2-mavzu: pulning funksiyalari va roli. Pulning (funksiyalari) vazifalari
Pul - muomala vositasi. Naqd pulim boʻlmasa, narsa sotib olmayman2
Download 75.44 Kb.
|
2-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-chizma Pul va tovarlarning harakati
- Tarixga nazar
Pul - muomala vositasi. Naqd pulim boʻlmasa, narsa sotib olmayman2.Iqtisodiyotda tovarlar harakati pul harakatini keltirib chiqaradi va aksincha, pul harakati tovarlar harakatini ta’minlaydi. Pul yordamida tovarlar oldi-sotdi qilinadi. Pulning muomala vositasi ekanligi tovarlarni naqd pulga sotilishi jarayonida namoyon boʻladi. Bu vazifani banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan banknotlar va tangalar bajaradi. Bunda tovar harakati pul harakatiga mos keladi, ya’ni,, bir vaqtning oʻzida pul toʻlanadi va tovar sotib olinadi. pul tovar
Masalan, talaba doʻkonga kirib pul toʻlab kitob yoki daftar sotib oldi. Pul muomala vositasi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: bu vazifani faqat naqd pullar bajaradi; tovar va pul oʻzaro qarama-qarshi yoʻnalishda harakat qiladi; tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi; tovar sotuvchi va sotib oluvchi oʻrtasidagi munosabat tugallanadi, tomonlar tovarga yoki pulga ega boʻladilar. Pul ishtirokisiz tovarni tovarga almashtirish barter deyiladi. Barter ma’lum kelishilgan narxlarda amalga oshiriladi. tovar tovar
Barter bozor iqtisodiyotiga toʻg’ri kelmaydi, shu sababli pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul boʻlgan sharoitda amalga oshiriladi. Tarixga nazar: Mamlakatimiz tarixida pul muomalasi deyarli toʻxtab qolgan vaqtlar ham boʻlgan. U paytlar harbiy kommunizm davri, Sovet mamlakatining barpo etilishining dastlabki yillari, qishloq xoʻjaligi vayron boʻlgan, zavodlar va fabrikalar toʻxtab qolgan, aholiga sotish uchun tovarlar juda kam ishlab chiqilgan. Boylar va olibsotarlarda qog’oz pullar juda koʻp toʻplanib qolgan edi. Ana shunday sharoitda arzon bahoda tovar chiqarilsa, ularni darhol sotib olishardi va bunday tovarlar ozchilikning qoʻliga oʻtib qolardi. Narxni oshirib sotish mumkin emas – mehnatkashlar sotib ololmaydi, yana oʻsha puli koʻplar sotib olishadi. Shu sababli Sovet hukumati 1920 yili mehnatkashlarga oziq – ovqat mahsulotlarini pulsiz berishga qaror qildi. Bundan tashqari, transport, pochta-telegraf aloqasi, kommunal xizmatdan bepul foydalanish haqida dekret chiqqan edi. Bozorda pul kasodga uchray boshladi. Uning qadri ketdi va aholi uni olmay qoʻydi, oddiy ayirboshlashni afzal koʻrdi. 1919 yilda 1 qadoq sovun - 2 qadoq sokka; 22 qadoq kerosinni -15 qadoq noʻxatga; 1 shinelni -10 qadoq yormaga; 3 qadoq tuzni - 30 qadoq suliga; 1 juft etikni - 30 qadoq qorabug’doy yormasiga almashishardi. Koʻp asr muqaddam boʻlganidek, tovar-pullar paydo boʻldi.Ular har xil edilar. Koʻpincha un va tuz shu vazifalarni oʻtar edi. 1 pud javdari unga: 30 qadoq kerosin; 10 qadoq sovun, 100 gaz chit berardi3. Download 75.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling