2-mavzu: Pul aylanmasi va uning tarkibi. Pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi reja


Download 142.15 Kb.
bet11/12
Sana19.06.2023
Hajmi142.15 Kb.
#1600094
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Pul aylanmasi va uning tarkibi.

Кейс «Plastik kartalari»


Bugungi kunda plastik kartalar — bu qulay va yuqori texnologiyali ma’lumotlarni saqlash qurilmasi. Ayni paytda plastik kartochkalardan deyarli istalgan joylarda foydalaniladi. Xarid qilish vaqtida o‘zi Sizga kerakli summani ajratigan va o‘zingizdan boshqa hech kim foydalana olmaydigan hamyonni tasavvur qiling… va eng muhimi, hamyon yo‘qotilgan hollarda ham Sizning pullaringiz o‘zingizda qoladi.
Sizga bundan buyon o‘zingiz bilan naqd pullarni olib yurishning hojati qolmaydi. Bank kartalari — Sizning shaxsiylashtirilgan elektron hamyoningiz, to‘lovlarni amalga oshirishning zamonaviy va qulay vositasidir. Plastik kartalari «bank ishidagi texnologik inqilob» hisoblanadi, ularni «asr xizmati» deb ataydilar. Kartalar ixcham, ishonchli, tashqi ko‘rinishidan o‘ziga xos va jozibali hamda to‘lovlarni tezkor tarzda o‘tkazishga imkoniyatini beradi.
Har bir karta sohibi uchun bank maxsus bank hisobraqam ochadi. Ushbu hisobvaraqda kartochka egasi o‘z ixtiyori bo‘yicha foydalanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari saqlanadi. Kartochka ushbu hisobvaraqdan foydalanish uchun o‘ziga xos “kalit” hisoblanadi. Kartochkasiz ushbu hisobraqam bo‘yicha birorta ham amaliyotni amalga oshirish mumkin emas.
Mikrochip — kartochka sohibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, PIN kodlar va kartochka bilan amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni o‘zida shifrlangan ko‘rinishda saqlovchi moslama.
Kartochka o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan hollarda qisqa muddatda karta yo‘qotilganligi to‘g‘risidagi ariza bilan bankka murojaat qiling.
Visa kartasi xorij mamlakatlarida keng tarqalgan. O’z sohasida standartga aylangan ushbu kartalar qulaylik va yuqori darajadagi ishonchlilikni birlashtirgan. Istalgan turdagi xaridni amalga oshirish va naqd pul yechish mumkin.
VisaElectron va VisaClassic klassik kartalari ko‘p vaqtlarini ishga sarflaydigan tez-tez sayohatga chiqadigan kishilar uchun juda zarurdir. Bunday karta bilan dunyoning istalgan mamlakatidagi do‘konlar, restoranlar va boshqa savdo nuqtalarida to‘lovni amalga oshirish juda qulaydir. Bundan tashqari VisaElectron va VisaClassic kartalari yordamida Siz, masalan, mexmonxonadagi nomerga buyurtma berishingiz yoki avtomobilni ijaraga olishingiz mumkin.
Bu sayohatchilar uchun yanada dolzarbroqdir, chunki dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tovar va xizmatlar uchun to‘lov usuli sifatida anchadan beri naqd pullarga nisbatan plastik kartochkalar afzal ko‘rilmoqda. Butun dunyo bo‘ylab yuz minglab bankomatlar va 22 milliondan ortiq savdo nuqtalari VISA kartalarini qabul qilmoqdalar. VISA Electron kartasini egasi bo‘lish uchun, ariza shaklini to‘ldirish va shartnomani imzolash hamda karta hisobraqamiga $100 miqdoridagi dastlabki badalni qo‘yish.



Download 142.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling