ulardan meditsinada dorivor о‘simlik sifatida foydalaniladi. Zirk (Berberis) turkumi. Bu turkumning 200 ga yaqin turi asosan Amerika va О‘rta yer dengizi floristik viloyatida keng tarqalgan. О‘rta Osiyoda zirkning 7 turi tabiiy holda tarqalgan bо‘lib, uning ayniqsa qora va qizil zirk deb ataladigan turlari tof va tof oldi zonalarining mayin tuproqli va shayaal aralash yonbayairlarida о‘sadi. Oilaning xarakterli vakili Berberis vulgaris. Ularning aksariyat qis-mi buta о‘simlik bо‘lib, barglarning bir qismi tikanga aylangan. Gullari shingil, shoda shaklidagi tо‘pgul, sariq rangli. Zirk chang iplarining harakati kishi e’tiborini о‘ziga jalb qiladi. Unga beixtiyor tegib ketishingiz bilan ular egiladi va tuguncha tumshuqchasiga ohis-ta tegib gulning changlanishi sodir bо‘ladi. Mevasi rezavor, tо‘q qizil, jigarrang yoki qizg‘ish tusda. Zirkning mevasi oziq-ovqat sifatida, bо‘yoqbop va oshlovchi о‘simlik sifatida ishlatiladi. 2. Kо‘knorinamolar – Papaverales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabilaga asosan о‘t о‘simliklar kiradi. Barglari oddiy, ketma- ket joylashgan. Gullari yakka yoki sochoq tupgulli, aktinomorf yoki zigotomorf. Hozirgi vaqtda qabila 3 ta oiladan tashkil topgan. Bularga – Kо‘knordoshlar, Xipekoumdoshlar, Shotoradoshlar kiradi. Kо‘knordoshlar oilasi – Papaveraceae. Oilaning 30 ga yaqin turkumi, 600 dan ortiq turi Sharqiy Osiyoda, Janubiy va Shimoliy Amerikada, О‘rta yer dengizi atroflarida tarqalgan. О‘zbekistonda oilaning 6 turi uchraydi. Ular bir yillik va kо‘p yillik о‘t о‘simliklar. Tropik mintaqalarda daraxt va buta shakldagilari ham tarqalgan. Oila vakillari tanasida sutga о‘xshash suyuq moddaning bо‘lishi bilan xarakatlanadi. Barglari kо‘pincha patsimon qirqilgan, ketma-ket joylashgan. Gullari tо‘g‘ri, ba’zan notо‘g‘ri, kosacha barglari 2 ta tezda tushib ketadi, gultojibargi 4 ta, changchisi 2-4 yoki cheksiz, urug‘chisi 2 ta yoki bir nechta mevabargli, tugunchasi ustki, mevasi kо‘sakcha yoki yong‘okcha. Oilaning gul formulasi: * ♀♂ Ca2 Co4A2-4, ~G(2),( ~) Oila vakillari: Kо‘knori (Papaver somniferum). Bir yillik о‘t о‘simlik. Bо‘yi 1 m gacha yetib boradi. Bu о‘simlik oqimtir sut shirasiga boy. Sut shirasi tarkibida meditsinada muhim ahamiyatga ega bо‘lgan, morfin, kodein, papaveringa о‘xshash 20 dan ortiq alkaloidlar uchraydi. Uning urug‘ tarkibidan 50 % gacha yog‘ olinadi. Uning gullari yirik ko‘pincha binafsha, pushti va oqish rangli, ko‘sakchasi yirik, boshchasimon va silliq, tarkibida 26 xil alkaloid saqlaydi, urug‘lari mayda, ko‘p va seryog‘ bo‘ladi. Ba’zan otaliklarining bir qismi metamorfozalanishi sababli gulbarglari to‘rttadan oshiq bo‘ladi, otaliklari bir talay, ular ham doira doira bo‘lib turadi. Onaligi 8-12 meva bargchadan tuzilgan bo‘lib, kattakon tugunchasi va chetlari go‘yo shu’laga o‘xshab, parrak-parrak bo‘lib turadigan disksimon tumshuqchasi bor. Ko‘sakchasi ko‘kligida ko‘ndalangiga tilinganda chiqqan oqimtir sut shira havoda qo‘shilib qolib qo‘ng‘ir tus oladi. Shu modda "opiy" yoki "chakida" deb ataladi. Shu tarzda olinib ko‘paytirilgan opiylar farmatsevtika sanoatiga jo‘natiladi. U yerda meditsinada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan morfin, kodein, papaverin singari alkaloidlar olinadi. Ko‘knorining mayda - mayda bo‘ladigan urug‘larida 40% dan ortiq, goho 50 % moy bo‘ladi. Ko‘knori moyi mazali va hadeganda ochilmaydigan bo‘lganligidan juda yaxshi masalliq hisoblanadi. Ko‘knori moyi qizitmasdan preslash yo‘li bilan olinadi. Lolaqizg‘aldoq yoki qizilgulli kо‘knori (P.pavoninum). Bir yillik о‘simlik. Poyasi, barglari va mevasi tuklar bilan qoplangan. Guli qizil rangda, apreldan boshlab chamandek ochiladigan va keng tarqalgan o‘simlik. Mevasi kо‘sakcha dumaloq. Tog‘ va adirlarda, vohalarda, bog va ekinzorlarda uchraydi. Sharq ko‘knorisi (P.orientalis). Bu bo‘yi 1 mga yetadigan tukli, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Tojbarglari yirik, uzunligi 9sm to‘q qizil rangli, tag tomoniga yaqinlashgan sari qora dog‘li bo‘la boradi. Manzarali o‘simlik sifatida ekiladi. Qizg‘aldoq (Roemeria refracta). Bir yillik о‘simlik. Voha va adirlarda, bog‘ va yо‘l yoqalarida uchraydi. Bu barglari, odatda ikki karra patsimon, chuqur qirqilgan kichikroq, bir yillik o‘t o‘simlikdir. Qizg‘aldoq (R.refracta). Qizil gulli ko‘knordan qizil tojibargning ostida qora dog‘i bo‘lishi va mevasining dukkaka o‘xshashligi bilan farq qiladi. О‘rmon qora (Glacium fimbrilligerum) ikki yillik о‘simlik. Bо‘yi 25-60 sm, gultojibargi och sariq. Mevasi kо‘sakcha. Tog‘li zonalar, mayda shag‘al toshli yonbag‘irlarda uchradi. Ahamiyati: Bu oilaga mansub о‘simliklarda alkaloidlar kо‘p bо‘lganligidan, ularni talay turlari zaxarli hisoblanadi. Kо‘knorining opiy beradigan navidan morfin, kodein, papaverin olinganligi uchun, ulardan meditsinada dori sifatida foydalaniladi. Bulardan tashqari gultojibarglaridan oziq - ovqat sanoatida ishlatsa bо‘ladigan bо‘yoq olinadi. Ayrim turlari manzarali о‘simlik sifatida ekib о‘stiriladi. Yog‘ beradigan navining urug‘ida 48% gacha yog‘ bo‘ladi. Urug‘i yog‘ olishdan tashqari konditer sanoatida ham ishlatiladi. Chunki uning tarkibida alkaloid bo‘lmaydi. Lolaqizg‘aldoq konditer sanoatida ishlatish uchun bo‘yog‘i olinadi. Chinnigulkabilar – Caryophyllidae sinfchasiga umumiy tavsif Bu sinfchaga mansub usimliklarning ginitseyi apokarp, lekin ba’zi rivojlangan vakillarida esa tsenokarp tipda buladi. eng muxim belgisi murtak urug chetida egilan yoki yoysimon bо‘lib joylashgan. Bunday о‘simliklarda kо‘pincha ozuqa moda sifatida perisperm bо‘ladi. Hayotiy shakli о‘t о‘simliklar, ba’zan daraxtlari ham uchraydi. Ajdodchaning kuyidagi kabilalari bilan tanishamiz 1.Chinnigulnomalar – Caryophyllales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabila bir nechta oilalardan tashkil topgan. Ulardan ayrimlariga tо‘xtab о‘tamiz. Chinniguldoshlar oilasi – Caryophyllaceae. Bu oilaning 80 turkumi, 2000 ta turi bо‘lib ular yer sharining deyarli hamma qismida, kо‘proq Shimoliy yarim sharning о‘rta-mо‘tadil iqlim mintaqalarida tarqalgan. О‘zbekiston florasida 24 turkum 130 turi uchraydi. Oila vakillari bir yoki kо‘p yillik о‘t, ba’zan chalabuta. Barglari oddiy lansetsimon yoki chо‘ziq poyaga qarama - qarshi joylashgan. Gullari kо‘pincha dixazial tо‘p gul hosil qiladi, ba’zan yakka-yakka xolda bо‘ladi. Gullari ikki yoki bir jinsli besh a’zoli, kosacha barglari erkin yoki birikib о‘sgan, gultoj barglari erkin rivojlangan, changchilari 5-10 ta, urug‘chisi 1-4 yoki 5 ta meva bargchaning birikib о‘sishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi ko‘sakcha yoki yong‘oqcha, ba’zan quruq rezavor-meva bo‘ladi. Urug‘lari perspermli. Ko‘sakchasi uchidagi tishchalaridan ochiladi. Vegetativ organlarida xususan yer ostki qismida saponinlarning bo‘lishi bu oila vakillari uchun xarakterli xususiyatidir. Oilaning umumiy gul formulasi: * ♀♂ Ca5CO5A5,10 G(1-5) Chinniguldoshlar oilasi kosacha barglarining erkin yoki qo‘shilib o‘sganligiga qarab 2 oilaga bo‘linadi. 1. Yulduzo‘tdoshchalar oilachasi - Alsinoideae. Bu oilaga mensimas yulduzo‘t (S.Neglecta), xolosteum (Holosteum) lar kiradi. Bu oila vakillarning kosachabarglari erkin, mevasi ko‘sakcha yoki yong‘oqcha bo‘ladi. Ular bir yillik va ko‘p yillik mezofit o‘simliklaridir. 2. Bo‘ritikandoshchalar oilachasi - Silenoideae. Bu oilacha vakillari kosachabarglari qo‘shilib o‘sgan, tojbarglari bandli, ko‘pincha tojbarg bandining plastinkaga o‘tayotgan yerida tangachalardan iborat qo‘shimcha gultoji bo‘ladi. Bu oilaga chinnigul (Dianthus), bo‘ritikan (Acanthophyllum), geixofilla (Hypsophila) kabilar kiradi. Chinnigul avlodi - (Dianthus). Bu ko‘p yillik o‘tlar, ba’zan chalabutalardir. Gullari 1 tadan yoki soyabonsimon, dixaziy tipdagi to‘pgulda joylashgan. Kosachasi naychasimon, 5 tishli.Tojbarglari 5 ta, uzunbandli, rangi xar xil, uchi tishli yoki uqali. Otaligi 10 ta. Onaligi ikki meva bargli. Mevasi ko‘p urug‘li ko‘sakchadir. O‘zbekistonda 10 turi yovvoyi holda o‘sadi. Xonadonlarda va gulzorlarda ham o‘stiriladi. Vatani Xitoy, bir yillik o‘simlik, xitoy chiniguli (D.Chinensis) hamda O‘rta va G‘arbiy yuvropadan keltirilgan ko‘p yillik turkiya chinniguli (D.Barbatus) va gollandiya chinniguli (D.Coryorhylus) keng miqyosda ekiladi. Chinniguldoshlar oilasining hududimizda uchraydigan ayrim vakillari quyidagilar: 1) Mensimas Yulduzо‘t (Stellaria neglecta). Bu о‘simlik bir yillik о‘t, bog‘ va ekinzorlarda va yо‘l yoqalarida uchraydi. 2) Angren chinniguli (Dianthus angrenicus). Kо‘p yilik tog‘ zonasida uchraydi. 3) Ugam chinniguli (D. ugamicus). Kо‘p yillik о‘t. Adir va tog‘ zonasida uchraydi . 4) Zо‘rcha (Silene), Bex, yetmak ( Acanthophyllum) va boshqalar. 5) ekiladigan turlaridan: Xitoy chinniguli (D.chinensis), Turkiya chinniguli (D.barbatus), Golandiya chinniguli (D.caryophyllus) . Chinnigulodshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli saponinlar yoki glikozid saponinlarning bo‘lishi bu oilaning asosiy xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun ham ular oziq – ovqat sanoatida (nisholda) va texnikada ishlatidadi. Bunday saponinlar yetmak, gipsofila ildizlarida ko‘p to‘planadi. Bir necha turlari dekorativ o‘simlik sifatida ekiladi. Shu maqsadda chinnigulning 70 turi o‘stiriladi. Yetmak texnik o‘simlik sifatida O‘zbekistonda ekila boshlandi. Bular orasida ham mollar uchun yaxshi oziq bo‘ladigan turlar uchramaydi. Ammo dori bo‘ladigan bir necha vakillari bor. Mas. grijnik-samincho‘p. Shо‘radoshlar oilasi - Chenopodiaceae. Bu oila 1500 turni, 100 ta turkumga birlashtiradi, shundan O‘zbekistonda 43 avlod va 180 turi o‘sadi. Ular Arktikadn tashqari deyarli hammma yerda uchraydi. Bu oila vakillariga bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlar, chala butalar, ba’zan, buta va kichik-kichik daraxtlar kiradi. Kо‘pchilik vakillari qurg‘oqchilikka (kserofil) chidamli о‘simliklar bо‘lgani uchun chо‘l-saxro hududlarida kо‘proq tarqalgan. Bular orasida gipsofil, galofil (shо‘rlikka chidamli) vakillari ham bor. Shо‘radoshlar vakillarining tanasi kо‘pincha tuksiz yoki har-xil oq g‘uborli tuklar bilan qoplangan. Barglari oddiy ketma-ket joylashgan. Gullari ikki jinsli, ba’zi vakillarida (olabutalarda) ayrim jinsli, gulqо‘rg‘oni oddiy. Kosachasimon, gul qismlari 5 a’zoli, changchilari 5 ta, urug‘chisi 2-5 ta meva bargchalarining qushilishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ustki. Oilaning gul formulasi: * ♀♂P5 A5 G(2-5) Mevasi yong‘oqcha, kо‘sakcha yoki rezavor meva. Oilaning vakilarining eng kо‘p tarqalgan joylari О‘rta Osiyo chо‘llari (Qizilqum, Qoraqum), Xitoy (Gobi), Shimoliy Afrikadagi Saxroi Kabir (Saxara chо‘li) hisoblanadi. Oila vakillari: 1. Oq shо‘ra (Chenopodium album). Bir yillik о‘t. Bо‘yi 10-100 sm. Barglari bandli, ikkala tomoni kо‘l rang g‘uborli. Bog‘ va ekinzorlarda, yо‘l yoqalarida о‘sadi. 2. Turkiston ismalog‘i (Spinacia turkestanica). Bir yillik, ikki uyli о‘simlik. Bо‘yi 10-60 sm . Gullab bо‘lgach, 4-6 ta urugli gullar uzaro birlashib, tikansimon tо‘p meva hosil qiladi. ekinlar orasida о‘suvchi begona о‘t. 3. Tatar olabutasi, eshakshо‘ra (Atriplex tatarica). Bir yillik о‘t. Bо‘yi 10-100 sm. Tanasi bir oz kо‘kish rang gubor bilan qoplangan. Ariq, kanallar bо‘yi, ekinlar atrofida о‘sadi. 4. Itsigek (Anabasis aphylla). Chala buta о‘simlik. Zaharli, tarkibida anabazin, alkaloidi bor. Bu alkaloidan qishloq xо‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashish uchun preparat tayyorlashda ishlatiladi. 5. Koxiya, izen (Kochia prostrata). Chala buta. Buyi 10-75 sm. CHо‘l, adir va togzonalarida, shо‘rxok yerlarda uchraydi. Yana bir turi Supirgi izen (K.scoparia), bir yillik о‘t. Bо‘yi 30-140 sm. Bо‘sh yotgan joylarda, bog‘larda, yо‘l yoqasida va ekinzorlar chetida о‘sadi. Undan supurgi sifatida foydalaniladi. 6. Oq saksavul (Haloxylon persicum). Bu о‘simlik qumliklarda о‘sadi. Qora saksavul (H. aphyllum) qumli, shurxok, hamda yer osti suv yakin bulgan joylarda о‘sadi. 7. Ekiladigan turlaridan: Oddiy lavlagi (Beta vulgaris) Ikki yillik о‘simlik. Ildiz mevsining tarkibida 22 % qand moddasi bо‘lib shakar olish uchun oziq-ovqat sanoatda foydalaniladi. Lavlagi avlodi (Beta). Bu avlod vakillari bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ularning 10 turi ma’lum bo‘lib, Kavkazda, Eronda, O‘rta Dengiz bo‘ylarida yovvoyi xolda o‘sadi. Oddiy lavlagi-(B.rsulgaris). Bu ikki yilik o‘simlik bo‘lib, birinchi yili urug‘dan uzun bandli, yirik qizilroq rangli to‘pbarglar va oziq moddalarga boy yo‘g‘onlashgan"ildimeva" xosil qiladi. Ikkinchi yili sershox, bir oz uzun,uchlari to‘pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. Sharsimon to‘pgulda, ikki jinsli 5 ta gulqo‘rg‘on bargli 1-8 ta gullari bo‘ladi. Changisi 5 ta bo‘lib, gulqo‘rg‘on barglarning qarshisida joylashgan, urug‘chisi 3 meva bargli, tugunchasi chala ostki bo‘lib uyali. Mevasi gulqo‘rg‘on barglari bilan qo‘shilib o‘sgan yong‘oqchadir. Lavlagining mevasi botanika nuqtai nazaridan qaraganda noto‘g‘ri bo‘lsa ham aholi o‘rtasida urug‘ deb yuritiladi. Ekiladigan lavlagi navlari ko‘p bo‘lib ular 4 xilga bo‘linadi. 1. Qand lavlagi-ildizmevasi cho‘zinchoq noksimon yoki cho‘ziq bo‘ladi tarkibida 22 foizgacha qand bo‘ladi. 2. Xashaki lavlagi-ildizmevasi ancha yirik,lekin tarkibida qand oz bo‘ladi. 3. Osh lavlagi yoki sabzavot lavlagi. 4. Barg lavlagi yoki mongold, uning qalin sershira bargi bo‘lib, u ovqatga ishlatiladi. Sho‘ra avlodi - (Chenopodium). Bu avlod vakillari bir yillik, ikki yilik va ko‘p yillik buta o‘simliklaridir. Oq sho‘ra (Ch.album). Bir yillik, sershox, barglari bandli 2 tomonidan unli g‘uborlar bilan qoplangan o‘simlikdir. Bu eng ko‘p tarqalgan begona o‘tlardan biri bo‘lib, sug‘oriladigan ekinlar orasida o‘sadi. Sassiq sho‘ra - (Ch.vilvaria). O‘ziga xos o‘tkir xid chiqaradigan bir yillik begona o‘tdir. Barglarning 2 tomoni ko‘kimtir, gulqo‘rg‘oni unsimon g‘uborli bo‘ladi. Sug‘oriladigan ekinlar bilan birga, shuningdek, xovlilarda, yalangliklarda uchraydi. Tereksen (Eurotia), izen (K.prostrata), saksovul (Haloxylon) va x.k shu oila vakillaridir. Shirali sho‘ralar sho‘r bosgan tuproqda o‘sadi. Ularda suv saqlovchi to‘qimalar borligidan bu o‘simliklar tuzni juda ko‘p singdiradi. Shirali sho‘ralar tarkibidagi kul moddasi miqdori jihatida boshqa o‘simliklardan ro‘yrost ajralib turadi. Ulardagi quruq modda miqdori o‘simlik og‘irligining 50% ni tashkil qiladi. Masalan; qizil sho‘ra (Salicornia herbacea). Ko‘pchilik sho‘ralarda poyasining tagi yog‘ochlanadigan bo‘ladi. Ular ba’zan aylanasi 70 sm ga boradigan va bundan ham oshadigan katta - katta butalar holida o‘sadigan bo‘lganidan o‘tin o‘rnida ishlatiladi, sahro va yarim sahro rayonlarida iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Ahamiyati: Bu oila vakillarining kо‘pchiligi chо‘l hududlarida о‘sib, chorva mollari, qoraqо‘l qо‘ylari uchun muhim yem – xashak о‘simligi hisoblanadi. Qolaversa ba’zilari oziq – ovqat sifatida ham ishlatiladi. Tereksen (Eurotia), izen (K.prostrata), saksovul (Haloxylon) va x.k shu oila vakillaridir. Shirali sho‘ralar sho‘r bosgan tuproqda o‘sadigan. Ularda suv saqlovchi to‘qimalar borligidan bu o‘simliklar tuzni juda ko‘p singdiradi. Shirali sho‘ralar tarkibidagi kul moddasi miqdori jihatidan boshqa o‘simliklardan ro‘yrost ajralib turadi. Ulardagi quruq modda miqdori o‘simlik og‘irligining 50% ni tashkil qiladi. Masalan; qizil sho‘ra (Salicornia herbacea). Ko‘pchilik sho‘ralarda poyasining tagi yog‘ochlanadigan bo‘ladi. Ular ba’zan aylanasi 70 sm ga boradigan va bundan ham oshadigan katta - katta butalar holida o‘sadigan bo‘lganidan o‘tin o‘rnida ishlatiladi, sahro va yarim sahro rayonlarida iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga egadir. 2. Torongulnamolar - Poligonales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabila faqat Torondoshlar oilasidangina tashkil topgan. Torondoshlar (otquloqdoshlar) oilasi – Polygonaceae. Oilaning 40 ga yaqin turkumi va 800 dan ortiq tur bо‘lib, ular shimoliy yarim shardan boshlab, tropik, subtropik hududlargacha tarqalgan. Arktikada ham uning vakillari uchraydi. Hayotiy shakli о‘t, ba’zan buta va daraxtlari ham mavjud. Daraxtlari tropik о‘lkalarda tarqalgan. Ularning poyasi bo‘g‘imli, barglari oddiy, barg bandi poyani qamrab olib, yonbarglari qo‘shilib o‘sib naychaga aylangan bo‘ladi. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli yoki ayrim jinsli oddiy yoki qo‘sh gulqo‘rg‘onlidir. Gulqo‘rg‘oni bargchalari 3-6 ta. Gultojbargida shiradonlari bor.Gullari aktinomorf, ikki yoki bir jinsli. Onaligi 2-3 mevabargli, 2-3 naychali, tugunchasi ustki, bir urug‘kurtakli. Urug‘kurtagi to‘g‘ri va ikki o‘ramli. Hasharotlar va shamol vositasi bilan changlanadi. Mevasi uch qirrali don meva yoki yong‘oqchadir. Gul formulasi: * ♀♂ P3-6 A5-9 G(2-4) O‘zbekistonda esa 7 avlodi, 150 turi uchraydi. Otquloq, ravoch, juzg‘un, grechixa va shu kabilar mashhur avlodlardir. Muhim vakillari: 1. Jingalak otquloq (Rumex crispus). Kо‘p yillik о‘t. Bо‘yi 100-120 sm. Kо‘l, daryo va ariq bо‘yidagi sernam tuproqlar, sug‘oriladigan ekinlar chetida begona о‘t sifatida о‘sadi. 2. Maksimovich rovochi (Rheum maximowichii). Kо‘p yillik о‘t. Bо‘yi 40-100 sm. Tog‘ yonbag‘irlarida о‘sadi. Ildizi teri oshlashda ishlatiladi. 3. Tomirdori (Poligonum amphibium). Kо‘p yillik ildiz poyali о‘simlik. Ildizpoyasida dubil moddalari bо‘ladi. Meditsinada undan dori olinadi. 4. Qush tili (Poligonum aviculare). Bir yillik о‘t. Bо‘yi 10-50 sm. Ariq va yо‘llar yoqasi, ekinlar orasida о‘sadigan begona о‘t. CHо‘l, adir, tog‘ zonalarida tarqalgan. Meditsinada qon tо‘xtatuvchi dori olinadi. Buyraklarda tuz, toshlarni eritishda ham ishlatiladi. 5. Shiviqsimon tuyasingren (Atraphaxis vigrata). Buta yoki butacha. Tog‘ yonbag‘irlarida va quruq о‘zanlarda о‘sadi. 6. Juzg‘un (Calligonum). Chо‘llarda о‘suvchi buta yoki daraxt о‘simlik. Grechixa avlodi (Fagapyrum). Bu avlodning vakillari bir yillik, ko‘p yillik o‘simlikladir. Ularning otaligi 8 ta, onaligi 3 meva bargli va 3 tumshuqli, mevasi 3 qirrali yong‘oqcha bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni 3 a’zoli ikki doiradan, androtseyi ham uch a’zoli ikki doiradan joy olgan, genitseyi uch a’zoli senokarp genitsey holida bo‘lgan trimer gulni asosiy gul tipi deb hisoblansa bo‘ladi. Tashqi doiradagi otaliklar ajraladigan bu oilaning ba’zi vakillarida otaliklarning soni 9 tacha bo‘ladi va bundan ham oshadi. Rovoch (Rheeum). Grechixalarda faqat ikki otalik ajraladi, shunda guldagi otaliklar atigi 8 ta bo‘lib qoladi, shu bilan birga, ichki gulqo‘rg‘on doirasining bir bargi yo‘qolib, gulqo‘rg‘on doirasining bir bargi yo‘qolib, gulqo‘rg‘on besh a’zoli bo‘lib qoladi. Ekiladigan grechixa (F.Sagitatum). Bu poyasi qizil rangli shoxlangan bir yillik o‘t o‘simlikdir. Uning to‘pgullari barg qo‘ltig‘idan chiqqan. Gulllari ikki jinslidir. 3 ta uzun va 2 ta qisqa naychadidir, otaligi 8 ta bo‘ladi. Mevasi 3 qirrali, silliq yong‘oqchadir. Urug‘i kraxmalli,doni uchun ekiladi va yaxshi asal beruvchi o‘simliklardan hisoblanadi. Tatar grechixasi - (F.tataricum) - begona o‘t sifatida uchraydi. Otquloqdoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oilaning vakillari yer sharining hamma qismida tarqalgan. Barglarida va yosh poyalarida oksalat kislota kalsiyli tuzining yer osti qismida esa dubil moddalarning bo‘lishi bu oila vakillaring xarakterli xususiyatlaridan biridir. Glikozidlardan rutin va boshqalar bor. Masalan: ovqatga ishlatiladigan, don beradigan o‘simlik sifatida grechixa, sabzavot o‘simligi sifatida tovul (Rumex acetosa), rovoch (Rheum) va boshqalar. Dubil modda beruvchi o‘simlik sifatida toron ekilmoqda. Ko‘chma qumlarni mustaxkamlash maqsadida juzg‘un ekiladi. Suv qalampiri meditsinada ishlatiladi. Kо‘pchiligi dorivor о‘simlik hisoblanadi, tarkibida askorbin kislota, hayot uchun zarur vitaminlar va tanid (oshlovchi ) moddalari uchraydi. 12 – mavzu. Chinorkabilar va dilleniyakabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja: 1. Chinornamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 2. Qayinnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 3. Emannamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 4. Yong‘oqnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 5. Tolnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 6. Kovulnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 7. Qovoqnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 8. Gulxayrinamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 9. Gazandanamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 10. Dalachoynamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar: chinordoshlar, qayindoshlar, emandoshlar, yong‘oqdoshlar, toldoshlar, kovuldoshlar, karamdoshlar, qovoqdoshlar, gulxayridoshlar, gazandadoshlar, tutdoshlar, nashadoshlar, dalachoydoshlar, sutlamadoshlar, sinfcha, oila, turkum, tur, gultoji barg, gulkosacha bargi, gipantiy, changchi, pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, danakli meva, yoyma, to‘pmeva, rezavor-meva, dorivor, manzarali, asal beruvchi. Chinorkabilar – Hamamelididae sinfchasiga umumiy tavsif Bu sinfchaga asosan daraxt va buta kamdan-kam hollarda chala buta о‘simliklari kiradi. Barglari oddiy, ketma – ket, ba’zan qarama – qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli. Gul qо‘rg‘oni oddiy yoki gulqо‘rg‘onsiz. Ginitseyi apokarp yoki sinkarp tipda. Ajdodcha hozirgi vaqtda 17 ta qabilani о‘z ichiga oladi. Shulardan ayrim qabilalarning oila vakillari haqida tо‘xtalib о‘tamiz. 1. Chinornamolar qabilasi - Hamamelidales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Qabila 4 ta oilani (Hamamelidaceae, Rhodoleiaceae, Altingiaceae, Platanaceae) birlashtiradi. Chinordoshlar oilasi – Platanaceae. Bu oila vakillari baland bо‘yli 25 -50 m. ga yetadigan daraxt о‘simliklar. Ularning tanasi kо‘kimtir kо‘k rangda bо‘lib, pо‘stlog‘i ajralib tushib ketadi. Barglari ketma–ket joylashgan, oddiy, panjasimon tuzilishga ega. Guli yumaloq sharsimon tо‘pguldan iborat, bir jinsli, bir uyli, gulkurg‘oni bor yо‘qligi haqida har hil fikrlar bor. Ayrim mutaxassislar kosacha va tojbarga ega deb hisoblaydi. Oilaning gul formulasi: *♀♂Sa3-4(5),So3-5,A3-8, ♀P4G(1-2) Urug‘chi gullarda kо‘pincha gultajibarg ishtirok etmaydi. Urug‘chilar soni 3-8 tagacha. Har bir urug‘chi 1 yoki 2 meva bargchaning qushilishdan hosil bо‘lgan. Gullari shamol yordamida changlanadi. Mevasi yong‘oqcha. Oilaning bitta turkumi Chinor (Platan) bо‘lib, uning 10 turi ma’lum. Ular Shimoliy Amerika, О‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari bо‘ylab, to Ximolay tog‘larigacha bо‘lgan joylarda uchraydi. О‘rta Osiyo sharoitida sharq chinori (P.orientalis) keng tarqalgan. Bu chinor turi kо‘p yil yashaydigan daraxt, 2300 yil yashashi mumkin. Chinorning ikkinchi turi g‘arb chinori (P.accidentales). Bu turi О‘rta Osiyo respublikalarining Janubiy kismlarida uchraydi. U sharq chinoridan bargining 3 bо‘lakka bо‘linganligi bilan farq qiladi. Ahamiyati: Chinorning har ikkala turi ham yogochining pishiqligidan mebellar tayyorlashda va manzarali о‘simlik sifatida foydalaniladi. 2. Qayinnamolar qabilasi – Betulales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabila faqat qayindoshlar (Betulaceae) oilasidan tashkil topgan. Uning hozirgi vaqtda 6 ta turkum, 150 ga yaqin turi ma’lum. Ular Shimoliy yarim sharning mо‘tadil va sovuq iqlimli zonalarida tarqalgan. Oila vakkillarini barglari oddiy, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari bir uyli, ba’zan ikki uyli daraxt va buta о‘simliklardir. Oilaning xarakterli belgisi erkak va onalik gullarining kuchalasimon dixazial tо‘pgul hosil qilishidir. Bularning gulqо‘rg‘oni yо‘q, bо‘lgan taqdirda qariyb qо‘shilib о‘sgan bargchalardan iborat. Otaligi 2-12 ta bо‘lib, gulqо‘rg‘on bargchalari qarshisida joylashadi. Urg‘ochi guli 2ta meva bargchadan iborat. Tugunchasi ostki. Mevasi bir urug‘li yong‘oq yoki yong‘oqcha, qanotli meva. Gul formulasi: *♀♂P2A2-12G0, *♀P0 A0 G(2)- Oilaning keng tarqalgan turkumi qayin (Betula) hisoblanadi. Uning xozirgi vaqtda 65 ta turi ma’lum. Ulardan О‘rta Osiyo sharoitida 2ta turi, oq qayin (B. pendula) va Tiyonshon qayini (B. tianschanica) uchraydi. Har ikkala turi Tiyon-Shon va Polir Olay tog‘ tizmalarida tarqalgan. Ahamiyati: Oila vakillarining pо‘stloqlarida oshlovchi va bо‘yoq moddaldari bor. Bulardan tashqari pо‘stlog‘ida yana qayin komforasi, betulin va efir moy bо‘ladi. Tanasining baxordagi shirasi tarkibida kand moddasi xam uchraydi. Kayin, ol’xa, grab kabilar manzarali о‘simlik sifatida bog‘ va parklarda ekiladi. 3. Emannomalar - Fagales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabilaning ham yagona oilasi Emandoshlar (Fagaceae) hisoblanadi. Oilaning yangi ma’lumotlar bо‘yicha hozirgi vaqtda 8ta turkum va 900 ga yaqin turi er sharining mо‘tadil va subtropik iklimli zonalarida tarqalgan. Belgilari bо‘yicha qayindoshlarga о‘xshab ketadi. Gul formulasi : *♀♂P(5-9)A6-12G0, *♀P3Q3 A0G(3) Oila vakillari : 1) Sharq qoraqayini (Fagus orientalis), qrim va Kavkazda tarqalgan. 2) Eman (Quercus). Bu turkumni 200 dan ortiq turi uchraydi. Bular Shimoliy mintaqalarda, Yevropa va Amerikada kо‘proq tarqalgan. Kizil eman (Q. robur) bizning sharoitimizda manzarali о‘simlik sifatida shaxar kо‘chalari va xiyobonlarida о‘stiriladi. 3) Kashtan (Castanea sativa). Kashtanning bu turi Kavkazda mevasi uchun ekiladi. 4. Yong‘oqnamolar - Juglandales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabila faqat yong‘oqdoshlar (Juglandaceae) oilasidan iborat bо‘lib, 7ta turkum, 60 ga yaqin turga ega. Ularning xayotiy shakli daraxt, qamdan kam xollarda buta. Osiyoning tropik xududlaridan boshlab, shimoliy Amerikagacha tarqalgan. Bir uyli ayrim jinsli о‘simlik. Barglari yirik, yonbargsiz, patsimon murakkab, bezli tukchalari xidli efir moylarini tarqatadi. Oilaning keng tarqalgan turlaridan chin yong‘oq (J. regia). Bu о‘simlik о‘rta Osiyoning tog‘li zonalarida yong‘oqzor-о‘rmonlarni hosil qiladi. Bо‘yi 40-50 metrga yetib boradi. Changchi gullari, о‘tgan yilgi novdaning tushib ketgan barg qо‘ltig‘idan chiqib kuchala tarzida osilib turadi. Changchilar soni 8-40 tagacha. Urugchisi 1 ta yoki bir nechta. Xar qaysi urug‘chi gulini 2 ta yonbargi va 4 ta bargchalari bilan qushilib о‘sib mevaning pо‘stlog‘ini hosil qiladi. Urug‘chi 2ta meva bargchaning qushilishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ostki. Mevasi yong‘oqyoki, danakli soxta meva. Gul formulasi: *♀♂ P2,4 A8-40 G0; *♀P4 A0 G(2) Ahamiyati: Yong‘oq mevasi tarkibida 70-75 % yog‘ bor. Magzi muxim dorivor, juda tо‘yimli oziq-ovqat, Yurak ishini mustaxkamlaydi. Meva pо‘stida askorbin kislotalari, yod moddasi bor. Undan tabiiy bо‘yoq sifatida keng foydalaniladi. Dilleniyakabilar - Dilleniidae sinfchasiga umumiy tavsif Bu sinfchaga hayotiy shakli daraxt, buta va о‘t о‘simliklar kiradi. Barglari oddiy, ba’zan murakkab yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari har-xil tipda. Gul qо‘rg‘oni murakkab, ba’zan oddiy. Gultojbarglari erkin yoki bir-biri bilan qо‘shilgan. Ginitseyi apokarp yoki tsenokarp. Tugunchasi ostki yoki ustki. Mevalari har-xil tipda. Bu sinfcha filogenetik nuqtai nazardan, Magnoliyakabilar va Ra’nokabilar ajdodchasi oralig‘ida joylashgan, eng katta guruh hisoblanadi. Uning tarkibiga 31 ta qabila kiradi (Taxtadjyan, 1987). Shulardan muhimlariga tо‘xtalib о‘tamiz. 1. Tolnamolar qabilasi - Salicales Qabilaga faqat toldoshlar (Salicaceae) oilasi mansub bо‘lib, uning uchta turkumi (Salix, Populus, Chosenia) va 400 dan ortiq turi ma’lum. Toldoshlar (Salicaceae) oilasining yer yuzida 400 dan ortiq turi keng tarqalgan. Oila vakillari asosan sovuq va о‘rta iqlimli zonalarda, xususan о‘rmonzorlar, ariq va daryo soxillarida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi daraxt, barglari navbatlashib joylashgan, oddiy, butun, yon bargchali.Guli boshok, kuchala tup gullarda, bir jinsli, ikki uyli, shamol yordamida changlanadi. Changchilari 2,3,5 tadan qisman vakillarida kо‘p, 20 taga qadar. Urug‘chisi bitta, ikki meva bargidan shakllangan. Tugunchasi ustki, bir xonali, kiska ustunchali, tumshuqchasi ikkita. Mevasi kо‘sakcha, ikki pallali. Urug‘i mayda endospermsiz, tukli, unuvuchanlik kobiliyati tez yo‘qoladi. Terak – Populus turkumi. Turkumning 100 dan ortiq turi ma’lum. Shundan 8 turi О‘rta Osiyoda arik va daryo soxillarida о‘sadi. Yopishkok smola chikaruvchi tukli kо‘rtaklari xarakterli. Gul oldi barglari nishli, tojsimon gul qо‘rg‘onli. Shamol yordamida changlanadi. Bu turkumning 100 dan ortiq turi ma’lum. О‘rta Osiyoda oq terak (P.alba), mirza terak (P.nigra), kо‘k terak (P.bacofenii), turanga (P.pruinosa) va boshqalar uchraydi. Gul formulasi: *♀♂PkA2, ~,G0; *♀PkA0G(2) Terak yengil sanoatda va ishlatiladigan buyumlar chiqarish uchun yog‘och sifatida foydalaniladi. Tol - Salix turkumini 300 dan ortiq turi ma’lum, xamdustlik mamlakatlarida 170, shu jumladan О‘rta Osiyoda 34 turi arik va daryo soxillarda о‘sadigan. Daraxt va buta о‘simliklar, kо‘rtak ustida koplovchi tangachasi bitta, gul oldi tangachasi tekis chetli, butun, gullari o‘troq. Gul formulasi: *♀♂P0 A2 G0; *♀P0 A0 G(2) Tol muhim asal beruvchi о‘simlik. Undan savatlar tayyorlashda, mebelsozlikda foydalaniladi. Pо‘stlogi ko‘nchilikda ishlatiladi. O‘zbekistonda oq tol - Salix alba, qora tol - S. excelesa, majnun tol - S.babulonica singari turlari keng tarqalgan. 2. Qovoqnamolar qabilasi - Cucurbitales Qabila tarkibida bitta qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilasi mavjud bо‘lib, uning 90 turkumga mansub 800 dan ortiq turi, ayniqsa tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Ularning aksariyat qismi bir yillik chirmashib, yer bag‘irlab о‘suvchi о‘simlik. Barglarini о‘zgarishi natijasida gajaklar hosil bо‘lgan. Barglari ketma-ket joylashgan, panjasimon. Gullari chetdan changlanadi, bir jinsli, qо‘shgulqо‘rg‘onli, aktinomorf, kosacha va tojbarglari tutash, besh a’zoli, tojbarglari kо‘pincha sariq rangli. Changchilari 5ta, ulardan 4tasi tutashib ikki juft changchi hosil qiladi, beshinchisi erkin. Urug‘chisi bitta, 3ta meva bargchadan shaklangan. Tugunchasi ostki. Mevasi qovoq yoki sersuv rezavor meva. Gul formulasi: *♀♂ Ca(5)Co(5)A(2)+ (2)+1 G0; *♀ Ca(5)Co(5)A0G(3) Oilaning madaniy holda keng tarqalgan turlaridan qovun (Melo orientalis), tarvuz (Sitrullus vulgaris), bodring (Sucumis sativus), oddiy qovoq (Ssurbita pepo), qozon Yuvgich (Luffa sylyndrica), turqovoq(Lagenaria vulgaris) va boshqalar. Ahamiyati: Oila vakillari muxim oziq-ovqat, qand moddalariga (glyukoza, saxaroza), vitaminlarga, askorbin kislotalariga boy. Gullari shakliga qarab qo‘ng‘iroqdoshlar va voronkadoshlar oilachalariga bo‘linadi. Qo‘ng‘iroqdoshlarga tubandagi avlodlar kiradi. Qovoq avlodi (Cucurbita). Bular bir yillik va ko‘p yillik o‘rmalab o‘suvchi o‘simliklardir. Palagi yirik, poyasining ichi bo‘sh bo‘ladi. Gajaklari sershox, guli ayrim jinsli, qo‘ng‘iroqsimon va sariq rangli. Qovoqlar Janubiy Amerikadan kelib chiqqan. Bu turkumni 13 turi bor. Shunda 3 turi ekiladi: Kartoshka qovoq (C.maxima). Meva bandi va palagi silindrsimon. Mevasi juda yirik bo‘lib-og‘irligi 60-80 kg ga yetadi. Bu turning ovqatga ishlatiladigan, yem-xashak va manzarali o‘simlik sifatida ekiladigan navlari bor. Oddiy qovoq (C.pepo). Buning palagi va meva barglari o‘tkir qirrali bo‘ladi. Oddiy qovoqning palak bermay tanasi to‘p bo‘lib o‘sadigan va mevasi cho‘ziq silindrik xili "kabachki", yassi mevali xili patison deb ataladi. Oshqovoq (C.moschata) Pallali o‘tmas silindr, uzun bo‘lib, mevabandi qirrali. Voronkadoshlarga quyidagi avlodlar (turkumlar) kiradi. Qovunlar (Cucumis), bodringlar (Cucumis) tarvuzlar (Citrullus), qozonyuvgichlar (Luffa) va boshqalar. Tarvuz - Citrallus. Poyasi palakli, tana barglari tuklar bilan qoplangan, bir va ko‘p yillik. Barglari ikki qayta patsimon qirqilgan. Gajaklari 2-3 bo‘lakchali. Gullari 2 jinsli, mayda, sarg‘ish. Mevasi ko‘p urug‘li, sersuv, soxta meva. Unga 7 tur kiradi. Afrika va Osiyoning cho‘l va chala cho‘llarida tarqalgan. Ayrim turlari Afg‘oniston va Hindistonda yovvoyi holda o‘sadi. Tarvuz avlodining 2 turi ekib o‘stiriladi. Yeyiladigan tarvuz - C.lanatus. Vatani Kalaxalari saxrosi bo‘lib, O‘rta Osiyoda ko‘p ekiladi. Xashaki tarvuz - C.vulgaris. Poyasi yo‘g‘on bir yillik gullari va mevalari yirik, o‘t o‘simlik. Eti qattiq, mazasi bir oz taxir. Quruq yerlarda o‘sishga moslashgan, hashaki tarvuz yem-xashak sifatida o‘stiriladi. Qovun - Melo. Mazkur avlod vakillari bir yillik, palakli o‘simlik. Gajaklari oddiy. Gullari bir va ikki jinsli. Poyasi dag‘al va bargi dag‘al tuklar bilan qoplangan. Urug‘chi guli changchi guliga nisbatan yirik. Mevasi yirik, seret, xushbo‘y, suvli, shirin. Bu avlod 10 tur mansub bo‘lib, ularning turli navlari o‘stiriladi. Qovunlar Osiyoning tropik va subtropik mamlakatlarida tarqalgan. Bordring – Cucumisyu. Bular yer bag‘irlab o‘suvchi palakli o‘simlik. Barglari yuraksimon, besh bo‘lakli, o‘tkir burchakli. Gullari ayrim jinsli. Changchi gullari shingil, urug‘chilari esa yakka - yakka joylashgan. Gullari barg qo‘ltig‘ida hosil bo‘ladi. Gajagi oddiy, mevasi cho‘ziq, uch uyali. Bu avlodi 30 tur kiradi. Afrika va Osiyoning issiq mamlakatlarida tarqalgan. Ekiladigan bodringning (C. sativus) yovvoyilari noma’lum. Vatani quyi Hindiston va Hindixitoy, navlari ko‘p, mevasi yangiligida yeyiladi. Qozonyuvgich - Luffa. Mazkur avlod vakillari bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasidagi gajaklari bilan ilashib o‘suvchi gullari sariq, oq rangli. Mevasi cho‘ziq, uch uyali, quruq meva. Qozonyuvgichlarning 7 turi ma’lum, 2 turi mochalka sifatida o‘stiriladi. Xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning ko‘pchiligi oziq-ovqat, yemxashak, dorivor va manzarali o‘simliklar sifatida ishlatiladi. Bu oila vakillarining urug‘larida moy bo‘lishi, barcha organ va to‘qimalarida achchiq glikozidlar: golotsintin, brionin, brinoidin, alkaloidlardan xomen, emetin va xar xil organik kislotalarning bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 3. Kovulnamollar qabilasi - Capparales Bu qabila daraxt, buta va о‘t о‘simliklardan tashkil topgan bо‘lib, 4 ta oilani о‘z ichiga oladi. ( Capparaceae, Brassicaceae, Tovariaceae, Resedaceae). Kovuldoshlar oilasi - Capparaceae. Oilaning 40 turkum, 850 ta turi yer yuzining tropik va subtropik mintaqalarida tarqalgan. О‘zbekistonda oilaning asosiy turkumi qovul (Capparis) hisoblanadi. Bu turkumni 300 dan ortiq turi ma’lum. О‘zbekistonda uning tikanli qovul (Capparis spinosa) deb ataladigan turi chо‘l, adir, tog‘ zonalarida, yо‘l yoqalarida, devorlarda va ekinzorlarda uchraydi. Bu kо‘p yillik, tikanli yotib о‘suvchi о‘simlik. Barglari tuxumsimon yoki ellipsimon. Gullari tug‘ri barg qо‘ltig‘idan joy olgan, oq yoki sarg‘ish rangli. Kosacha va tojibarglari tо‘rttadan. Gul formulasi: *♀♂ Ca4 Co4 A~G(2) Mevasi kо‘p urug‘li rezavor meva. Kavkazda va О‘rta Osiyoda yashaydigan aholining bir qismi rezavor о‘simlik sifatida istemol qiladi. Urug‘ining tarkibida 36 % yog‘ bor. Karamdoshlar oilasi - Brassisaceae. Bu keng tarqalgan oila bо‘lib 350 ta turkumni, 3000 ga yakin turni birlashtiradi. Kо‘pchilik turlari О‘rta yer dengizi atroflarida keng tarqalgan. Kо‘pchilik turlari kosmopolit (jag‘-jag‘) hisoblanadi. Hayotiy shakli: kо‘p yillik о‘t о‘simlik ba’zan butalari ham uchraydi. Ularning barglari oddiy, butun yoki qirqilgan, poyada ketma-ket joylashgan, yonbarg‘lari, bо‘lmaydi. Gullari oddiy yoki murakkab shingil, rо‘vak tо‘pgullarda joylashgan. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, qо‘sh gulqurg‘onli, kosacha va tojbarglari 4tadan joylashgan. Gultojbargi oq, sariq, binafsha, yoki siyoh rangda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Changchilari 6ta, urug‘chisi 1 ta, 2 mevabargchadan tashkil topgan. Tugunchasi ustki, mevasi qо‘zoq, qо‘zokcha yoki bir urug‘li yong‘oqcha. Gul formulasi: *♀♂ Ca4 Co4 A2+4 G(2) Oilaning uzoq vaqtlardan beri ekilib kelayotgan turlari: Sabzavot karami (Brassica oleraceae), о‘sma (Jsatis tinctoria), ekma turi (Raphanus sativus), va boshqalari sabzovot, moy, rang-bо‘yoq, saqlovchi о‘simliklar hisoblanadi. Yovvoyi holda о‘suvchi turlariga: boltiriq (Sardaria rerens), achambit ( Capsella bursa – pastoris), Momaqaldiroq (Alyssum), qurtena (Sisymbrium Loeselii) va boshqalar. Bu oilaning eng muhim va keng tarqalgan avlodi quyidagilar: karam (Brassica), brokva (Brassica napus), turp (Raphanus), o‘sma (Isatis), katranlar (Crambe), kapsella (Capsella) Karamlar taxminan 50 turdan iboratdir. Ular 1-2 va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Bu turkumga bargi yeyish uchun ovqatga ishlatiladigan, qimmatbaho sabzavot yoki urug‘i moy beradigan o‘simliklar kiradi. Butgullilarning bir qancha vakillari ekin va polizlarda begona o‘t sifatida uchraydi. Masalan, qo‘zoq tugadigan turlaridan gulyavnika (sisymbrium), jeltushnik (Erysimum cheiran thoides), surepka (Barbarea vulgaris), yovvoyi sholg‘om (Raphanus raphanistrum) turlari, mevalari qo‘zoqcha turlaridan: jag‘-jag‘ (achimbiti, Capsella bursa pastoris), yarutka (Thlaspi arvese), rijik (Camelina), ikotnik (Berteroa incana), momosirka (Draba) ning ba’zi turlari shular jumlasidandir. Bizda o‘sadigan butgulli begona o‘tlarning ko‘pchiligi bir yillik o‘simlik bo‘lib, vegetativ yo‘l bilan ko‘paymaydi, ularga qarshi kurashishning qiyinligi, asosan ularning urug‘dan tez ko‘payishiga bog‘liq. Masalan, bir tup jag‘-jag‘ 2 mingdan 70 mingtagacha urug‘ tugsa, Descurainia sophia ning bir tupi 6 mingdan 110 mingtagacha, hatto (juda katta tuplari) 770 mingtagacha urug‘ tugadi. Eng zararli o‘tlarning biri surepka (Barbarea vulgaris) dir, bu o‘t ba’zan dalani boshdan oyoq qoplab oladi. Surepka ikki yillik o‘simlik, ammo ba’zan ildiz bachkilari bilan ko‘payadigan ko‘p yillik o‘t holiga kiradi. Uning shu jihati ko‘p urug‘ tugishi bilan birga qo‘shilib, tez ko‘payishini ta’minlab beradi. Shuning bilan birga surepkadan arilar anchagina asal ham yig‘adi. Surepkaning gullari hunarmandchilikda shoxini sariq rangga bo‘yashda ishlatiladi. O‘ziga xos begona o‘tga rijik misol bo‘la oladi. Rijik avlodining ba’zi turlari noksimon dumaloq qo‘zoqcha va moy olish uchun ekiladi. 4. Gulxayrinamolar qabilasi - Malvales Bu qabila daraxt, buta va о‘t о‘simliklardan tashkil topgan. Qabilaning xarakterli belgilardan, uning poyasida va xususan pо‘stlog‘ida sklerenxima tolalarining bо‘lishi, poyaning shoxlangan tuklar bilan qoplanganligi, shilimshik moddalar saqlovchi kanallarining bо‘lishidir. Hozirgi vaqtda bu qabila 11 ta oilani о‘z ichiga oladi. Shulardan gulxayridoshlarga tо‘xtalib о‘tamiz. Gulxayridoshlar oilasi – Malvaceae. Bu oilaga 90 yaqin turkum va 900 dan ortiq tur kiradi. Ular Shimoliy qutbga yaqin mamlakaktlardan tashqari hamma yerlarda uchraydi, ayniqsa issiq mamlakatlarda kо‘proq tarqalgan. Oila vakkilari daraxt, buta, ba’zan о‘t о‘simliklardir. Barglari oddiy, uzun bandli, butun yoki panjasimon qirqilgan, ketma-ket joylashgan va yonbargchalidir. Gulli ikki jinsli, tug‘ri, qush gulqurg‘onli, kosacha barglari 5 ta, ayrim xollarda 3, 6-10 bо‘lishi mumkin. Changchilari kо‘p sonli, ikki doirada joylashadi. Odatda, tashqi doiradagi changchilar qisqargan va shiradonlarga aylangan. Kupincha changchi iplari, qо‘shilib о‘sib, urug‘chi ustunchasini о‘rab olgan naycha hosil qiladi. Urug‘chi 3ta yoki undan kо‘p meva barglarning qо‘shilishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi kо‘p urug‘li kо‘sak meva yoki yong‘oqchalardan iborat kuzok meva. Oilaning gul formulasi: *♀♂ Ca3 (3), (6-10) +5 Co5 A~G(~) Oila vakillari: Amerika g‘о‘zasi (Gossypium hirsuum), Dag‘al kanop (Abutilon theophrasti), Gulbaxmal (Alceae rosae, A.nudiflora), Gulxayri (Althae oficinalis), Tugmachagul (Malva negecta), Bо‘ritaroq (Hibiscus rionum), Suriya atirguli (Hibiscus syriaca) va boshqalar. G‘o‘za- asli vatanida ko‘p yillik daraxt va buta o‘simliklaridir. Ular yovvoyi holda ham o‘sadi. Fo‘za bizning sharoitimizda bir yillik o‘simlik. Fo‘zaning daraxtsimon vakillarining bo‘yi 5 metrga, bir yilliklarining bo‘yi 1 metrga yetadi. Bir yillik vakillarining o‘q ildizi juda rivojlangan bo‘lib yerga kirib boradi. Poyasi tik chiqqan va shoxlangan, shoxlari 2 xil bo‘ladi. Tik o‘sgan shoxlari monopodial yoki o‘suvchi shox deyiladi, bu poyaning ostki qismida chiqadi. Yon shoxlari simpodial yoki xosil shoxlar deyiladi, bular poyaning yuqori qismidan chiqadi va tirsaktirsak bo‘lib o‘sadi. Barglari oddiy 3-5-7 bo‘lakchali va uzun bandli ikkita yonbargli bo‘ladi. Guli yirik va qo‘shgulqo‘rg‘onli, kosacha barglari qo‘shilib o‘sgan, 5 tishli, 3 ta yirik yonbargchadan hosil bo‘lgan ost kosachali. Gultoji 5 ta erkin. Fo‘za guli atigi 1 kun ochilib turadi. Ertalab gultojining rangi och sariq, kechga yaqin binafsha rangga kirib so‘liydi va 2-3 kun ichida qurib otaligi va tuguncha to‘kilib ketadi. O‘z-o‘zidan va chetdan changlanadi. Otaligi ko‘p, ikki doirada joylashgan. Tugunchasi 3-5 uyali, ustki. Mevasi 3-5 uyali ko‘sak bo‘lib, ichida uzun va qisqa tolalar bilan qoplangan dumaloq yirik bir qancha urug‘lar bo‘ladi. G‘o‘zaning madaniy turlaridan 3 turi ekiladi. Oddiy g‘o‘za (G.hirsutum) Misr g‘o‘zasi (G.barbadense) Jaydari g‘o‘za (G.herbaceum) Gulibaxmal (A.officinalis). Bu poyasi to‘g‘ri va tik o‘sgan, namatdek yumshoq, yulduzsimon tukchalar bilan qoplangan, gullari och pushti yoki oqimtir, hidsiz, ko‘p yillik o‘t o‘simlikdir. Bizda to‘qaylarda va zahroq yerlarda o‘sadi. Ildizi meditsinada qo‘llanaladi. Gulxayrilar oilasiga sanoatda muhim hisoblanadigan kanop o‘simligi kiradi. Kanop (Hibiscus cannabinus) bonbey kanop tolasi deb ham ataladi, chunki bu o‘simlik ekiladigan asosiy joy Hindiston, qisman Erondir. Kanop asl o‘sadigan bo‘ydor o‘t bo‘lib, poyasining o‘rtasidan 5-7 bo‘lakli barglar chiqaradi, pastki barglari esa yaxlit, ustki barglari tishli bo‘ladi. Kanopning poyasidan yaltiroq, mayin va yumshoq tola olinadi, bu tolaga yaxshi ishlov berilsa, u zig‘ir tolasiga yaqinlashib qoladi. Dag‘al kanop (Abutilon avicennae) ham o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 4 m gacha boradi va yuraksimon yirik - yirik yaxlit barglar chiqaradi. Bu o‘simlik bizda Bessarabiyadan sharqqacha, to Manjuriyagacha bo‘lgan qirlarda odatda siyrak holda uchraydi. Dag‘al kanop Xitoyda qadimdan ekiladi. Dag‘al kanop tolasining sifati kanop tolasi sifatiga nisbatan pastroq - bu tola dag‘al va mo‘rt bo‘ladi. Dag‘al kanop kanopga nisbatan kamroq issiq talab qiladi va namgarchilik yetarli bo‘lsa, yaxshi hosil beradi. Ahamiyati: Oilaning xо‘jalikdagi ahamiyati jihatidan eng muhim vakili g‘о‘za. Tо‘qimachilik sanoati uchun kerakli jami tola maxsulotining 70-75% paxtadan olinadi. Chigit tarkibida 18-21% yog bо‘ladi. Ayrim turlaridan tola olinadi. Shuning bilan bir qatorda bо‘yoq beruvchi, dorivor va manzarali о‘simliklar hisoblanadi. 5. Gazandanamolar qabilasi - Urticales Bu qabila 5 ta oiladan tashkil topgan. Shulardan quyidagilar xaqida fikr yuritamiz. Qayrag‘ochdoshlar oilasi – Ulmaceae. Oilaning 15 turkumiga mansub, 150 turi Shimoliy yarim sharning о‘rta iqimli mintaqalarida tarqalgan. Ularning kо‘pchiligi daraxt va buta о‘simlik. Barglari oddiy, gullari kо‘rimsiz, shamol yordamida changlanadi. Gullari 2 jinsli yoki 1 jinsli. Gul formulasi: *♀♂ P(4-6)A 4-6 G(2) Mevasi qanotli, yong‘oqcha yoki danakchadir. Oila vakillari: Sada qayrag‘och (Ulmus densa), g‘ujum qayrog‘och (U. androsovii), qatrangi (Seltis caucasica) va boshqalar. Tutdoshlar oilasi – Moraceae. Bu oila 55 turkum va 1000 dan ortiq turni о‘z ichiga oladi. Ular daraxt, buta ba’zan о‘t о‘simliklardir. Oila vakillari xar ikkala yarim sharning tropik, subtropik, ayrimlari mо‘tadil iqlim xududlarida tarqalgan. Daraxt va butalari sut shirasiga boy. Barglari oddiy, ketma-ket joylashgan. Gullari kо‘rimsiz, bir jinsli, bir yoki ikki uyli. Urug‘i endospermli. Gul formulasi: *♂ P4 A4 G0; *♀P4 A0 G(2) Mevasi tо‘p danakcha yoki yong‘oqchadir. Oila vakillari: Oq tut (Morus alba), Shotut (M.nigra), Maklura (Masliura aurantica), qogoz daraxti (Brous-Soneta pappyrifera), Anjir (Ficus carica) va boshqalar. Tut - Morus turkumining O‘zbekistonda ayniqsa, ok yoki marvarit tut. Morus ovva va qora yoki shotut Morus nigra deb ataladigan turlari ayniqsa keng tarqalgan. Xar ikkala tut turi xam daraxt, bir yoki ikki uyli butun bargli. Guli silindr shaklidagi kuchala gul tuplamida, tugunchasi bir xonali. Mevasi mazali, ok yoki karamtir, tuk kizil rangli. Maxalliy aholi mevasini ozikabop va dorivor bо‘lganligi tufayli madaniy о‘simlik sifatida ustiradi. Poyasi xam muhim kurilish materiali hisoblanadi. Anjir - Ficus turkumining yer sharining tropik ulkalarida 800 dan ortiq turi ma’lum. O‘zbekistonda sarik va kara anjir ayniqsa keng tarqalgan. Uning qora anjir- Ficus carica deb ataladigan turi muhim oziq-ovqat va dorivor о‘simlik bо‘lib, uncha baland bulmagan, uzok umrli daraxt. Barglari oddiy, tukiluvchan, ikki uyli, guli nokka о‘xshash meva ichida joylashgan (rasm shostak 61) Mevasi ozikali, ishtaxa bilan tanovvul qilinadi. Oziq-ovqat sanoatida turli-tuman murabbolar tayyorlashda ishlatiladi. Ahamiyati: Oilaning tut turkumiga mansub о‘simliklari mevasining tarkibida 80% gacha qand moddasi va vitaminlar bor. Ular oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Mevasi shirali kishi ishtaha bilan tanovul qilinadi. Poyasidan muhim uy ro‘zg‘or asboblari yasaladi va qurilishda ishlatiladi. Barglari ipak qurti uchun ozuqa hisoblanadi. Anjir о‘simligining hozirgi vaqtda 800 yaqin turi ma’lum. Nashadoshlar (Cannabaceae) oilasi. Oilaning nasha - Cannabis va kulmok - Humulus singari ikki turkumi mavjud bо‘lib, xar ikkala turkumda ikkitadan tur mansub. Ularning deyarli barchasi о‘tsimon ikki uyli, sut suyukligi yuk, barglari panjasimon, qarama-qarshi joylashgan, changchili gullari ruvak, urug‘chi gullari esa kallaksimon gul tuplamlarida. Mevasi yong‘oqcha. Urug‘i endospermsiz. Gul formulasi P5 A5 G0, P( ) 5 tutash. A0G( ) 2 . Nasha - Cannabis safiva ekiladigan nasha о‘simligi bir yillik, balandligi 4 metrga qadar. O‘ziga xos aromatin efir moyi tufayli xid tarkatadi, poyasi tuk bilan koplangan, о‘simligining erkak gulli tubi bir qadar past buyli, urgochi gullilari esa ancha baland buyli. Urug‘idan yog, tanasidan esa tola olinadi. Madaniy holda Rossiya va Yevropa mamlakatlarida ekib о‘stiriladi. Qulmoq - Humulus, bo‘yi 2-5 metrgacha, bargi 3-7 bulakli, manzarali о‘simlik sifatida ekiladi. O‘zbekistonda Yapon kulmogi-H. Japonica va oddiy kulmok N. Lupulus singari turlari ekiladi. Kayragochdoshlar- Ulmaceae oilasi. Oilaning 15 turkumga mansub 150 turi Shimoliy yarim sharlarining о‘rta iqlimli viloyatlarida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi daraxt va buta hayot shaklidagi о‘simliklar. Barglari oddiy, yonbargli, navbatlashib joylashgan, asimmetrik xususiyatli, kattik. Guli kultig kо‘rtaklarida, ikki uyli. Gul formulasi: P( ) 4 6 − A4 6 − G( ) 2 . Tugunchasi bir xonali. Mevasi kanotli, yong‘oqcha yoki danak, urug‘i endospermsiz. O‘zbekistonda deqorativ va ixota daraxti sifatida foydalaniladigan daraxt. Oilaning eng katta turlarga boy turkumi kayragoch - Ulmus. Uning О‘rta Osiyoda 3 turi U. Densa-soda kayragoch, U. Anndrassovii - pukak kayragoch, U. Pumila - kunjut kayragoch singari turlari chul, adir va tog zonalarida tarqalgan. Qatrong‘i - Celtis turkumining О‘rta Osiyoda faqat S. cancasica - Kavkaz katranzisi deb ataladigan turi. Balandligi 10 metrga daraxt shoxlari kungir yoki kizgish kungir rangli, barglari tuxumsimon, uzunligi 3-7 sm eni 2-4 sm, gullari gulbandli, mevasi kungir yoki tilla rang о‘simlik. Adir va tog zonasining toshlok, shagalli va shagal aralash tuproqli tog yonbag‘irlarida, daryo soxillarida tarqalgan. Gazandadoshlar oilasi – Urtisaceae. Bu oila tarkibida 40 ta turkum va 500 tur bо‘lib, ular tropik va о‘rta iqlimli mintaqalarda tarqalgan. Hayotiy shakli asosan kо‘p yillik о‘t о‘simlik. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan. Tanasi achishtiruvchi tuklar bilan koplangan. Gullari ayrim jinsli ikki uyli о‘simlik, shamol yordamida changlanadi. Urug‘i endospermli. Mevasi yong‘oqcha. Gul formulasi: *♂ P4 A4 G0; *♀ P4 A0 G(2) Oilaning О‘zbekiston sharoitida keng tarqalgan turlaridan: Chayonо‘t (Urtica dioica) hisoblanadi. Bu о‘simlik daryo bо‘ylari, yо‘l yoqalari, soya-salqin yerlarida о‘sadi. Maxalliy aholi bu о‘simlikni gazanda, achchiq o‘t deb xam ataladi. Bu kо‘p yillik, ildiz poyali, ikki uyli o‘t. Poyasi oddiy yoki shoxlangan. Bo‘yi 60-100 sm, barglari tuxumsimon yoki yuraksimon, chetlari arra tishli, changchi va urug‘chi gullari turt bargli gul qо‘rg‘oniga ega. Vitaminlarga boy dorivor о‘simlik. Ahamiyati: Chayonо‘tlar vitaminga boy dorivor о‘simlik. Meditsinada undan qon oqishni tо‘xtatuvchi vosita sifatida foydalaniladi. 6. Dalachoynamolar qabilasi - Hypericales Dalachoydoshlar (Hypericaceae=Guttiferae) oilasi. Bu oila vakillari daraxt, ba’zan o‘t, goho epifit va liana o‘simliklardir. Ularning barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, ko‘pincha yonbarglari bo‘lmaydi. Gullari 2 jinsli yoki bir jinsli va to‘g‘ri, spiral holda yoki doira bo‘lib, chala qalqonsimon yoki ro‘vak to‘pgulda joylashgan. Kosacha va tojbarglarining soni har xildir. Tojbarglari ko‘pincha 5 ta, ba’zan 4 ta, sariq goho qizil, to‘q qizil rangda bo‘ladi. Otaligi ko‘p, ba’zan 6-18 ta, aksari osti birikkan bo‘lib, 3-5 bog‘lamni tashkil etadi. Onaligi ko‘pincha 35 uyali. Qo‘sh jinsli, sariq rangli. Gul formulasi: Ca5Co5A3(∞)(3 dastadan iborat) G3. Tugunchasi uch xonali uch utunchadali va tumshuqchali, mevasi kо‘sakcha. Oila 47 avlod 850 turdan iborat bo‘lib, asosan tropik mamlakatlarda tarqalgandir. Shundan O‘zbekistonda faqat 3 turdan iborat dalachoy avlodi (Hypericum) tarqalgan. Dalachoy avlodi (Hypericum). Bu avlod vakillari o‘t yoki chala buta o‘simliklaridir. Ularning barglari qarama-qarshi joylashgan, qariyb bandsiz. Gullari sariq, kosacha va tojbarglari 5 tadan, otaliklari cheksiz, tagi qo‘shilib o‘sgan. Mevasi 3 uyali ko‘sakcha, urug‘i ko‘p va endospermsizdir. Dalachoyning 3 turi O‘zbekiston florasida uchraydi. Dalachoy (Hypericum perforatum) - Bu ham qizilpoycha turga o‘xshash. Uning tojbarglari 15-20 mm bo‘lib, otaligi gultojidan qisqa bo‘ladi. U keng tarqalgan o‘t bo‘lib, ko‘proq bedapoyalarda va bog‘larda begona o‘t sifatida o‘sadi. Ikkinchi vakil - dala choy - H. Perforatum. Bo‘yining bir qadar uzunligi poyasining sillikligi, tо‘pgulining kalkonsimon yoki dumalok-tuxumsimonligi bilan xarakterlanadi. Adir va tog zonasining sernam yerlarida keng taraklgan. Meditsinada yarani bitiruvchi va kon tuxtatuvchi dori sifatida, shuningdek, bod kasalini davolashda ishlatiladi. Hypericum elongitum - uning bo‘yi 40-50 sm. Barglari qarama-qarshi urnashgan, gullari ro‘vaksimon tо‘pgul. Tog zonasining toshloq va mayin tuproqli yerlarida о‘sadi. Mevasi ko‘sakcha,danakcha yoki rezavor mevadir. Mevasi ko‘sakcha, danakcha yoki rezavor mevadir. Qizilpoycha (Hypericum scabrum). Bu bo‘yi 20-40 sm keladigan tanasining hammasi g‘adir budur, ildizlari yeg‘ochlangan ko‘p yillik o‘tdir. Uning gullari sariq, otaliklari tojbarglardan uzunroq, adir va tog‘larning yon bag‘rlarida tarqalgan. Xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oila vakillari orasida foydali turlari ko‘p. Ammo ularning dalachoylar avlodidan boshqa hammasi tropik mamlakatlarda tarqalgan. Ularning bargida efir moylari juda ko‘p bo‘ladi. Bulardan tashqari oshlovchi, oq bo‘yoq bo‘luvchi moddalar ham uchraydi. Dalachoy tunda beixtiyor siyish kasaligiga duchor bo‘lgan bolalarga yotish oldidan uning bir stakan damlamasi ichiriladi. Choydoshlar (Theaceae) oilasi. Bu oila vakillari ko‘pincha doimiy yashil daraxt yoki butalardir. Ularning barglari oddiy, chetlari tekis, birin-ketin joylashgandir. Yonbarglari bo‘ladi yoki bo‘lmaydi. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli yoki ayrim jinslidir. Kosachabarglari 5-7 ta. Tojbarglari 5 ta, ba’zan 4 ta yoki bir qancha va kosabarglari singari tagi qo‘shilib o‘sgan yoki erkin bo‘ladi. Otaligi ko‘pincha cheksizdir. 5 ta bog‘lam tashkil etadi va tojbarglarining tagiga birikkan bo‘ladi. Onaligi 2 yoki ko‘p, ko‘pincha 3-5 mevabargli,tugunchasi ustki,ikki va ko‘pincha 3-5 uyali, mevasi ko‘sakcha yoki kamdan kam rezavor mevadir. Bu oila 30 avlod 400 turdan tashkil topgan bo‘lib, uning vakillari tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Muhim avlodlariga choy (Thea) va kamelliya (Camellia) lar kiradi. Choy avlodi (Thea). Bu avlod vakillari doimiy yashil buta yoki kichikroq daraxt o‘simliklardir. Ularning barglari etli, ovalsimon uchiga tomon ensizlagan va qisqa bandlidir. Gullari bittadan, tojbarglari 5-9 ta, tagi tutash, oq va sarg‘ish pushti tukga moyilroq rangli bo‘ladi. Mevasi yog‘ochlangan ko‘sakcha, har qaysi uyasida bittadan olchadek urug‘i bo‘ladi. Choy yer shari bo‘yicha 4 ta turi ma’lum. Shundan ikkitasi Xitoy choyi (Gh. Sinensis) va assam yoki xind choyi (Gh. assana) nam subtropik mamlakatlarda ekiladi. Xind choyi bo‘yi 10-15 m. balanlikdagi daraxt, barglari cho‘ziq bo‘ladi. Xitoy choyi esa asosan 2-3 m balandlikdagi butadir. Uning barglari esa cho‘ziq tuxumsimon bo‘ladi. Xitoy choyi (Gh. Sinensis) va xind choyi (Gh. assamica) gibridlari asosan Farbiy Gruziyada, Ozarbayjonning Lenkoran rayonida, Krasnodar o‘lkasining janubida ekiladi. Asli (Hindixitoy) tog‘li o‘rmonlari hisoblanadi. Nerv sistemasining faoliyatini yaxshilash, xordiq chiqarish maqsadida yer kurrasining qariyib barcha aholisi tomonidan ichiladigan choy shu o‘simlikning bargidan tayyorlanadi. Choy o‘simligining bargida 20-28% tannidlar, 2-5% kofein, 0,01% efir moyi, C, B1, B2, K vitaminlari, putin va organik kislotalar hamda mineral moddalar bor. Oilaning tipik vakili choy о‘simligi. Choy birinchi boshlab Xitoyda tarqalgan uning nomi dunyoning xar xil viloyatlarida te, chi, chna deb yuritilgan. Choy о‘simligining aksariyat qismi buta va qisman yarim buta hayot shaklida. Barglari oval shakli, cheti nishli, okish tur bilan koplangan. Guli okish yoki och kizil, pushti rangli, mevasi yogochlangan kо‘sakcha. Bargining tarkibida 5% ga qadar tein deb ataladigan kishining asabiga tez ta’sir kiluvchi alkalloid va ogizni burushtiruvchi tannid moddasi va yokimli xid tarkatadigan efir moyi bor. Choyning xul barglari yigilib, maxsus usul bilan kuritish yuli bilan undan kuk va famili (qora) choy olinadi. Yer yuzining imik iqlimli mamlakatlarida xar yili 8 mln sentr choy tayyorlanadi. Yevropaga choy birinchi bor Partugaliyaga 1517 yilda, Rossiyaga 1639 yilda keltirilgan. Xitoyda choy eramizdan oldingi VIII asrlarda iste’mol qilingan. О‘rta Osiyo bilan Xitoy о‘rtasidagi savdo-sotiq ishlari 1000 yildan ortiq ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, xalqimizning choyni iste’mol qilish tarixi xam shu vaqtga teng desak xato qilmaymiz. Navro‘zguldoshlar (Primulaceae) oilasi. Uning 25 turkumga mansub 500 dan ortik turi asosan Shimoliy О‘rta iqlimli viloyatlarda tarqalgan. Xamdustlik mamlakatlarida 8 turkumga mansub 146 turi shu jumladan О‘rta Osiyoda 10 turkumga mansub 55 turi tog va yaylov zonalarining tosh koyalari, arik bo‘yi, shagal va tosh aralash mayin tuproklarda, buloklar atrofi va muzliklar yakinida о‘sadi. Aksariyat qismi kо‘p yillik o‘t о‘simliklar, barglari poyaning tup qismida ildiz yakinida yoki butun poya buylab urnashgan, butun kо‘pincha bezli. Guli shingil, soyabonsimon tup gullarda yoki yakka-yakka holda joylashgan, yondosh bargchalar urab turadi. Gul formulasi: Ca(5)Co(5)A5G(5). Changchilari gul toj barglari karshisida joylashgan, tugunchasi ustki bir xonali, mevasi kо‘sakcha, urug‘i endospermli. Dorivor va dekartiv о‘simliklar hisoblanadi. Oilaning keng tarqalgan xarakterli vakili Navro‘zgul. U kо‘p yillik, ildizpoyali o‘t. Tup guli soyabonsimon. Gullari pushti yoki siyoxrang kizil manzarali о‘simlik. Gunafshadoshlar (Violaceae) oilasi. Yer yuzida gunafshadoshlarning 20 turkumga mansub 450 turi tarqalgan. Aksariyat qismi tropiklarda tarqalgan daraxt, buta o‘t о‘simliklar. Bizning mamlakatimizda aksariyat qismi o‘t, qisman buta hayot shaklidagi turlari ham uchraydi. О‘rta Osiyoda faqat bir gunafshagul (viola) keng tarqalgan. Ular bir yillik va kо‘p yillik o‘t о‘simliklar. Gullari yakka uzun gul bandida joylashgan, band barglari ikkita. Toj barglari past qismida mixga о‘xshash uzun usimtaga uzgargan. Gul formulasi: Ca5 Co5 A5 G( ) 3 . Tugunchasi bir xonali. Mevasi kо‘sakcha, uch chanoqli. O‘zbekistonda bir yillik yopik gunafsha V. cculta, kо‘p yillik teng gulli gunafsha V. isapetala, kо‘p yillik, pakana gunafsha -V. Pumila, bо‘lgan gunafsha - V. elatior singari turlari adir va tog zonalarining sernam mayin tuproqlarida о‘sadi. Aksariyat qismini manzarali о‘simlik sifatida ustirish mumkin. Yulg‘unguldoshlar (Tamaricaceae) oilasi. Oilaning 3 turkumi tarkibida 125 tur bor, ular Yevraziya, Janubiy va Shimoliy Afrikaning shur va shurxok yerlarida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi buta va qisman daraxt hayot shaklidagi turlari xam bor. Oilaning keng tarqalgan turkumi yulgun Tamarix. Xamdustlik mamlkatlarida yulgunning 90 turi tarqalgan. О‘rta Osiyoda о‘sadigan yulgunlarning kо‘pchiligi buta hayot shaklidagi turlar. Barglari mayda, kipiksimon, maxsus bezlari tuz ajratadi. Gullari boshoksimon gul tuplamida joylashgan, shamol yordamida changlanadi, och kizil, pushti rangli. Gul formulasi: Ca( ) 4 5 − Co4 5 − A4 5 − G( ) 3 5 − qisman turlarida changchining soni 8-10 ta xam bо‘ladi. Tugunchasi bir xonali. Mevasi kо‘sakcha, urug‘i tukli. Shurlikka chidamli muhim oshlovchi, dorivor va chul sharoitida manzarali о‘simliklar. Poyasi tarkibida vorsk bо‘lganligi tufayli xul xolida xam yaxshi yonadi. Shu sababli О‘rta Osiyo aholisi bu о‘simliklarni kadimdan utin sifatida foydalanadi. Rezedadoshlar (Resedaceae) oilasi. Oilaning 60 ga yakin turi О‘rta yer dengizi floristik viloyatida tarqalgan. О‘rta Osiyoda uning Rezeda deb ataladigan bir turkumiga mansub 5 turi adir va tog zonalarining shagal va tosh aralash mayin tuproqlarida, daryo yokalari va tо‘qaylarda tarqalgan. Ularning aksariyat qismi o‘t о‘simliklar, barglari navbatlashib joylashgan, guli shingil, shodalarda, zigomorf tuzilishli. Gul formulasi: Ca( ) 4 6 − So4 6 − A10 30 − G( ) 3 4 − . Tugunchasi bir xonali, mevasi kо‘sakcha. O‘zbekistonda rezedalar turkumining Reseda lutea - sarik rezeda, Reseda bucharia - buxoro rezedasi, R. Luteola - sap-sarik rezeda deb nomlangan turlari tog oldi va tog zonasining mayin tuproqli yon bagirlari ekinlar orasida va tо‘qayzorlarda keng tarqalgan. Baobabdoshlar (Bombacaceae) oilasi. Oilaning 140 turi yer yuzining tropik ulkalari, Afrika va Amerikaning seryomgir tropik о‘rmonlarida keng tarqalgan. Gul tuzilishiga kura, gulxayridoshlar oilasiga yakin. Lekin gultoj barglari tuklar bilan koplangan, changchilari sillik, kauliflariya (tugridag-tugri tanasidan gul va meva hosil qilish) xususiyatiga ega. Mevasi kо‘sakcha. Baobab daraxti (maymun daraxti deb xam yuritiladi) Adonsonia digitata. Buning balandligi 10 metrga qadar bо‘lgan daraxt bо‘lib, uning yugonligi (diametri) xam 10 metrdan ortiq bо‘ladigan, 5000 yilga qadar umr kuradigan о‘simlik. Barglari naychasimon bulingan, guli ok, kechasi ochiladi, badxid, mevasi bodringga о‘xshash, uzagi shirali, shamli iste’mol qilish uchun yarokli. Poyasi va ayniqsa pо‘stlogi kogoz uchun ishlatiladi. Kurgokchilik paytlarida barglari tukiladi. Baobab Afrika savansinlarining uziga xos maxalliy muhitini tulik uzida aks ettiradigan mayin о‘simliklaridan hisoblanadi. Oilaning poyasi turpsimon, kо‘p mikdorda yilning kurgokchilik davri uchun muljallangan suv saklaydigan Cavanillisia arborea deb ataladigan vatani Janubiy Amerika hisoblangan turi, Jun daraxtining Bombax va Ceiba deb ataladigan, tropik Amerikada tarqalgan turlari, Duria zibetinus deb ataladigan, mevasini kattaligi yosh bolaning boshiga teng keladigan qimmatbaho rezavor mevali Xindiston va Janubiy sharkiy Osiyoda keng tarqalgan turlari xam ma’lum. Shokoladguldoshlar (Sterculiaceae) oilasi. Bu oilaning 50 turkumga mansub 600 turi asosan tropik iqlimi mintaqada tarakalgan daraxt hayot shaklidagi о‘simliklar. Oilaning Janubiy va markaziy Amerika xamda Meksikada tarqalgan 15 ga yakin о‘simlik turini uzida biolashtiruvchi Theobronea turkumi tavsifiga loyik. Ularning aksariyat qismi doimiy yashil, seryomgir tropik о‘rmonlarda о‘sadigan uncha baland bulmagan daraxt о‘simliklar. Turkumning xarakterli vakili Shokolad daraxti Th. Cacao. Buning balandligi 3-5 m keladigan tik о‘suvchi daraxt. Barglari butun, uzunligi 20-40 sm, eni 7-15. Gullari va shunga kura, mevasi xam poyada gul tuplamlarida joylashgan, diametri 1,5 sm, kush jinsli. Tugunchasi 5 xonali. Mevasi poyada 58 katordan bо‘lib joylashgan, uzunchoq, oval shaklli, yalangoch (luchchak) uzunligi 30 sm eni 10 sm gacha, utkir uchli, kalin pо‘stli. Urug‘i xar bir xonada 5-12 tadan, jami mevada 25 tadan 60 taga qadar tuxumsimon kizgish karamtir rangli urug‘i bor. Yovvoyi holda xozirgi paytda uchramaydi (Jukovskiy 1964). Shokalad daraxti barcha tropik ulkalarda madaniy о‘simlik sifatida о‘stiriladi. Kola - Cola acuminata. Garbiy afrikada keng tarqalgan daraxt. Urug‘i tarkibida kolatin, kofein, teobromin deb ataladigan alkolloidlar bor. Bu alkalloidlar kishining ishlash kobiliyatini oshirishi inobatga olinib undan «Kola», «koka kola» deb ataluvchi ichimlik tayyorlanadi. Sutlamadoshlar (Euphobiaceae) oilasi. Oilaning 250 turkumga mansub 7500 ga yakin turi butun yer yuzi buylab tarqalgan, lekin uning aksariyat qismi tropiklarda о‘sadi. Ular daraxt, buta, bir yillik va kо‘p yillik o‘t о‘simliklar. Tanasida о‘xshash yoki rangli suyuklik mavjud. Barglari oddiy, navbatlashib qarama-qarshi yoki mutovka shaklida joylashgan, yonbargchali. Gullari bir jinsli, antinomorf, kush gul qо‘rg‘onli. Kosacha va toj barglari tutash emas, changchilari 5 ta ayrim xollarda, kо‘p yoki reduksiyalangan. Urug‘chisi 3 ta meva bargini barlashishidan shakllangan. Mevasi uch xonali kо‘sakcha. O‘zbekistonda oilaning keng tarqalgan turkumlari Euphorbia - sutlama, Chrozophora - oshikut, Ricinus - kanakunjut hisoblanadi. Sutlamalar- Euphorbia turkumi. Sutlamalarning yer yuzidan 750 dan ortiq turi keng tarqalgan. Xamdustlik mamlakatlarida ularning 150 turi uchraydi. Ular bir va kо‘p yillik o‘t о‘simliklari. (Rasm shost 110) O‘zbekistonda sutlamalarni kо‘p yillik bo‘yi 30-150 sm, poyasi tik о‘suvchi kukimtir, daryo, soy, arik buylarida о‘sadigan okish meva sutlama Euphorbia lamprocarpa; kо‘p yillik, bo‘yi 30-100 sm bо‘lgan, daryo bo‘yi, tog zonasining toshli kiyaliklarida о‘sadigan Sirdaryo sutlamasi - E. jaxaticus; Bir yillik, bo‘yi 5-70 sm, barglari kuraksimon chuzik, tо‘pguli soyabonsimon, adir va tog zonasining ekinzorlarida begona o‘t sifatida о‘sadigan urok mevasi sutlamasi - E. folcata va boshka turlari keng tarqalgan. Ularning barchasida sut suyukligi mavjud, zaxarli, qisman turlari dorivor о‘simliklar sifatida ishlatiladi. Kanakunjut - Ricinus. O‘zbekistonda kanakunjutning Ricinus communis deb ataladigan turi borligi aniklangan. U bir yillik bo‘yi 2 metrgacha, barglari panjasimon ajralgan, guli barg kultigida, kukish sargich rangli, mevasi kо‘sakcha. Urug‘ining tarkibida 60% ga qadar yog moddasi bor, undan olingan yog meditsinada surgich sifatida ishlatiladi. Afrikada esa yaxshilab doglangan yog zaxarli xususiyatini yukotadi va shu sababli ovqatga ishlatiladi. 13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja: 1. Ra’nonamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 2. Burchoqnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 3. Toshbaqatolnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 4. Pistanamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar: ra’nodoshlar, semizakdoshlar, anordoshlar, burchoqdoshlar, zarangdoshlar, toshbaqatoldoshlar, pistadoshlar, tuyatovondoshlar, isiriqdoshlar, chilonjiydadoshlar, tokdoshlar, rо‘yandoshlar, gazakо‘tdoshlar, kendirdoshlar, ituzumdoshlar, pechakdoshlar, zaytundoshlar, govzabondoshlar, sigirquyruqdoshlar, tizimguldoshlar, yalpizdoshlar, zubturumdoshlar, qо‘ng‘iroqguldoshlar, qoqiо‘tdoshlar, araliyadoshlar, ziradoshlar, qо‘ng‘irpо‘stdoshlar, shilvidoshlar, asarundoshlar, gultoji barg, gulkosacha bargi, gipantiy, changchi, pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, danakli meva, to‘pmeva, rezavor meva, dorivor, manzarali, asal beruvchi, oziq-ovqat, tur. Ra’nokabilar - Rosidae sinfchasiga umumiy tavsif Bu sinfcha ikki pallalilar ajdodidagi eng katta ajdodcha hisoblanadi. Shu bilan birga, bir muncha qadimgi va rivojlangan turlarni о‘z ichiga oladi. Hayotiy shakli daraxtdan tortib to о‘t о‘simliklargacha. Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan. Gullari ikki jinsli, ba’zan ayrim jinsli. Tugunchasi ustki, ostki va о‘rta. Qabilaga mansub turlar daraxt, buta va o‘tsimon o‘simliklar. Barglari navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan, oddiy yoki murakkab. Gullari qo‘sh jinsli yoki alohida jinsli. Gul qo‘rg‘oni 5 a’zoli. Changchilari ko‘p. Urug‘chisi apokarp, ayrim hollarda sinkarp. Mevasi turlituman tuzilishli, (yong‘oqcha, danak yoki boshoqcha). O‘simliklar sistematikasi fanining ko‘pchilik namoyandalari bu qabila tarkibida Posaceae, Saxifragraceae, Crasullaceae va boshqa shunga yaqin oilalarning kiritilishini qonuniy deb biladilar. Ularning fikricha, bu qabila ulkan filogenetik bog‘lam bo‘lib, o‘zining kelib chiqishi bilan bularga ko‘pgina ikki pallali o‘simliklar Fabaceae, Myraceae oilalari shu qabila bilan uzviy bog‘liq deb qaraydilar. Biz Taxtadjyan sistematikasiga suyangan holda Ra’noguldoshlar oilasini o‘z belgilari bilan unga yaqin bo‘lgan ikkita tropik o‘lkalar uchun xos uncha katta bo‘lmagan (Chrisobalanaceae va Neuradaceae) ikki oilani birlashtirgan alohida Ra’nogullilar (Rosales) qabilasiga ajratiladi. Hozirgi vaqtda A.L.Taxtadjyan (1987) sistemasi bо‘yicha bu ajdodcha 39 ta qabilani о‘z ichiga oladi. Shulardan ayrimlariga tо‘xtab о‘tamiz. 1.Ra’nonamolar – Rosales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabila 3ta oilani ( Rosaceae, Chrysobalanaceae, Neuradaceae) о‘z ichiga oladi. Ra’noguldoshlar oilasi – Rosaceae. Bu oilaga 120 ta turkum va 2000 dan ortiq tur kiradi. Ular daraxt, buta, chala buta, kо‘p yillik, ba’zan bir yillik о‘simliklar bо‘lib, Ayniqsa shimoliy yarim sharda keng tarqalgan barglari poyada ketma-ket joylashgan oddiy yoki murakkab bо‘lib, kо‘pincha yon, barglarga ega. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yakka, ba’zan tо‘pgullarni hosil qiladi. Gulqо‘rg‘oni murakkab, 5 lik tipida bо‘ladi, erkin yoki ma’lum darajada qо‘shilgan. Changchilari kо‘pincha kо‘p sonli. Urug‘chisi 1,5 yoki bir necha mevabarchaning qushilishidan hosil bо‘lgan. Mevasi har hil tipda bо‘ladi. Ra’noguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jihatidan 6 ta kichik oilachaga bо‘linadi. Shulardan 4 tasiga tо‘xtalib о‘tamiz. 1. Tubulg‘iguldoshlar (Spiraecoidcae) 2. Atirguldoshlar (itburunlar) Rosaideae 3. Olmaguldoshlar (Pomoideae) 4. Olxo‘riguldoshlar (Prunoideae) Tubulg‘idoshlar – Spiraecoideae. Oilacha vakillari buta о‘simliklardir. Barglari oddiy yoki murakkab, gullari mayda sochoq yoki qalqonsimon tо‘pgulga to‘plangan, tugunchasi ustki. Gulo‘rni yassi yoki bir oz botiq. Kosachasi 5 ta kosacha bargdan, gultojisi 5 tojbargdan iborat. Changchilari ko‘p, ular doira shaklida joylashgan. Urug‘chisi 5 ta mevachabargdan tuzilgan. Gulining formulasi: *♀♂ Ca5 Co5 A~ G (5) Mevasi tо‘p yoyma meva. Oilachaning asosiy turkumi tubulg‘i (Spiraea). Bu turkumning О‘rta – Osiyoda tuqli tubulg‘i (S.pilosa), baljuan tubulg‘asi (S. baldlchuanica) kabi turlari toshli, tog‘ yonbag‘irlarida, archazorlar va daryo sohilarida о‘sadi. Itburundoshlar – Rosoideae. Bu oilachaga о‘t, chala buta va buta о‘simliklar kiradi. Barglari toq patsimon murakkab yoki oddiy chetki qirralari uyilgan, yon bargchali. Poyasi kо‘pincha tikanli. Gul tugunchasi o‘rta. Mevachi barglari 1 ta yoki ko‘p, ular birmuncha uzunroq, qavariq, botiq gulo‘rnida bo‘ladi. Gul formulasi: *♀♂ Ca (5) Co5 A~ G() Mevasi yong‘oqcha yoki murakkab danakchali meva. Oilacha vakillari: Itburun na’matagi (Rosa canina), Fedchenko na’matagi (R.fedtchenkoana), Samarqand na’matagi (R.moracandica), Zangori maymunjon (Rubus caesius), Oddiy maymunjon (R.idaeus), qulupnay (Fragaria), g‘ozpanja (Potentilla). Maymunjon va malina - Rubus. Bular buta o‘simliklaridir. Poyalari va barg bandlarida tikanlari bo‘ladi. Mevalari sersuv va xushbo‘y. Meva sifatida ekiladi. Malina mevasi terlatuvchi va siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Maymunjon (R.caesius) -tekislik, ariq va kanal bo‘ylarida, tog‘ va tog‘ yon bag‘rlarida o‘sadigan rezavor butacha.Mevasi yeyiladi va murabbo qilinadi. Sirop va vino tayyorlanadi. Qulupnay (yer tut) - Fragaria. Poyalari o‘rmalab o‘suvchi, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglari 3 tali murakkab barg, yon bargchali. Mevasi ko‘p urug‘li rezavor. G‘ozpanja (Potentilla). Bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglari panjasimon,ba’zan patsimonlari bo‘ladi. Mevasi ko‘p urug‘li O‘zbekiston florasida beshbarg (P.reptans)va pakana beshbarg (P.supina)keng tarqalgan. P.erecta turi meditsinada ishlatiladi. Itburun (na’matak) - Rosa. Bular poyasi 1-3 mli butasimon o‘simlik bo‘lib,bargi toq patsimon,tanasi tikanlar bilan qoplangan. Yon bargli. Guldoni ko‘zachasimon. Mevasi soxta meva. Bu mevaning tarkibida "C" vitamini ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bu turkumning 120 turi bor. O‘zbekistonda 17 turi o‘sadi. Na’matakda asal modda bor. Uning mevalari vitamin tayyorlashda xom ashyo bo‘lib xisoblanadi. Na’matak o‘simligining bir qancha turlari atirgulning manzarali navlari uchun payvandtag qilinadi. O‘zbekiston sharoitida, na’matakning itburun Rosa canina degan turi ayniqsa yaxshi payvandtag bo‘ladi. Olmadoshlar - Pomoideae. Bu kenja oilaning vakillari daraxt va ba’zan buta o‘simliklaridir. Ularning barglari ko‘pincha oddiy, ba’zan murakkab tushib ketadigan, yonbargli, gulkosasi ham gultojisi ham 5 tadan. Chagchisi 20 tadan ortiq. Mevabarglari 2-5 ta. Tugunchasi ostki. Gulo‘rnida botiq mevabarglari gulning etli o‘zagi bilan qo‘shilib o‘sadi. Natijada etli soxta olmasimon meva xosil bo‘ladi. Mevasining uchida kosacha qoladi. Gul formulasi: *♀♂ Ca(5) Co5 A~ G (1) ba’zan (2-5) Mevasi sersuv soxta meva. Oilacha vakillari: Madaniy olma (Malus domestica), yovvoyi olma (M.Sylvestris), nok (Pyrus), behi (Cydonia), sariq dо‘lana (Grataegus pontica). Olma-Malus. Olma barglari oddiy, bandi butun, ko‘pincha xar xil oval shakllarda, ostki tomoni tukli, chetlari arrasimon tishli, yon bargi tushib ketadigan o‘simlikdir. Ularning guli yirik, qo‘shqo‘rg‘onli, to‘g‘ri, kichikroq bo‘lib, siyrak guli soyabon to‘pgul hosil qiladi. Kosabarg va tojibargi 5 tadan. Gultojning sirti oq,ich tomoni och yoki to‘q pushti, qizil.Changchisi ko‘p, changdoni sariq rangli, urug‘chisi 5 ta bo‘lib, mevabarglarining osti qo‘shilib o‘sadi. Tugunchasi ostki 5 uyali. Mevasi soxta. Og‘irligi 20 dan 600g ga boradi. Nok (Pyrus).-daraxt va buta o‘simlik. O‘rta Osiyo tog‘larida 8 turi o‘sadi. Olxо‘ridoshlar - Prunoideae. Bu kenja oila vakillari daraxt va buta,barglari oddiy, qirqilgan, tushib ketuvchi kichik yonbargli o‘simlikdir. Gullari oq yoki pushti, gulqo‘rg‘on barglari 5 tadan. Changchisi 10-20 ta bo‘lib, gipantiyning qirg‘og‘ida joylashgan. Gulo‘rni bokalsimon tuguncha bilan qo‘shilib o‘smaydi. Urug‘chisi 1 ta mevabargdan tuzilgan, tugunchasi ustki. Mevasi quruq yoki sersuv danakcha. Gul formulasi: *♀♂ Ca5 Co5 A5, ~, G 1 Mevasi quruq yoki sersuv danakcha. Oilacha vakillari: Shirin bodom (Amygdalus communis), о‘rik (Armeniaca vulgaris), shaftoli (Persica vulgaris), olcha (Serasus vulgaris), gilos (Cerasus avium), olxo‘ri ( Prunus domestica). Olxo‘rilar (Prunusdomestica) bu sal tikanli yoki tikansiz daraxt va buta o‘simliklaridir. Oqimtir gullari bargi yozilishi bilan teng ochiladi. Mevalari uzunligi 2 sm keladigan bandchalarda osilgan bo‘ladi. Mevasining rangi xar xil, usti g‘uborli bo‘ladi. Ularning yovvoyi xolda uchrashi noma’lum. Bodom (Amygdalus). Bu turkum vakillari daraxt va buta o‘simliklaridir. Ularning barglari lansetsimon, qisqa bandli.Gullari pushti yoki oq qariyib bandsiz bo‘lib, barg chiqarishga qadar ochiladi. Bu juda erta gullovchi meva o‘simliklaridir. Mevasi quruq danakcha, mezokarpi etli va qattiq, ba’zan silliq yoki g‘alviraksimon bo‘ladi. Oddiy bodom - A.communis. O‘rik (Armeniaca). Bu shox-shabbali,tanasidagi po‘stlog‘i kul rang va yorilgan daraxtlardir. Yosh novdalari qizil rangda, gullari qisqa bandli, mevasi etli suvli pishganda danagi osonlik bilan ajraydigan danakli mevadir. Shaftoli (Persica). Bular daraxt o‘simliklar bo‘lib, barglari lansetsimon, gullari pushti rangda yoki qizil. Mevasi tuxumsimon, sharsimon yoki anjirsimon, juda suvli, po‘sti mayda tukchalar bilan qoplangan danakli mevadir. Olcha (Cerasus). Bular daraxt va buta o‘simlik bo‘lib, barglari oddiy, silliq, chetlari tishli, tuxumsimon yoki ellipsimon va uzun bandlidir. Gullari to‘g‘ri, oq rangli, oddiy soyabon shaklida tuzilgan. Qo‘sh gulqo‘rg‘onli, changchisi ko‘p sonli, onaligi bitta. Tugunchasi ustki. Mevasi sharsimon, qizil, qoramtir va sariq rangli, sersuv danakli meva. 2 turi gilos (C.avium), olcha (c.vulgaris) bizda ko‘p ekiladi. Ahamiyati: Oilaning kо‘pchilik vakillari oziq-ovqat о‘simligi hisoblanadi. Ularning mevasini tarkibida qand moddalari, har xil organik kislotalar, vitaminlar va efir moylari uchraydi. Juda kо‘p turlari qadimdan madaniylashtirilgan. Shuningdek bir qancha turlari tibbiyotda dori tayyorlashda, ishlatiladi. Semizakdoshlar - Crassulaceae oilasi. Tarkibida yer yuzining ilik va kuruk viloyatlarida tarqalgan 30 turkumga mansub 1500 ga yakin turi mavjud. О‘rta Osiyoda 7 turkumga mansub 42 turi tog va yaylov zonalarining nam, shagal aralash mayin tuproqlarida о‘sadi. Ularning aksariyat qismi kо‘p kо‘p yillik, tanasi etli kserofit o‘t о‘simliklar. Barglari etli, butun, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari turli xildagi gul tuplamlarida, kush jinsli, antinomorf, odatda 5 a’zoli, lekin a’zolarning soni uzgaruvchan. Toj barglari tutash emas, erkin. Gul formulasi Ca5Co3A5 5 + G5 . Mevasi kо‘p barg yoki qisman kо‘sakcha, urug‘i endospermsiz. Sedum - semizak Kо‘p turkumli yillik yoki bir yillik о‘simlik, barglari etli, guli kush jinsli, gul qо‘rg‘oni besh a’zoli. О‘rta Osiyoda uning 8 turi tarqalgan bо‘lib, ular orasida kо‘p yillik tog zonasining shagal, tosh aralash, nam mayin tuproqlarida о‘sadigan S. hubridum - gibrid semizuti, kо‘p yillik togning xarsang toshlari yoriklarida о‘suvchi - S. alberti-Alvert semizuti, bir yillik shagal va toshli tog yonbag‘irlarida uchraydigan S. pentapetalum-besh a’zoli semizut singari turlar dikkatga sazovor. Psendosedum – yolg‘on semizo‘tlar turkumining 9 turi О‘rta osiyoda borligi aniklangan, ular kо‘p yillik, bo‘yi 25-50 sm tik о‘suvchi, barglari bandsiz, kalam-kalam, tо‘pguli och pushti yoki pushti rangli. Aksariyat qismi tog va yaylov zonalarining sernam shagal va tosh koyalarining soyalarida о‘sadi. Bizning sharotimizda Psendosedum lievenii - Liven soxta semizuti, P.Langidetatum - uzuntish soxta semizuti, P.multicaule – ko‘k poyali soxta semizo‘t singari turlar e’tiborga molik. Rosularia – tilovo‘t turkumining О‘rta Osiyoda 12 turi tarqalgan bо‘lib, ularning xam aksariyat qismi tog va yaylov zonalarining shagal aralash, toshlokli namlikka boy mayin tuproqlarida, archazorlarda, tosh yoriklarida о‘sadi. Bu turkumning ruvaksimon tilovo‘t - Rasularia paniculafa va Barisov tilovuti- R. Borissovae deb nomlangan turlari keng tarqalgan. Toshyorardoshlar (Saxifragaceae) oilasi. Oilaning35 turkumga mansub 600 dan ortiq turi shimoliy yarim sharlarining sovuk va о‘rta iqlimli viloyatlarida va qisman baland tog chukkilarida tarqalgan. О‘rta Osiyoda 6 turkumga mansub 33 turi tog va yaylov zonalarining yonbag‘irlari, namlikka boy jarliklar, daraxtzor, butazor va archazorlarda tarqalgan. Bu oilaning Saxifraga -tosherlar, Ribes-qorakat, Rhilodelphus-yovvoyi jasmin singari turlari e’tiborga loyik. Saxifraga - toshyorarlar turkumiga mansub о‘simliklarning aksariyat qismi kо‘p yillik o‘t о‘simliklar bо‘lib, О‘rta Osiyoda 13 turi tog‘ va yaylov zonalarining toshlok va xarsangtoshlar orasida, sernam shagal va tosh aralash mayin tuproqlarida, daryo irmoqlari bo‘yida о‘sadi. Turkumning kо‘p yillik sersuv balchiqlashgan tog yonbag‘irlarida о‘sadigan Saxifraga hirsutus - botqoq toshyorarlari, nam toshli va shagalli tog yonbag‘irlarida о‘suvchi S.Stenophylla ingichka barglitoshsevar. Toshli va shagalli tog yon bagirlarida о‘suvchi S.macrocalix-ulkan kosacha bargli toshyorlar singari turlar kuzga tez tashlanadi. Philodelphus - jasmin turkumining faqat bir Ph. Caucasica-Kavkaz yovvoyi jasmini deb ataladigan bo‘yi 3 metrgacha, novdalari kizgish, barglari uzun-ellepsimon yoki lansetsimon gullari sargich, aprel oyida gullovchi turi xushmanzara о‘simlik sifatida о‘stiriladi. Ribes - qoraqat turkumining hamdo‘stlik mamlakatlarida 36, shu jumladan О‘rta Osiyoda 10 turi tarqalgan bо‘lib, ularning aksariyat qismi buta hayot shaklidagi turlar, adir va tog zonalarining tog yonbag‘irlarida о‘sadi. Qoraqatning tog zonasini shagalli, toshlok, butazor tog yonbag‘irlarida, daryo soxillarida о‘sadigan Ribes meyeri-qora qoraqat, daryo soxili, butazorlar toshli tog yonbag‘irlarida о‘suvchi R. Saxatile tosh qoraqati kabilar o‘ziga xos manzara hosil kiladi. 2. Burchoqnamolar - Fabales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabila faqat burchoqdoshlar (Burchoqdoshlar) oilasini о‘z ichiga oladi. Oilaning 500ga yaqin turkumi, va 12000 turi butun yer yuzida tarqalgan. Ular daraxt, buta, chala buta va о‘t о‘simliklardir. Poyasi tik, о‘rmalovchi va yotib о‘suvchi. Barglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, tok va juft patsimon, ba’zan oddiy, yon bargchalarga ega. Murakkab patsimon barglarni uchki tomonidagi yaproqchalari ba’zan shaklini о‘zgartirib, gajaklarga, yon bargchalari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli, notо‘g‘ri (zigomorf), ba’zan tug‘ri bо‘lib shingil, boshcha, soyabon, boshoqsimon tо‘pgulda joylashgan. Changchisi va urug‘chilari hasharotlar yordamida, goho о‘z о‘zidan changlanadi. Gulqо‘rgoni murakkab, kosacha bargi 5 ta, kо‘pincha qо‘shilib о‘sgan, tajbargi ham 5 ta. Ustki tojibargi yirikroq bо‘lib, «yelkan», ikkita ostkisi esa, changchilarni о‘rab turgani «Qayiqcha» deb ataladi. Changchilar soni odatda 10ta ulardan bittasi erkin, qolgan 9 tasining chang iplari о‘zaro qо‘shilib о‘sgan. Bazi xollarda 10ta changchining chang iplari, hammasi bir-biri bilan qо‘shilib, ketadi, yoki uning aksi hammasi erkin xolda bо‘ladi. Urug‘chisi 1ta meva bargchadan tashkil topgan. Tugunchasi ustki. Mevasi dukkak. Uruglari endospermsiz. Gul formulasi: ↑ ♀♂ Ca(5) Co1+2+(2) A(9) +1 G 1 Oila vakillari: 1) Nо‘xatsimon burchoq (Lathyrus cicera). Bir yillik о‘t. Tog‘ yon bag‘irlari, butalar orasi, ariq va soy bо‘ylarida, ekinlar orasida uchraydi. 2) Osiyo burchagi (L.asiaticus). Bu ham bir yillik о‘simlik begona о‘t sifatida ekinlar orasida uchraydi. 3) Yantoq (Alhagi). Yantoqning О‘zbekiston sharoitida soxta yantoq (A.pseudoalhagi), qirgiz yantog‘i ( A.kirghisorum) kabi turlari uchraydi. Bularning har ikkalasi kо‘p yillik о‘simliklardir. 4) Miya (Glycirhiza). Keng tarqalgan turi tuksiz miya (G. glabra) va tikkanli miya (G.aspera) bizning sharoitimizda adir, tog‘ va ariq, daryo bо‘ylarida, ekinlar orasida uchraydi. Shuningdek boshqa turlari: madaniy beda (Medicago sativa), ekiladigan nо‘xat (Sicer arienticum), kо‘k nо‘xot (Pisum sativum), yer yong‘oq (Arachis hypogaeaayea), sebarga (Trifolium) va boshqalar. Ahamiyati: Bu oila vakillarining ildizlari tuganak bakteriyalar bilan birga simbioz xolatda yashab atmosferadagi erkin azotni о‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham bu о‘simliklarda almashlab ekishda keng foydalaniladi. Oilaning bir qancha turlari tarkibida oksil bо‘lganligi uchun, tо‘yimli ovqat sifatida ishlatiladi. Ba’zi vakillari moy bо‘yoq va dorilar tayyorlanadi. Manzarali о‘simlik sifatida ham ayrim- turlari ekib о‘stiriladi. 3. Toshbaqatolnamolar - Rutales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Toshbaqatoldoshlar (Rutaceae) oilasi. Daraxt, buta va qisman o‘t о‘simliklar. Barglari navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan, murakkab yoki ayrim xollarda oddiy, efir moy ishlab chikaradigan bezlari mavjud. Gullari yakka holda yoki gul tuplamlarida joylashgan, kush jinsli, antinomorf, kush gul qо‘rg‘onli, 4 yoki 5 bulmali, urug‘ bargidan shakllangan. Gul formulasi- Ca45 Co4-8 A8,10,∞ G(4,5,~). Tugunchasi 4-5 chanokli. Mevasi turli xil (rezavor meva, danak meva, kangotli meva, kusak) shakllardir. Yer kurrasining tropik, subtropik va о‘rta iqlimli mintaqalarida bu oilaning 150 turkumga taallukli 160 turi tarqalgan. O‘zbekistonda uning 20 turi, tabiatda yovvoyi holda uchraydi va 3 turi madaniy о‘simliklar katorida meva, о‘simlik xom-ashyosi, va manzarali о‘simlik sifatida о‘stiriladi. Toshbaqatol - Haplophyllum turkumi. Kо‘p yillik o‘t, kosacha va toj barglari beshtadan, changchisi 10 ta, mevasi 5 uyali kо‘sakcha. Bu turkumning O‘zbekiston uchun xarakterli bо‘lgan, loy tuproqli chul va kuyi adirda о‘sadigan H. Pedicellatum, kum tuproqli chulda о‘suvchi- H. Ramosissimum, gipsli chul uchun xos chulda о‘suvchi- H. Obtisifolium, kizil tuproqli tog yonbag‘irlarida tarqalgan H. Bucharicum, H. folionula, H. Leptomerum singari turlarini kursatish mumkin. Sitrus - Citrus turkumining 30 ga yakin turi Janubiy va janubiy Garbiy Osiyoda, Xindistondan Avstarliyagacha tarqalgan. Bizning sharoitimizda sitruslar yopik issikxonalarda о‘stiriladi. Odatda ular daraxt hayot shaklidagi о‘simliklar bо‘lib, barglari doimiy yashil, barglari butun, gullari ok, xidli, barglar kultigida joylashgan. Mevasi kо‘p uyali, kalin pо‘stli, efir moyga boy rezavor meva. Uning vatani Janubiy Sharqiy Osiyo, muhim vitaminga boy oziq-ovqat о‘simligidir. Asosiy turlari Limon-Citrus limon,apelsin Citrus sinensis, Mandarin C. Reticulata singarilar. 4. Pistanamolar - Anacardiales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Pistadoshlar (Anacardiaceae) oilasi. Daraxt va buta hayot shaklidagi о‘simliklar, barglari oddiy yoki qisman tok patsimon murakkab, navbatlashib yoki ayrim xollarda qarama-qarshi joylashgan. Floemasida katron (smola) yullari mavjud. Gullari ruvak shaklidagi shoxlangan murakkab tup gullarda joylashgan, mayda, 3-5 bulakli, aktinmorf, kush jinsli, yoki ayrim xollarda aloxida jinsli. Gul formulasi: Ca3-5 A3-10 G1-(5). Oila vakillari muhim meva, texnik va dorivor о‘simliklar hisoblanadi. Asosiy turkumlari: Pista - Pistacia ikki uyli, murakkab patsimon bargli, buta о‘simlik. Urug‘chisi uchta meva bargidan shakllangan. Mevasi kuruk danak. О‘rta Osiyoda keng tarqalgan turlaridan biri oddiy pista-Pistacia vera. Danagining magzi nixoyatda xushxur, oziq-ovqat о‘simligi. Urug‘ining tarkibida 60 % ga qadar yog bor. Poyasidan smola, bargidan «galla» deb ataladigan qimmatbaho bo‘yoq olinadi. Tabiiy pistazorlarning umumiy maydoni О‘rta Osiyoda 250 ming gektardan ortiq. Sumax - Rhus - u qadar katta bulmagan daraxt, guli aloxida yoki kush jinsli, bir yoki ikki uyli, murakkab ruvakda joylashgan, kosacha va toj barglari 5 tadan. Urug‘chisi bitta meva bargidan shakllangan. Mevasi qizil rangli danak. E’tiborga molik turi kun bon sumax-Rhus cariaria О‘rta Osiyoda keng tarqalgan, muhim oshlovchi va buyokbon о‘simlik hisoblanadi. Uning tarkibida 20 % ga qadar oshlovchi modda tannid bor. Sumaxning poya va bargidan qora, mevasidan kizil, novda pо‘stidan sarik, ildiz pо‘stidan kirmizi rangidagi buyoklar olinadi. Tuyatovondoshlar (Zygophyllaceae) oilasi. Aksariyat qismi tropik mintaqada tarqalgan daraxt, О‘rta Osiyoda tarqalgan turlari kо‘p yillik o‘t о‘simliklar. Oilaning 30 turkumga mansub 300 ga yakin turi ma’lum. Guli aktinmorf yoki bir qadar zigomorflashgan, kosacha va toj barglari beshtadan, changchisi 5 ta yoki undan 2-3 barobar ortiq, urug‘chisi kо‘p chanokli, ustki. Mevasi shirali rezavor meva yoki danak, yoinki kurigan kо‘sakcha, ayrim xollarda tub qismi kengaygan yong‘oqcha. О‘rta Osiyo va xususan O‘zbekistonda tarqalgan turkumlari: Isiriq (Xazonisfand) - Reganum kо‘p yillik o‘t, barglari navbatlashib joylashgan. Gul novdalarini uchida, gulli gul tuplamlarida. kosachasi 5 ta, toj barglari 5 ta ok rangli, changchisi 12-15 ta, tugunchasi 2-3 chanokli, urug‘i endospermli, uch kirrali. Turkumning Peganum harmalaisirik nomi bilan yuritiladigan, balandligi 40-50 sm bо‘lgan bо‘lgan turi loy tuproqli, kum tuproqli va shagal aralash mayin tuproqli chullarida keng tarqalgan. Isiriq xalq va ilmiy tabobatda keng kullaniladigan dorivor о‘simlik hisoblanadi. О‘simlikning barcha qismlari alkolloidlarga boy. Oilaning chul va adirlarda keng tarqalgan tuyatovon - Zygophyllum, Kum uzum - Nitraria deb ataladigan turkumlari xam tarqalgan. Bu turkumlarni Taxtadjyan uz sistemasida Zygophyllaccae, Nitrariaceae va Peganaceae oilalariga bо‘ladi. Biz bularni О‘rta Osiyo va O‘zbekiston florasida bitta oila tarkibida ekanligini inobatga olgan holda bir oila tarkibida bulishini ma’kul topdik. Zig‘irdoshlar (Linaceae) oilasi. Bir yilik, kо‘p yillik o‘t, qisman xollarda butacha va lian hayot shaklidagi о‘simliklar. Oilaning 9 turkumga mansub 300 turi subtropik va о‘rta iqlimli mintaqalarda, xususan Janubiy Xitoy, Xindiston, Amerikaning tropik qismida, Kavkaz, Ukraina, Belorussiya va О‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Uzbeksitonda zigirlarning yovvoyi L massa getoviyovvoyi turi va L vulgare nomi bilan ataladigan turlari tarqalgan. Bular bir yillik o‘t. Barglari oddiy, bandsiz, chetlari kirkilmagan, butun, navbatlashib joylashgan. Gullari ruvak shaklidagi gul tuplamlarida. Gul formulasi: Ca5 Co3A5 0 + G( ) 5 . Urug‘chisi 5 meva bargidan shakllangan tugunchasi 5 chanokli. urug‘chining usutunchasi 5 tumshuqli, mevasi kо‘sakcha, urug‘i endospermli. Undan tola va xalk xujaligi uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan yog olinadi. O‘zbekistonda uning balandligi 30-70 sm ekma о‘simlik-Linum dowesticum va L. Humula deb ataladigan turlari dexkonchilikda keng kullaniladi. Qontepardoshlar (Biebersteiniaceae) oilasi. Bu oilaga taalluqli о‘simliklar urug‘chisining ustunchasi uziga xos tuzilishli bargining barg bandida joylashishi, gulining uchki ruvaksimon gul tuplamida joylashishi, guldagi nektar hosil kiluvchi apparatning tuzilishi, chang pо‘stining tuzilishi, urug‘chining erkin holda joylashganligi, tuguncha tuzilishdagi ayrim belgilar xamda urug‘ning ancha irimitiv tuzilganligi inobatga olib gerandoshlar (Geraniaceae) oilasidan aloxida oila sifatida ajratilgan. Oilaning tarkibida faqat bitta Bieberschteinia turukmi mavjud bо‘lib, bizning sharoitimizda uning faqat konteparBieberschteinia multilida deb nomlangan turi tarqalgan. Qontepar Kо‘p yillik yо‘g‘on ildizli, balandligi 40-50 sm keladigan o‘t. Butun tansi va barglari uzun tortgan tuxumsimon yoki lansetsimon, guli aktinamorf, changchisi 10 ta, urug‘chi 5 ta meva bargidan shakllangan. Mevasi pishgandan sung besh bulakka ajraladi. Muhim dorivor о‘simlik sifatida xalk tabobatida keng kullaniladi. Gerandoshlar (Geraniaceae) oilasi. Bir va kо‘p yillik o‘t о‘simliklar, barglari oddiy, cheti kirkilmagan, butun, ayrim xollarda murakkab, yon bargli, poyada spiral yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari aktinamorf yoki zigomorf. Kosa va toj barglari 5 tadan, changchisi 10 ta, tugunchasi 5 bulmali, mevasi bitta umumiy ustunchaga birlashgan beshta bir urug‘li bulmadan iborat. Oilaning 9 turkumga manusb 650 ga yakin turi yer kurrasini xar ikkala yarim sharlarini о‘rta iqlimli viloyatlarida tarokalgan. О‘rta Osiyoda bu oilaning 29 turi shu jumladan, O‘zbekistonda 17 turi (2 turi dekarativ о‘simlik sifatida о‘stiriladi) tabiatda tarqalgan. Asosiy turkumlari Geranium J va Erodium hisoblanadi. Anjabor - Geranium turkumi. Kо‘p yillik yoki bir yillik o‘t о‘simlik. Bargi panjasimon kirkilmagan, Guli aktinamorf 5 a’zoli binafsha rangli. Gul formulasi: *Ca5 Co5 A5 5 + G( ) 5 . Mevasi murakkab bir necha urug‘chi yigindisidan shakllangan. Turkum vakillari tog va tog oldi zonalarida, daryo va ariklarning yokasida va nam yerlarda tarqalgan. Laylak tumshuq - Erodium turkumi. О‘rta osiyoda 9 turi , shu jumladan O‘zbekistonda 5 turi tarqalgan bir yillik о‘simliklar, bo‘yi 20-35 sm. Barglari oddiy, kirkilgan uch-besh bulakli. Gullari mayda pushti rangli, changchisi 10 ta. Mevasi uzun tumshuqchali. Chul, adir, tog va yaylovlarda, chagir toshli, loy tuproqli tog yonbag‘irlarida о‘sadi. Itjumrutdoshlar (Rhamnaceae) oilasi. Oilaning 60 turkumga mansub 600 ga yakin turi, daraxt va buta hayot shakidagi turlar. Ular yer kurrasining deyarli barcha mintaqalarida ayniqsa, tropik va subtropik viloyatlarida keng tarqalgan. Rhamnus – itjumrut turkum. U qadar baland bulmagan daraxt yoki buta о‘simliklar. Barglari tikanli, karma-karshi joylashgan, gullari bir jinsli, turt a’zoli, mevasi danak, tugunchasi turt uyali. O‘zbekistonda bu turkumning toshlok va tog oldi zonasida о‘sadigan Rh. minuta daryo soxillari, shagal va tosh aralash tog yonbag‘irlari, archazorlarda о‘suvchi Rh. cathurtica, tog zonasini kuyi qismida toshlok, shagal aralash tuproqli tog zonasi, daryolarning soxilida uchraydigan Rh. dolichophylla kabi turlarini kursatish mumkin. Ziziphus - uybi turkumi. Turkumning O‘zbekistonda faqat bitta Z jujuba chilon jiyda deb ataladigan u qadar baland bulmagan daraxt hayot shaklidagi turi Surxondaryo, Samarakand va Kashqadaryo viloyatlarining tog yonbag‘irlarida yovvoyi holda tarqalgan. Vitaminli, dorivor va xushxur meva sifatida о‘stiriladi. Jiydaguldoshlar (Elaeagnales) oilasi. Buta qisman daraxt hayot shaklidagi о‘simliklar. Tanasi panjasimmon kipiklar yoki yulduzsimon tuklar bilan kalin koplangan. Barglari oddiy, yon bargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashgan. Guli monopodial shoxlangan tup gullar (ratsemoz) da joylashgan, kush jinsli, aktinomorf 4 a’zoli. Changchilari kosacha barglari bilan tutash. Urug‘chisi bitta meva bargidan shakllangan, tugunchasi ustki. Gul formulasi: P( ) 4 (tashki tomoni kumush rang, ichki tomoni sarik) A4 G1. Mevasi danakli, danagi ust tomondan shirali yoki kuruk et bilan koplangan. Mevasi oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Tarkibida 0,3 % vitamin, oshlovchi moddalar, shakar, kraxmal va oksil bor. Jiydalar ixota daraxtlari sifatida foydalaniladi. Bol beruvchi о‘simlik. Jiydaning kumush rangli ekma nok jiyda - Elaeagnus Orientalis va E. angustifolia yovvoyi jiyda deb yuritiladigan turi O‘zbekistonda keng tarqalgan bо‘lib, uchraydi. Xar ikkala tur birbiridan barg va mevaning shakli va tuzilishi bilan fark kiladi. Hippophae - chirqanoqlar turkumi. Tikanli daraxt, barglari uzun tortgan, lansetsimon, gullari barg kultigida, ayrim (aloxida) jinsli, boshoksimon gul tuplamlarida novda kultigida joylashgan. Gul formulasi: P2A4G0, P(2)A0G1. Mevasi sarik rangli shirali danak. Muhim oziq-ovqat dorivor va yog beradigan о‘simlik. Mevasi ovkat sifatida, poyasi muhim yogoch sifatida, bargi oshlovchi moddalar oldishda, novdalari sarik va qoramtir kungir rangli buyok olishda ishlatiladi. Tokdoshlar (Vitaseae) oilasi. Bu oila tarkibiga 11 turkumga mansub 600 о‘simlik turi taallukli. Ularning aksariyat qismi tropiklarda tarqalgan, daraxt yoki chirmashib о‘suvchi lian о‘simliklar, bargi panjasimon, barg oldi bargchali. Guli bir yoki ikki jinsli chetdan changlanuvchi, gul formulasi: Ca5 Co3A5 G( ) 2 tugunchasi ikki xonali. Mevasi shirali rezavor, yumshok meva. Oilaning bizning ulkamizda madaniy holda о‘stiriladigan turi uzum-vitis venifera mamlakatimizda mevasini asalda shirin novlari kundalik hayotimizda aholi dasturxonini bezash, vino novlari oziqovqat sanoatida muhim tabiiy zaxiralardan hisoblanadi. Uzum bizning mamlakatda 4000 yil mukaddam madaniylashtirilganligi haqida ma’lumot bor. Hozirgi kunda faqat bizning mamlakatda 1200 ga yakin uzum novi borligi aniq. 14 – mavzu. Yalpizkabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja: 1. Gazakо‘tnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 2. Ro‘yannamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 3. Ituzumnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 4. Pechaknamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 5. Govzabonnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 6. Sigirquyruqnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 7. Yalpiznamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar:, gazakо‘tdoshlar, kendirdoshlar, ituzumdoshlar, pechakdoshlar, zaytundoshlar, govzabondoshlar, sigirquyruqdoshlar, tizimguldoshlar, yalpizdoshlar, zubturumdoshlar, qо‘ng‘iroqguldoshlar, , gultoji barg, gulkosacha bargi, gipantiy, changchi, pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, danakli meva, to‘pmeva, rezavor meva, dorivor, manzarali, asal beruvchi, oziq-ovqat, tur. Yalpizkabilar - Lamidae sinfchasiga umumiy tavsif Yalpizkabilar sinfchasi (ajdodchasi) 1983 yili chet el olimi Erendorfer tomonidan ajratilgan. Bu sinfchaga daraxt, buta, chala buta va tashqi kо‘rinishi xilma-xil bо‘lgan о‘t о‘simliklar kiradi. Barglari kо‘pincha qarama-qarshi, xalqasimon yoki ketma-ket joylashgan. Gullari qо‘shilgan. Sinfchaning tarkibiga 11 ta qabila kiradi. Shulardan ayrimlari haqida fikr yuritamiz: 1. Gazako‘tnamolar qabilasi - Gentianales Gazako‘tdoshlar (Gentianaceae) oilasi. Oila tarkibiga 1100 о‘simlik turini uzida mujassamlashtirgan 70 turkum kiradi. Asosan, о‘tsimon о‘simliklar, barglari butun, cheti kirkilmagan suprativ joylashgan. Guli xavorang, qizil, zaynovi va sariq rangli, barg qo‘ltig‘ida suprativ holda joylashgan. Gul formulasi. Ca(5)A5G(2). Tugunchasi bir xonali, mevasi kо‘sakcha, urug‘i endospermli. Oilaning barcha xarakterli xususiyatlarini uzida aks ettirgan turkumi Gentiana. Uning yer yuzida 300 dan ortiq turi tarqalgan bо‘lib shundan О‘rta Osiyoda 90 tasi uchraydi. Uning tipik vakili gazak o‘t kо‘p yillik o‘t о‘simlik, bo‘yi 10-30 sm, ildiz bugzidan barg va to‘p gul hosil qiladi. Kosa va toj bargi 4-5 a’zoli, qo‘ngiroqsimon, ko‘k, siyohrang yoki oqish ko‘k. May, iyun oylarida gullab urug‘lanadi. 2. Ro‘yannamolar qabilasi - Rubiales Ro‘yandoshlar (Rubiaceae) oilasi. Bu katta oilalar qatoriga kiradi, 400 ga yaqin turkumga mansub 5000 ga yaqin turni uzida birlashtiradi. Daraxt, buta, bir yillik va kо‘p yillik o‘t о‘simliklar. Barglari butun qarama-qarshi joylashgan. Gullari shingil, yarim soyabon shaklidagi gul to‘plamlarida joylashgan, ikki jinsli, entomofil. Bizning o‘lkamizda tarqalganlari kо‘pincha 4 a’zoli, mayda. Gul formulasi: Ca0 (rivojlanmagan) Co(4) A4 G(2) Tugunchasi ikki xonali, ustunchali, tumshuqchasi ikkiga ajralib turadi. Mevasi yong‘oqcha, danak yoki kо‘sakcha. Issiq mamlakatlarda muhim dorivor, texnik va oziq-ovqat о‘simliklari hisoblanadi. Oilaning, bizni o‘lkamizda keng tarqalgan vakili bo‘yoqbop ro‘yan - Rubia tinktorum bо‘lib, u kо‘p yillik, bo‘yi 50-100 sm, poyasi to‘rt qirrali o‘tkir tikanli, iyul-avgust oylarida gullab, meva tugadi. Ariq bo‘ylarida, bog‘ va ekinzorlarda о‘sadi. Ro‘yan ildizi va ildiz poyasi tabobatda qon to‘xtatuvchi dorivor о‘simlik sifatida foydalanilgan. Poyasi esa qimmatbaho metallarni ranglash uchun qo‘llaniladigan yorqin va uchmaydigan bo‘yoq olish uchun ishlatilgan. Dunyo aholisi qadrlaydigan ichimlik tayyorlanadigan о‘simliklardan biri kofe о‘simligi - Coffe arabica. U doim yashil, balandligi 5 metrgacha bо‘lgan daraxt, barglari butun, chetlari qirqilmagan, hidli. Guli barg qo‘ltig‘ida joylashgan, oq rangli, xushbo‘y hidli, 5 a’zoli, mevasi qizil danak, ikki urug‘li. Urug‘i tarkibida kofein alkaloidi tufayli kishi asab sistemasini taranglashtiradi. Kofening eng yaxshi navi «Mokko» Arabistonning Yaman viloyatida o‘stirilib, undan Efiopiyada ichiladigan kofe tayyorlanadi. Kofe Plantatsiyalari ayniqsa, Braziliya tropiklarida keng tarqalgan. Yevropaga kofe Turkiyadan XVIII asrda keltirilgan. 3. Ituzumnamolar qabilasi - Solanales Bu qabila 5 ta oilani о‘z ichiga oladi. Shulardan biri ituzumdoshlar oilasi. Ituzumdoshlar oilasi – Solanaceae. Bu oila 80 ta turkum, 2000 ga yaqin turni birlashtiradi. Ular о‘rta, mо‘tadil iqlimlarida tarqalgan. Hayotiy shakli о‘t о‘simliklar. Ba’zan chala buta shaklida ham uchraydi. Bizning Qizilqumda, tо‘qayzor, adir va tog‘larda о‘suvchi, jing‘il (Lycium) tikanli buta hisoblanadi. Barglari oddiy butun yoki qaychibarg va yonbargsiz bo‘lib, asosan navbatlashib joylashadi. Biroq gulli tanalarida barglari ba’zan juft-juft, hatto qarama-qarshi joylashgandek ko‘rinadi, to‘p gulli simoz odatda gajjak, gullari och sariq, pushti binafsha. Oqimtir ko‘k rangli aktinomorf, ba’zan bir oz zigomorf tuzilgan. 2 jinsli bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni qismlari va otaligi 5 a’zoli. Onaligi 2 mevabargli, tugunchasi ustki, 2 uyali, ba’zan 3-5 uyali, har qaysi uyasi ko‘p urug‘kurtakli. Mevasi rezavor-meva yoki ko‘sakcha. Urug‘i endospermli ham, endospermsiz ham bo‘ladi. Embrioni bukilgan (ba’zan to‘g‘ri). Tuguncha atrofida halqa bo‘lib joylashgan 5 bo‘lakchali shiradoni bor. Gul formulasi: *♀♂ Ca(5) Co (5) A5 G(2) Bu oilada changchilarni oldin yetilishi (protoandriya) kuzatiladi. Hasharotlar vositasi bilan yoki o‘z-o‘zidan changlanadi. Anatomik jihatdan bog‘lamlari orasida yumshoq tolalar bo‘lishi, bioximik jihatdan turli alkaloidlarga boy bo‘lishi, oilaning xarakterli belgilaridan biridir. Ituzumdoshlar oilasi 80 avlod, 2500 dan ortiqroq turdan iborat bo‘lib, yer sharining mo‘tadil iqlimli poyasida va tropiklarda, xususan Amerikaning tropik oblastlarida keng tarqalgan. Shulardan MDH florasida 45 turi, O‘zbekiston florasida 25 turi uchraydi. Ituzumdoshlarga mansub turlari tarkibida alkaloidlar bo‘lganligidan ularning ko‘pchiligi zaharli hisoblanadi. Bir necha turlar dorivor o‘simlik sifatida qo‘llaniladi. Shu bilan birga muhim sabzavot sifatida ekiladigan va texnikada qo‘llaniladigan vakillari ham bor. Oila vakillari: Kartoshka - Solanum tuberosum. Bu о‘simlikning vatani Janubiy Amerika bо‘lib, XVI asr oxirlarida Evropaga keltirildi. Rossiyaga XVIII asrda, О‘zbekistonda XIX asrning 2-yarimdan boshlab ekila boshlangan. Uning 1000dan ortiq navi bor. Bu yer ostidagi ipchalarda o‘zgargan ildizpoya tuganaklar hosil qiladigan ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir, to‘p gullari murakkab gajak, gullari to‘g‘ri tuzilgan oq sariq, pushti va och binafsha rangli,gultoji voronkasimon qaytarmasi 5 bo‘lakchali. Changdoni sariq, mevasi 2 uyali, kattaligi olchadek, yashil rangli rezavor meva. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika bo‘lib 16 asr oxirlarida Yevropaga keltiriladi. Tuganagida 12-25% kraxmal, 2% chamasida moy, shu miqdorda oqsil hamda "A", "B1", "B2", "B6", "C", "N", "K" vitaminlari bo‘lganligidan bir yillik sabzavot va texnika o‘simligi sifatida yer sharining ko‘p qismida ekiladi. Kartoshka yovvoyi holda janubiy markaziy Amerikaning And tog‘larida o‘sadi. Rossiyada XVIII asrdan boshlab, O‘zbekistonda esa XIX asrning 2 yarmidan ekila boshlandi. Kartoshkaning 2000 dan ortiq navi bor. Dunyo dehqonchiligi bo‘yicha kartoshka ekiladigan maydon 20 millionga yetadi. O‘zbekistonda kartoshkaning ertagi navlaridan Kuryer, Nim rang, Epikuo, Ekron, Pochki navlaridan Lorx, Qaychi barg, Gollandskiy va boshqalar ekiladi. Pomidor - Lycopersicum esculentum. Vatani Janubiy Amerika. Bu mayin tukli o‘ziga xos hidli bir yillik o‘simlik. Barglari uzuq-uzuq, katta qismi toq patsimon, bo‘lakchalarga bo‘lingan. Gullari murakkab yoki oddiy gajak, yoki shingil tipida to‘pgul hosil qiladi. Gultoji sariq, changdonlari yonidagi tik yoriqchalar orqali ochiladi. Mevasi sersuv mevadir. U yerda ko‘p yillik o‘simlik hisoblanadi va daraxtga o‘xshash turlari yovvoyi holda o‘sadi. Navlari g‘oyat ko‘p bo‘lib keng miqyosida ekiladi. XVI asrning oxirida (1569 yil) pomidor urug‘i ekib tajriba qilish maqsadida Angliyaga keltiriladi. Pomidor Rossiyada ham birinchi martda 1780 yili ekilib ko‘riladi. Odessada 1850 yildan ekila boshlaydi. XIX asrning 1 yarimlaridan boshlab O‘rta Osiyoda ham ekila boshlaydi. Pomidorning mevasi C, B1, B2, B6, P, PP, K vitaminlarga va karotinga (provitamin A) juda boydir. O‘zbekistonda pomidorning tezpishar navlaridan Bizon va sporka-grebovakiy, kechpishar navlaridan Chudo-Riika, Budyoka, Maglob va boshqalar ekiladi. Garmdori yoki achchiq qalampir - Capsicum annum. Vatani Janubiy Amerika. Bu bir yillik, poyasi tik chiqqan ayri-ayri bo‘lib o‘sgan o‘t o‘simlikdir. Gullari och xira oq yoki binafsha rangli, mevasi cho‘ziq konussimon, tuxumsimon, sharsimon, ko‘pincha och qizil rangli rezavor mevadir. Mevasi vitamin "A", "C" ga boyligi jihatidan (270 mg% gacha ) sabzavot o‘simliklari orasida birinchi o‘rinda turadi. Vatani Mexikadir. Uning navlari ko‘p. Achchiq navlarida kapsitsin alkaloidi ko‘p bo‘ladi, ziravor sifatida ishlatiladi. Shirin navlari esa salat va do‘lma qilib ovqatga ishlatiladi. Baqlajon (Solanum melongena). Vatani Xindiston. Ituzum - Solanum nigrum. Bu bir yillik, mevasi dumaloq, urug‘i sariq begona o‘tdir. U hamma yerda uchraydi. Bizda mevasi qora ituzum o‘sgan joylarda qizil mevali ituzum ham o‘sadi. Har ikki turning mevasida "C" vitamini juda ko‘p. Belladonna- Atropa belladonna. Bu mevasi olchaga o‘xshash, ammo, 2 uyali, ko‘p urug‘li, suvli rezavor-meva hamma qismi zaharli o‘t o‘simlikdir. Qrim, Kavkaz va Korpat tog‘larida o‘sadi. Ba’zi tadqiqotchilar Kavkazda o‘suvchi belladonani alohida mustaqil tur deb hisoblaydilar. Bu eng muhim dori o‘simliklardan bo‘lib, Ukrainada ekiladi. Hamma organida ham atropin, giosiamin, beladonain skopolamin alkoloidi bor. Mingdevona avlodi – Hyoscyamus. Bu avlod vakillari 11 turdan iborat zaharli begona o‘tlar bo‘lib, yuvropada, Osiyoda va Shimoliy Amerikada tarqalgandir. MDH florasida 8, O‘zbekistonda 5 turi bo‘lib bulardan qora mingdevona ayniqsa ko‘p tarqalgan bu barglari yirma, tuxumsimon, chetlari o‘yilgan, patsiz tanasi yopishqoq bezlar bilan qoplangan. Ikki yillik o‘t o‘simlikdir. Gullari biroz zigomorf tuzilgan gajaksimon to‘p gul hosil qiladi. Kosachasi ko‘sakchasimon, tishlari keng uchburchakli. Gultoji och sariq, bo‘g‘zi qoramtirko‘k rangli taramtaram, binafsha tomirli. Mevasi uchidagi bo‘rtganroq qopqoqchasi orqali ochiluvchi ko‘p urug‘li ko‘sakcha ko‘sagi cho‘ziq idishga o‘xshash bo‘lganidan mingdevona, ba’zi yerlarda shayton kosa ham deb ataladi. Barglari va tanasi meditsinada keng qo‘llaniladi. Bangidevona avlodi – Datura. Bu avlod vakillari 15 turdan iborat o‘t va butalardir. Ular ko‘proq issiqroq mamlakatlarda tarqalgan. Mevasi sirtidan tikanli ko‘pincha to‘rt pallaga bo‘linuvchi, kosachasi tak qismida qoluvchi ko‘p urug‘li ko‘sakdir. O‘zbekistonda 4 turi bor, shundan oddiy bangidevona (D.stramonium) juda ko‘p tarqalgan. Oddiy bangidevonaning guli oq yakka-yakka voronkasimon, xila yoqimsiz hidli, poyasi yashil, yuqori qismi ayri bo‘lib shoxlangan bir yillik o‘t o‘simlikdir. Qishloqlarda xonadonlar tevaragida, xususan axlatlar tashlangan yerlarda begona o‘t sifatida g‘o‘zalar orasida o‘sadi. Hamma qismi zaxarli aloropin,giossiamin, sikopolamin, alkaloidlari bor. Barglari meditsinada ishlatiladi. Mollar tegmaydi. Tamaki avlodi - Nicotiana. Bu avlod 40 ortiqroq turdan iborat bo‘lib, asosan Amerikada, bir qismi boshqa qit’alarda tarqalgan. Toki buta yoki o‘t o‘simlik bo‘lib, gullari yirik, gultoji varonkasimon, nayi varonkasimon yoki qo‘ng‘iroqsimon bo‘ladi. Mevasi tuxumsimon yoki qariyb sharsimon, mayda urug‘li ko‘sak bo‘lib, uchidan yorilib 2 yoki 4 pallaga ajraladi. Tamakining 2 turi bir yillik o‘simlik sifatida ekiladi. Chilim tamaki - Nicotiana tabacum. Bargi uchun ekiladi. Uning gullari pushti, qizil bo‘lib bargi uchun ekiladi. Moxorka (N. rustica) ning gullari ko‘kimtirsariq. Har ikkalasining ham bir qancha navlari bo‘lib, barglari uchun ekiladi. Ularning tarkibida zaharli alkoloid-nikotin bor. Xushbo‘y tamaki yoki tamakigul -N.affinis. U poyasi to‘g‘ri, tik chiqqan, serbarg, g‘oyat xushbo‘y, guli yirik, voronkasimon. Qaytarmasi oq, bir yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, dokorativ o‘simlik sifatida ekiladi. Gulzorlarda Chilidan va Argenitinadan kelgan (N. langifolia) va boshqa turlar ekiladi. Bular bilan birga bo‘yi 30-40sm, barglar qarama-qarshi joylashgan, gullari xar xil rangli voronkasimon, barg qo‘ltig‘idag chiqqan bir yillik o‘simlik petuniya ham ekiladi. Petuniyaning oq och qizil binafsha rangdagi gullari iyundan oktyabrga qadar ochilib turadi. Ituzumguldoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oilaga qarashli turlari dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega. Chunki kartoshka, pomidor, baqlajon, qalampir, jag‘-jag‘ va shu kabilar keng miqyosda ovqat va sabzavot o‘simligi sifatida ekiladi. Belladonna, mingdevona, banggidevona, akopoliya va boshqalar dorivor o‘simlik sifatida ekiladi. Tamaki va moxorkalar narkotik o‘simlik sifatida ekiladi. Tamakining urug‘idan tamaki yog‘ olinadi. Moxorka bargidan limon kislotasi olinadi. Gul tamaki, petuniya, banggidevona turlari, Berberov jingli dekorativ o‘simlik sifatida ekiladi. Ituzumdoshlarda har xil zaharli alkoloidlar salonin, leropin, geossiamin va boshqalar ba’zan glikozidlar bo‘lganidan ularning ko‘pchiligi zaharli bo‘ladi. Shu sababdan mollar yemaydi, bular orasida ituzum, bangidevona, mingdevona, oq shingil va boshqa begona o‘tlar ham uchraydi. 4. Pechaknamolar qabilasi – Convolvulales Bu qabila 2 ta oiladan tarkib topgan. 1. Pechakdoshlar oilasi – Convolvulaceae. Bu oilaga 40 ta turkum va 110 tur kiradi. Ular tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan buta, chala buta va о‘t о‘simliklardir. Poyasi yer bagirlab, chirmashib yoki tik о‘suvchi о‘simlik. Barglari oddiy, butun ba’zan chetlari bо‘lmali yoki patsimon bо‘lingan. Gullari asosan bitta, ba’zan dixaziy tо‘pgulni hosil qiladi. Gullari ikki jinsli, tо‘g‘ri. Gulkosa barglari 5 ta, erkin yoki birikib о‘sgan. Gultojbarglari 5ta karnaysimon. Changchilari 5ta, urug‘chisi 2ta yoki 3-5 mevabargchasining birikib о‘sishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi kо‘sakcha, iyun-oktabr oylarida gullab urug‘laydi. Yovvoyi begona o‘t sifatida ekinlar orasida о‘sadi. Gul formulasi: *♀♂ Ca(5) Co(5) A5 G(2)yoki (3-5) Oila vakillari: Dala pechagi (Convolvulus arvensis), kо‘p yillik о‘t Begona о‘t sifatida ekinlar orasida о‘sadi. 2. Zarpechakdoshlar oilasi – Cuscutaceae. Bu oila 1 ta turkum va 100 ta turni о‘z ichiga olgan bargsiz, xlorofilsiz, haqiqiy ildizlarga ega bо‘lmagan, ipsimon, poyasidan chiqqan gausteriylari bilan xо‘jayin о‘simlikni sо‘rib oziqlanuvchi bir yillik parazit о‘simliklardir. Ular asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Gul formulasi: *♀♂ Ca(5) Co(5) A(5) G(2) Mevasi kо‘sakcha. Urug‘lari kо‘p yillar davomida unib chiqish qobiliyatini yо‘qotmaydi. Oila vakillari: Ingichka poyali chirmovuq (Cuscuta approximata), Lemman chirmovug‘i, Dev-pechak (C. Lemmaniana), Dala chirmovug‘i (C. campestris). 5. Govzabonnamolar qabilasi - Boraginales Bu qabila 7 ta oilani birlashtiradi. Shulardan bizning sharoitimizda ham uchraydigan oila g‘ovzabondoshlardir. Govzabondoshlar oilasi – Boraginaceae. Bu oilaga 100 ta turkum, 1800 ta tur kiradi. Ular yer sharining deyarli hamma nuqtasida uchraydigan bir yoki kо‘p yillik о‘t, buta va daraxt о‘simliklardir. O‘rta Osiyoda 150 dan ko‘proq turi o‘sadi. Govzabondoshlar o‘rmon va dashtlarda, chala cho‘l va cho‘l va tog‘li rayonlarda juda ko‘p o‘sadi. Barglari oddiy, poyada ketma-ket joylashgan. Poyalari qirrali, barglari butun, navbat bilan, ba’zan qarama-qarshi joylashadi. Oilani muhim belgisi poya va barglari qattiq tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi. To‘pgullari qo‘shaloq gajjaklardan iborat. Gullari 5 bo‘lakchali to‘g‘ri bo‘lib, ba’zan noto‘g‘rilari ham uchraydi. Kosachalari 5 tishli. Gultojilari naychasimon, qo‘ng‘irsimon yeki boshoqqa o‘xshash bo‘lib 5 bo‘lakli va 5 tishlidir. Ular 5 ta tojbargning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Changchisi 5 ta ular gultoj naychasiga birikadi. Urug‘chilari 1-2 mevachi bargdan tuzilgan, tugunchalari ustki asosida nektardoni bor. Gullari hashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Gul formulasi: *♀♂ Ca5 Co5 A5 G(2) Mevalari quruq, to‘rtta yong‘oqchaga ajraladi, ba’zi turlarining mevasi sersuv danakchalardir. Urug‘i endospermli yoki ayrim hollarda perispermli. Nektarning ko‘pligi tufayli asalarichilikda muhim rol o‘ynaydi. Oila tarkibida manzarali va zaharli turlari ham mavjud. Oila vakilari: Mexrigiyoh (Onosma dichorantum), hо‘kiz tili (Anchusa italica), Mayda mevali lappula (Lappula microcarpa) va boshqalar. Govzabon ho‘kiztili (Anchusa italica). Bular bir va ko‘p yillik o‘tlardir. (Urug‘lari zaharli bo‘ladi). G‘alla va boshqa ekinlar ichida o‘sadigan begona o‘tlar bo‘lib, bo‘z va partov yerlarda uchraydi. Italiya govzaboni (A.italica) turi ko‘p uchraydi. Oq tukli kampirchopon - Trichodesma incanum. Ildizpoyadan o‘sadigan, bo‘z rangli yoki kul rang ko‘p yillik o‘simlik. May oyidan boshlab poyabrgacha gullaydi va meva tugadi. Soz tuproqni adirlar, toshli yerlar, g‘alla va boshqa ekinlar orasida o‘sadi. Kampirchoponning barg poya va xususan urug‘ida alkaloidlar bo‘lganidan, uning urug‘i aralashgan maxsulotlarni iste’mol qilgan kishilar va uy xayvonlari og‘ir kasallikka duchor bo‘ladi. O‘zbekistonda bo‘yi 20-50 sm keladigan, nixoyatda polimorf, cho‘l zonasida keng tarqalgan ko‘k mapaz - Heliotropium, bo‘yi 30-100 sm, oq tuklar bilan koplangan, adir va tog zonasining ekinzorlarida kо‘p uchraydigan kampirchapon-Trichodesma kabi zararli turlari keng tarqalgan. Ahamiyati: Oilaning ba’zi turlari dori olinadigan, bо‘yoq va shira beruvchi о‘simliklar. Ayrimlari begona о‘t sifatida ekinlar orasida uchraydi. Yana boshqalari esa zaharli (kampirchopon) о‘simliklardir. 6. Sigirquyruqnamolar qabilasi – Scrophulariales Qabila tarkibdagi sigirquyruqdoshlar va zupturumdoshlar oilalariga to‘xtalamiz: Sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae) oilasi. Oilaning 200 turkumga mansub 3000 dan ortiq turi butun yer shari bo‘ylab tarqalgan. Odatda, ular bir, ikki va kо‘p yillik o‘t о‘simliklar. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, gullari barg qo‘ltig‘ida yoki shingilda, ba’zan boshoqsimon gul to‘plamlaridan joy olgan, qo‘sh jinsli, qo‘sh gul qо‘rg‘onli. Changchisi 4 ta, ba’zan 5 ta, urug‘chisi ikkita meva bargidan shakllangan, tugunchasi ikki xonali. Gul formulasi: Ca(5) (sigirquyruqda) Co(5)(5,4) A4, 5, 2 G(2). Mevasi kо‘sakcha, urug‘i endospermli. Oilaning O‘zbekistonda ikki yillik o‘t, bo‘yi 60120 sm, silindrsimon tup gulli, tog zonasida keng tarqalgan sigir quyruq - V. Songoricum, kо‘p yillik, bo‘yi 25-70 sm, barglari etli, poyada navbatlashib joylashgan, gul toji sariq, adir va tog zonasida tarqalgan qoramig‘ - Linoria Popovii; kо‘p yillik o‘t, bo‘yi 25-40 sm, poyasi tuksiz, sershox, tup guli shingilsimon adir va tog zonalarini ekin dadalarida begona o‘t sifatida uchraydigan kelish supurgi- Dadortia orientales kabi turlari keng tarqalgan. Zupturumdoshlar (Plantaginaceae) oilasi. Oilaning ikki turkumga mansub 250 turi yer yuzining о‘rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan. Ulardan biri va muhimi O‘zbekistonda keng tarqalgan zupturum turkumi bо‘lib, uning kо‘p yillik o‘t, bo‘yi 10-70 sm, keladigan chul, adir va tog zonasida tarqalgan nashtarbarg zupturum R.lanceolatum va balandligi 30-50 sm ulkan yaprokli arik va daryo buylarida, ekinzorlarda о‘sadigan P.major singari turlari e’tiborga molik. Katta zubturum — Plantago major L. Ko‘p yillik, kalta va yo‘g‘on ildizpoyali o‘t o‘simlik. Ildizpoyasining yuqori tomonidan (yer ustida) uzun, qanotli bandli ildizoldi to‘pbarglar, pastki tomonidan esa (yer ostida) juda ko‘p mayda ildizlar o‘sib chiqqan bo‘ladi. Ildizoldi to‘pbarglari keng ellipssimon yoki keng tuxumsimon, tekis qirrali va yirik bo‘ladi. Gul o‘qi bitta yoki bir nechta, tuksiz, bo‘yi 10-45 sm. Gullari oddiy boshoqqa to‘plangan. Guli mayda, ko‘rimsiz. Gulkosachasi to‘rt bo‘lakka qirqilgan, gultojisi och qo‘ng‘ir rangli, to‘rt bo‘lakli, otaligi 4 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi — tuxumsimon, ko‘p urug‘li ko‘sakcha. May-iyun oylarida gullaydi. Geografik tarqalishi. Sobiq Ittifoqning hamma tumanlarida yo‘l yoqalarida, dalalarda, ekinzorlarda, o‘tloqlarda, o‘rmon chetlarida, ariq bo‘ylarida va boshqa nam yerlarda o‘sadi. Mahsulot tayyorlash. O‘simlik bargi yil bo‘yi yig‘iladi. Yupqa qilib yoyib, soya yerda quritiladi yoki quritmay ishlatiladi. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida aukubin (rinantin) glikozidi, achchiq, shilliq va oshlovchi moddalar, flavonoidlar (apigenin, gomoplantagenin, lyuteolin va skutellyarein glikozidlari va boshqalar), karotin hamda askorbin, limon kislotalar, faktor T va vitamin K bo‘ladi. Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka, yangi yig‘ilgan, quritilmagan bargning konservatsiya qilingan shirasi, plantoglyusid preparati, barg briketi. Tibbiyotda katta zubturum bilan bir qatorda o‘rta hamda lansetsimon zubturum o‘simliklari ham ishlatiladi. O‘rta zubturum — Plantago media L. O‘simligi bargining har ikki tomoni tukli va bandi kalta bo‘ladi. Lansetsimon zubturum — Plantago lanceolata L. O‘simligining bargi lansetsimon bo‘lib, uzunligi 15 sm, eni — 2—2,5 sm. 7. Yalpiznamolar qabilasi - Lamiales Qabilaning tarkibdagi oilalardan biri yalpizdoshlar. Labguldoshlar (Labiatae) = Yalpizdoshlar (Lamiceae) oilasi 200 turkum va 3500 turdan iborat. Ular butun yer yuzining deyarli hamma joyida uchraydi va o‘rmon, dasht, sahro va tog‘larda o‘sadi. Bu katta oilaga o‘t, chala buta va buta o‘simliklari kiradi. Poyasi 4 qirrali but shaklida qarama-qarshi joylashdi. Yon barglari bo‘lmaydi. Gullari zigomorf, ikki jinsli gultojisi 2 ta tojbargining qo‘shilib o‘sishidan vujudga kelgan bo‘lib, qalpoqsimon yoki yassi shaklda bo‘ladi. Ostki 3 ta tojbargdan vujudga kelgan bo‘lib, yotiq holatda yoki pastga egilib turadi va aksariyat o‘simliklarda bu tojibarglarning o‘rtadagisi 2 ga ajralgan bo‘ladi. Kosachalari besh tishli, barglari qo‘shilib o‘sgan bo‘lib ba’zan ikki labli bo‘ladi va lablarning ustki 3 ta tojbargdan, ostkisi 2 ta tojbargdan tuziladi changchilari 4 ta gultoj naychasiga qo‘shilib o‘sadi va oldingi 2 tasi keyingi 2 tasiga qaraganda uzunroq bo‘ladi. Ba’zan 2 tagina changchi bo‘lib qolgan changchilar reduksiyalangan urug‘chilari 2 ta mevacha bargdan tuzilgan tugunchali ustki 4 uyalidir. Gullarning bandi juda qisqa bo‘lib gullar uchki barglarining qo‘ltig‘ida oddiy to‘pgullarga to‘plangan bu kichik to‘p gullar esa shingil boshcha yoki ro‘vakga o‘xshash murakkab to‘pgullar hosil qiladi. Gulning changgi tumshuqchasidan oldin yetiladi. Gullar hashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevalari bir urug‘li 4 ta yong‘oqchaga ochiladi. Tugunchasi ustki. Urug‘ida endosperm bo‘ladi. Gul formulasi: ↑ ♀♂ Ca(5) Co(5) A4, 2 G(2) Oila vakillari: oq lamium (Lamium album), yalpiz (Mentha asiatica), rayhon (Osimun basilicum) hovlida ekiladi, jambil (Thymus zarafshanica), arslonquloq (Leonurus turkestanica), kiyik о‘t (Ziziphora pedicullata), tog‘ rayhoni (Origanum tyttantum) va boshqalar. Mavrak turkumi - (Salvia). Ko‘p yillik o‘t chala buta o‘simliklar. Uning Osiyoda 20 dan ko‘p turi uchraydi. Ular tog‘li rayonlarda ko‘p tarqalgan. Sofficinalis turi dori tayyorlashda ishlatiladi. Yalpiz - (Mentha). Ko‘p yillik o‘t o‘simliklari bo‘lib efir moylidir. Bu oilaning vakillari asosan zax yerlarda, ariq va kanal bo‘ylarida tarqalgan O‘zbekiston florasida Osiyo yalpizi (M.asiatica) keng tarqalgan. CHo‘l yalpiz (M. Arvensis) va jingalak yalpizlar (M. crispa) ekiladi. Yalpiz (Mentha) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub, Bo‘yi – 30 sm dan 100 smgacha boradigan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. O‘ziga xos o‘tkir hidi bor, barglari chaynab ko‘rilganida og‘izna sovutib qo‘ygandek bo‘lib tuyuladi. Ildizpoyasi sershox, er tagida yon tomonga qarab ketgan shoxlar chiqaradi. Ildizlari ingichka, popuk ildiz, ildizpoyasining bo‘g‘imlaridan chiqadi. Poyalari eng tagidan boshlab kuchli shoxlanadi, yalang‘och yoki siyrak kalta tukli bo‘ladi. Barglari kalta bandli, cho‘zinchoq – tuxumsimon shaklda, chetlari tishli, uzunligi 8 sm va eng 2 sm gacha boradi. Gullari pushti va och binafsha rangda, mayda – mayda bo‘lib, to‘pgullar hosil qiladi. Mevalari – to‘rt qo‘shaloq yong‘oqcha. Iyun – avgustda gullaydi, sentabr – oktabrda mevalari etiladi. Geografik tarqalishi. Yalpiz Ukraina, Belorus, Moldava, Shimoliy Kavkaz, Tojikistonda ko‘p ekiladi. Osiyo yalpizi O‘rta Osiyodagi hamma respublikalarda keng tarqalgan. Kimyoviy tarkibi. Yalpiz barglarida anchagina efir moylari, jumladan mentol, shuningdek dipeptan, fellandren, sineol, pulegon, mentofuran, mentol bilan sirka va valerianat kislota efirlari, karotin, gesperidin, betain, urosolat va oleonat kislotalar bor. Barglaridan flavonoidlar ham topilgan. Osiyo yalpizida efir moylaridan tashqari oshlovchi moddalar, vitamin C, katexinlar ham topilgan. Yalpizning tarkibida efir moyi va timol moddasini olish uchun maxsus ekib o‘stiriladi. Bundan tashqari uning tarkibida simol, borleol, pinin, karvakrol, oz miqdorda oshlovchi moddalar va flavanoidlar ham borligi aniqlangan. Ishlatilishi. Yalpiz bargi preparatlari, efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi, nastoykasi ko‘ngil aynishiga va qusishga qarshi hamda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og‘iz chayqash va miksturalar ta’mini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Efir moyidan ajratib olingan mentol quloq, burun, nafas yo‘llari kasalliklarida hamda tish og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladi. Mentoldan bosh og‘rig‘ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi. Mentol preparati — validol, ko‘krak qisish (stenokardiya) kasalligida ishlatiladi. Yalpiz - xalq tabobatida yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarida ko‘p ishlatiladi. Galen preparatlari tinchlantiruvchi, o‘t va siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiradigan, antiseptik, terlatadigan, el haydaydigan, ich surishini to‘xtatadigan xossalarga ega. Ibn Sino fikriga qaraganda, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qayt qilish vaqtida, hiqichoq tutganida, sariq kasalligi, yurak va hazm organlari ishi buzilganida yalpiz naf beradi. Yalpiz urug‘i issiqlik bo‘lib, tananing ichkarisidagi shiralarni tortib oladi va shu tariqa odamni terlatadi. Yalpiz urug‘ini may (sharob) ga solib qaynatib yoki anjir bilan qo‘shib ichilsa, balg‘am ancha yumshaydi, lat egan joylarga bog‘lam qilib qo‘yilsa, qontalashlarni yo‘qotadi. Odam eti uvishib, qaltiraganida, uni chayon chaqib olganida, muskullari lat eganida yalpiz qaynatmasini ichish buyuriladi. Undan vanna qilish uchun ham foydalaniladi. Yalpiz preparatlari kapillyarlarda qon aylanishi va ichak harakatini, hazm bezlari ishini kuchaytiradi, o‘t va siydik ajralishini ko‘paytiradi. Yalpiz barglarida mentol bo‘lganligidan, u mikroblarga qarshi ta’sirni ham namoyon qiladi. Oddiy rayhon (Ocimum basilicum). Bir yillik o‘t o‘simlik, uning oq rayhon, qora rayhon, osh rayhon, turlari ma’lum. Ular ziravor va xushbo‘y o‘simlik sifatida ekiladi. Yasnotkalar turkumi (Lamium). Bir va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar. O‘zbekiston florasida pushti yasnotka (L.amplexicanle) va oq yasnotka (L.alla) turlari begona o‘t sifatida o‘sadi.L.alla dori tayyorlashda ishlatiladi. Ular asal beruvchi o‘simlik hisoblanadi. Kiyiko‘tlar turkumi (Ziziphora). Bular tarkibida efir moylari bor bir yillik va ko‘p yillik o‘tlardir. Kiyiko‘t (Ziziphora pedicellata) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub, bo‘yi 16-40 sm bo‘ladigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyasi sershox. Barglari navbatma-navbat joylashgan, murakkab, oq patsimon, 1-14 juft nashtarsimon bargchalardan tashkil topgan. To‘pgullari sariq rangli, 10-20 ta guldan iborat boshchasimon g‘uj shingildir. Mevasi tukli, tuxumsimon dukkak. May-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyulda yetiladi. Geografik tarqalishi. Kiyiko‘t O‘rta Osiyo, Ukraina, Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismida ochiq joylarda, dashtlarda tepaliklar va dalalardi, o‘rmon chetlarida o‘sadi. Chorva mollari boqiladigan yerlardan tezda yo‘qolib ketadi. Kimyoviy tarkibi. Kiyiko‘tda triterpen glikozidlar, flavonoidlar, oshlovchi moddalar, kumarinlar bilan oksikumarinlar, aminokislotalar, vitaminlar, jumladan, tokoferol bor. Kiyiko‘t selen to‘plab boradigan o‘simliklar qatoriga kiradi. Bu o‘simlikda har xil mikro- va makroelementlar (kaltsiy, kremniy, alyuminiy, temir, magniy, kobalt, rux, mis, marganets, molibden, xrom) bor. Ishlatilishi. Kiyiko‘tning yelimi tarkibida ko‘zga davo bo‘ladigan dorilar bor. U issiq yo‘talni yumshatish xususiyatiga ega, o‘pka yaralaridan keladigan zararni kamaytiradi va ovozni yaxshilaydi. Xitoy tabobatida ildizidan tayyorlangan tinktura yoki kukun turli me’da-ichak kasalliklarigan qarshi, shuningdek, siydik haydaydigan va terlatadigan dorisifatida qo‘llaniladi. Uni diabetda, furunkulyoz, piodermiyada boshqa dorivor o‘simliklar bilan birgalikda ishlatish buyuriladi. Kiyiko‘tning ildizidan tayyorlangan ekstrakt infektsiya tushgan jarohatlarga, yaralarga qo‘yish uchun ishlatiladi. Zamonaviy tibbiyotda kiyiko‘tdan tayyorlangan damlama va qaynatmalar (10% li) gipertoniya kasalligi, stenokardiya, qon aylanishining yetishmovchiligi, o‘tkir glomeruloneftritlar, buyrak-tomirlar kasalligida, shuningdek, diabet, stomatit, paradontozda, furunkulyoz va boshqa teri kasalliklarida ishlatiladi. 20% li damlamasi aritmiyalar (taxikardiya, ekstrosistoliya) bilan o‘tayotgan yurak-tomirlar yetishmovchiligida, shuningdek, nevrasteniyada foyda beradi. Kiyiko‘tning galen preparatlari (damlama va qaynatma) qon bosimini pasaytiradigan, yurakka quvvat beradigan tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Bu preparatlar yurak toj tomirlarini kengaytiradi, buyrakda qon aylanishini kuchaytiradi va siydik ajralishini ko‘paytiradi. Dorivor limono‘t (Melissa officinalis) ko‘p yillik, sertukli, 30—60 sm balandlikdagi o‘t o‘simlik. Poyasi bitta yoki ko‘p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, bir oz o‘tkir uchli, ser tukli (ustki tomonidan), arrasimon qirrali bo‘lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o‘rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul bandi bilan barg qo‘ltig‘iga joylashib, to‘p gulni hosil qiladi. Mevasi — 4 ta yong‘oqcha. Iyun-avgustda gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Geografik tarqalishi. O‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa qismining janubida va boshqa davlatlarda daraxt soyalarida, tog‘li tumanlarda toshlar soyasida va boshqa soya yerlarda o‘sadi. O‘zbekistonning Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Kimyoviy tarkibi. Yer ustki qismi tarkibida 0,01—0,33% efir moyi, S vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex va boshqalar), triterpenlar, flavonoidlar (lyuteolin-7-glikozid va boshqalar), 5—10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida 20—27% yog‘ bor. Limono‘tning efir moyi geraniol, linalool, nerol, farnezol va ularni sirka kislotasi bilan birikmasi, limonen, pulegol, geranial, neral va boshqa terpenlardan tashkil topgan. Tog‘ rayhon (Origanum) - Faqat bir turi (O.tythantum) O‘zbekiston florasida tarqalgan. Lavanda turkumi (Lavandula). Asl lavanda L.vera. - bu gullari ko‘p yoki to‘q binafsha rangli juda xushbo‘y hidli chala butadir. Efir moyi olish uchun Qrimda, Kavkazda va Moldaviyada ekiladi. Efir moyidan adikalonlar tayyorlanadi. Quritilgan gullari kiyimlarni kuyadan saqlash uchun sepiladi. Labguldoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oila vakillari efir moyiga boy bo‘lgandan ularning ko‘pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Mas. Mavrak (muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan olingan efir moyi atir upa sanoatida, oziq-ovqat va likyor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladi. Bir necha turlari dorivor hisoblanib, tibbiyotda qо‘llaniladi: masalan, tog‘ jambul, lagaxirus, limon o‘ti, jingalak nano, dorivor mavrak, arslonquyruq va boshqalar meditsinada ishlatiladi. Yalpiz, osh rayhon, jambul va boshqalar ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi. 15 – mavzu. Qoqiо‘tkabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja: 1. Qо‘ng‘iroqgulnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 2. Qoqio‘tnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 3. Ziranamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 4. To‘ng‘iztaroqnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar: qо‘ng‘iroqguldoshlar, qoqiо‘tdoshlar, araliyadoshlar, ziradoshlar, qо‘ng‘irpо‘stdoshlar, shilvidoshlar, asarundoshlar, gultoji barg, gulkosacha bargi, gipantiy, changchi, pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, danakli meva, to‘pmeva, rezavor meva, dorivor, manzarali, asal beruvchi, oziq-ovqat, tur. Qoqiо‘tkabilar – Asteridae sinfchasiga umumiy tavsif Bu ajdodcha ikki pallalilar ajdodining ajdodchalari orasida eng kattasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda uning tarkibiga asosan о‘t о‘simliklar, ba’zan chala buta, buta va daraxtalr ham kiradi. Harakterli hususiyatlaridan biri zaxira oziqa modda sifatida uglevodlarning (inulin) bо‘lishidir. Kо‘pchilik vakillarining vegetativ a’zolarida sutsimon shira mavjud. Gullari tо‘gri yoki notug‘ri. Gultojbarglari qо‘shilgan. Ajdodchaning tarkibiga 5 ta qabila kiradi. Ulardan ayrimlariga tо‘xtab о‘tamiz. 1. Qо‘ng‘iroqgulnamolar qabilasi - Campanulales Bu qabila 7 ta oilani birlashtiradi. Oila vakillari asosan о‘t о‘simliklar, ba’zan buta, kamdan-kam hollarda daraxtlari ham uchraydi. 1. Qо‘ng‘iroqguldoshlar oilasi – Campanulaceae. Bu oilaga 80 turkum , 2300 ga yaqin tur kiradi. Ular yer yuzida keng tarqalgan, о‘t, chala buta va buta о‘simliklardir. Barglari ketmaket yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari, tug‘ri yoki notug‘ri, 5 a’zoli. Gultojbarglari qо‘shilgan qо‘ng‘iroqsimon. Gul formulasi: *♀♂ Ca(5) Co(5) A5 G(3) ba’zan (2-5) Mevasi kо‘sakcha. Urug‘i endospermli. Oila vakillari: Tig‘izgulli qо‘ng‘iroqgul (Campanula glomerata), kо‘p yillik о‘t, tog‘ yonbag‘irlarida о‘sadi. Kodonopsis (Sodonopsis clematidea) kо‘p yillik о‘t. Azineuma (Asyneuma argutum) kо‘p yillik о‘t. Ahamiyati: Oila vakillari manzarali о‘simlik. Ayrimlari dorivor о‘simliklar hisoblanadi. 2. Qoqiо‘tnamolar qabilasi - Asterales Bu qabilaga faqat qoqiо‘tdoshlar (murakkabguldoshlar) oilasi kiradi. Qoqio‘tdoshlar (Asteraceae) = Murakkabgullilar (Compositae). Qoqio‘tdoshlar eng katta o‘simliklar oilasi bo‘lib, 800 dan ortiq avlodni va 14 mingdan ko‘proq turni (ba’zan sistematiklar hisobicha xatto 25 ming turni) o‘z ichiga oladi, bu oilaning ko‘pchilik vakillari o‘tlar, ba’zilari yarim butalar, butalar va hatto kamdan kam daraxtsimon o‘simliklardir. Ko‘pchiligining barglari navbatma navbat joylashgan, yon bargsiz. Bu oilaning nomi savatchasimon to‘pgullarga qarab qo‘yilgan, ularning to‘pguli sirtdan qaraganda alohida-alohida guldek bo‘lib ko‘rinadi. Gul savatchalari o‘z navbatida talaygina vakillarda murakkab supurgisimon, qalqonsimon to‘pgullar hosil qiladi va h.k. Savatchaning asosida (past tomonida) mayda mayda bargdan tuzilgan va to‘pgulga zich taqalib turgan o‘rama bor. Bu tuzilmani hosil qilgan barglar talaygina vakillardan cherenitsaga o‘xshab joy oladi va yashil yoki boshqa rangda bo‘ladi, ular turmushda yanglishib gulkosacha deb o‘ylaydilar. Gul o‘rni yassi tarelkaga o‘xshaydi. Yoki bo‘rtgan yo bo‘lmasa botiq bo‘ladi: ba’zan avlodlarda gul o‘rin yalang‘och, boshqalarda esa tokchalar yoki tukchalar bilan qoplangan. Gullari 4 doirali, 5 a’zoli (genetsiydan boshqasi), ko‘pchiligida mayda-mayda bo‘ladi: ba’zilarida savatchadagi gullaring hammasi bir xil, boshqalarda esa tashqi gullari ichki gullaridan farq qiladi. Tipik gul kosachasi yo‘q: ba’zi vakillarida tugunchasining uchida gul kosachabargida to‘g‘ri keladigan 5 ta pardachasimon o‘simta bor, ko‘pchiligida (lekin hammasida emas). Changchilari 5 ta, chang iplari erkin bо‘lib, chang xaltachalari birikkan holda naycha hosil qiladi. Urug‘chisi 1, 2 ta mevabargchaning qо‘shilishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ostki. Mevasi pistacha. Gulkosachaga to‘g‘ri keladigan bir talay sodda yoki murakkab tukchalar, goho qilchalar bo‘ladi: ular mevada saqlanib qoladi va o‘sib, popuk yoki qanotchaga aylanadi, bular mevalarning shamol yordamida tarqalishiga yordam beradi. Gulotjbarglari hamisha qo‘shilib o‘sadi, har xil shakilda, aktinomorf yoki zigomorf bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan gultoj shakli naysimon yoki tilsimon. Oila vakillari gultojbarglarini tuzilishiga qarab 5 ta tipga bо‘linadi: 1. Naychasimon gullar. Bunday gullarni gultojibarglari tо‘g‘ri ikki jinsli qо‘ng‘iroqsimon, 5 tishli. Gul formulasi: *♀♂ Ca(5)-0-pap Co(5)A5 G(2) 2. Ikki labli gullar. Ular zigomorf, ikki jinsli, gultojibargning ustki labi 2 ta, ostkisi 3 ta gultojibargning birikib о‘sishidan hosil bо‘lgan. Gul formulasi: ↑ ♀♂ Ca(5)-0-pap Co(2+3)A5 G(2) 3.Tilsimon gullar. Gultojibargi notо‘g‘ri, ikki jinsli, 5 tishli, uzun tilsimon plastinkadan iborat. Gul formulasi: ↑ ♀♂ Sa(5)-0-pap So(5)A5 G(2) 4. Soxta tilsimon gullar. Bu xildagi gullarning gultojibarglari ham notо‘g‘ri. Bunday gullar faqat urug‘chidan tashkil topgan. Gul formulasi: ↑ ♀ Ca(5)-0-pap Co(3)yoki (3+2)A0 G(2) 5. Varonkasimon gullar. Bularning gultojibarglari notо‘g‘ri, tishlari 5 ta, ular bir tekisda emas, past-baland bо‘ladi. Changchisi ham urug‘chisi ham bо‘lmaydi. Ular savatchaning chetki qismlarida joylashgan bо‘lib, hashorotlarni jalb qilish uchun xizmat qiladi. Gul formulasi: ↑ Ca(5)-0-pap Co(5-7) A0 G0 Yuqorida keltirib о‘tilgan belgilarga asosan oila 2 ta oilachaga bо‘linadi: 1. Tilsimongullilar oilachasi - Lactucoideae. Bu oilachaga о‘simliklarning savatchasidagi barcha gullar tilchasimon, notо‘g‘ri, ikki jinslidir. Vakillari: 1. Odiiy qoqiо‘t (Taraxasum officinalis). Kо‘p yillik о‘t. Ildizida inulin tо‘planadi. Barglari vitaminga boy. 2. Oddiy sachratqi (Cichorum intubus). Kо‘p yillik о‘t. bu dorivor о‘simlik o‘rta va janubiy mintaqa yalangliklarida, yo‘l chetlarida yovvoyi holda o‘sadi va ko‘plab tarqalgan. Bu ko‘p yllik o‘simlik chiroyli havo rang gullar chiqaradi va yo‘g‘on ildizli xillari bir yillik ekin tariqasida ekiladi. Uning ildizlari qovurilib surogat kofe o‘rnida ishlatiladi, shunigdek tabiiy kofega qo‘shiladi (10-20%), shunda kofe ancha qorayadi va mazasi taxirroq bo‘lib qoladi (Glikozid intibit). Bu avlodning endiviy degan boshqa turi sabzavot qatorida ekiladi. Kattaligini qoqio‘tlar avlodidan hamma joyda uchraydigan juda polimorf yig‘ma turdir. Uning ildizlari meditsinada va surrogat kofe tayyorlash uchun qo‘llaniladi, ba’zi xillari esa taxirroq barg, beradigan sabzavot o‘simligi qatorida ba’zan ekiladi. Sachratqi (Cichorium intybus) - Bо‘yi 120 sm gacha boradigan kо‘p yillik о‘tsimon о‘simlik. Poyasi tо‘g‘ri о‘sadi, g‘adir-budir, qirrali. Ildiz yoni barglari g‘uj bо‘lib turadi, poyasidan chiqadigan barglari navbatma-navbat joylashgan, nashtarsimon, о‘tkir tishli, ustki barglari yaxlit. Gullari havorang, 1,5 sm cha uzunlikda bо‘lib, savatchasimon tо‘pgullar hosil qiladi. Mevasi — jigarrang yoki qо‘ng‘ir tusli chо‘zinchoq urug‘li meva. Iyun oyining oxirlaridan boshlab gullaydi, mevalari avgust - sentabrda yetiladi. Bu о‘simlikning hamma qismlari sutga о‘xshash shiraga boy. Geografik tarqalishi. О‘rta Osiyoning barcha respublikalari, Qozog‘istonda uchraydi. Yо‘l chetlari, turar joylar yaqinida, tashlandiq о‘tzorlarda, soylarning quruq о‘zanlarida, ba’zan esa ekinzorlar ichida ham о‘sadi. Kimyoviy tarkibi. О‘simlik ildizlarida kо‘p miqdorda inulin, intibin degan glikozid, о‘tkir mazali rangsiz achchiq modda, alkaloidlar, organik kislotalar, vitamin V va S, gullarida sikorin bor. Sutsimon shirasida har xil tarkibli achchiq moddalar kо‘p. Urug‘larida protokatexin aldegidi bor. Ta’siri va ishlatilishi. Xalq tabobatida bu о‘simlik ildizlaridan tayyorlangan qaynatma ishtaha ochib, ovqat hazmini yaxshilaydigan vosita tariqasida kо‘p ishlatiladi, me’da, jigar, taloq, buyrak kasalliklarida, zaiflikda, shuningdek qon tarkibini yaxshilaydigan vosita tariqasida buyuriladi. О‘rta Osiyo xalq tabobatida bolalarni oftob urishidan saqlash uchun ularni sachratqi о‘ti qaynatmasi bilan chо‘miltirish tavsiya etiladi, sachratqi bilan moychechak gullaridan tayyorlangan qaynatmani esa jigar, taloq, buyrak va me’da kasalliklarida, ildizlarining qaynatmasini sariq kasalligi, jigar sirrozi, kamqonlik, bezgak va diabet davosiga ishlatiladi. Sachratqi о‘tining kulini qaymoqqa qorishtirib gush, suvchechak va boshqa teri kasalliklariga davo qilinadi. Ibn Sino sachratqini kо‘z og‘rig‘i, me’da kasalliklari, isitmaga qarshi ishlatgan, sutsimon shirasini kо‘ziga oq tushgan kishilarga buyurgan, sachratqi ildizlaridan malham qilib, og‘rib turgan bо‘g‘imlarga va ari, chayon, ilon chaqqan joylarga qо‘yishni tavsiya etgan, Zamonaviy tabobatda sachratqi о‘tidan tayyorlangan qaynatmaning mikroblarga qarshi va burishtiruvchi ta’sir kо‘rsatib, markaziy nerv sistemasini tinchlantirishi, yurak ishini kuchaytirishi aniqlangan. Bundan tashqari, bu о‘simlik qaynatmasi о‘t, siydik haydaydi, yallig‘lanishga qarshi, yara-jarohatlarning bitishiga yordam beruvchi ta’sir kо‘rsatadi. Uning qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan odamlarga ham foyda berishi klinika sharoitlarida aniqlangan. 3. Tatar sutо‘t (Lastusa tataricasa). Kо‘p yillik о‘t. Begona о‘t. 4. Sabzavot bо‘ztikoni (Sonchus oleraceus). Bir yillik о‘t. Begona о‘t. 5. Tog‘saqich (Scorzonera tau-saghlus). Chala butacha. Kauchukli о‘simlik. 6. Echki soqoli (Tragopogon malicue). Kо‘p yillik о‘t. 2. Naychagullilar oilachasi – Asteroideaye. Bu oilacha vakillari savatchalaridagi gullarining hammasi naysimon, ba’zan ikki labli yoki har-xil bо‘lishi mumkin. Vakillari: 1. Oddiy kungaboqar (Helianhus annuus). Bir yillik о‘simlik. 2. Ermon (Artemisia absinthum). Kо‘p yillik о‘t. Dorivor о‘simlik. Chо‘l, adir va tog‘ zonalarida о‘sadi. 3. Oddiy bо‘yimodaron (Achillea millefolium). Kо‘p yillik. Dorivor о‘simlik. 4. Moychechak (Matricaria recutita). Bir yillik о‘t. Dorivor о‘simlik. 5. Bо‘tako‘z (Centaurea iberica). Ikki yillik о‘t. Ularning savatchasi chetidagi gullari shaklan voronkaga o‘xshaydi va jinsiz bo‘ladi. 6. О‘rmalovchi kakra (Asreptilon repens). Kо‘p yillik о‘t. Begona о‘t. Ahamiyati: Oila vakillari orasida moy beruvchi о‘simliklar bо‘lib, ularning urug‘ini tarkibidagi moyi oziq-ovqatga ishlatiladi. Bundan tashqari ba’zi turlari bо‘yoq beruvchi, kauchuk saqlovchi, dorivor va manzarali о‘simliklar hisoblanadi. Shuningdek, chorva, qorakо‘l qо‘ylari uchun yem-hashak о‘simliklari hisoblanadi. Qo‘ng‘irpo‘stkabilar – Cornidae sinfchasiga umumiy tavsif 1. Ziranamolar – Araliales (Soyabonnamolar – Apiales) qabilasi Qabilaning 3 oilasidan biri ziradoshlar (soyabonguldoshlar) hisoblanadi. Ziradoshlar oilasi – Apiaceae. Oila tarkibida 200 trkumga mansub 3000 dan ortiq о‘simlik turi mavjud. Bu oilaga kiradigan o‘simliklarning ko‘pchilik qismi o‘tsimon o‘simliklar bo‘lib,chala buta va buta o‘simliklari kam uchraydi. O‘tsimon o‘simliklar asosan shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o‘simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadi. Bargi ikki, uch parsimon ajralgan panjasimon, uning bandi nov shaklida poyani urab turadi. Barglari navbat bilan joylashgan, yonbargsiz, chetlari tekis yoki bir necha joyidan chuqur qirqilgan bo‘lib poyani qinlari bilan birmuncha o‘rab oladi. Poyaning yer ustki qismini ichi kovak unda moy yo‘llari bor, bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlari bilinib turadi. Gullari mayda bo‘lib, soyabonsimon to‘pgullarga to‘planadi. Murakkab soyabonning asosi gulyonbarglardan iborat umumiy o‘rama ichiga olingan,soyabonlarning asosida ham mana shunday kichik o‘ramachalar bor.O‘rama va o‘ramachalarning shakli,kattaligi va qay xilda joylashganligi o‘simliklarni to‘g‘ri sistemasiga imkon beradigan muhim belgi xisoblanadi. Gullari aktinomorf, ikki jinsli,ba’zan bir jinsli (bir yoki 2 uyli) lari ham uchraydi. Ba’zi bir o‘simliklarda to‘pgullarning chetidagi tashqi tojbarglar ichkaridagilarga qaraganda yirikroq bo‘ladi. Gul kosachalari juda ham qiyalangan: kosachasi 5 tishli,mayda ko‘pincha rivojlanmay ham qoladi. Tojbarglari 5 ta, tutashmagan, uchi gulning ichkarisiga qarab bukilgan bo‘ladi. Otaligi ham 5 ta, g‘unchada tojbargiga o‘xshab ichkari tomon qaragan holda yotadi.Urug‘chisi 2 mevabargli,tugunchasi ostki, 2 uyali, har qaysi uyasi bir urug‘kurtakli. Tuguncha 2 ustunchali bo‘lib, har qaysi ustunchaning asosini nektardan o‘rab turadi. Gullari proteroandrin tipda (otaliklari onaliklaridan ilgari yetiladi) xashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevasi pishgandan keyin 2 ta mevachaga ajralib, karnoforda, ya’ni ipsimon qo‘shoq mevaband uchida bir qancha vaqt osilib turuvchi qo‘sh pistachadir. Urug‘i endospermli va mevaqati bilan zich qo‘shilib o‘sgan. Tugunchasi ostki. Gul formulasi: *♀♂ Ca5 Co5 A5 G(2) Oila vakillari: Sabzi (Daucus carota), ukrop shivid (Anethum graveolenes), zira (Bunium persicum), petrushka (Petrosilenum crispum), sel’derey (Apium graveolenes), tulki kuyrik (Prangos papularia), kora zira (Sarum carvi), qovrak (Ferula) va boshqalar. Sabzi (Daucus) yо‘g‘onlashgan, etli ildizli о‘simlik, bargi murakkab panjasimon, uning nov shaklidagi barg bandi poyani urab turadi. Guli ok, mevasi tikanli, ekiladigan madaniy sabzi- Dancus Sabzilar avlodi (Daucus). Bu avlod vakillari 2 yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ularning gullari 1 yoki 2 jinsli, oq yoki sarg‘ish,o‘rtasidagi gullari qizil rangda.Mevasi cho‘ziq,5 ta tikanaksimon qovurg‘ali. Bu avlod 60 turdan iborat.Shimoliy yarim sharda,shu jumladan O‘zbekistonda ham tarqalgan. Yovvoyi sabzi (D.carota). Yevropa va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. 2 yillik o‘t o‘simlik. Bu sabzi ildizining dag‘al va mayda bo‘lishi bilan ekma sabzidan farq qiladi. Ekma sabzi (D.sativus). 2 yillik o‘simlik. Chala buta va buta o‘simliklari kam uchraydi. O‘tsimon o‘simliklar asosan shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o‘simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadi. Birinchi yili uzun bandli 2-3 marta patsimon qirqilgan to‘pbarg va ildizmeva hosil qiladi. Ikkinchi yili sershox poya chiqaradi va oq gullar hosil bo‘ladi. Mevasi o‘ziga xos hidli ingichka o‘tkir tikanchalar bilan qoplangan. Shuning uchun bular o‘zaro bir-biriga yopishishadi. Tarkibida A, C, B, B2 vitaminlari bor, oziq-ovqatda keng kullaniladigan о‘simlik. Sabzi sabzavot sifatida va mollarga oziqa sifatida ekiladi.Sabzining madaniy holda о‘stiriladigan navlari О‘rta Osiyoda 2000 yildan ortiq vaqtdan beri xo‘jalikda turli taomlar pishirishda ishlatiladi. Kovrak - Ferula turkumiga taalluqli turlar О‘rta Osiyoda keng tarqalgan, ularning O‘zbekistonda F. Jaeschkeana — chayir, F. carelinii — itsegek, F. sumbul — sumbul, F. assafoetida — sassiq kovrak nomi bilan yuritiladigan turlari cho‘l, adir va tog‘ zonalarida tarqalgan. Ular orasida kо‘p yillik monokarp о‘simlik, hisoblanmish sassiq kovrak e’tiborga molik. Uning balandligi 1 metrgacha, barglari yumaloq, barg qismi ovalsimon yassi, soyaboni 25 nurli, uning eni 20-25 smga qadar, har bir soyabonchasida 15 tagacha guli bor. May, iyun oylarida gullab urug‘lanadi. Dorivor о‘simlik sifatida xalq tabobatida qo‘llaniladi. Sassiq kovrak (Ferula assa foedita) soyabonguldoshlar Apiaceae oilasiga mansub, bo‘yi 1 m ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. 8-9 yildin so‘ng poya chiqaradi. Poyasi tik o‘suvchi, yo‘hon, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari bandli, cho‘ziq yoki lantsetsimon uch bo‘lakka bo‘lingan. Poyadagi barglari maydaroq, bir necha marta patsimon qirqilgan bo‘lib, qini bilan ketma-ket o‘rnashgan. Och sariq rangli, besh bo‘lakli gullari murakkab soyabon to‘pguliga yig‘ilgan. Mevasi qo‘shaloq pista. Mart-aprel oylarida gullaydi, mevasi aprel-mayda yetiladi. Geografik tarqalishi. Sassiq kovrak O‘rta Osiyodagi dashtlarda, yalangliklarda, qumli cho‘llarda, sog‘ tuproqli yerlarda, ba’zan tog‘ oldi tekisliklarida o‘sadi. Qo‘llaniladigan qismi. Tibbiyotda sassiq kovrakning ildizidan olinadigan yelimi — asfetida ishlatiladi. Uni olish uchun poya chiqarmagan o‘simlikning ildiz atrofi chuqur kavlanadi va ildizning yuqori tomonidan ozgina joyi kesib qo‘yiladi. Shu yerdan oqib chiqqan yelim ertasiga qotgandan keyin yig‘ib olinadi. Kimyoviy tarkibi. Sassiq kovrakning ildizi tarkibida 67,31% gacha kraxmal va 9% smola, 0,4% gacha efir moyi bor. Ildizidan olingan asfetida 9,35-65,15% smolalar, 12-48% yelim, 5,820% efir moyi va boshqa birikmalardan (umbelliferon kumarini, ferula kislotasi va uning smola spirtlari bilan hosil qilgan efirlari) tarkib topgan. Yelim-smola efir moyi tarkibida o‘simlikka sarimsoq hidini beruvchi organik sulfidlar (65% gacha), pinen, π-oksikumarin va boshqa birikmalar bo‘ladi. Ishlatilishi. Sassiq kovrakning yelim-smolasi qadimdan xalq orasida turli kasalliklarni davolash uchun qo‘llanib kelingan. Abu Ali ibn Sino bu yelim-smolani me’da, buyrak, taloq, jigar kasalliklarini davolashda hamda bachadondan qon oqishini to‘xtatuvchi, ishtaha ochuvchi, siydik haydovchi, bo‘g‘inlar og‘riganda og‘riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatgan. Sassiq kovrak yelim-smolasi xalq tabobatida tomir tortishi, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘kyo‘tal, tish og‘rig‘i, asab kasalliklarini davolash uchun hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Sassiq kovrakning yosh novdalarini yanchib, qatiqqa aralashtirilib, xavfli shishlar va zaxmga davo qilinadi. Yelim-smola nastoyka va emulsiya holida tibbiyotda astma, tomir tortishishi va asab kasalliklarida ishlatiladi. Kashnich (Coriandrum sativum). U gullari oq 2 jinsli,urug‘i silliq,bir oz dumaloq yoki ovalsimon,barglari qirqilgan bir yillik tuksiz yashil o‘simlikdir. Vatani O‘rta dengiz. Kashnich mevasida 0,8% gacha korindrin efir moyi bor.18% gacha yog‘ bo‘lib,u sovun ishlab chiqarishda va to‘qimachilik sanoatida ishlatiladi. Bargi taomlarga ko‘k sifatida ishlatiladi. Petrushka (Petroselinum crispus). U ildizlari urchiqsimon, barglari 2-3 marta patsimon qirqilgan, gullari sarg‘ish, oq, qizg‘ish tusli 2 yillik o‘simlik.Uning hamma qismi yoqimli hid va ta’mga ega.Urug‘ida efir moyi bor. Qora zira (Carum). Bu ko‘p yillik yoki 2 yillik, ko‘pincha tuganaksiz o‘t o‘simlikdir. Xushbo‘y hidli, ko‘kat, ziravor о‘simlik sifatida qo‘llaniladi. Barglari 2-3 marta patsimon qirqilgan. Gullari 2 jinsli oq pushti yoki qizil rangli. Mevasi cho‘ziq yonidan siqilgan tuxumsimon, qovurg‘asi yapsimon egatidagi moy yo‘llari bitta. Iyun-avgust oylarida gullab urug‘ beradi. Urug‘ining ich tomoni yassi. 2 turi (C.carvi va C.atrisangueneun) O‘zbekiston florasida tarqalgan. Birinchi turi 2 yillik tuksiz o‘simlik. U guli oq yoki pushti, bo‘yi 40-60 sm poyasi yakka egatli ichi bo‘sh ayri bo‘lib shoxlangan. Urug‘i cho‘ziq xushbo‘y hidli, jigarrang. Tog‘li rayonlarda o‘sadi. Mahalliy xalq qorazira deb ataydi va ovqatga ziravor sifatida ishlatiladi. Oddiy qora zira (Carum carvi) Ikki yillik, bо‘yi 30—80 sm ga yetadigan о‘t о‘simlik. Birinchi yili ildizidan ildizoldi barglar, ikkinchi yili esa ildizoldi barglar hamda poya о‘sib chiqadi. Poyasi tik о‘suvchi, silindrsimon, kо‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargi uzun bandli, poyadagilari esa qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Bargi 2 va 3 marta chiziqsimon barg bо‘laklariga ajralgan. Gullari mayda bо‘lib, murakkab soyabonga, tо‘plangan. Kosachabarglari aniq bilinmaydigan, tojbargi oq yoki pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastga joylashgan. Mevasi — chо‘ziq qо‘shaloq pista. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda pishadi. Geografik tarqalishi. О‘rmonlarda, о‘rmon chetlarida va о‘tloq yerlarda yovvoyi holda о‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining о‘rmon va о‘rmon chо‘l zonalarida, Sibirning janubida, Kavkaz va О‘rta Osiyoning tog‘li tumanlarida uchraydi. Rossiya, Ukraina, Belorus respublikalarida о‘stiriladi. Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 3—7% efir moyi, 14—22% yog‘, 20—23% oqsil moddalar, flavonoidlar (kversetin va kemferol) hamda oshlovchi moddalar bо‘ladi. XI DF ga kо‘ra meva tarkibidagi efir moyining miqdori 2% dan kam bо‘lmasligi lozim. Efir moyi maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Qora ziraning efir moyi sarg‘ish suyuqlik bо‘lib, zichligi 0,905—0,915; refraksiya soni 1,4840—1,4890. Moy tarkibida 50—60% karvon, 40—50% limonen, 40—70% karvakrol, digidrokarvon va digidrokarveol birikmalari bо‘ladi. Qora zira mevasi oziq-ovqat, parfyumeriya va boshqalarda ham katta ahamiyatga ega. Dorivor preparatlari. Qora zira mevasi, efir moyi (qandga 1—3 tomchi tomizib iste’mol qilinadi) va meva suvi. Mevasi me’da yig‘malari-choylari tarkibiga kiradi. Ahamiyati: Bu oila vakillarining kо‘pchiligi zirovor о‘simliklar hisoblanadi. Ayrimlarini ildizi yо‘g‘onlashib ildizmeva hosil qiladi (sabzi). Poya va barglarining tarkibida efir moylari yoki smolasimon moddalar, alkaloidlar uchraydi. Bular parfyumeriya, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatiga ega. 2. To‘ng‘iztaroqnamolar qabilasi – Dipsacales Asarundoshlar — Valerianaceae. Bu oila vakillari buta, chala buta ko‘proq o‘t o‘simliklardir. Barglari qarama-qarshi joylashgan, odatda, patsimon qirqilgan va yonbargsiz. To‘pgullari dixoziy yoki gajak. Gullari 2 jinsli,ba’zan bir jinsli, zigomorf, assimetrik, ya’ni teng 2 qismga ajratish mumkin bo‘lmaydigan, 5 a’zolidir. Kosachasi gullash davrida yaxshi sezilmaydi, keyinroq patsimon o‘simtaga aylanadi. Gultoji 2 labli, qo‘ng‘iroqsimon va uzun nayli bo‘lib, naydan pixsimon yoki naysimon o‘simta chiqadi. Changchilari 1 ta yoki 3 ta qolgan 2 tasi rivojlanmaydi. Urug‘chisi 3 mevabargli. Tugunchasi ostki, lekin urug‘kurtagi uning faqat bittasidagina taraqqiy etadi. Mevasi yong‘oqcha, kosachadan hosil bo‘lgan patsimon uchmasi bor.Urug‘i endosperimsiz. Valerianadoshlar oilasi 14 avlod va 350 turdan iborat bo‘lib, asosan shimoliy yarim sharda, bir qismi Braziliyada va And tog‘larida tarqalgandir. O‘zbekistonda 3 avlodi va 19 turi uchraydi. Valeriana avlodi (Valeriana). Bu avlod vakillari ildizlari ko‘pincha yo‘g‘onlashgan 200 tacha turni o‘z ichiga oladi. Ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil poslarida va And tog‘larida tarqalgan. 3 turi (V.ticarifolia, V.chionophila,V.fedtschenkovii) O‘zbekiston florasida o‘sadi. Dorivor valeriana (V.officinalis). U meditsinada katta ahamiyatga ega bo‘lgan ildizpoyali, yirik ko‘p yillik o‘tlardandir. Barglari toq patsimon, qirqilgan qarama-qarshi joylashgan, gullari pushti rangli xushbo‘y. Changchisi 3 ta bo‘lib, tojbarg naychasiga birikkan. Ildizi bilan ildizpoyasi dori sifatida ishlatiladi. Asosan Ukrainada va Voronej oblastida ekiladi. Belorusiya, Ukraina, Rostov oblastlarida yovvoyi holda o‘sganlari ham yig‘ishtirib olinadi. Valeriananing xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oilaning vakillaridan dori valeriana ekiladi. Uning ildiz va ildizpoyasidan tayyorlangan dori asab kasalliklarini, xafaqon kasalligini, yurak urishi va uyqusizlik kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladi. Salat sifatida valerianella eriokarpa barglari ishlatiladi. 16 – mavzu. Lolakabilar va Kuchalakabilar sinfchalari Reja: 1. Bir urug‘pallalilar haqida umumiy ma’lumot. 2. Lolanamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 3. Nargisnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 4. Sarsabilnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 5. Kuchalanamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar: bir urug‘pallali, popuk ildiz, qo‘shimcha ildiz, oddiy barg, tekis qirrali barg, tasmasimon, nayzabarg, oddiy gulqo‘rg‘on, piyozbosh, gul formulasi, soyabon, qalqonsimon, kuchala, ko‘sakcha sinfcha, oila, turkum, tur, gultoji barg, gulkosacha bargi, gipantiy, changchi, pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, dorivor, manzarali. Bir urug‘pallalilar haqida umumiy ma’lumot Bu sinf (ajdod) ga A. L. Taxtadjyan (1987) ma’lumoti bо‘yicha 104 oila, 3000 turkum va 63000 tur kiradi. Bular gulli о‘simliklarning yaqin 25% tashkil etadi. Bu sinfga kiradigan ko‘pchilik bir pallali o‘simliklarning poya va ildizlari kambiy qatlami bo‘lmaganligidan ular, odatda yo‘g‘on toritib (ikkilamchi) o‘smaydi. Ikkilamchi o‘sish bir pallalilarning faqat ba’zi turigagina (yog‘ochsimon drasena, yukkalarga) xos, bu poyaning periferik qismida hosil bo‘ladigan ikkilamchi meristema (hosil qiluvchi to‘qima) ning bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Bu ajdod urug‘ pallasining 1 ta bо‘lishidan tashqari bir qancha о‘ziga xos belgilarga ega. Ular quyidagilar: 1. Bu sinfga mansub ko‘pchilik o‘simlik vakillaring urug‘ida faqat bitta urug‘palla bo‘ladi. 2. Gulqо‘rg‘oni oddiy, ba’zan murakkab. Gullari asosan 3 a’zoli; 3. Bu ajdodga mansub о‘simliklarning asosiy ildizi barvaqt qurib ketadi va qо‘shimcha ildiz sistemasini hosil qiladi. Bundan tashqari ildiz sistemasini popuq ildiz deb ataladi. 4. Poyaning kо‘ndalang kesim yuzasida о‘tkazuvchi tolali bog‘lamlar tartibsiz joylashgan. Ular bir-biri bilan tutashgan, ya’ni yopiq tipda bо‘ladi. Bog‘lamlar orasida kambiy bо‘lmaganligidan, poya ikkilamchi yо‘g‘onlashish hususiyatiga ega emas. 5. Barglari kо‘pincha oddiy, chetki qirralari tekis, tasmasimon tuzilishga ega. Barg tomirlari parallel yoki yoysimon tomirlangan. Yuqorida keltirib о‘tilgan belgilar bir pallali о‘simliklarning deyarli hammasi uchun xos. Hayotiy shakli о‘tlar, ba’zan tropik mintaqalarda daraxtsimonlari (Dratsena, palma, yukka, bambuk va boshq.) ham о‘sadi. Bu sinfga kiradigan ko‘pchilik bir pallali o‘simliklarning poya va ildizlari kambiy qatlami bo‘lmaganligidan ular, odatda yo‘g‘on tortib (ikkilamchi) o‘smaydi. Ikkilamchi o‘sish bir pallalilarning faqat ba’zi turigagina (yog‘ochsimon drasena, yukkalarga) xos, bu poyaning periferik qismida hosil bo‘ladigan ikkilamchi meristema (hosil qiluvchi to‘qima) ning bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Bir pallalilar turlarining soni ikkipallalilar turlari sonining 1/3 dan ko‘ra kamrog‘ini tashkil qiladi. Lekin birpallalilar individlarning soni jihatidan o‘tloqlar, cho‘llar, katta - katta daryolarning sohilidagi sersuv yerlar singari ba’zi joylarda ikki pallalilardan ustun turadi va ko‘pincha asosiy manazara fonini hosil qiladi. Bizning floramizda bir pallalilardan faqat o‘t o‘simliklar bo‘lib, ular o‘tloq, dasht, shunigdek, tog‘ va cho‘l yaylovlarda o‘sadi. Odatda, bir pallali o‘simliklar orasida ildizpoyali ko‘p yillik, shunigdek, tuganakli va piyozli o‘simliklar uchraydi. Piyozsimonlar asosan yilning qurg‘oqchilik davri aniq ifodalangan oblastlar uchun xosdir. Bir pallali o‘simliklar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Bug‘doy, javdar, makkajo‘xori, shakarqamish, palma kabilardan oziq ovqat tayyorlanadi, shunigdek, har xil yem-xashak, texnika xom ashyosi va manzarali o‘simliklar sifatida qo‘llaniladi. Bu sinf bir nechta sinfcha (ajdodcha) larga bо‘linadi: 1. Lolakabilar - Liliidae sinfchasi. 2. Bulduruqо‘tkabilar – Alismatiidae sinfchasi. 3. Palmakabilar – Arecidae sinfchasi. 4. Kommelinkabilar – Commelinidae sinfchasi. 5. Triuridkabilar – Triurididae sinfchasi. Lolakabilar - Liliidae sinfchasiga umumiy tavsif Bu sinfcha 20 dan ortiq qabilani о‘z ichiga oladi. Shulardan ayrimlarining oilalari haqida fikr yuritamiz. Lolanamolar - Liliales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Qabilaning 9 ta oilasi mavjud bо‘lib, ulardan keng tarqalgani Loladoshlardir. Loladoshlar oilasi – Liliaceae. Oilaga 10 avlod, 470 tur kiradi, ulardan 230 ga yaqini madaniy holda o‘stiriladi. Bu oilaga mansub o‘simliklar asosan o‘rta iqlimli mintaqalarda, G‘arbiy va Sharqiy Osiyoda, Himolayda tarqalgan. Bu oilaga asosan yo‘g‘on ildiz poyali, piyozli yoki tugunakli ko‘p yillik o‘t o‘simliklar kiradi. Ba’zi daraxatlar (yukka, dratsena, aleoe kabilar) va qisman lianalar kiradi. Barglari lansetsimon chiziqli, ba’zan elips shakli, parallel yoki yoysimon tomirli. Guli 2 jinsli aktinomorf, gullari mayda yoki yirik, yakka, ba’zan tо‘pgullarni hosil qiladi. Gulqо‘rg‘oni oddiy, gultojsimon, gultojbarglari kо‘pincha erkin, ba’zan qо‘shilgan. Gultojbarglari ayrim vakillarida ikki qavat bо‘lib joylashgan. Changchilari 6 ta, urug‘chisi 1 ta, 3 meva bargchaning qо‘shilishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi kо‘sak. Gul formulasi: * ♀♂ P3+3 A3+3 G(3) Bu oilaga turlari yer yuzining deyarli hamma joylarida, ayniqsa О‘rta yer dengizi floristik viloyatlarda tarqalgan. Bu oilaga kiradigan avlodlardan Savrinjon (Colchicum), shirach (Eremurus), piyozgul (Lilioideae), boychechak (Gagea) va lola (Tulipa), liliya (Lilium) kabilarni misol qilish mumkin. О‘rta Osiyo sharoitida ham quyidagi turkumlari uchraydi. 1. Oq gulli liliya (Lilum candidum). Kо‘p yillik о‘t. Manzarali о‘simlik. 2. Turkiston boychechagi (Gagea turkestanica). Kо‘p yillik о‘t. Adirliklardagi mayin tuproqlarda о‘sadi. 3. Lola (Tulipa) turkumiga 120 dan ortiq tur kiradi. Ulardan muhimlari-Greyg lolasi (Tulipa gregii), Turkiston lolasi (T.turkistanica), Kaufman lolasi (T.ferganica) kabi turlari dasht, tog‘ va tog‘ etaklarida о‘sadi. Greyg lolasi - Tulipa gregii lolalar avlodiga mansub bo‘lib, u aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog‘larning quyi qismidagi yonbag‘irlarda ochiladi, yirik gulli, ko‘rkam o‘simlik. Bo‘yi 20 - 45 sm. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona ustida to‘q binafsha rangli dog‘lari bor. Guli bitta, yirik sarg‘ish - qizil osti qora dog‘li changchi iplari qora va sariq, changdonlari sariq binafsha rang yoki kulrang. Uning mevasi 3 chanoqqa bo‘linib ochiladigan ko‘sakcha, iyulda pishadi. G. lolasi urug‘idan va piyozidan ko‘payadi. Urug‘dan o‘sgan lola 9-10 yilda piyozchasidan o‘sgani esa 4-5 yilda gullab urug‘ beradi. Uning guli juda chiroyli. Keyingi paytlarda odamlarning shavqatsiz yulishi piyozchalarini kovlab olishi natijasida juda kamayib ketdi. Hozirgi paytda u muhofaza qilinadi va O‘zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan. Daraxtsimon aloe - Aloe arborescens. Yer yuzida aloening 250 dan ortiq turi mavjud. Ular orasida bo‘yi 10 m ga yetadiganlari ham mavjud. Aloelar yovvoyi holda Afrikada, Hindistonda, madagaskar, va Saudiya Arabistonda tarqalgan. Bizda xonalarda va issiqxonalarda o‘stiriladigan aloe Afrikadan chiqqan. Daraxtsimon aloe bo‘yi 4 m ga yetadigan sershira doim yashil daraxtsimon o‘simlik poyasi tik o‘suvchi bo‘lib pastki qismi shoxlangan. Poyasining asos qismidan chiqqan juda ko‘p yon kurtaklar o‘simlikning vegetativ ko‘payishida katta ahamiyatga ega. Bargi yumshoq, etdor, sershira yashil qilichsimon yuqori tomoni botiq, pastki tomoni do‘ng qirrasi tikanli uzunligi 20-65 sm qalinligi 12-15 mm ga teng bo‘lib qini bilan poyada ketma ket joylashgan. Gullari to‘pbarg o‘rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o‘qiga joylashib shingil to‘pgulni hosil qiladi. Gulqo‘rg‘oni oddiy tojsimon naycha shaklida qizg‘ish gultojbargli 6 ta bo‘lib 3 tadan 2 qator joylashgan. Otaligi 6 ta bular ham 2 qator o‘rnashgan. Mevasi o‘tmas 3 qirrali, silindrsimon, ko‘sakcha. Aloe xona sharoitda kamdan kam gullaydi. Shunday qilib loladoshlar oilasiga bir va ko‘p yillik o‘simliklar kiradi. Ularni ichida aloe singari dorivorlari ham, lola kabi manzarali o‘simliklar ham ko‘p uchraydi. Aloe tarkibida antratsen unumlari, smola, efir moylari saqlaydi. U tibbiyotda turli xil kasalliklarda, xususan, ichni yumshatadigan, o‘t haydaydigan va bakteratsid ta’sir ko‘rsatadigan, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi. Aloe madaniy, bo‘yi 4 m gacha bo‘ladigan daraxtsimon yoki o‘t o‘simlik. Barglari qini yordamida poyada ketma-ket joylashadi, ko‘pincha poyasining yuqori qismida to‘pbarg hosil qiladi. Barglari qalin, sershira, yumshoq, qilichsimon, yuqori tomoni botiq, pastki tomoni do‘ng bo‘lib chiqqan, qirrasi tikonlar bilan qoplangan, uzunligi 20-65 sm, qalinligi 12-15 mm ga yetadi. Gullari chiroyli va turli rangda bo‘lib, poyasining yuqora qismidagi to‘pbarg o‘rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o‘qida joylashgan shingilni hosil qiladi. Mevasi — uch qirrali ko‘sakcha. Geografik tarqalishi. Vatani Afrikaning janubi-sharqidagi yarim cho‘llar. MDH davlatlarida Daraxtsimon aloe (Aloe arborescens Mill.) va Yo‘l-yo‘l aloe (Aloe striatila How.) uchraydi. O‘rta Osiyoda bir yillik o‘simlik sifatida, xonalarda ko‘p yillik o‘simlik o‘rnida o‘stiriladi. Kimyoviy tarkibi. Barglari va undan olinadigan sabur tarkibida antratsen hosilalari (aloin, nataloin, izoemodin) smolalar, efir moyi, achchiq va boshqa moddalar bor. Ishlatilishi. Saburning yuqori dozasi (0,03-0,2 g) surgi dori sifatida, kichik dozasi (0,01-0,02 g) ovqat hazmini yaxshilash va ishtaha ochish maqsadida ichiladi. Biogen stimulyatorlarga boy barglaridan suyuq ekstrakt (flakon va ampulalarda chiqariladi), liniment (emulsiya), sharbat va tabletka tayyorlanadi. Suyuq ekstrakti va tabletkasi ko‘z kasalliklarida (konyuktivit, ko‘z shishasimon tanachasining xiralashishi va boshqalar) hamda boshqa kasalliklarda (surunkali artrit, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, bronxial astmada) qo‘llaniladi. Aloy linimetni va sharbati kuyganda, turli yaralarga (tropik, yuqumli, yiringli va boshqa), quruq va ho‘l epidermitlarga ishlatiladi. Aloy bargi qadimdan xalq tabobatida ishlatilib kelingan. Quritilmagan bargi va uning shirasi me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yaralarini davolashda qo‘llanilgan. O‘pka silini davolashda aloy bargi shirasini asal va cho‘chqa yog‘i bilan aralashtirib pishiriladi va bemorga iste’mol qilishga beriladi. Aloy bargini o‘rtasidan kesib tananing kesilgan joyiga, shirasini yaralarga, ular yiringlab ketmasligi va tez bitishi uchun qo‘yiladi. Shuningdek, aloy bargi milk yallig‘langanda, shishib og‘riganda ham ishlatiladi. Saburni homiladorlikda iste’mol qilish mumkin emas. Ahamiyati. Oila vakillarini kо‘pchiligining gullari chiroyli va hushbо‘y hidga ega bо‘lganligi uchun manzarali о‘simlik sifatida kо‘plab ekib о‘stiriladi. 2. Nargisnamolar – Amaryllidales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabila 15 ta oilani о‘z ichiga oladi. Shulardan ayrimlariga tо‘xtalib о‘tamiz. Piyozdoshlar oilasi – Alliaceae. Bu oila 30 ta turkum va 650 ta turni birlashtiradi. Ular Avstraliyadan tashqari hamma mintaqalarda tarqalgan, kо‘p yillik, ildiz poyali va piyozboshli, maxsus xid tarqatuvchi о‘t о‘simliklardir. O‘zbekiston florasida bu oiladan 165 turi uchraydi. Piyozguldoshlar yer qismining hamma qismida xususan dasht va cho‘l zonalarida keng tarqalgan. Barcha piyozguldoshlar o‘t o‘simligi bo‘lib, yer ostida piyozboshi yoki ildizpoyasi bo‘ladi. Efemeroidlari ham uchraydi. Barglari ildizoldi, bandsiz, ensiz lentasimon, trubkasimon shakllarda uchraydi. Barglari oddiy, ketma-ket joylashgan, etli,naysimon. Tо‘pgullari oddiy soyabonsimon. Gulqо‘rg‘oni oddiy, gultojbargsimon, gultojbarglar soni 6 ta, asos qismi qо‘shilgan, changchilari 6 ta, uruqchisi 1 ta, 3 ta mevabargchaning qо‘shilishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi kо‘sakcha. Gul formulasi: * ♀♂ P(3)+(3) A3+3 G(3) Piyozdoshlarning xarakterli belgisi uning «tirik tug‘uvchanligidir», chunki piyozboshi yonida mayda piyozchalar hosil bo‘ladi. Masalan sarimsoq piyozi (A. Sativum) doim shu yo‘l bilan ko‘payadi. Bu oilaga oddiy piyoz - Allium sepa L., sarimsoq - A.sativum L. yovvoyi cho‘l piyozi - A.siffithianun cho‘l piyozi – A.caspium kiradi. Ular ichida cho‘lpiyoz zaharli o‘simlik hisoblanadi. Ko‘pgina piyozdoshlarga mansub o‘simliklarda oltingugurt saqlovchi moddalar bo‘ladi. Ular ko‘pchiligi tibbiyotda qo‘llaniladi. Shulardan biri sarimsoq piyozi (A.sativum). Bu oilaning muhim turkumlaridan biri-piyozdir. Piyozning О‘rta Osiyo sharoitida quyidagi turlari uchraydi: 1. Osh piyoz (Allium sepa). Kо‘p yillik о‘t. Madaniy о‘simlik. 2. Sarimsoq piyoz (A. Sativum). Kо‘p yillik о‘t.Sabzavot о‘simlik. 3. Pskom piyozi (A. pskemense), Anzor piyozi (A. Suvorovii), chimyon piyozi (A. tshimganicum); kabilar yovvoyi holda о‘suvchi о‘simliklar bо‘lib, ular kо‘proq tog‘ yonbag‘irlarida о‘sadi. Sarimsoq piyozi - Allium sativum. Bo‘yi 100 sm gacha boradigan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Piyozi tuxumsimon shaklda bo‘lib, 7 donadan 30 donagacha boradigan mayda - mayda piyozchalar tashkil topgan. Bu pallalari oqish rangda bo‘ladigan, pardadek umumiy po‘st bilan o‘ralgan. Pallalari ham, o‘z navbatida pushti yoki binafsha rang po‘st bilan qoplangan uzunligi 4 sm gacha boradi. Poyalari taxminan yarmiga qadar barg qinlari bilan o‘ralgan, ustki qismi gullagunicha halqaga o‘xshab qayrilib turadi. Gullari uzun bandli bo‘lib, soyabonsimon to‘pgul hosil qiladi. Odatda meva va urug‘ tugmaydi. Sarimsoq piyozi jahonning ko‘p mamlakatlarida, jumladan O‘rta Osiyoning hamma hudularida ekiladi. Sarimsoq piyozi tarkibida 0,3% gacha alanin, 0,4% gacha efir moyi, 0,06% atrofida yog‘li moy fitosterin, azotli moddalar, fitonsidlar anchagina miqdorda askarbinat kislota bor. Sarimsoq piyozi tarkibida moddalar me’da ichak yo‘lini ishini kuchaytiradi, o‘t siydik haydaydigan, og‘riq qoldiradigan, balg‘am ko‘chiradigan va bakteratsid xususiyatlarga ega. Ahamiyati: Piyoz turlari, sabzavot о‘simligi sifatida kо‘plab ekib о‘stirilib, ovqatga ishlatiladi va dorivor о‘simlik sifatida keng foydalaniladi. Nargisdoshlar oilasi – Amaryllidaceae. Bu oilani 70 ta turkumi va 1000 dan ortiq turi ma’lum bо‘lib, ular Antraktikadan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Kо‘pchilik turlari tropik va suptropik mintaqalarda turli ekologik sharoitlarda о‘sishga moslashgan. Oila vakillari kо‘p yillik piyozboshli о‘t о‘simliklar hisoblanadi. Barglari oddiy, bandsiz, kо‘pincha yer ustki qismida, rozetka (tо‘pbarg) holida, ba’zan ketma-ket joylashgan. Gullari ikki jinsli, tо‘g‘ri, ba’zan bir oz qiyshiqroq bо‘lib, piyozdoshlar oilasidan tugunchasining ostki va ost gultoji hosil qilishi bilan farq qiladi. Gul formulasi: * ♀♂ P3+3 A3+3 G(3) Oilaning О‘rta Osiyo sharoitida Kalantus (Salanthus), Nargis (Narcissus), qoraqobiq (Ungernia), Chuchmoma (Ixiolirion) kabi turkumlari tarqalgan. Bu о‘simliklar manzarali о‘simlik sifatida xonadonlarda, istirohat bog‘larida va boshqa joylarda ekib о‘stiriladi. 3. Sarsabilnamolar – Asparagales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Marvaridguldoshlar oilasi - Convallariaceae. Bu oilaga 23 avlod, 230 tur o‘simlik mansub bo‘lib, eng ko‘p tarqalgan turlari marvaridguldir. May marvaridguli - Convallaria majalis. Marvaridgul o‘simligi Kavkaz va Uzoq Sharq o‘rmonlarida tarqalgan. Ildizpoyali o‘t o‘simlik. Poyasi shoxlanmaydi, barglari yoysimon tomirlangan, oddiy. Gullari unchalik katta emas, xushbo‘y oq gullar, tojbargli bir tomonlama shingilga to‘rlangan. Gul formulasi P(6) A(3+3) G(3) Mevasi qizil rangda, rezavor meva. Urug‘i endospermli. Marvaridgul barglaridan yurak glikozidlari olinadi, shuningdek saponinlar ham to‘planadi. Tibbiyotda yurak kasalliklarini davolashda keng ishlatiladi. Gullaridan olingan efir moylari parfyumeriyada qo‘llaniladi. Sarsabildoshlar oilasi - Asparagaceae. Bu oilaga 23 avlod, 230 tur o‘simlik mansub bo‘lib, oila vakillari yaxshi rivojlangan ildizpoyali, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyalari tik o‘suvchi, ba’zan shakli o‘zgargan kaladodiylaribo‘lib, barg vazifasi ni bajaradi. To‘pgullar sochoq, gulqo‘rg‘oni birikib o‘sgan. Mevasi rezavor. Sparja avlodi (Asparagus) ning 120 turi bor. Shundan O‘rta Osiyoda 24, respublikamizda 7 turi uchraydi. Bu avlodning vakillari chala buta o‘simliklardir. Barglari mayda, pardasimon tangachaga aylangan. Gullari ayrim jinsli. Bir yoki ikki uyli o‘simlik. Gulqo‘rg‘oni qo‘ng‘iroqsimon 6 ta bargchasi birikib o‘sgan. Mevasi sharsimon xo‘l meva. Dorivor sarsabil - Asparagus acutifolius. Sarsabil - bo‘yi 150 sm gacha boradigan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Ildizpoyasi yo‘g‘on bir talay ildizlar chiqaradi. Poyalari to‘g‘ri o‘sib, ko‘p shoxlanadi, tuksiz. Barglari reduksiyalanib pardasimon kichik - kichik tangachalarga aylangan. Gullari mayda , yashil - sariq rangda, uzun - uzun bandli. Mevasi diametri 5 mm gacha boradigan olti urug‘li dumaloq rezovor meva. Urug‘lari ikki tomondan qisilib kelgan, dumaloq shaklda. May iyulda gullaydi, iyun oxirlari - iyulda mevalari yetila boshlaydi. Tojikiston, Kavkaz va G‘arbiy Sibirda dasht - qirlar, butazorlar orasida o‘sadi. O‘rta Osiyoda ko‘p joylarda ekiladi. Uning ildizpoyasi bilan ildizlari va yosh novdalari dorivorlik xususiyatiga ega. Bu organlar o‘z tarkibida asparagin va saponin moddalarini saqlaydi. Yetilgan mevalarida 36% gacha qand moddalari, kapsantin bilan fizamin urug‘larida 16% yog‘li moy topilgan. Tibbiyotda sarsabil siydik haydovchi, yurak ishini yaxshilovchi, o‘thaydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Kuchalakabilar – Aridae sinfchasiga umumiy tavsif Kuchalanamolar qabilasi – Arales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari Bu qabila 2 ta oiladan tashkil topgan. Shulardan kuchaladoshlar oilasiga tо‘xtalib о‘tamiz. Kuchaladoshlar oilasi – Araceae. Bu oilaga 110 ta turkum va 1800 ta tur kiradi. Ular har ikkala yarim sharning tropik va suptropik mintaqalarida tarqalgan. Hayotiy shakli ildizpoyali va tugunakli, yirik bargli о‘t, buta, ba’zan epifit yoki ishlab о‘suvchi о‘simliklardir. Barglari ildiz bо‘g‘izidan chiqadi. Bandi tarnovsimon yaprog‘i butun yoki qirqilgan, poyalari bandsiz va lentasimon. Gullari ikki yoki birjinsli bо‘lib, sо‘tasimon tо‘pgul hosil qiladi. Sо‘tasi yirik kо‘pincha qoplovchi barg bilan о‘ralgan. Gulqо‘rg‘oni, kо‘pincha 6 ta bargchali yoki ular reduksiyalangan. Changchilari ikki jinsli gullarida 6 ta, bir jinslarida esa 2-4 ta, ba’zan qо‘shilib о‘sgan. Urug‘chisi 1-3 ta mevabargchadan tashkil topgan, ustki tugunchali. Mevasi quruq yoki rezavor meva. Bu oilaga mansub о‘simliklarning gul tuzilishi va gul formulasi ham har-xil bо‘lib, ular birbiridan farq qiladi. Masalan: Xushbо‘y igir о‘simligida: * ♀♂ P6 A6 G(3) Korolkov kuchalasida esa: * ♂ P0 A3,4 G0; * ♀ P0 A0 G1 Oila vakillaridan О‘zbekiston sharoitida xushbо‘y igir (Asorus calamus). Kо‘p yillik о‘simlik. Korolkov kuchalasi - Arum korolkovili. Kо‘p yillik sharsimon tuganakli о‘simlik. Tog‘ etaklarida, qoyalarda, nam, soya-salqin yerlarda о‘sadi. Regel itkuchalasi (Yeminium regelii - Kо‘p yillik о‘t. Adir va pastki tog‘ etaklarida, soz tuproqli joylarda о‘sadi. Ahamiyati: Xushbо‘y igir ildizpoyasidan olingan efir moyi meditsinada va parfyumeriya sanoatida ishlatiladi. Kuchala tuganagidan meditsinada xronik revmatizmga qarshi ishlatiladi. Boshqa turlaridan monstera xonadonlarda bezak о‘simlik sifatida о‘stiriladi. 17 – mavzu. Kommelinkabilar sinfchasi Reja: 1. Hilolnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 2. Bug‘doynamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar: bir urug‘pallali, popuk ildiz, qo‘shimcha ildiz, oddiy barg, tekis qirrali barg, tasmasimon, nayzabarg, oddiy gulqo‘rg‘on, piyozbosh, gul formulasi, soyabon, qalqonsimon, kuchala, ko‘sakcha sinfcha, oila, turkum, tur, gultoji barg, gulkosacha bargi, gipantiy, changchi, pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, dorivor, manzarali. Kommelinkabilar – Commelinidae sinfchasiga umumiy tavsif 1. Hilolnamolar qabilasi - Cyperales Bu qabila faqat hiloldoshlar (Cyperaceae) oilasidan tashkil topgan. Oila hozirgi vaqtda 100 ta turkum va 4000 ta turni о‘z ichiga oladi, ulardan O‘zbekiston florasida 16 avlod, 90 tur uchraydi. Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan, kо‘p yillik, bir yillik о‘t о‘simliklardir. Poyasi kо‘pincha uch qirrali, bо‘g‘imsiz, ba’zan tsilindrsimon, yer ostki qismi ildizpoyalarga aylangan. Bargi tilchasiz, yopiq qinli, kо‘pincha poyaning quyi qismida joylashadi. Barg yaprog‘i qattiq, lentasimon, chetlari g‘udur-budur. Gullari mayda, ikki yoki bir jinsli, boshoqsimon, soyabonsimon va boshqa xilda ham bо‘lishi mumkin. Guli gulqо‘rg‘onsiz, ba’zan tukcha yoki qiltiqlarga ega. Changchilari 3 ta, urug‘chisi bitta, 2-3 ta mevabargchaning birikishidan hosil bо‘lgan. Tugunchasi ustki. Ba’zi turkumlarida tugunchalar bilan о‘ralib, xalatachalarga aylangan. Mevasi uch qirrali yoki dumuloq yong‘oqcha. Gul formulasi: ♀♂ P6-10 A3 G(2-3) Oila vakillaridan О‘rta Osiyoda quyidagi turlari tarqalgan: 1. Tuganakli salomalaykum (Syperus rotundus). Respublikamiz hududida barcha ekinlar orasida uchraydigan xavfli begona о‘t hisoblanadi. 2. Yо‘g‘ontumshuq qorabosh (Sarex pachystylis). Adir va tog‘ mintaqasining pastki qismidagi soz tuproqli erlarda о‘sadi. 3. Kо‘l qiyog‘i (Scirpus lacustis). Kо‘l, daryo, suv xavzalari, botqoqliklarda, ba’zan sholipoyalarda о‘sadi. 4. Tо‘ng‘iz sirt (Sobresia bellardi) kabi о‘simliklar ma’lum miqdorda yem-xashak о‘simligi hisoblanadi. Hiloldoshlarning amaliy ahamiyatlari juda kam. Ular xashak bo‘ladigan o‘tlar sifatida ko‘pchiligi dag‘al bemaza xashak beradi, tarkibida fosfor va kalsiy kam bo‘ladi. Hiloldoshlarning eng ko‘p tarqalgan avlodlari quyidagilardir: Rang avlodi (Carex) - bu avlodga 2000 ga yaqin tur kiradi. O‘zbekistonda 43 turi uchraydi. Bu avlod vakillari ildizpoyali ko‘p yillik bo‘lib, nam va botqoq yerda, soy va ariq bo‘ylarida, cho‘l hamda baland tog‘larda o‘sib, qalin o‘tzorlar hosil qiladi. Qum rangi (C. arenaria) - ko‘chma qumlar harakatini to‘xtatish va yem - xashak uchun ekiladi. Salomalaykum avlodi (Cyperus). Bu avlodning 14 turi O‘rta Osiyoda, 8 turi O‘zbekistonda uchraydi. Ular sernam va botqoq yerlarda o‘sadi. Tugunakli salomalaykum (C. rotundus) havfli begona o‘t hisoblanadi, dalada juda tez ko‘payadi, ko‘p yillik o‘t o‘simlik, ildizpoyasi 2 xil: 1) pastga qarab o‘sgan ildizpoyasi, uning uchiga qo‘ng‘ir rangdagi tugunakchasi va 2) gorizontal o‘sgan ildizpoyalari bor. Qiyoq avlodi (Scirpus). O‘rta Osiyda bu avlodning 19, O‘zbekistonda 11 turi uchraydi. Zax va botqoq joylarda, ko‘l va soy qirg‘oqlarida qo‘l qiyog‘i (S. fcustris), qirg‘oq qiyog‘i (S.littarales) turlari o‘sadi. 2. Bug‘doynamolar qabilasi - Poales Bu qabilaning vakillari hilolnamolar qabilasining turlaridan, poyalarining bо‘g‘imlarga bо‘linishi va barglarida «tilcha» ni bо‘lishi bilan farq qiladi. Qabila faqat bug‘doydoshlar oilasidangina tashkil topgan. Bug‘doydoshlar (Boshoqdoshlar) oilasi – Poaceae. Bu oilaning 700 ta turkumi va 750010000 ta turi yer yuzining turli mintaqalarida keng tarqalgan. Ular bir yillik, ikki yoki kо‘p yillik о‘t о‘simliklar, ba’zan buta va daraxtsimonlari ham uchraydi. Poyasi о‘t о‘simliklarida ingichka, naysimon, bо‘g‘imlarga bо‘lingan. Bо‘g‘imlari bо‘rtgan ichi berk, bо‘g‘im oraliqlarining ichi bо‘shliqdan iborat. Barglari oddiy, bandsiz, ba’zan bandli, ketma-ket joylashgan. Ular poyani о‘rab turadigan, naysimon uzun qindan va tasmasimon, nashtarsimon yoki begizsimon shaklga ega bо‘lgan barg yaproqlaridan tuzilgan. Barg qininingbarg yaprog‘iga о‘tish joyida yupqa pardasimon о‘simta tilcha va 2 ta quloqchasi bor. Tilcha 2 ta yonbargchaning qо‘shilib о‘sishidan hosil bо‘lgan deb qaraladi. U poya bilan qin orasida suv tushishiga yо‘l qо‘ymaydi. Boshoqdoshlarning oilasi tuproq yuzasidagi yoki undan yuqori turgan qismida to‘planish bo‘g‘imidan shoxlaydi. G‘alladoshlarning guli bir yoki ikki jinsli bo‘lib, ular dastlabki to‘pgulboshoqchalarga yig‘ilgan. Boshoqchalar ham o‘z navbatida murakkab to‘pgullar: murakkab boshoq, murakkab ro‘vak, popuk va so‘tana hosil qiladi. Boshoqchaning tuzilishi har xil bo‘lib, u sistematik belgi hisoblanadi. Tipik boshoqning butun boshoqchani maxkam o‘rab oladigan bir juft po‘sti bo‘ladi. Po‘sti ichida 1 ta yoki ko‘p gul turadi. Har bir gul po‘stining ostki qismini ham o‘rab. Ustki gul po‘stining 2 ta qirrasi bor: bu uning gulqo‘rg‘onini tutashib o‘sgan 2 ta bargchasidan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Bundan keyin 2 ta, ba’zan 3 ta va undan ham ko‘p 2 ga ajralgan gulqo‘rg‘on pardasi (Lodekula - о‘zgargan gulqо‘rg‘on «Lodekula» deb ataladi) joylashgan. Bu parda g‘alladoshlarning gullash biologiyasida katta ahamiyatga egadir. Gullash oldidan pardalar nixoyatda shishib ketadi va shuning uchun gul po‘sti ochiladi, bu esa changchi va urug‘chilarning gul ichida chiqishiga imkon beradi. Changchi ko‘pincha 3 ta , ba’zan 1, 2, 6 ta yoki undan ko‘p bo‘ladi. Changchilarning ko‘p miqdor quruq va yengil chang chiqaradigan yirik changdoni bo‘ladi. Changchi iplari o‘simlik gullaguncha qisqa bo‘ladi, lekin gullash vaqtida tez uzayadi va changdonlarini guldan tashqariga chiqaradi. Changchi tushib o‘sgan 2-3 ta meva bargchadan tuzilgan. Changchi og‘izchasi 2 bo‘lakchali, ba’zan 1-3 bo‘lakchali patsimon, faqat makkajo‘xo-rining urug‘chi og‘izchasi ipsimon. Tugunchasi ustki, bir uyali to‘g‘ri yoki bir oz egilgan 1 ta urug‘kurtakda bo‘ladi. Mevasi quruq don meva. Boshoqlar shamol yordamida, faqat ba’zilari o‘z-o‘zidan changlanadi. Mevasi don bo‘lib, u gulqo‘rg‘on bilan zich tutashib o‘sadi. Endosperma juda rivojlangan. Ko‘p yillik boshoqlar to‘planish usuliga qarab 3 ta tipga bo‘linadi. 1. Ildizpoyali boshoqlar boshoqdoshlarning to‘planish bo‘g‘imlaridan birmuncha uzun novdalar chiqadi, ular yer tagiga gorizontal xolatda o‘suvchi ildiz poyalardir. Bug‘doyiq, suv bug‘doyiq, qamish ildizpoyali boshoqdoshlarga misol bo‘la oladi. 2. Siyrak to‘planuvchi boshoqdoshlar Bularning bo‘g‘imi ham yer yuzasida bo‘ladi, lekin bo‘g‘imdan chiqqan novdalar yer ustidagi asosiy poyaga nisbatan o‘tkir burchak bilan ko‘tariladi. Timofivka oq suxta siyrak to‘planuvchi o‘simliklarga misol bo‘la oladi. 3. Zich to‘planuvchi boshoqdoshlar Bularning ildizpoyali hamda siyrak to‘planuvchi boshoqdoshlardan farqi shuki, to‘planish bo‘g‘imi yer yuzasidan yuqorida bo‘ladi. Har qaysi bo‘g‘imidan oraliqlarijuda qisqa bo‘lgan novdalari chiqadi. Har bir novda o‘zining to‘planish bo‘g‘imini hosil qiladi. Undan xuddi yuqorida aytilganidek ichki yon novdalar paydo bo‘ladi. Natijada, zich to‘p vujudga keladi zich to‘planuvchi boshoqdoshlarga chalov betagalar misol bo‘la oladi. Boshoqdoshlarning to‘planish tipi tuproq hosil bo‘lishda katta ahamiyatga ega. Bug‘doydoshlar oilasi 3 ta oilachaga bо‘linadi: 1. Bambukdoshchalar-Bambusoideae 2. Tariqdoshchalar-Panicoideaye 3. Qо‘ng‘irboshdoshchalar-Poaideaye Bambukdoshchalar oilachasining vakillari yirik, kо‘p yillik poyasi yog‘ochlangan daraxtsimon yoki butasimon о‘simliklar. Ular tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Bu oilaning deyarli hamma vakillari ildiz poyali ko‘p yillik o‘simliklar bo‘lib, juda shoxlab ketadigan ko‘p yillik daraxtsimon poyalar chiqaradi. Poyalarining bo‘yi ba’zilari-da 40 m ga yo‘g‘onligi 30 sm ga boradi. To‘pgullari supirgisimon, ko‘pchiligining gullarida 3 ta lodikula, 6 ta otalik, 3-2 ta ustuncha bor. Mevasi don, ba’zilarida yong‘oqcha yoki rezavor meva holida 200 dan oshiq turi tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Yovvoyi holda o‘sadigan bambuklarni yerli aholi deyarli hamma xo‘jalik ishlarida ishlatadi. Tariqdoshchalar oilachasining vakillari bir yillik va kо‘p yillik о‘t о‘simliklardir. Oddiy boshoqchalari bir gulli, ba’zan ikki gulli, bittasi bir jinsli erkak gul, ikkinchisi ikki jinsli gul. Gul fomulasi: Makkajo‘xori * ♂ P0 A3 G0; * ♀ P0 A0 G(2) Oilachaning vakillaridan О‘rta Osiyoda bir nechta madaniy va yovvoyi turlari uchraydi. Madaniy turlari: Makkajо‘xori (Zea mays), Jо‘xori (Sorghum vulgare), Sholi (Oryza sativa), Suli (Avena sativa), Tariq (Panicum mileaceum). Yovvoyi turlaridan: Ajriq (Cynodon dactylon), Oq sо‘xta (Dactylis glomerata), Chalov (Stipa capillata) va boshqalar. Makkajo‘xorilar turkumi - Zea mays. 1 yillik don o‘simlik. Poyasining bo‘yi 1-3 m gacha boradigan va bundan balandroq bo‘ladi,uchidan changchi boshoqchali ro‘vak, pastki qismlaridan esa murakkab to‘pgullar chiqaradi. Barglari navbat bilan joylashgan, cho‘ziq shaklda. Gullari - bir jinsli, mayda, gul qo‘rg‘oni yo‘q. Mevasining rang tusi har xil, ancha yirik bo‘ladigan yalang‘och don. Asl vatani Janubiy Amerika. Hamma joylarda ekiladi. Makkajo‘xori popugida sintosterol, stigmasterol, efir moyi, C va K vitaminlar, alkaloidlar organik kislotalar va boshqa moddalar bor. Tibbiyotda makkajo‘xori popugi siydik o‘t haydaydigan vosita sifatida tavsiya etiladi. Sulilar turkumi - Avena. Bo‘yi 120 sm gacha boradigan, poyasi yalong‘och bo‘ladigan bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasi ichi kovak bo‘lib, qavarib chiqib turadigan qattiq bo‘g‘imlari bor. Barglari uzun nashtarsimon uchi o‘tkirlashib kelgan. Gullari - ikki jinsli, mevasi boshoqlarda bo‘ladigan cho‘zinchoqroq shaklli don. May iyulda gullaydi, doni iyun - avgustda yetiladi. Suli donlarida anchagina (16% gacha) oqsil, uglevodlar yog‘ moddalari klechatka, va ko‘pgina makro va mikroelementlar bor. Unda avenin degan alkaloid va efir moyi ham bor. Shuni takidlab o‘tish kerakki ekiladigan suli egallaydigan maydon jihatidan jahon xo‘jaligida g‘alla ekinlari orasida 4 - o‘rinda turadi. (bug‘doy, makkajo‘xori, sholilardan keyin) Zamonaviy tabobatda sulidan tayyorlangan qaynatmalar siydik o‘t, yel haydovdigan va odamni terlatadigan xossalarga ega ekanligi aniqlangan. Suli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ham ega bo‘lib markaziy nerv sistemasi va yurak ishini ham yaxshilaydi. Qо‘ng‘irboshdoshchalar oilachasi vakillarining boshoqcha tangachabargi 2 ta. Boshoqchasi bir yoki kо‘p gulli bо‘ladi. Gul formulasi: Bug‘doy * ♀ ♂ P(2)+2 A3 G(2) Oilacha vakillari: Bahorgi bug‘doy (Triticum durum), Kuzgi bug‘doy (T. avestivum), Arpa (Hordeum vulgare). Yovvoyi turlaridan Piyozli qо‘ng‘irbosh (Poa bulbosa), maysazor betagasi (Festuca pratensis), Yaltirbosh (Bromus tectorum), Kо‘p yillik mastak (Lolium perenne), Silindrsimon qasmaldoq (Ayegilops cylindrica) va boshqalar. Qo‘ng‘irboshsimonlar kenja oilasi - Poaeoideae. Boshoqchalari bir yoki ko‘p gulli. Bu oilaga o‘z ichiga muhim don va yem - xashak o‘simliklarini qamrab oladi. Bu oilachaga qo‘ng‘irbosh avlodi (Poa), javdar avlodi (Secale), Arpa avlodi (Hordeum) kabilar kiradi. Ahamiyati: Bu oila о‘simliklari insonlar hayotida muhim ahamiyatga egaligi bilan boshqa oilalardan alohida ajralib turadi. Chunki, bu о‘simliklarning urug‘ini tarkibida 50-75% kraxmal, 20% oqsil, yog‘, mineral moddalar va vitaminlar bor. Oila vakillari nafaqat oziq-ovqat, balki chorvachilikda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan yem-xashak о‘simliklari va hiyobonlarda manzara beruvchi о‘simliklar ham hisoblanadi. 18 – mavzu. Bulduruqo‘tkabilar va palmakabilar sifchalari Reja:
1. Palmanamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 2. Bulduruqnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 3. G‘ijjaknamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar: bir urug‘pallali, popuk ildiz, qo‘shimcha ildiz, oddiy barg, tekis qirrali barg, tasmasimon, nayzabarg, oddiy gulqo‘rg‘on, piyozbosh, gul formulasi, soyabon, qalqonsimon, kuchala, ko‘sakcha sinfcha, oila, turkum, tur, gultoji barg, gulkosacha bargi, gipantiy, changchi, pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, dorivor, manzarali. Palmakabilar – Arecidae sinfchasiga umumiy tavsif Bu ajdodchaga mansub, о‘simliklar о‘zinining eng qadimiyligi, morfologik, ekologik va hayotiy shakllarini xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi. Ajdodcha vakillarini kо‘pchiligi о‘tо‘simliklar, ular orasida epifit va liana shakldagilari, shuningdek suv muhitida yashaydiganlari ham uchraydi. Ayrim turlarini tanasida yog‘ochlanishlarni kuzatish mumkin. Bu ajdodcha 5 ta qabilani о‘z ichiga oladi. Shulardan ayrimlariga tо‘xtalib о‘tamiz. 1. Palmanomalar qabilasi - Arecales Bu qabila faqat Palmadoshlar oilasidangina tashkil topgan. Oila bir nechta oilachalarga bо‘lib о‘rganiladi. Palmadoshlar oilasi – Aresaceae. Bu oilaga hozirgi vaqtda 240 ta turkum va 3400 ga yaqin tur kiradi. Palma о‘simliklari asosan yer sharining tropik va suptropik mintaqalarida, ayniqsa janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida va janubiy Amerikaning tropik mintaqalarida keng tarqalgan. Palmalar о‘zining ajoyib tashqi qiyofasi bilan tropik mamlakatlar uchun xarakterli bо‘lgan manzara hosil qiluvchi va mahalliy aholi hayotida muhim rol’ о‘ynaydigan о‘simliklar hisoblanadi. Oila vakillari asosan daraxt, ba’zan butasimon yoki ingichka liana shakldagi о‘simliklar. Ularning kо‘pchilik turlarining poyasi tо‘g‘ri, ustunsimon, bir tekisda yо‘g‘onlashgan bо‘ladi. Ustunsimon poyalari barg izlari va barg qini qoldiqlari bilan qoplangan. Barcha turlari qо‘shimcha ildiz hosil qiladi. Barglari voyaga yetgandan sо‘ng, patsimon yoki panjasimon shaklga aylanadi. Gullari mayda bir jinsli yoki ikki jinsli. Gulqо‘rg‘oni oddiy, uning bargchalari, kо‘pincha 6 ta, 3 ta dan 2 doira bо‘lib joylashgan. Ba’zan qо‘sh gulqо‘rg‘onli bо‘lib, kosacha va tojbarglarga ajraladi. Changchilari 6 ta yoki 3 ta, ba’zilarida esa bir nechta bо‘ladi. Urug‘chisi kо‘pincha 3 ta meva bargchadan hosil bо‘lgan. Hashorat yoki shamol yordamida changlanadi. Mevasi danakcha, xо‘l meva yoki yong‘oqchadir. Gul formulasi: (ikki jinsli gullar uchun): * ♀ ♂ P3+3 A6,3,9~ G(3),3 Oila vakillari: Kokos palmasi (Cocos nucifera). Poyasi silliq, bо‘yi 30 metrga yetib boradi. Barglari patsimon, yovvoyi holda Tinch va Hind okeanlarinning qirg‘oqlarida va orollarda о‘sadi. Xurmo yoki finik palmasi (Phoenix dactylifera). Bu о‘simlik Arabistonda, eronda, kichik Osiyoda, Shimoliy Amerikaning janubiy qirg‘oqlarida kо‘plab ekiladi. Finik palmasining 1000 dan ortiq navlari ma’lum. Yog‘ palmasi (Elaeis guineensis). Bu о‘simlik kо‘plab Afrikada ekib о‘stiriladi. Bu yerdan tashqari Indoneziya va Gvenyada keng tarqalgan. Ahamiyati: Palmalar keltiradigan foydasi jihatidan tropik mamlakatlarning eng qimmatbaxo о‘simliklaridan hisoblanadi. Kokos palmasining mevasidan ovqatga ishlatiladigan yog‘ olinadi. Danagining pо‘chog‘idan har hil tugmachalar tayyorlanadi. Poyasi bargi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Finik palmasi mevasi tarkibida 70% qand va oqsil bо‘lib, ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Yog‘ palmasi mevasidan «Palma yog‘i»deb ataluvchi yog‘ olinadi. U ovqatga va texnikada ishlatiladi. Palmalarning kо‘p turlari manzarali о‘simlik sifatida ekib о‘stiriladi. Bulduruqо‘tkabilar – Alismatiidae sinfchasiga umumiy tavsif Bu ajdodcha vakillari tо‘lig‘icha suvda yashovchi yuksak gulli о‘simliklar hisoblanadi. Ular bir nechta qabila va oilalarga bо‘linadi. Muhimlari quyidagilar: 1.Bulduruqnamolar qabilasi - Alismatales Bu qabila 2 ta oilani о‘z ichiga oladi. Shulardan biri haqida fikr yuritamiz. Bulduruqdoshlar oilasi – Alismataceae. Oila vakillarini kо‘pchiligi kо‘p yillik, ba’zan bir yillik о‘t о‘simliklardir. Barglari rozetka holda ildiz bо‘g‘zidan о‘sib chiqadi. Gullari tо‘g‘ri, ikki jinsli yoki bir jinsli, soyabon yoki qalqonsimon tо‘pgul hosil qiladi. Gulqо‘rg‘oni murakkab, kosacha va tojbarglardan tashkil topgan. Changchilari 3 ta yoki bir nechta, urug‘chisi ham bir nechta mevabargchaning qо‘shilishidan hosil bо‘lgan. Mevasi pistacha, yong‘oqcha yoki kо‘sakcha. Gul formulasi: * ♀♂ Ca3 Co3 A6,~ G(~) Oilaning 11 ta turkum va 70 dan ortiq turi uchraydi. Shulardan biri Bulduruq (Alisma plantago agvatica) hisoblanadi. U ildizpoyali tugunaksimon, popuk ildizli о‘simlik. Chо‘l, adir va tog‘ zonasida, ariq, hovuz, kо‘l va daryolar bо‘yidagi botqoqlik va sernam joylarda о‘sadi. Uchyaproqli nayzabarg (Sagittaria trifolia) ham kо‘p yillik о‘t о‘simlik bо‘lib, о‘sish sharoiti Yuqoridagi о‘simlikka о‘xshash. Ahamiyati: Tuganak hosil qiluvchi vakillarining tuganagida kraxmal, oqsil, yog‘ va qand moddalari uchraydi. Tugunagini suvda ivitish yо‘li bilan achchiq moddalari yо‘qotilib, undan oziq-ovqat tayyorlash mumkin. Meditsinada dorilar ham tayyorlanadi. 2. G‘ijjaknamolar qabilasi – Potamogetonales Bu qabilaning muhim oilasi g‘ijjakdoshlar (Potamogetanaceae) hisoblanadi. Oila vakillari suvga kо‘milib о‘suvchi yoki suv betida suzib yuruvchi kо‘p yillik о‘t о‘simliklardir. Barglari tasmasimon yoki ellipssimon. Gullari mayda bir yoki ikki jinsli, boshoqsimon tо‘pgullarni hosil qiladi. Ayrim vakillarida gullari yakka-yakka holda joylashgan. Gulqо‘rg‘oni oddiy, changchi va urug‘chilari 4 ta. Mevasi yong‘oqcha yoki danaksimon mevadan yig‘ilgan tо‘pmeva. Gul formulasi: * ♀♂P4 A4 G(4) Oilaning 9 turkum va 114 ta turi bо‘lib, ular chuchuk suvlarda, dengizlarda keng tarqalgan. О‘zbekiston sharoitida ayrim turkumlari uchraydi. Masalan: Kungurador g‘ijjak (Potamogeton crispus), Suzuvchi g‘ijjak (P. natans), Bо‘g‘imdor g‘ijjak (P. nodosus) va boshqalar. Bular chо‘l, adir va tog‘ zonalaridagi kо‘l, ariq suvlarida о‘sadi. Ahamiyati: Bu oilaga kiruvchi о‘simliklarning mevasi baliqlar, qushlar uchun ozuqa hisoblanadi. 3. Yashilgulnamolar qabilasi - Najadales Qabila yashilguldoshlar (Najadaceae) oilasidan iborat. Oilaning birgina turkumi Nayada (Najas). Bu turkum 40 dan ortiq turni birlashtiradi. Ular yer sharining deyarli hamma qismida tarqalgan. Barglari qarama-qarshi yoki xalqasimon joylashgan. Gullari suv ostida changlanadi. Hayot shakli bir yillik va kо‘p yillik о‘simliklar. О‘zbekistonda Dengiz nayadasi (Najas marina), Kichik nayada (N. minor) kabi turlari kо‘l va sekin oqadigan daryo suvlarida о‘sadi. Triuridkabilar ajdodchasi - Triurididae Bu ajdodcha Tomlinson (1982) tomonidan ajratilgan eng kichik ajdodcha hisoblanadi. Uning vakillari asosan Amerika, Afrika va Osiyoning tropik mintaqalarida tarqalgan. 8-mavzu. Qarag‘ay simonlar sinfi Reja: 1. Kordaitlar qabilasiningning kelib chiqishi va tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. 2. Ginkgolar qabilasiga mansub Ginkgo bilobaning tuzilishidagi xususiyatlar. 3. Qubbalilar (igna barglilar) qabilasining morfologik tuzilishi, ko‘payishi va hozirgi kunda tarqalgan oilalari. Tayanch ibora va atamalar: nutsellus, endosperm, qubba, anteridial va protallial hujayralar, smola yo‘llari, chang nayi. Kordaitlar qabilasi — Cordaitales Bu qabilaga mansub o‘simliklarning paydo bo‘lish davri paleobotanik ma’lumotlarga qaraganda paleozoy erasining toshqo‘mir davriga to‘g‘ri keladi. Karbon davrida kordaitlar har ikkala yarim sharlarda keng tarqalgan. Ular balandligi 30 metrga qadar keladigan chiroyli o‘simliklar bo‘lgan. Poyasining faqat uch qismi shoxlangan. Barglari qattiq, bandsiz lansetsimon ingichka bo‘lgan. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra kordaitlar qozirgi qubbalilarni eslatgan (96-rasm). Kordaitlar bir yoki ikki uyli o‘simliklar bo‘lib, erkak va urg‘ochi qubbalari alohida-alohida barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mikrosporofillar qipiqsimon bir necha mikrosporangiy (changdon)li, megasporofillar ham qipiqsimon tuzilishli, uchida bittadan urug‘murtak joylashgan. Urug‘murtakda sagovniklarning urug‘murtagi singari chang yo‘li, ikki qavat intigumentli yopqich qatlam etli, qalin, shirali ichki qatlam hamda ingichka yog‘ochlangan tashqi qatlamdan iborat bo‘lgan. Urug‘lanish barcha qazilma holda uchraydigan ochiq urug‘lilar singari spermatozoidlar yordamida bo‘lgan. Urug‘murtak to‘liq yetilmagan. Balki sagovniklarning urug‘murtagi singari uning yetilishi uzilib tushgandan so‘ng yerda davom etgan bo‘lishi mumkin. Kordaitlarning sagovniklar bilan o‘xshashlik xususiyatlari ularning qadimiy ajdodlari bir xil o‘simliklar bo‘lgan deb xulosa qilishga undaydi. Lekin ularning plaunsimonlar bilan ham bog‘liqlik tomonlari bor degan fikrlar ham yo‘q emas. Ginkgolar qabilasi — Ginkgoales Bu qabila vakillari dastlab quyi perm davrida paydo bo‘lib, yura davrida ravnaq topgan va yer yuzining ko‘p qismi, ayniqsa uning shimolida keng tarqalgan va aksariyat qismi tashqi sharoitlarning keskin o‘zgarishi natijasida o‘lib ketgan. 96-rasm. Kordait. 1 – kordaitning umumiy ko‘rinishi; 2 – novdasi. Ginkgolarning yer yuzida keng tarqalgan 20 dan ortiq turidan hozirgi kunda faqat bir turi, ya’ni ikki bo‘lmali ginkgo – Ginkgo biloba yovvoyi holda Xitoyda o‘sishi aniqlangan. Bu daraxt XI asrdan boshlab Xitoy va Yaponiyada xosiyatli o‘simlik sifatida diniy madrasalar qoshida o‘stirilgan. XVII asrda Yevropaga keltirilgan (97-rasm). Ginkgo balandligi 30-40 m ga qadar o‘sadigan daraxt o‘simlik. Uning poyasi sirt tomonidan to‘q kulrang po‘st bilan qoplangan. Poyasining ichki tuzilishi qubbalilar poyasining ichki tuzilishiga o‘xshash. Po‘sti yupqa, o‘zak va ikkilamchi yog‘ochlik yaxshi taraqqiy etgan. Novdalari ikki xil, siyrak bargli uzun va barglari g‘uj bog‘lam-bog‘lam bo‘lib joylashgan qisqargan novdalar. Barglari o‘ziga xos tuzilishli, bandli, uchburchaksimon, uchi ikki bo‘lmaga ajralgan, barg tomirlari dixotomik joylashgan, qishda to‘kiladi. Ginkgo ikki uyli o‘simlik sporofillari qisqargan novdalarda to‘plangan. Mikrosporofillari to‘pgulga o‘xshash to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Megasporofillari uzun bandli odatda ikki megasporangiyli, ularni megasporofil qoldiqlari o‘rab turadi. Changlanishi shamol yordamida. Mikrosporaning o‘sishi, urug‘lanishi va urug‘ining shakllanishi sagovniklarga o‘xshash. Lekin ko‘p xivchinli spermatozoidlari bularda sagovniklarnikiga nisbatan ancha kichik. Urug‘lanishdan so‘ng vujudga kelgan urug‘ning tashqi qismi yumshoq va shirali ichki qatlamlari yupqa va qattiq bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ginkgoning urug‘i olxo‘rinikiga o‘xshab ketadi. Uning yumshoq qismi ovqatga ishlatiladi. 97-rasm. Ginkgo biloba. 1 – erkak gulli qisqargan novda; 2 – mikrosporofillar; 3 – urg‘ochi gulli qiskargan novda; 4 – alohida gul to‘plami; 5 – urug‘ murtagining ko‘ndalang kesimi; 6 – pishgan urug‘; 7 – urug‘ murtagining uch qismi: ин – integument, нц – nutsellus, пк – chang kamerasi, э – endosperm, ар – arxegoniy. Urug‘ ichida ikki pallali va endospermli urug‘murtagi joylashgan. Urug‘ pallalari unib chiqish jarayonida yer bag‘rida qoladi. Ginkgolarning kelib chiqishini kordaitlarga bog‘lashadi. Lekin bu ikki qabila parallel ravishda urug‘li paporotniklardan kelib chikqan degan fikrlar ham bor. Ginkgoning xo‘jalik ahamiyatiga kelganda u asosan manzarali o‘simlik. Uning shu xususiyatini inobatga olib, Ukraina, Kavkaz va boshqa issiq iqlimli nam o‘lkalarda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalanadilar. Qubbalilar (igna barglilar) qabilasi — Coniferales Qubbalilarning geologik tarixi yuqori karbon davridan boshlanadi. Ularning yuksalishi mezozoy erasining yura va ayniqsa bo‘r davriga to‘g‘ri keladi. Ular o‘simliklar olamining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p jihatdan o‘xshash belgilariga ko‘ra qubbalilar kordaitlardan kelib chiqqan degan xulosaga kelinadi. Bu davrda qubbalilarning ekologik va geografik jihatdan differensiallanishi sodir bo‘lgan va ular ayrim oilalilarining vakillari janubiy, ayrimlariniki esa shimoliy yarim sharlarda tarqalgan. Hozirgi paytda shimoliy yarim sharda qubbalilardan (nina barglilar) zarnabdoshlar (Taxaceae) va sarvdoshlar (Cupressaceae), janubiy yarim sharlarda esa araukariyadoshlar (Araukariaceae) va podokarpdoshlar (Podocarraseaye)ga taalluqli turlar uchraydi. Turining ko‘pligi jihatidan bu oila ninabarglilar orasida eng kattasi hisoblanib, ularning 560 dan ortiq turi ma’lum. Nina bargli o‘simliklar uchlamchi davrda ham yer yuzida keng tarqalgan. Ular 10 ta oilaga bo‘linib, uchtasi (Lebaxiyadoshlar – Lebachiaceae, Voltsiyadoshlar – Voltzriaceae va Xeyrolepidadoshlar – Cheirolepidiaceae) qadimiy, oddiy tuzilishli, yo‘qolib ketgan. Hozirgi paytda faqat qazilma holda uchraydi. Qolgan 7 oila vakillari hozir yer yuzining turli joylarida yovvoyi holda keng tarqalgan. Shulardan 3 tasi – Zarnabdoshlar (Taxaceae), Qarag‘aydoshlar (Pinaceae), Sarvdoshlar (Cupressaceae). Biz quyida ular to‘g‘risida batafsil fikr yuritamiz. Podokarpdoshlar (Podocarpaceae) oilasi. Oilaning vakillari asosan janubiy yarim sharlarda, tropik va qisman subtropik iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Uning 9 turkumi va 130 turi ma’lum. Bularning ham ko‘pchiligi daraxt va qisman butasimon o‘simliklar bo‘lib, poyasi bir qadar murakkab tuzilgan, barglari turli-tuman shakllarga ega. Ular orasida ingichka uzun va enli barglilari uchraydi. Aksariyat qismi ikki uyli changchi qubbalar hosil qiladi. Urug‘ qubbasi tashqi tomondan qattiq yog‘ochlangan po‘st bilan qoplangan. Bu oilaning asosiy xususiyatlarini o‘zida mujassamlantirgan turkumi podakarpus (Podocarpus) hisoblanadi. Uning 100 ga yaqin turi janubiy yarim sharlardan shimoliy yarim sharlarning tropik qismi tropik Afrika, tropik Amerikaga qadar keng tarqalgan. Muhim qurilish materiallari olinadigan daraxt hisoblanadi. Janubiy Afrikada faqat bir turi (P. macrophylla)dan manzarali o‘simlik sifatida foydalaniladi. Zarnabdoshlar (Taxaceae) oilasining 20 ga yaqin turi Sharqiy Osiyo va Janubiy Amerikada tarqalgan, uning faqat mevali zarnab (T. bacata) turi Toshkentda madaniy holda o‘stiriladi. Bu G‘arbiy Yevropa va Osiyoning relikt o‘simligidir. Zarnab mevali o‘simliklardan hisoblanib, uzoq umr (2-3 ming yil) ko‘radi. Uning balandligi 25 metrga boradi, yog‘ochi uzoq vaqt saqlanadi, har qanday sharoitga ham chiday oladi va soyaga bardoshli. Qubbasi navbatlashgan, ikki qator, uchi o‘tkir, to‘q yashil rangli. Zarnab ikki va bir uyli o‘simlik. Barg qo‘ltig‘ida joylashgan erkak qubbalari qalqonsimon mikrosporofillar to‘plamidan shakllangan, Changchisida havo kamerasi bo‘lmaydi, urug‘chi qubbasida urug‘ pardasi yo‘q. Megasporangiylar bittadan uchki novdalarning qo‘ltig‘ida joylashgan bo‘lib, urug‘ qipiqlari cheti bilan birlashib tovoqcha shaklini olgan. Urug‘ning sirti mevaga o‘xshash yumshoq. Shuning uchun ham mevali zardob deb yuritiladi. Yetilgan urug‘i ko‘pincha och qizil, yumshoq shirali. Tarkibida zaharli alkaloid bor. Zarnabning yog‘ochi qattiq, chirimaydigan bo‘lganligi tufayli, juda qimmatli hisoblanadi. zarnab turkuminiig 10 ga yaqin turi O‘rta yer dengizi atroflarida xususan uning janubiy qismida Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Qarag‘aydoshlar oilasi —Pinaceae Qarag‘aydoshlar turlarning soniga ko‘ra eng katta oila hisoblanadi. Uning 10 ga yaqin turkumga mansub 250 dan ortiq turi yer yuzining deyarli hamma qit’alarida keng tarqalgan. Xo‘jalik ahamiyati jihatidan ochiq urug‘li o‘simliklar ichida to‘rtinchi o‘rinda turadi. Poyasida yillik halqalar aniq ko‘rinadi, traxeoidlarining radial devorida hoshiyali tuynuklar bor. Aksariyat qismi bir uyli, qubbalilari bir jinsli. Changchi qubbalari to‘q sariq yoki qizil rangli. Changdonning ostki tomonida mikrosporangiylar ikkitadan joylashgan. Changida maxsus havo bo‘shliqlari bor. Urug‘chi qubba markazidan o‘tadigan ustunchaning urug‘ qipiqlari qoplag‘ich qipiqlari qo‘ltig‘ida, uning ust tomonida esa ikkitadan urug‘murtak joylashgan. Urug‘i ko‘pincha qanotli, ayrim turlarida urug‘ kanotsiz likopcha shaklida. Igna barglilar juda katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Xalqning yog‘ochga bo‘lgan talabini deyarli hammasi shular hisobidan qondiriladi. Qurilish ehtiyojlari, yoqilg‘i, qog‘oz materiallari, uy anjomlari uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar tayyorlashda ishlatilishidan tashqari, ulardan smola (yelim) terpentin, kanifol, skipidar, glyukozidlar va yog‘och spirti olishda foydalaniladi. Ayrim turlarining urug‘i oziq-ovqat uchun va moy olishda ham ishlatiladi. Qarag‘aylar turkumi — Pinus. Bu turkumning 100 ga yaqin turi shimoliy yarim sharlarning o‘rta iqlimli viloyatlarida keng tarqalgan. Subtropik iqlimli mintaqada qarag‘ay turlari asosan tog‘li o‘lkalarda kuzatiladi. Uning ayrim turlari tropik o‘lkalarda ham o‘sadi. Qarag‘ay o‘z arealida sof va qisman aralash o‘rmonlar hosil qiladi. Qarag‘ay doimiy yashil daraxt. Yosh qarag‘ay daraxti piramida, keksayganlari esa aylana yoki ko‘pincha soyabon shaklida bo‘ladi. Poyasida yelim yo‘llari mavjud. Qubbasi kichkina, uzun, 3-6 yilga qadar umr ko‘radi. Changchi qubbalari yillik novdalar tubida g‘uj bo‘lib joylashgan. Uning ustunchasiga mikrosporofillar qisqa band bilan birlashadi. Mikrosporofilning ost tomonida ikkita mikroslorangiy joylashgan. Mikrosporasida ikkita havo qopchig‘i mavjud. Urug‘chi qubbalar novdalarining uchidan o‘rin olgan. Yetilgan qubbalarning urug‘ qipiqlari yog‘ochlangan va bir-biriga zich bo‘lib joylashgan. Urug‘ qipiqlarining ust tomonida ikkitadan urug‘murtagi bor. Urug‘i qanotli. Mazkur turkumning, oddiy qarag‘ay (P. silvestris) va Sibir qarag‘ayi (P. sibirica) singari turlari keng tarqalgan. Oddiy qarag‘ay, uning areali juda keng, butun o‘rta va shimoliy Yevropadan shimoliy Osiyoga qadar egallaydi. U muhit sharoitini deyarli tanlamaydi. Janubda ko‘pincha tog‘li zonalarda, qumloq va daryo sohillarida, botqoqliklarda o‘rmon hosil qilgan holda o‘sadi. Oddiy qarag‘ay yorug‘sevar. Uning poyasi tik o‘sadi, balandligi 20-40 m. Po‘stlog‘i qizg‘ish-qo‘ng‘ir. Qubbalari qisqargan novdalarda ikkitadan joylashgan, ko‘kimtir, novdada uch yilga qadar saqldanadi. Urug‘i yordamida ko‘payadi. Ularning aksariyat qismi ikki uyli qubbasi mikrosporofil yoki megasporofillar to‘plamidan shakllangan (98-rasm). Mikrosporofillari ko‘pincha qalqonsimon yoki qipiqsimon shaklda bo‘lib, uning ostida 2 yoki undan ortiq chang xaltasi (mikrosporangiy) joylashgan bo‘ladi. Chang xaltasi yopiq urug‘li o‘simliklarning changdoniga o‘xshash bo‘lib, xaltaning sirt qismi, undan so‘ng fibrioz (tolalar) qatlami, keyingisi esa ingichka hujayralar tizmasi va, nihoyat, arxesporiy joylashgan. Arxesporiy hujayralarining reduksion bo‘linishi natijasida son-sanoqsiz gaploid miksporalar vujudga keladi. Mikrospora hujayrasi ekzina (sirtqi) va intina (ichki) dan iborat po‘st bilan qoplangan. Ayrim hollarda bu ikki qatlam orasida, sporaning uchib yurishi uchun yerdan boradigan havo bilan to‘la bo‘shliq ham bo‘ladi. Mikrosporaning bo‘linishi natijasida chang shakllanadi. O‘sayotgan changning vegetativ hujayralaridan spermagen hujayra vujudga keladi. Spermagen hujayradan ikkita xivchinsiz spermiy, vegetativ hujayradan esa changniig o‘sishi davomida chang nayi shakllanadi. Megasporofillar qubba shaklida, qubba markazida uzun o‘q mavjud. Bu o‘q atrofida yopqich qipiqlar, qo‘ltig‘ida urug‘ qipig‘i joylashgan, shu urug‘ qipiqlarining ust tomonida megasporangiy – urug‘murtak joylashgan bo‘ladi. 98-rasm. Oddiy qarag‘ay (Pinus sylvestris). A – qubbali novda; B – mikrosporofil yon va tashqi tomondan, D – o‘ng tomondan: qoplovchi kipikcha, uning yon tomonida urug‘ qipig‘i. pastida urug‘ murtak uchi ko‘rinadi, chapda (teskari tomondan) ikkita urug‘ murtak ko‘rinadi, E – ikki urug‘li pishgan qubba, F – urug‘ning eniga kesimi. B D E F A Mikropile ostida joylashgan chang xaltasi yaxshi taraqqiy etmagan. Nutsellusda odatdagidek, ancha katta megaspora taraqqiy etib, urg‘ochi gametofit – birlamchi endosperm, unda esa bir qadar reduksiyalangan ikkita arxesporiy vujudga keladi. Birlamchi endosperm yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, keyinchalik o‘sayotgan urug‘murtak uchun oziq sifatida ishlatiladi. Shamol yordamida uchib kelib, urug‘murtakka qo‘ngan chang o‘sib, chang nayini hosil qiladi va arxegoniyga qadar uzayib, generativ hujayradan hosil bo‘lgan ikkita spermiydan biri tuxum hujayra bilan qo‘shiladi. Ikkinchisi nobud bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayra bo‘lina boshlaydi, undan boshlang‘ich barg, poya va ildizga ega bo‘lgan murtak shakllanadi. Urug‘murtak uruqqa aylanadi, uning ustki qatlami urug‘ po‘stini hosil qiladi. Changlanishdan urug‘lanishga qadar ancha vakt o‘tadi, qarag‘ay urug‘i faqat ikkinchi yilda to‘liq pishib yetiladi, qubbalari cho‘ziq-tuxumsimon. Urug‘i qanotli, kuzga yaqin pishib yetiladi (99-rasm). Oddiy qarag‘ayning yog‘ochi qurilishda, mebellar tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, aviatsiya sanoatida ishlatiladi. Bu turkumning Sibirda Sibir qarag‘ayi, Karpatda va Alp tog‘larida Yevropa qarag‘ayi, Qrim va G‘arbiy Kavkazda Kavkaz qarag‘ayi, Gruziyada Eldar qarag‘ayi va boshqa turlari tarqalgan. 99-rasm. Qarag‘ayning rivojlanish sikli. Sporofit: 1-2 – sporofit rivojining boshlang‘ich davri; 3 – urug‘ (umumiy ko‘rinishi va kesimi); 4 – yosh sporofit; 5 – yetilgan sporofit; 6 – erkak va urg‘ochi qubbali novda; 7 – urg‘ochi qubba; 8 – erkak qubba; 9 – mikrosporofitli mikrosporofil; 10 – megosporangiyli megasporofil. Gametofit: a – mikrospora, b – megaslora, v – urg‘ochi gametofit, g – erkak gametofit, d – arxegoniyli urug‘ murtak, e - spermiyli chang nayi oxiri. Tilog‘och turkumi – Larix. Yevropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerikada Yevropa tilog‘ochi (L. europaea) keng tarqalgan. Uning balandligi 5055 m ga qadar boradi. Faqat qubbasining uzunligi va urg‘ochi qubbalarining rangi bilan farq qiladigan, Yevropaning shimoli-sharqida keng tarqalgan, balandligi 40 m keladigan Sibir tilog‘ochi (L. cibirica), sharqiy Sibirdagina keng tarqalgan Daur tilog‘ochi (L. dahurica) sistematik jihatdan bu turga bir qadar yaqin turadi. Bu daraxtlarning qattiq chirimaydigan yog‘ochi va ulardan olinadigan yelim qimmatli hisoblanadi. Sarvdoshlar oilasi – Cupressaceae. Bu oilaga 20 turkumga mansub 145 o‘simlik turi yer yuzining Antarktidadan tashqari deyarli hamma qit’alarida tarqalgan. Ular uncha baland bo‘lmagan daraxt o‘simliklari bo‘lib, smola yo‘llari yo‘q. Lekin maxsus hujayralarida smola va efir moylari to‘planadi. Shu sababli o‘simlik o‘ziga xos hid tarqatadi. Barglari ko‘p yillik, ignasimon yoki qipiqsimon, qarama-qarshi yoki halqa shaklida joylashgan. Uning aksariyat qismi bir uyli, erkak qubbalar yakka-yakka holda joylashgan. Mikrosporofillari qipiqsimon, uning ost tomonida 2-6 mikrosporangiylar joylashgan. Mikrosporalarida havo yo‘llari yo‘q. Urg‘ochi qubbalarida yopqich va urug‘barglari birlashgan. Boshlang‘ich urug‘murtagi to‘g‘ri, egilmagan 1 dan 12 ga qadar. Boshlang‘ich urug‘murtaklari ko‘p sonli (ayrim hollarda 200 taga kadar) to‘p bo‘lib joylashgan. Bu oila vakillarini urg‘ochi qubbasining tuzilishiga qarab uch kenja oilaga bo‘lish tavsiya qilinadi. Bu kenja oilalar Sarvlar (Cupressaideae), archalar (Juniperideae), tuyalar (Thujoideae). Sarv turkumiga 15 ga yaqin daraxt o‘simliklari mansub bo‘lib, shimoliy yarim sharlarning tropik o‘lkalarida keng tarqalgan. Ular piramida shaklidagi daraxt, bargi qipiqsimon tuzilishli, efir moyli. Urg‘ochi qubbasi halqasimon shaklda joylashgan besh qirrali qipiqsimon, ko‘p urug‘li, pishgandan so‘ng urug‘barglarga ajaraladi. Urug‘i ikki yilda yetiladi. Sarvning keng tarqalgan turlaridan biri doimiy yashil pirmidal sarv (S. piramidalis) bo‘lib, uning balandligi 30 metr, 2000 yilgacha umr ko‘radi, yog‘ochi qo‘ng‘irqizg‘ish rangda, duradgorlikda keng qo‘llaniladi. Bu o‘simlik Qora dengiz sohilida, xususan Qrim va Kavkazda madaniylashtirilgan. Qrimda Amerikadan keltirilgan Arizon (S. arisonica) va Luzitan sarvlari (S. lusitanica) ayniqsa keng tarqalgan. Archalar kenja oila (Juniperidaceae) ning faqat Archa (Juniperus) turkumi mavjud bo‘lib, uning 70 ga yaqin turi yer yuzining shimoliy yarim sharlaridan subtropik o‘lkalarga qadar tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida archaning 31 turi o‘sadi. Ular uncha katta bo‘lmagan daraxt рахт bo‘lib, bargi igna yoki qipiqsimon 3 tadan halqa shaklida joylashadi. Archa ikki uyli o‘simlik. Mikrostrobillar (erkak qubba) barg qo‘ltig‘ida, yozgi novda uchida joylashgan. Megastrobillari (urg‘ochi qubba) qisqargan novdalar uchida, barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Uning ostki barglari orasida mevasiz (puch), ustki uchta qipiqsimon meva bargida uchtadan boshlang‘ich urug‘murtak joylashgan. Pishib yetilgan paytda qubba barglari bir-biri bilan birlashib, meva 100-rasm. Archa (Juniperus seravschanica). A – urg‘ochi qubbali novda; B – erkak qubbali novda; D – erkak qubba; E – urg‘ochi qubba; F – meva shaklidagi pishgan qubba kesimi. A B D E F shaklidagi qubbaga aylanadi. Uning ichida bir nechta urug‘ yetiladi. Qubba ikkinchi yilda pishadi. O‘rta Osiyoda archaning uch turi keng tarqalgan (100-rasm). Turkumning savr archasi, zarafshon archasini O‘rta Osiyo xalqlari qadim zamonlardan beri pistako‘mir olish uchun ishlatganlar. Shu bilan birga bu o‘simlikning yog‘ochi qurilish materiallari va uy-ro‘zg‘or asboblari yasashda qo‘llanilgan. Archa O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan o‘simliklardan hisoblanadi. 5-mavzu. Qarag‘aytoifa (Pinophyta) bo‘limi. Reja: 1. Kordaitlarning kelib chiqishi va tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. 2. Ginkgo bilobaning tuzilishidagi xususiyatlar. 3. Ninabarglilarning morfologik tuzilishi, ko‘payishi va hozirgi kunda tarqalgan oilalari. Tayanch ibora va atamalar: nutsellus, endosperm, qubba, anteridial va protallial hujayralar, smola yo‘llari, chang nayi. Kordaitlar tartibi — Cordaitales Kordaitlar, asosan paleozoy erasida o‘sib, hozir qurib bitgan o‘simliklar tartibidir. Ularning qoldiqlari yuqori devondan yura davrigacha hosil bo‘lgan qatlamlarda, ayniqsa perm-karbon davr qatlamlarida ko‘p uchraydi. Tartibning eng yaxshi o‘rganilgan vakili Cordaites avlodidir. Kordaitlar (96-rasm) baland, lekin ingichka daraxt bo‘lib, bo‘yi 30 m ga yetgan. Tanasining uchida qalin shoxlar bo‘lib, chiziqli lantsetsimon, cheti butun katta-katta oddiy barglar chiqargan. Ayrim turlarida barglarining uzunligi 1 m, eni 15 sm bo‘lgan. Barglaridan parallel, ba’zan dixotomik shoxlangan tomirlar o‘tgan. Tanasida serbar yog‘och zonasi bilan o‘ralgan o‘zak bo‘lgan, o‘sha yog‘och qismi tuzilishi jihatidan ninabarglilarning yog‘och qismiga o‘xshagan. Kordaitlar kambiy halqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Mikro- va makrosporangiylar to‘planib, to‘pgul hosil qilgan. Ular kichik-kichik sporofill boshoqlari yoki qubbalari bor oddiy yoki shoxlangan o‘qdan iborat bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyaning yuqori qismida turgan va barglar orasiga birikkan. Otalik qubbalarida katta, lekin ancha yo‘g‘on o‘q bo‘lgan. Spiral holda joylashgan tangachalar shu o‘qda turgan, o‘sha tangachalarning qo‘ltiqlarida esa mikrosporangiylar bo‘lgan. Mikrosporangiylar ancha uzun oyoqchalarining uchida 2-3 tadan joy olgan. Urg‘ochi qubbalari tashqi ko‘rinishidan erkak qubbalariga o‘xshasa ham, ichki tuzilishi ancha murakkab bo‘lgan. Ularda ham tangachali o‘q bo‘lgan-u, lekin o‘sha tangachalarning qo‘ltig‘ida bir qancha mayda bargli kalta novdalar turgan. Har bir novdaning uchida makrosporangiy yoki urug‘kurtak bo‘lgan. Cycas yoki Ginkgoning urug‘kurtagi qanday tuzilgan bo‘lsa, bu urug‘kurtak ham shunday tuzilgan (171-pasm). Urug‘kurtakda nutsellusni o‘rab turgan qalin po‘st bo‘lib, yuqori qismidan arxegoniylarga joy bergan endosperm yoki gametofit shu nutsellus ichida turgan. Qoplag‘ichning uchi cho‘ziq bo‘lib, mikropile shu yerdan joy olgan. Nutsellusning ustki tomonida ancha keng chang kamerasi bor, shu kameradan mikrosporalar topilgan. Makrosporalar ichida bir to‘da hujayralarni — anteridial va protallial hujayralarini ko‘rsa bo‘ladi. Otalanish Cycadales va Ginkgoales dagidek yuzaga chiqqan, ya’ni harakatchan spermatozoidlar ishtiroki bilan o‘tgan bo‘lsa ajab emas, chunki hech qaerda chang naychasidan qanday bo‘lmasin asar qolgan emas. Urug‘kurtaklardan urug‘li qirqquloqlarning urug‘iga o‘xshaydigan urug‘lar paydo bo‘lgan. Ginkgolar tartibi — Ginkgoales Ginkgoales tartibi hozir Ginkgoaceae degan atigi bitta oilani o‘z ichiga oladi, bu oilaning birdan-bir vakili ginkgodir (Ginkgo biloba). O‘tmish geologik davrlarda bu tartib anchagina formalarga ega bo‘lgan. G. biloba hozir yovvoyi holda uchramaydi va Xitoy bilan Yaponiyada, shuningdek, G‘arbiy Yevropaning botanika bog‘larida ko‘plab o‘stiriladigan madaniy o‘simlik sifatidagina ma’lum. G. biloba o‘sadigan daraxt bo‘lib, balandligi 30-40 m ga, yo‘g‘onligi 3-4 m ga yetadi, po‘stlog‘i to‘q kul rang va silliq bo‘lib, keyinchalik har tomonga yoyilib ketadigan piramidal shox-shabbasi bor. Ginkgo tanalari uchidan zo‘r berib shoxlaydi, shu bilan birga ikki xil shoxlar chiqaradi: birinchi xillari uchida kurtagi bor uzun novdalar bo‘lib, siyrak barglar bilan qoplangan, ikkinchi xillari uzun novdalardan chiqadigan kalta novdalar bo‘lib, bir-biriga taqalib turuvchi tangachalar bilan qoplangan. Ularning uchlaridan bir dasta barglar chiqadi (97-rasm). Ginkgo barglari juda g‘alati: ular, odatda, ikki bo‘lakka bo‘lingan uchburchak plastinkadan iborat bo‘lib, uzun bandga aylanadi; ba’zan plastinka yaxlit bo‘ladi. Ginkgo anatomik tuzilishi jihatidan ninabarglilarga o‘xshab ketadi. Uning poyasi kambiy halqasi yordami bilan ikkilamchi tartibda qalinlasha oladi. Ginkgo ikki uyli o‘simlikdir: uning mikro- va makrosporangiylari har xil individda hosil bo‘ladi. Mikrosporangiylari kalta novdalarda paydo bo‘ladi; ular barg qo‘ltiqlaridan o‘sib chiqadigan maxsus „to‘pgul" larda to‘p bo‘lib turadi. „To‘pgullar” kuchalalar ko‘rinishida bo‘lib, ularning o‘qlaridan mikrosporangiylar joy oladi, mikrosporangiylar uzun oyoqchada turadi va har bir oyoqchada, odatda, ikkitadan bo‘ladi. Sporangiy bilan oyoqchasi mikrosporofillni tashkil qiladi. Bu o‘rinda mikrosporofill, ko‘pincha, changchi deb ataladi. Makrosporangiylar yoki urug‘kurtaklar ham barg qo‘ltiqlaridagi kalta novdachalarda rivojlaiadi. Urug‘kurtaklar uzun oyoqchaning qalinlashgan ustki qismida ikkitadan bo‘lib joylashadi. Urug‘kurtaklar asosining atrofida halqasimon valik bor. Mana shu tuzilmalarning hammasi (urug‘kurtak oyoqcha, valik) makrosporofill deb qaraladi. Ginkgoning urug‘kurtagi Cycas urug‘kurtagiga o‘xshab tuzilgan. Uning bitta qalin qoplag‘ichi bor, qoplag‘ichning uchi cho‘zilib, ikki pallali mikropilega aylangan. Qoplag‘ich ichida nutsellus turadi, unda endosperm yoki arxegoniyli gametofit bo‘ladi. Nutsellusning uchida chang kamerasi hosil bo‘ladi. Mikrosporalar (changlar) mikrosporangiy ichida taraqqiy qiladi va devorining uzunasiga yorilgan joyidan to‘kilib, shamol bilan urug‘kurtakka o‘tadi hamda mikropile orqali chang kamerasiga tushadi. Mikrospora, xuddi Cycasdagidek, shu paytda uch hujayradan: protallial, anteridial hujayralar va chang naychasi hosil qiluvchi hujayradan iborat bo‘ladi. Shu hujayralarning so‘nggisi chang kamerasidan kalta chang naychasiga aylanadi, bu naycha ingichka o‘simtalari bilan nutsellusga birikadi. Shu vaqtning o‘zida anteridial hujayradan bir tutam xivchini bor ikkita yirik spermatozoid paydo bo‘ladi. Chang naychasining uchi yoriladi va spermatozoidlar chiqib, avval chang kamerasidagi suyuqlikka, undan arxegoniyga o‘tadi va tuxum hujayrasi bilan qo‘shilib, uni otalantiradi. Otanish chang naychasi orqali arxegoniyga kiradigan va xarakatlanmaydigan otalik hujayrasi yordami bilan yuzaga chiqadi. Ninabarglilar tartibi — Coniferales Bu tartibga oddiy qarag‘ay — Pinus silvestris misol bo‘la oladi (98-rasm). Qarag‘ay katta, adl daraxt bo‘lib, bo‘yi 40 m gacha boradi. Tashqi ko‘rinishi o‘zi yashab turgan sharoitga ko‘p darajada bog‘liqdir. O‘rmon ichkarisida o‘sadigan bo‘lsa, tanasi ingichka bo‘lib, uchidan ixcham shox-shabba chiqaradi, ochiq joyda yoki o‘rmonning siyrak joylarida o‘sadigan bo‘lsa, tanasi tezda shoxlanib, shox-shabbalari yoyilib ketadi. Shoxlarining uchida har yili yangi chiqaradigan novdalar bor. Bu novdalar ikki xil bo‘ladi: bir xili uzun va qo‘ng‘ir tangachalar bilan qoplangan bo‘lsa, ikkinchi xili kalta bo‘lib, o‘sha tangachalar qo‘ltig‘idan joy oladi va uchidan ikkita ninasimon ninabarg chiqaradi. Qarag‘ay tanasining anatomik, tuzilishi juda xarakterlidir. O‘zak qismi juda kam taraqqiy etgan; kambiy halqasi ishlab chiqaradigan ikkilamchi yog‘och qismi esa boshdan-oyoq traxeidlardan tuzilgan, suv naylari yo‘q. Bo‘yi ba’zan 3-4 mm ga boradigan traxeidlarning radial devorlarida g‘alati hoshiyali teshikchalar bo‘ladi, traxeidlar yillik halqalar hosil qiladi. Har bir yillik halqada yupqa devorli serbar traxeiddan iborat bahorgi yog‘och bilan qalin devorli kambar traxeiddan tuzilgan kuzgi yog‘ochni ajratish mumkin. Yog‘och qismidan bir talay o‘zak nurlarn o‘tgan, ulardan tashqari, yog‘och qismida hamma vaqt smola yo‘llari bo‘ladi. Kambiy qatlami yog‘och qismini tangachasimon po‘st bilan qoplangan yupqa po‘stloqdan ajratib turadi. Qarag‘ayning erkak qubbalari to‘planib, boshoqsimon qalin “to‘pgul”lar xosil qiladi, ular shu yilgi uzun novdalarning asosida turadi. “To‘pgul”lar, bir-biriga zich taqalgan ayrim qubbalardan iboratdir. Har bir qubba tangachalar qo‘ltig‘ida, kalta novdalar o‘rnida paydo bo‘ladi. Erkak qubbasining o‘rtasidan o‘q o‘tadi, mikrosporofillar yoki changchilar shu o‘qqa birikadi. Mikrosporofill shaklan tangachaga o‘xshagan bo‘lib, pardasimon tashqi uchi yuqoriga qayrilgan. Tangachaning pastki tomonida ikkita mikrosporangiy (changdon) bor. Har bir mikrosporofillga o‘qdan suv naylari bog‘lami o‘tadi. Mikrosporangiy ichida bir talay mikrosporalar yoki changlar bo‘ladi. Qarag‘ayda ularning ko‘rinishi juda xarakterlidir. Mikrosporalar dumaloq bo‘lib, ikki qavat po‘stga: ichki, yupqa po‘st — intina bilan tashqi, qalin po‘st —ekzinaga o‘ralib turadi. Ekzina mikrosporalarning yon tomonlaridan joy oladigan to‘rsimon ikkita katta pufak hosil qiladi. Pufaklarning ichi xavo bilan to‘lgan, shunga ko‘ra qarag‘ay changi shamolda oson tarqalib, changlanishga sabab bo‘ladi. Mikrospora moddasi quyuq plazma bilan yadrodan iborat. Mikrosporalar changdon ochilmasdanoq, uning ichida una boshlaydi. Ularning unishi shundan iboratki, mikrospora ichida kichkina-kichkina ikkita protallial hujayra paydo bo‘ladi, lekin bu hujayralar tez orada yo‘qolib ketadi. Bu erkak gametofitning birdan-bir vegetativ hujayrasidir. Keyin chang ichida anteridial hujayra paydo bo‘ladi, bu hujayra chang po‘sti yonida turadi. Shu vaqtda changdon devori yoriladi va ikki hujayrali bosqichda bo‘lgan shu chang shamol bilan urg‘ochi qubbalarga borib tushadi. Urg‘ochi qubbalari uzun novda uchida bitta yoki ikkitadan vujudga keladi. Ularda ham, xuddi erkak qubbalardagiga o‘xshash, o‘rtasidan o‘q o‘tadi, bu o‘qqa tangachalar birikkan bo‘ladi. Qoplovchi tangacha degan kichkina tangacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘kda turadi. Shu tangacha qo‘ltig‘ida, cheti yo‘g‘on tortgan birmuncha etdor va yirik tangacha — meva beruvchi yoki urug‘ beruvchi tangacha bor. Bu tangachada, chunonchi, uning ustki tomonida, asosiga yaqin joyda ikkita urug‘kurtak joylashgan bo‘lib, ular teshikchalari (mikropilesi) bilan pastga, birikish joyiga qarab turadi. Shaklan o‘zgargan makrosporangiydan iborat urug‘kurtak kichkina oval tana ko‘rinishida bo‘ladi. Urug‘kurtak uzunasiga kesib qaralsa, quyidagicha tuzilganligini ko‘ramiz. Urug‘kurtakning markazida yupqa devorli hujayralardan tuzilgai endosperm yoki gametofit bor. Uning yuqori qismida (mikropilega qaragan tomonida) arxegoniylar turadi. Har bir arxegoniy bitta katta yadroli yirik tuxum hujayrasidan va qattiq plazmadan iborat. Tuxum hujayrasi ustida kichkina qorin kanal hujayrasi yotadi, lekin bu hujayra tez orada yo‘qolib ketadi. Endosperm nutsellus bilan o‘ralgan, nutsellus ustida urug‘kurtakni o‘rab, nutsellusning pastki tomoni bilan qo‘shilib o‘sadigan qoplag‘ich bor. Qoplag‘ichning uchida mikropile bor. Spora mikropiledan nutsellusga tushadi va shu yerda o‘sa boshlaydi. Uning hujayrasi cho‘zilib, chang naychasiga aylanadi va keyin nutsellus endosperm orqali arxegoniyga o‘tadi. Anteridial hujayra ikkita generativ (jinsiy) hujayrasi — changchini paydo qiladi, bular chang naychalaridan tuxum hujayraga tushadi. Keyin chang naychasi yoriladi, otalik yadrosining biri tuxum hujayrasi bilan qo‘shilib, uni otalantiradi. Otalangan tuxum hujayrasidan embrion paydo bo‘ladi. Uning rivojlanishi ancha murakkab. Unda uzun osilma hosil bo‘ladi, osilma o‘sib, embrionni endospermga yaqinlashtirib qo‘yadi. Embrion endospermda uzil-kesil tashkil topadi. Urug‘kurtakdan urug‘ paydo bo‘ladi; qoplag‘ich urug‘ po‘stiga, nutsellus — endospermni o‘rab oladigan yupqa pardaga aylanadi. Endosperm zapas oziq moddalar bilan, asosan yog‘ bilan to‘ladi; keyinchalik urug‘ unganda yosh o‘simlik shu oziq moddalar hisobiga oziqlanadi. Qarag‘ay urug‘larida shamolda tarqalishni osonlashtiradigan tiniq qanotcha bor. Qarag‘ay qubbalari ikki yilda pishib yetiladi. Changlanish iyun oyida bo‘lib o‘tadi va nutsellusga yopishgan chang kelgusi yilgacha qolib ketadi. Kelgusi yil yozda chang unadi, keyin otalanish sodir bo‘lib, embrion va urug‘ rivojlanadi. Shu bilan birga qubba o‘sadi va kuzga kelib, urug‘lar pishgandan keyin yashil rangi yo‘qolib, qo‘ng‘ir bo‘lib qoladi. Uning tangachalari ajralib, urug‘lari sochiladi. Bundan ko‘rinadiki, Cycas qanday rivojlansa, qarag‘ayning rivojlanish tsikli ham xuddi shunday o‘tadi, muhim farq shundaki, qarag‘ayda otalanish harakatsiz otalik yadrolari ishtiroki bilan yuzaga keladi va chang naychasi shu yadrolarni tuxum hujayrasiga o‘tkazadigan organ o‘rnini bosadi. Sagovniklarda otalantiradigan elementlar harakatchan spermatozoidlardan iborat bo‘lib, chang naychasi unib kelayotgan changni nutsellusga biriktirib turish uchungina xizmat qiladi. Nasllar sagovniklardagidek gallanadi. Ninabarglilar sagovniklardan farq qilib, yer yuzining, asosan o‘rtacha va sovuq iqlimli zonalarida o‘sadi va o‘sha joylarda katta-katta o‘rmonlar hosil qiladi. Shu bilan birga, ular qutb doirasidan ham o‘tib, qutblargacha, ya’ni o‘simliklar o‘smaydigan o‘lkalar chegarasigacha boradi. Coniferales sistematikada bir qancha oilalarga bo‘linadi. A. Urug‘kurtaklari yakka-yakka turadi yoki bir nechtasi g‘uj bo‘lib joy oladi. Meva beruvchi tangachalari taraqqiy etmaydi, asl qubbalar hosil bo‘lmaydi. Tisslar oilasi — Тахасеае Bu oila vakillarining urug‘kurtaklari, novdalarining uchida yakka-yakka turadi, otalangandan keyin urug‘kurtaklarining asosidan “Urug‘ni o‘rab olgan ochiq qizil rangli etdor tangacha chiqadi. Bu oilaga Kavkaz va Qrim o‘rmonlarida uchraydigan tiss (Taxus baccata) kiradi. Uning yog‘ochi qattiq bo‘lganligidan tokar ishida juda qadr kilinadi. Shu munosabat bilan tiss ko‘plab qirqilib ketgan, hozir juda kam uchraydigan daraxt bo‘lib qolgan. Taxus baccataga yaqin turadigan T. cuspidata Uzoq Sharqda o‘sadi, bu daraxt o‘sha joyda hali ham ancha ko‘p uchraydi. Tiss ikki uyli o‘simlikdir, uning urug‘laridan boshqa xamma qismlari zaharli. Podokarpuslar oilasi — Podocarpaceae Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning urg‘ochi qubbalari etdor, sporofillari bor mayda novdalardan iborat, ulardan bittasi yoki ikkitasida etdor parda bilan o‘ralgan bitta urug‘kurtak bo‘ladi. Podocarpus avlodining turlari Avstraliyada, Yangi Zelandiyada va tropik Osiyoning tog‘larida qalin o‘rmonlar xosil qiladi. B. Onalik qubbalari bir talay sporofillardan iborat bo‘lib, ularning ustki tomonida bitta, ikkita yoki bir nechta urug‘kurtagi bor. Otalanganidan keyin meva beruvchi tangachalari, yog‘ochga aylanadi, ba’zan sersuv bo‘lib qoladi, shunda urg‘ochi qubbasi meva shakliga kiradi. Bu gruppaning asosiy oilalari quyidagilardir: Araukariyalar oilasi — Araticariaceae Meva beruvchi tangachada teshigi pastga qaragan bitta urug‘kurtagi bor. Yangi Zelandiya, Filippin va Malayya orollarida uchraydigan Agathis (Dammara) avlodidan damara laki (kopal) olinadi. Araucaria Janubiy Amerikada katta-katta o‘rmonlar hosil qiladi. Qarag‘aylar oilasi — Pinaceae Bu oilaning xarakterli vakili Pinus — qarag‘ay avlodidir, yuqorida ta’riflangan R. silvestris shu avlodga kiradi. Bu — bizda juda ham keng tarqalgan oiladir. Ninabarglilarning hammasi amaliy jihatdan juda muhim hisoblanadi, chunki ular a’lo darajali qurilish materiallari va ulardan bir qancha qimmatli mahsulotlar: smola, qoramoy, terpentin, kanifol, yog‘ olinadi va hokazo. Taksodiumlar oilasi — Taxodiaceae Meva beruvchi tangachalari 2-9 ta urug‘kurtak chiqaradi va spiralsimon joylashadi. Bu oilaning eng mashhur vakili Shimoliy Amerikadagi mamont daraxtidir (vellingtoniya — Sequoia gigantea). Bu daraxt yer yuzidagi eng katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 100-150 m gacha, yo‘g‘onligi 12 m gacha bo‘ladi va 1500 yilgacha yashaydi. Botqoq sarvi (Taxodium distichum) ham shu oilaga kiradi (Shimoliy Amerika), bu daraxt ham mamont daraxti kabi yirik bo‘lib, bo‘yi 40 m ga, yo‘g‘onligi 3 m ga boradi. Sarvlar oilasi — Cupressaceae Bu oila vakillari barglarining qarama-qarshi yoki halqasimon joylashganligi, ba’zan ninaga, ko‘pincha tangachaga o‘xshagan bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Meva beruvchi tangachalari qoplag‘ich tangachalari bilan qo‘shilib o‘sadi va bitta qubba tangachasini hosil qiladi. Bu oilaga Qrim va Kavkazda ko‘p o‘stiriladigan sarv daraxti (Cupressus, Cupressus sempervirens), istirohat bog‘larida ekiladigan tuyya (Thuja) va archa (Juniperus) kiradi. Archa shu bilan ta’riflanadiki, meva beruvchi tangachalari etdor bo‘lib, qubbasi mevaga o‘xshab turadi. Rossiyaning Yevropa qismi va Sibir o‘rmonlarida J. communis uchraydi, bu o‘simlik buta holida, ba’zan daraxt holida bo‘ladi. Arktikada uning boshqa turi (J. nana) o‘sadi, bu o‘simlik poyalar ustida pastak butazorlar hosil qiladi. Qrim bilan Kavkazda qizil archa (J. oxycedrus) uchraydi. J. Sabina — kazak archasi — tangachasimon mayda-mayda ninabargli pastak buta o‘simligi Qrim va Rossiya Yevropa qismining janubi-sharqidagi toshli va ohakli quruq qoyalarda o‘sadi. Sibir va Turkmaniston tog‘larida shu o‘simlikka o‘xshagan J. pseudosabina, yer bag‘irlab o‘sadigan pastak buta uchraydi. Shimoliy Amerikada ko‘p tarqalgan qalam daraxtini (J. virginiana) ham aytib o‘tamiz, uning yog‘och qismidan qalam tayyorlanadi. Ninabarglilarning amaliy ahamiyati juda katta, ular a’lo darajali qurilish materiali o‘rnini bosadigan yog‘ochi xilma-xil maqsadlarda ishlatiladi; har xil buyumlar yasash, sellyulozali qog‘oz massasi tayyorlash, pista ko‘mir olish uchun ham yog‘ochidan foydalaniladi. O‘rmonzor oblastlarda ninabarglilar yog‘ochi o‘tin qilib, ko‘plab yoqiladi. Ninabargli daraxtlarda smola bor, undan terpentin va kanifol olinadi; oshlovchi moddalari bor po‘stloqlari teri oshlashda ishlatiladi. Sibir kedri, piniya va araukariyaga o‘xshagan ba’zi ninabarglilarning yirik-yirik urug‘lari ovqatga ishlatiladi; ulardan yog‘ ham olinadi. Ninabarglilar manzarali o‘simliklar o‘rnida ham ko‘p o‘stiriladi. 7-mavzu. Qizilchasimonlar sinfi Reja: 1. Qizilchasimonlar qabilasining kelib chiqishi va tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. 2. Velvichiyasimonlar qabilasining tuzilishidagi xususiyatlar. 3. Gnetumsimonlar qabilasining tuzilishidagi xususiyatlar Tayanch ibora va atamalar:megasporangiy, megasporofill, mikropile, mikrosporangiy, nusellus, chang nayi. Qizilchasimonlar sinfi Sinfining Qizilchadoshlar (Ephedraceae) velvichiyadoshlar (Welwitschiaceae) va gnetadoshlar (Gnetaceae) singari oilasi va har qaysi oilaning bittadan turkumi mavjud. Bu oilalar birbiridan tubdan farq qilishi, umuman birbiriga o‘xshash tomonlari yo‘qligini inobatga olib ayrim botaniklar, ularni alohida qabila sifatida ajratadilar. Urug‘po‘stloqlilar tropiklardan tortib, o‘rta iqlimli mintaqaga qadar tarqalgan. Nam tropiklarda tarqalgan gnetumlardan tashqari, ularning barchasi kserofitlik xususiyati bilan ajralib turadi. Urug‘ po‘stloqlilarning aksariyat qismi daraxt va butalar, tropik o‘lkalarda lianalar shaklidagilari ham uchraydi. Poyasi oddiy yoki shoxlangan. Barglari qarama-qarshi yoki halqa bo‘lib joylashgan. Ikki uyli, strobillari bir jinsli. Urug‘murtagi bir yoki ikki qavat po‘st bilan o‘ralgan. Urug‘i danaksimon, usti etli, shirali yoki quruq bo‘lib atrofga hayvonlar, hasharotlar va shamol yordamida tarqaladi. Ular tuzilishiga ko‘ra ochiq urug‘lilar bilan yopiq urug‘lilar o‘rtasidagi oraliq o‘simlik hisoblanadi. Shunga ko‘ra ko‘pchilik botaniklar gulli o‘simliklarni urug‘po‘stloqlilardan kelib chiqqan deb taxmin qilishadi. Qizilchasimonlar qabilasi Qizilchadoshlar oilasi — Ephedraceae Mazkur oilaning tipik vakili Qizilcha 101-rasm. Efedra (Ephedra). A – erkak qubbali gul to‘plam, novda; B – yetilgan urug‘li novda; D – erkak gul to‘plam; E – erkak gul; F – urug‘ murtak kesimi; G – urg‘ochi gul. 1 – qoplovchi qipiqlar; 2 – nutsellus; 3 – chang kamerasi; 4 – integument, uchi mikropilyar uzaygan nay; 5 – gul qoplag‘ichi. B
A D
E F
G (Ephedra sp.) O‘rta yer dengizi floristik viloyatining dasht va sahrolarida, xususan janubiy Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Hindiston va Xitoyda tarqalgan. Ular tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, qirqbo‘g‘imlilarga o‘xshash buta 23-42 o‘simlikdir. Efedraning tanasi bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga aniq ajralgan (101-rasm). Barglari poyada qarama-qarshi yoki halqa bo‘lib joylashgan, ikki uyli o‘simlik. Mikrostrobillari ayrim hollarda boshoqcha shaklida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan, ost tomonida 8 juft qipiqsimon barglari bor. Barglari poyada qaramaqarshi yoki halqa bo‘lib joylashgan, ikki uyli. Barg qo‘ltig‘ida ikki bargli «gul qo‘rg‘onidan» iborat mikrosifofil (changchi)lari joylashgan. Megastrobillari ham boshoqcha shaklida, ost tomonida qipiqsimon qoplama barglari bor, uning ustida esa yopqich barglar bilan yarim yopiq holda joylashgan bitta urug‘murtak mavjud. Qoplama barg ikki qavat, uning ichkisi naysimon cho‘zilgan, shamol yordamida tarqaladigan changni tutib olishga moslashgan. Nutsellus ichida boshlang‘ich endosperm va ikkita arxegoniy joylashgan. Urug‘lanish natijasida vujudga kelgan zigotadan urug‘murtak, undan esa, o‘z navbatida urug‘ shakllanadi. Uning ustki qatlami qattiqlashadi, qoplama barglari esa yumshoq, etli va shirali holatga o‘tadi. Velvichiyasimonlar qabilasi Velvichiyadoshlar oilasi — Welwitschiaceae Oilaning bitta turkumga oid bitta turi velvichiya (W. mirabilis) mavjud bo‘lib, 102-rasm. Velvichiya (Welwitschia). 1 – yosh gullagan urg‘ochi ekzemplyar; 2 – erkak gul to‘plamining bir qismi; 3 – urg‘ochi gul to‘plami; 4 – urg‘ochi gul (6 ta mikrosporofil va markazda uzaygan integumentli urug‘murtak); 5 – urg‘ochi gulning ko‘ndalang kesimi: п – o‘ragich qatlam, и – integument, нц – nunellus; 6 – urg‘ochi gametofit (o‘simta) erkin yadrolar stadiyasida; 7 – o‘simtalar: a – yosh o‘simta; б – biroz ulg‘aygan davri; н – poya va ildizni birlashtiruvchi qism; с – urug‘murtak; к – ildiz; л – barglar. u janubi-g‘arbiy Afrika sahrolarida o‘sadi. Velvichiyaning tuzilishi o‘ziga xos bo‘lib, poyasi sholg‘omga o‘xshash, bo‘yi 0,5 eni (diametri) 1 mm keladi. Ikkita tasmasimon bargi va tarmoqlangan ildizi bor. Velvichiyaning hayoti 100 yildan oshmaydi, u bir uyli o‘simlik. Strobillari barg qo‘ltig‘ida shakllanadi. Mikrostrobillari (erkak qubba) ustun shaklida. Unda barglar qavat-qavat bo‘lib joylashgan. Barglarining har qaysisi qo‘ltig‘ida 3 tadan mikrosporangiylar, ular atrofida esa 4 tadan qipiqsimon barglari bo‘ladi. Gul qo‘rg‘oni mikrosporofillar bilan o‘ralgan. Mikrostrobil markazida rudiment holdagi megasporangiy joylashgan. Changlanishi hasharotlar yordamida. Megastrobil (urg‘ochi qubba) o‘zak qism va boshlang‘ich urug‘murtak joylashgan o‘zakni o‘rab turgan qipiqsimon barg qatlamidan iborat. Nutsellusda (megasporangiyda) to‘rtta megasporadan biri tez rivojlanib, undan bo‘linish yo‘li bilan sitoplazma bilan o‘ralgan ko‘p sonli yadrolar hosil bo‘ladi. Natijada urug‘ gametangiy shakllanadi. Shundan so‘ng yadrolar orasidagi to‘siqlar vujudga keladi va uning pastki qismida 10-20 ta, yuqori qismida 2-3 ta hujayra bir-biri bilan birlashadi. Hujayralar bir yadroli holatga o‘tadi. Shundan so‘ng ustki hujayralar cho‘zilib, protallial nay shaklida chang nayi tomon cho‘ziladi va undagi yadrolardan biri chang nayidagi spermiy bilan qo‘shiladi. Natijada urug‘lanish ro‘y beradi va zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan urug‘murtak shakllanadi. Yetilgan urug‘ po‘stli bo‘lib, shamol yordamida tarqaladi (102-rasm). Shunday qilib velvichiyalar strobilining tuzilishi, nutsellus va urug‘lanishining o‘ziga xosligi bilan ochiq urug‘lilardan va umuman urug‘li o‘simliklardan keskin farq qiladi. Gnetumsimonlar qabilasi Gnetumlar oilasi — Gnetaceae Bu oilaning faqat ginetumlar (Gnetum) turkumi mavjud bo‘lib, uning 40 ga yaqin turi Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning tropik o‘rmon- larida keng tarqalgan. Gnetum buta, daraxt va liana shaklidagi tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ikki pallali yopiq, urug‘lilarga o‘xshash ikki uyli o‘simlik (103-rasm). Strobillari velvichiya strobilasiga o‘xshash, mikro va megasporofilli. Strobil markazida rudiment megasporangiy joylashgan. Urg‘ochi gametofitning shakllanishi, changlanishi va urug‘lanishi velvichiyadagidek. Urg‘ochi gametofit ust tomondan etli qatlam bilan qoplangan. Gnetumlar ma’lum darajadagi xo‘jalik ahamiyatiga ega. Ularning urug‘i oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Urug‘po‘stloqlilarning ochiq urug‘lilar sistemasidagi o‘rni hozircha to‘liq aniq emas. Hozirgi zamon botaniklarining ko‘pchiligi ularni 103-rasm. Gnetum (Gnetum sp.). A – urug‘li novda; B – urg‘ochi gul to‘plami; D – erkak gul to‘plam; E – urg‘ochi gul; F – erkak gul; G – urug‘ murtagning kesimi. A B D E F G bennetitlarga yaqin degan xulosaga kelishgan. A. Taxtadjyanning fikricha, urug‘po‘stloqlilar bilan bennetitlar yo‘q bo‘lib ketgan umumiy ajdodga ega. Balki ular urug‘li paporotniklarning qadimgi ajdodlari bo‘lsa ham ajab emas. 6-mavzu. Urug‘li qirqquloqlar sinfi— Pteridospermae Reja: 1. Urug‘li qirqquloqlar qabilasining kelib chiqishi va tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. 2. Sagovniklar qabilasining tuzilishidagi xususiyatlar. 3. Bennetitlar qabilasining tuzilishidagi xususiyatlar Tayanch ibora va atamalar:megasporangiy, megasporofill, mikropile, mikrosporangiy, nusellus, chang nayi. Urug‘li qirqquloqlar qabilasi— Pteridospermae Bu qabila urug‘li qirqquloqlarning devon davrida paydo bo‘lib, karbon davrida ravnaq topgan eng qadimiy, hozirgi paytda faqat qazilma holida uchraydi. Paleobotanik ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, bular daraxtsimon o‘simliklar bo‘lib, patsimon qirqilgan murakkab bargli, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra paporotniklarga o‘xshash, faqat ulardan sporalarining har xilligi va urug‘ining bo‘lishi bilan farq qilgan. Qabilaning tipik vakili Yevropa va Janubiy Amerikada topilgan kalimmatoteka – Calimmaotheca bo‘la oladi. Bu o‘simlikni dastlab paleobotaniklar yanglish Leginodendron (Leginodendron) deb atab, uning poya, barg, ildiz va urug‘ini har xil nomlar bilan ataganlar. Aslida bu o‘simliklarni qo‘shimcha ildizlari, ingichka chirmashib o‘sadigan poyasi, murakkab patsimon barglari bo‘lgan. Yaxshi taraqqiy etgan poyasining ust tomonidan epidermis o‘rab turgan. Uning ichki qismida mahkamlik to‘qimalari va endodermadan iborat po‘st, undan so‘ng kolloteral o‘tkazuvchi bog‘lamlar, lub va kambiy joylashgan. Kambiy hisobiga poya ikkilamchi o‘sish imkoniga ega bo‘lgan. Poyaning markazida o‘zak joylashgan. Bargi polisad va labsimon to‘qimalardan iborat bo‘lib yosh davrida paporotnikning bargiga o‘xshab o‘ralib, gajak shaklini egallagan. Makrosporofillarning spora saqlovchi qismi qalqonsimon shaklda bo‘lib, uning ostki qismida sporali mikrosporangiylar joylashgan. Ularning boshlang‘ich murtagi ochiq urug‘lilarning urug‘iga o‘xshash bo‘lib, unda nutsellus qatlami, mikropile, chang kamerasi bo‘lgan. Yetilgan megasporadan esa boshlang‘ich endosperm, arxegoniy va tuxum hujayra shakllangan. Aftidan, ularda chang nayi bo‘lmagan, mikrosporada vujudga kelgan erkaklik jinsiy hujayralari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuxum hujayrani urug‘lantirgan. Bularda urug‘murtak maxsus qoplovchi parda – kapsulaga ega bo‘lgan urug‘lanish natijasida vujudga kelgan zigotadan darhol sporofit nasl taraqqiy etgan. Unda murtakning bor yo‘qligi aniqlanmagan. Shunday ekan, ularda hali mukammal urug‘ shakllanib yetmagan. Urug‘li paporotniklar boshlang‘ich paporotniklardan kelib chiqqan bo‘lsa kerak. Ulardan, o‘z navbatida, sagovnik va bennetitlar singari ochiq urug‘li
o‘simliklar vakillari kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Sagovniklar qabilasi — Cycadales Bu qabila faqat sagovnikdoshlar – Cycadaceae oilasi, uning o‘nga yaqin turkumiga mansub 100 ga yaqin turi ma’lum. Oilaning barcha turlari tropik mintaqada, xususan sikas (Cycas) va zamiya (Zamia) Madagaskar, sharqiy Osiyo, shimoli-sharqiy Avstraliyada Tropik Afrikada tarqalgan. Sagovniklar shoxlanmaydigan daraxtsimon o‘simliklar bo‘lib, ayrim hollarda ularning balandligi 20-25 m ga qadar yetadi, ayrimlarining poyasi esa ildiz mevaga o‘xshash, deyarli butun tanasi yer bag‘rida joylashgan bo‘ladi. Barglar taram-taram bo‘lib, poyaning uchida joylashgan. Ko‘pincha, juda uzun, qattiq bo‘lib, har yili almashinib turadi. Poyada almashingan barglarning o‘rni qoladi. Deyarli hamma paporotniklarda qubbalar bo‘lib, ular markaziy o‘q va uning atrofida aylana hosil qilib o‘rnashgan mikro va makrosporofillardan iborat. Faqat sikas turkumiga mansub o‘simliklarning qubbasi bo‘lmaydi. Odatda, sagovniklarning qubbasi juda katta bo‘lib, uning uzunligi 1 m ga, og‘irligi esa 40 kilogrammga qadar yetadi. Ularning hammasi ikki uyli (94-rasm). Mikrosporofillari uch qirrali qalkonsimon va boshqa shakllarda bo‘lib, erkak qubbalarda joylashgan. Mikrosporofillar ichida sonsanoqsiz sporali ko‘p sonli mikrosporagoniylar mavjud. Yetilgan mikrospora uchta: urug‘murtak, ikkita spermatozoid hosil bo‘ladigan anteridiy va keyinchalik chang nayi hosil bo‘ladigan vegetativ hujayralardan iborat. Sagovniklarning spermatozoidlari ko‘p xivchinli ancha katta (0,3 mm gacha) hatto oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Sikas turkumiga taalluqli o‘simliklarni megasporofillari patsimon tuzilishga ega, bargning har ikkala tomonida 2 tadan 6 tagacha urug‘murtak bo‘ladi. Vegetativ barglardan ular ancha kichikligi va rangining yashil bo‘lmaganligi bilan farq qiladi. Sagovniklarning sikas turkumidan boshqa hamma vakillarida urg‘ochi qubba hosil bo‘ladi. Qubbada joylashgan megasporofillarning ost tomonida ikkitadan urug‘murtak joylashgan. Uning tuzilishi quyidagicha: sirt tomonidan uch qavat integument joylashgan, uning eng ustki va ostki qatlami etli, uchinchi qatlam toshsimon. Ichkarida nutsellus (magasporangiy), yuqori tomonda, mikropile ostida bo‘shliq – chang kamerasi bor. Nutsellusda reduksion bo‘linish yo‘li bilan ancha katta megaspora taraqqiy etadi. Megasporadan mitoz yo‘li bilan endosperm va, ko‘pincha, ikkita arxegoniy vujudga keladi. Chang shamol yordamida urug‘murtakka qo‘nadi, mikropile orqali o‘tib, urug‘murtak ichiga, chang kamerasiga kiradi va o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasida spermatozoidning o‘tishi uchun xizmat qiladigan chang nayi vujudga 94-расм. Саговник. Умумий кўриниши. keladi. Anteridial hujayradan spermagen hujayra va uning bandi hosil bo‘ladi. Spermagen hujayradan endosperm kamerasi tomon aktiv harakat qiladigan ikkita spermatozoid hosil bo‘ladi. Bu ikkala spermatozoid chang kamerasi suyuqligida ma’lum vaqt suzib yurib, ularning biri tuxum hujayrasini urug‘lantiradi, ikkinchisi nobud bo‘ladi. Urug‘lanish natijasida vujudga kelgan zigota o‘sa boshlaydi va undan, odatda, ikki urug‘ pallali urug‘murtak shakllanadi. Sagovniklarning pishib yetilgan urug‘i, odatda, mevaga o‘xshash har xil (qizil, pushti va boshqa) rangli etli, shirali, yumshoq bo‘ladi. Urug‘pallaning ichki etli yumshoq qatlami urug‘murtakning oziqlanishi uchun sarflanadi. Sagovniklarning xo‘jalik ahamiyati u qadar katta emas. Poyasining o‘zagidan janubiy sharqiy Afrikada «sago» deb ataladigan kraxmal olinadi. Bir qancha turlari manzarali o‘simlik sifatida oranjereyalarda ko‘paytiriladi. Bennetitlar qabilasi — Bennetitales Bu ajdodga mansub o‘simliklar faqat qazilma holda uchraydi. Ular yuqori va quyi bo‘r davrida keng tarqalgan, hozirgi kunda faqat qazilma holda uchraydi. Aksariyat qismi daraxt shaklida, tashqi ko‘rinishi va vegetativ organlarining tuzilishi jihatidan sagovniklarga yaqin bo‘lgan. 95-rasm. Bennetit. Qubbasi, urug‘bargi va urug‘i. 1 – bennetit qubbasi: a – yosh ҳolati, b – yetilgan davri; 2 – urg‘ochi gametofitning ko‘ndalang kesimi; a – urug‘ning umumiy ko‘rinishi; b – urug‘ning ko‘ndalang kesimi, с – urug‘palla, пк – ildizning poya bilan chegaralangan qismi Bennetit bir uyli o‘simlik. Uning ko‘payish organi hisoblanmish ikki jinsli qubba, ko‘pchilik botaniklar tomonidan oddiy gul sifatida qabul qilinadi. Qubbaning uzunligi – 14 sm, eni – 8 sm gacha (95-rasm). Qubba tubida gul barglariga o‘xshash parsimon qirqilgan barglar spiral joylashgan. Uning ichki qismida aylana bo‘ylab, ost (tub) qismi bilan birlashgan patsimon qirqilgan mikrosporofil (changi) joylashgan bo‘lib, yon barglarida changdonlar mavjud. Qubbaning konussimon shakldagi uch qismida, shuningdek aylana shaklida uzun bandli megasporofillar joylashgan. Megasporofilda boshlang‘ich urug‘murtak joylashgan bo‘lib, uning chang yo‘li ochiq holda bo‘ladi. Urug‘murtaklar orasida qipiqsimon steril urug‘murtakni o‘rab va barglarni bir-biridan ajratib turadigan barglar joylashgan. Shamol yordamida changlangan degan taxminlar bor. Urug‘lanishdan so‘ng urug‘murtakdan urug‘ vujudga kelgan. Uning endospermi ikki pallali o‘simliklarning murtagi singari boshqa urug‘li o‘simliklarda uchramaydigan ikki palladan iborat bo‘lgan. Urug‘ning bunday tuzilishi o‘simliklar olami taraqqiyotida faqat gulli o‘simliklarning bir qismida uchraydigan hodisa hisoblanadi. Shunday qilib, qubbasining va urug‘ining tuzilishiga ko‘ra bennetitlar o‘simliklar olamining tarixiy taraqqiyotida ochiq urug‘li va gulli o‘simliklar orasida oraliq guruh hisoblangan. Download 127.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling