2-Mavzu: Psixika va ongning taraqqiyoti. Theme 2: Psychological and development of consciousness. Reja


Download 97 Kb.
bet1/7
Sana19.04.2023
Hajmi97 Kb.
#1362237
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixika va ongning taraqqiyoti 44


2-Mavzu: Psixika va ongning taraqqiyoti.
Theme 2: Psychological and development of consciousness.
Reja.
1.Odam psixikasining paydo bo’lishi va taraqqiyoti.
1.The emergence and development of the human psyche.
2.Psixikaning Filogenezda rivojlanishi
2.The development of the psyche in phylogeny
3.Ong va uning shakllari. Ongning tushunish sifatida. Refleksiyaga nisbatan qobiliyatan qobiliyatlilik o’z-o’zini kuzatish, o’zligini anglash.
3.Consciousness and its forms. Right as understanding. Ability to reflect on self-observation, self-awareness.


Tayanch so‘z va iboralar: Psixika, ong, instinkt, psixika, individ, individuallik, shaxs, tropizm, foto tropizm, gelio tropizm, xemo tropizm, topo tropizm, termo tropism, аntropogenez, nativizm, empirizm, bixeviorizm-vegetativ nerv tizimi, ontogenez, flognez.
Key words and phrases: Psyche, mind, instinct, psyche, individual, individuality, personality, tropism, photo tropism, helio tropism, chemo tropism, topo tropism, thermo tropism, anthropogenesis, nativism, empiricism, behaviorism-vegetative nervous system, ontogeny, flognesis.


Mavzuning qisqacha mazmuni
Inson ongining paydo bo‘lish shart sharoitlari, sabablari, inson ongining hayvon psixikasidan farqi, kishilarning mehnat faoliyati va uning inson ongi taraqqiyotidagi roli, ong va til orasidagi bog‘lanishlar, ong va o‘z-o‘zini anglashning ijtimoiy tarixiy tabiati tushuntiriladi. Taraqqiyotni dialektik materialistik tarzda tushunish, nerv sistemasi va aks ettirish faoliyatnining rivojlanishi, jonli va jonsiz tabiatda aks ettirish, ta’sirlanuvchanlik haqidagi tushuncha tirik materiyaning xususiyati ekanligi, psixik aks ettirish formasining paydo bo‘lishi, psixik taraqqiyotda sensor va pertseptiv bosqichlar haqida tushuncha beriladi. Bundan tashqari talabalarga psixikaning taraqqiyot bosqichlari haqida tushunchalar, filogenez va ontogenez haqida ma’lumotlarga ega bo`lisadi.
Psixikaning taraqqiyoti. Psixologiyada psixikaning taraqqiyotini ikki bosqich orqali tushuntiriladi. Birinchi bosqich psixikaning filogenetik taraqqiyot bosqichi bo‘lib, unda oddiy organizmdan boshlab murakkab organizmgacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘li bosib o‘tiladi. Ikkinchi bosqich psixikaning ontogenetik taraqqiyot bosqichi bo‘lib, bunda organizm tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘li o‘rganiladi. Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o‘rtasida katta farq mavjud. Hayvonlar “tili” bilan inson tilini hech bir jihatdan taqqoslab bo‘lmaydi. Hayvon o‘z to‘dasidagi boshqa o‘ziga o‘xshash hayvonlarga ayni chog‘dagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar haqida faqatgina signal berolsa, inson til yordami bilan boshqa odamlarga o‘tgan, hozirgi va kelgusi zamondagi narsalar haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajribani o‘tkazishi mumkin. Hayvon va odam tafakkurining bir-biridan farq qilishi ular tili o‘rtasidagi farqi bog‘liqdir. Inson abstrakt tafakkurga, hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish ko‘rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odam psixikasi bilan hayvon psixikasining bir-biridan ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo‘ymaydi. Aniq vaziyatda qurol o‘z rolini o‘tab bo‘lgach, shu zahotiyoq, hayvon uchun qurollik sifatini yotadi. Odam ilgaridan o‘ylab qo‘yilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi hamda uni saqlab qo‘yadi. Odam nisbatan doimiy buyumlar olamida yashaydi. Odam quroldan foydalanish tajribasini boshqalardan o‘rganadi va o‘zi bu tajribani boshqalarga o‘rgatadi. Odam psixik faoliyatining hayvonlar psixikasidagi uchinchi farqi shuki, inson o‘zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi.
Psixikaning evolyusiyasi retseptorlar funksiyalari shakllarining, shuningdek signal faoliyatining murakkablashuvida ifodalanadi. Shubha yoki, odam psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvonning psixikasi o’rtasida juda katta tafovut mavjuddir. Masalan, hayvonlarning tili bilan odamning tilini bir-biriga taqqoslab bo‘lmaydi. Hayvon o‘z qabiladoshlariga muayyan, bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar haqida faqat xabar berishgina mumkin bo‘lgan bir paytda kishi til vositasida boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi payt va kelajak haqida axborot berishi, ularga sotsial tajribani yetkazishi mumkin. Odam psixikasi bilan hayvon psixikasining ikkinchi farqi, odam oldindan o‘ylagan rejaga binoan qurol yaratadi, uni belgilangan maqsadda foydalanadi va saqlaydi. Inson nisbatan doimiy narsalar olamida yashaydi. Kishi quroldan boshqa odamlar bilan birgalikda foydalanadi, biridan quroldan foydalanish tajribasini o‘zlashtirsa, boshqa odamlar bilan uni baham ko‘radi. Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchunchi belgisi - ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishdir. Kishi psixikasini ko‘proq darajada u egallab oladigan ijtimoiy tajribada rivojlantiradi. Kishining psixik funksiyalari alohida sub’ekt tomonidan insoniyatning madaniy rivojlanishida qurollarini egallab olishi tufayli sifat jihatidan o‘zgaradi. Kishidan oliy, xususan insoniy funksiyalar (ijtimoiy xotira, ixtiyoriy diqqat, abstrakt tafakkur) rivojlana boradi. Inson psixikasining hayvon psixikasidan eng muhim farqi ularning rivojlanish shart-sharoitlaridan ko‘rindi. Agar hayvonot dunyosining rivojlanishi davomida psixikaning taraqqiyoti fiologik evolyusiya qonunlariga binoan ro‘y bergan bo‘lsa, xususan inson psixikasining, kishi ongining rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlariga bo’ysunadi. To‘daning jamiyatga aylanishga ta’sir ko`rsatgan omil - bu mehnat faoliyati, ya’ni qurollarni birgalikda yaratish va qo’llanish jarayonida odamlar tomonidan amalga oshiriladigan tarzdagi faoliyat bo`ladi. Rivoj topayotgan mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlarning, jamiyatning rivojlanishiga, ijtimoiy munosabat-larning rivoji esa mehnat faoliyatining takomillashuviga ta’sir ko’rsatdi. Shunday qilib, mehnatning paydo bo‘lishi va kishilik jamiyatining tuzilishi odamning odamsimon ajdodlarining odamga aylanish sababi bo‘lib hisoblanadi. Mehnatda kishining ongi - aks ettirishning evolyutsion yo‘nalishidagi eng oliy shakli - ashyoviy faoliyatning ob’ekti barqaror xususiyatlarini ajrata olish va shu asosda atrofdagi reallikni tubdan o‘zgartira olish xususiyatiga ega bo‘lgan shakli ham rivojlana bordi. Yuqorida aytib o‘tilgandek, hayvonlar tasodifiy narsalar olamida yashaydi, odam esa doimiy narsalar olamini yaratadi. Odamlar yaratgan o’zidan oldingi ajdodlar bajargan ish jarayonlari, hatti-harakatlar va faoliyatning moddiy ifodasi hisoblanadi. Har qanday harakatning o‘zlashtirilishi ongning ta’siri ostida amalga oshiriladi. Ong tushunchasi juda ko‘p muammolarga duch keladi. Bularga turli xil yondashuvlar ham mavjud. Ong muammosi psixologiyadagi global va eng murakkab muammolardan biridir. Muammoga asosiy yondashuvlarda “Ong, - deydi V.Vund, - bu o‘zimizning har qanday psixologik jarayonlarga duch kelishimizdir. Ong psixologik jihatdan o‘zida ichki yorug‘likni, yorqinlik yoki zulmatni ifodalaydi. Inson o‘zini yotgan paytda u go‘yoki o‘chishi ham mumkin”. Djeymsning fikricha ong bu “psixik funksiyalarning xo‘jayini” Ong - bu o‘zgacha psixik kenglik. Ong psixologiyaning sharti bo‘lishi mumkin, lekin uning predmeti bo‘la olmaydi. Uning mavjudligi psixologik fakt bo‘lishiga qaramasdan, uni aniqlash mumkin emas va faqatgina o‘zidan chiqarilishi mumkin. Ong sifatsizdir, chunki uning o‘zi sifat-psixik jarayon va hodisalarning sifatidir. Sifatni bo‘lib bo‘lmaydi, u yoki bor yoki y. Organik va anorganik materiya doimo harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Inson psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanish masalasi tadqiqotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Ilmiy-materialistik ta’limotga ko‘ra psixikaning paydo bo‘lishi materiyaning uzoq rivojlanishi natijasidir. K.E.Fabri eng sodda hayvonlar psixikasi taraqqiyotini ikki bosqichga quyi va yuqori bosqichga bo‘ladi. Psixik taraqqiyotning quyi bosqichi asosan bir hujayrali, qisman ko‘p hujayrali hayvonlarga xos bo‘lib, bu bosqichda psixika primitiv holatda bo‘ladi va hayvon tashqi ta’sirlarga seskanuvchanlik bilangina javob beradi. O‘simlik va hayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar o‘z evolyutsiyasining hamma bosqichlarida aks ettirishning biologik shakli, ya’ni seskanuvchanlikka ega bo‘ladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik ta’sirlarga javob berish qobiliyatidir. Oddiy seskanuvchanlikni bir hujayrali hayvonlarda ham ko‘rish mumkin. Ular muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta’sirlarga organizmning o‘ziga xos harakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki taksis deyiladi. Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik holatlar, xususiyatlar mavjud bo‘lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo‘ladi; shaxsning faoliyati jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqelikni to‘g‘ri aks ettirish orqali namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanining predmeti masalasida psixika va uning namoyon bo‘lish shakllaridan zamonaviy psixologiya umumiy psixologiyaga aloqador soha bo‘lib, ko‘plab olimlar o‘z ilmiy adabiyotlarida bu jihatni muhim deb qaraydilar.

Psixika va uning namoyon bo’lish shakllari


Oddiy seskanuvchanlikni bir hujayrali hayvonlarda ham ko‘rish mumkin. Ular muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta’sirlarga organizmning o‘ziga xos harakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki taksis deyiladi.Masalan, derazadagi gulning yorug‘likka qarab intilishi — fototropizm, o‘simlikning quyoshga intilishi geliotropizm, kimyoviy moddalarga moslashuvi xemotropizm, tebranish va qimirlashdan ta’sirlanish topotropizm, haroratga nisbatan o‘zgaruvchanlik termotropizm deyiladi va boshqalar. Ko‘p hujayrali hayvonlarda qo‘zg‘aluvchanlikning yangi shakli sezuvchanlik mavjuddir. A.A.Leontevning gipotezasiga ko‘ra sezuvchanlik genetik jihatdan olganda seskanuvchanlikning o‘zidir.






Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling