2-mavzu: Qadimgi Dunyo mutafakirlarining axloqiy etik merosi


Download 49.31 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi49.31 Kb.
#1570365
Bog'liq
Rahbar imijina


2-mavzu: Qadimgi Dunyo mutafakirlarining axloqiy etik merosi.

IX - XII asr sharq allomalarining axloqiy va etik qarashlari

MA’RUZA O‘TISH REJASI

O‘quv tarbiyaviy maqsad:

1.Talabalarga IX—XII asr SHarq allomalarining axloqiy va estetik qarashlari bo‘yicha tushuncha berish.

2. Talabalarga axloqiy ta’limotlar taraqqiyoti bo‘yicha tushcha berish.

3. Talabalarda kasbiy odob va axloqni tarbiyalash.

4. Talabalarda o‘z kasbiga bo‘lgan e’tiqodini shakilantirish.

O‘quv savollari:

1. Qadimgi Dunyo mutafakirlarining axloqiy etik merosi.

2. IX—XII asr SHarq allomalarining axloqiy va estetik qarashlari.

Adabiyotlar qo‘llanmalar:

1. Xarbiy xizmat axloqi. Toshkent-2005 yil.

2. O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risidagi qonuni» 2001 yil

3. Komandirlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlariga metodik tavsiyalar. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tarbiyaviy ishlar boshqarmasi.

4. «O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa Vazirligining infarmatsion blyutenlari.

5. Vatanparvar gazetasi maqolalari.

6. O‘zbekiston Respublikasining “Umumxarbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonuni. Toshkent 2003 y

7. I.Karimov «Vatan sajdagoh kabi maqaddasdir». 1996 yil.

8. O‘zbekiston Respublikasi QK «Umumxarbiy nizomlari» Toshkent 1996 yil.

9. “Axloqshunoslik” fanidan mustaqil ta’lim uchun uslubiy qullanma, 1995 yil, Pulatova D.A.

10. Estetika “Nafosatshunoslik” Toshkent 1995 yil, E.Umarov.

1 – o’quv savoli

Qadimgi Dunyo mutafakirlarining axloqiy etik merosi

O’tmishda estetik qarashlar, goyalar, fikr-mulohazalar, ta’limot va nazariyalar falsafa fani bag‘rida paydo buldi. Ayni paytda falsafiy ta’limotlardagi xilma-xil yunalishlar estetik qarashlarning ham turli kurinish va yunalishlarga kuchli ta’sir utkazib keldi. Nafosat mohiyati, estetik ong va estetik faoliyat tabiati, san’atning voqelikka munosabati masalalarida turlicha qarashlar paydo buldi.

Estetik g‘oyalar dastavval qadimgi SHarq ulkalarida, jumladan, Misr, Mesopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon mamlakatlarida vujudga keldi. YAqin-yaqinlargacha «estetik g‘oyalar vatanni qadimgi YUnonistondir» degan suzlarga ishonar edik. Qadimgi SHarq estetikasining tarixiy merosi ataylab kuzdan pinhon tutilgani, hatto kam urganilganligi sababli «ovrupoxudbinlik» («evropotsentrizm») uydirma aqidalari zur berib ilgari surildi.

Qadimgi SHarq mamlakatlarining xalqlari bizga meros qilib qoldirgan yozuvlari (Mixxat, finikiya alifbosi), Urxun-Enisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmat-baho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari (Misrda firavn Tutanxamon maqbarasidan topilgan asoriatiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin tangalar, skiflar oltin buyumlari va boshqalar), ulug‘vor me’morchilik obidalari (Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar devorlaridagi tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari) bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraniy etganini kursatadi. Ilk estetik karash va goyalar kohinlar tomonidan bayon qilinganligini bugun biz bu mamlakatlar xalqlari qulyozma merosidan, ogzaki xalq ijodi namunalaridan bilamiz. Afsuski, mazkur boy estetik meros hozirgacha deyarli urganilmagan va ilmiy sharzuganmagan.

Qadimgi YUnoniston ziyolilaridan Gerodot SHarq mamlakatlarining kuplarida bulib, ular haqida uz tarixiy asarlarida bayon qilgan qadimgi SHarq estetik qarashlarini urganib, ularni umumlashtirib, nazariy jizhatdan yanada boyitib bayon etish, boshqa hayot jabhalarida bulganidek, estetik qarashlar tarixida ham qadimgi SHarq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Ovrupo mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topganligini e’tirof etish vaqti keldi.

Qadimgi YUnon san’atkorlari va faylasuflari qadimgi SHarq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik goyalar va fikr-mulohazalarni ishlab chiqdilar. SHu asosda tartibga solingan estetik nazariya uzidan keyin vujudga kelgan turli-tuman estetik maktablar hamda oqimlarga zamin bulib xizmat qildi.

Qadimgi yunon estetik ta’limotining ibtidosi mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (e.a. 6-5 asrlar)nomi va u yaratgan maktab bilan bog‘liq Pifagor va uning shogirdlari barcha narsalarning mohiyatini raqamlar va ularning uzaro munosabatlari tashkil etadi, koinot yaxlitligida ham raqam aqidasi yotadi, deb uqtirdilar. Ular mazkur qarashlarini nafosat olamiga ham tatbiq etib, estetik tafakkurni boyitishga uz hissalarini qushdilar. Pifagorchilarning nafosat asoslari, musiqaviy hamohanglik asoslari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi» umumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligi haqidagi qarashlar va goyalari estetik tafakkur tarizsida muhim urin tutadi.

Qadimgi estetika tafakkurida moddiyunchilik (materialistik) yunalishni Geraklit (e.a. 540-480 yillar) boshlab bergan edi. U nafosat xossalari moddiy dunyoning uzidan kelib chiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi deb kursatdi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surdi.

Demokrit (e.a. 460-370 yillar) guzallikni hamohanglikda, bulaklarning tug‘ri mutanosibligida, tomonlar mosligi (simmetriya)da deb bildi va uni me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi, u san’at insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi, deb uqtirdi. Demokrit san’atning mohiyatini voqelikka tazushd qilish (mimesis) da kurdi.

Suqrot (e.a. 470-399 yillar) ta’limotida guzallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga kuchirilgan bulib, guzallik va ezgulik birligi yoki hozirgi ta’bir bilan aytganda estetika va axloq birligi etakchi goya sifatida bayon qilinadi. Suzuyut estetik tasavvurlarning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surib, estetik va manfaatli belgilar urtasidagi yaqin aloqadorlik mavjudligini kursatib berdi.

Aflotun (e.a. 427-347 yillar) qarashlarida estetika ham guzallik falsafasi, ham san’at falsafasi sifatida ta’riflanadi. Aflotun fikricha, nafosat manbaini avvalo goyalar tashkil etadi. His-tuygu beradigan barcha narsalarni abadiy, uzgarmas g‘oya «yoritib turgan» dagina guzallik kashf etiladi. Uning fikricha guzallik uta hissiyotli bulgani tufayli uning mohiyatini his-tuygu bilan emas, balki aql-idrok bilan anglash mumkin.

Aflotunning san’atga oid qarashlarida ijodiy jarayonni ilohiylashtirish, san’atni esa butunlay aql-idrokka teskari bulgan sa’y-harakat tarzida baholash urin olgan. U, san’atni qandaydir pastkashlik urinishlari sifatida ta’riflab, uni narsalardan kuchirilgan nusxa, narsalarning uzi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, deb uqtiradi.

Aflotun qarashlarida estetik tarbiy nazariyasi muhim urin tutadi. U san’atning odamlarga nisbatan utkaza oladigan ta’sir kuchini tan oladi, lekin bu ta’sir kuchi salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. SHu bois Aflotun istiqbolda orzu qilgan davlat mafkurasida musiqadan boshqa barcha san’at turlarini tilga olmaydi, musiqaning ham faqat «Harbiycha jaranglaydigan», «mardona» shakllariga urin ajratadi. SHunday kilib, Aflotunning san’atga va estetik tarbiyaga doir qarashlari tarkidunyochilik, qattiq qullik ruhi bilan sugorilgan.

Qadimgi yunon estetika nazariyasining chuqisi va yakuni sifatida Arastu (e.a. 384-322 yillar) estetik ta’limoti katta ahamiyat kasb etadi. Arastu fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi, nafosat ana shu narsalarning tartiblilik, muvofiqlilik, aniqlik, uygunlik, yaxlitlik xossalarida namoyon buladi.

San’at amaliyoti Arastu estetikasining hayotbash manbaidir. Buyuk mutafakkir ana shu amaliyot bilan uzviy bog‘langan nazariy qoidalar yaratdi.

Arastu estetik ta’limotida Demokritning voqelikka taqlid qilish (mimesis) zodidaga g‘oyasi yanada rivojlantirildi. U san’atni voqelikka - odamlar, narsalar va inson faoliyatiga taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atni idrok qilishda hosil buladigan shodlikni tasvirlangan narsalarni taniganlikdan chiqadigan natija bilan bog‘laydi.

Tit Lukretskiy Kar (e.a. 99-55 yillar «Narsalar tabiati haqida»gi asarida qadimgi Rim estetikasidagi modiyunchilik san’atning «zururiyat» ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini uqtirib, uning ma’rifatchilik ahamiyatini kursatib berdi.

SHarq Urta asrlar estetik tafakkuri Arab va Ajam (Eron, Movarounnahr), Xitoy, Hindiston mamlakatlari badiiy madaniyati va san’ati ravnaqi bilan bogliq. Ovrupo mamlakatlarida cherkov estetik faoliyatini, oliy nafosatini faqat ilohiy e’tiqod bilan chambarchas bog‘lab, erkin badiiy ijodni shafqatsiz bostirgan va quvg‘in qilgan bir sharoitda SHarq mamlakatlarida estetik qarashlar ilg‘or maqsad ehtiyojlar, ma’rifat va komillik yulida rivojlandi. Bu qarashlar islom dini, badiiy madaniyati ravnaq topishi zaminida vujudga kelgan SHarq Uygonish davri, xususan Markaziy Osiyo Uygonish davri ruhi bilan chambarchas bog‘liqlikda taraqqiy etdi.

Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining zabardast mutaffakkirlari Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad YAssaviy, YUsuf Xos Hojib, Lutfiy, Navoiy, Behzod, Bobur, Mashrab va boshqa juda kup ijodkorlarning estetik qarashlari mohiyatini nafosat bilan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning mutanosibligini vujudga keltirish g‘oyasi tashkil etadi.

Ovrupo Uyg‘onish davrida estetik tafakkur kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining bevosita ta’siri ostida rivojlana boshladi. Tarixan mutaraqqiy ahamiyat kasb etgan burjua insonparvarlik g‘oyalari keng tarqalib borgani sari, tabiiy va aniq fanlar, adabiyot va san’at buyuk muvaffaqiyatlarga erishib borgani sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham shu qadar tez sur’atlar bilan rivojlanib bordi.

Ovrupo Uygonish davri estetikasining muhim xususiyati shuki, uning mohiyati va mazmuni yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan va u badiiy amaliyot bilan chambarchas bog‘lanib ketgan edi.

Ovrupo Uygonish davrining buyuk ijodkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Dyurer, Servantes, SHekspir va bopqalar estetik tafakkur rivojlanishiga salmokush hissa qushdilar. Ayniqsa, buyuk musavvir, iste’dodli muhandis, atoqli tabiatshunos olim Leonardo da Vinchi estetik qarashlarida voqeiy dunyoni bilishda san’atning ahamiyatiga, uning uziga xos xususiyatlarini e’tibordan qochirmaslikka da’vat etdi. San’atning uziga xos xususiyatlaridan biri narsalarning uziga xos sifatlarini ularning guzalligini izlab topa bilish va ommalashtirishdir deb ta’kidlaydi Leonardo da Vinchi, uzining estetik qarashlari bayon etilgan risolalarining birida.

Leonardo da Vinchi san’atga voqelikning in’ikosi sifatida qarab, bu in’ikos etish shunchaki bir bushang urinish emas, balki ijodiy qayta takrorlash jarayoni ekanligini uqtirib utadi.

Ovrupo Uygonish davrining aks-sadosi tarzida klassitsizm estetikasi vujudga keldi. Bualoning «Nazm san’ati» risolasida klassitsizm estetikasining asosiy belgilari ifodalangan. Bu estetikaga xos aqida-qoidalar mohiyati shundan iborat ediki, ular zuravonlik xususiyatiga ega bulib klassitsizm ishlab chiqqan aqida-qoidalarga har qanday ijodkor buysunishi shart bulgan, erkin ijodkor shaxsi «shaxsdan yuqori», «davlat ibtidosi» bulgan mavhum narsaga buysundirilgan edi.

G‘ayritarixiy va tabaqaviy cheklanganlik ruxi bilan sug‘orilgan klassitsizm estetikasi badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilarni qoidalar bilan belgilab quyilgan qolipdan chiqmaslikka, oldindan tanlab quyilgan va mavqumlashtirilgan mavzu chegarasidan o‘tmaslikka mahqum etib quydi va bu bilan estetik tafakkur tarixida ma’lum darajada salbiy ahamiyat kasb etdi.

2 – o’quv savoli

IX—XII asr SHarq allomalarining axloqiy va

estetik qarashlari

Markaziy Osiyo xalqlari axloqiy ta’limotlar taraqqiyoti tarixini o‘rganishda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz asarlari muhim o‘rin egallaydi. Xususan, YUsuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim»), Axmad YUgnakiyning «Xibbat ulxayqiriq» («Xaqiqatlar armug‘oni»), shular jumlasidandir.

Buyuk mutafakkir bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning «Maxbub ul qulub» («Kungillarning kaliti»), «Lison o‘tayr» («Kush tili») kabi asarlari axloqiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda olamshumul manba sifatida xizmat qildi.

O‘rta asrlarda boshqa SHarq mamlakatlarida xam shpor axloqiy g‘oyalarni ilgari surgan donishmand mutafakkirlar etishib chiqdi. Ayniqsa, IX—XII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniyat, ilmfan va falsafaning yuksak darajada rivojlanishi uchun qulay tarixiy, ijtimoiy va siyosiy shartsharoit vujudga keldi. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafa, axloq soxasidagi nazariy merosi umuminsoniy madaniyatga muxim hissa bo‘lib qo‘shildi.

Ularning falsafiy qarashlari taraqqiyoti, shuningdek davlat, ijtimoiy xayotga bo‘lgan munosabatlari, axloqiyestetik qarashlarning rivojlanishiga islom dini o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Allomalarning axloqiy ta’limotlarida inson eng buyuk oliy zot, deb bahrlanadi. Bu mutafakkirlar xamma narsaning qadrqimmatini insoniylik bilan belgiladilar va insonparvarlik g‘oyalari axloqiy tizimda yuqori bosqichga ko‘tarildi.

SHarqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Muxammed Tarxon Forobiy (873-950 y.y.) o‘z davrining g‘oyalarining ifodalab, ijtimoiyfalsafiy fikrning rivojlanishida muxim rol o‘ynagan 160 dan ortiq asar muallifi Forobiyning 40 asari saqlanib qolgan.

Forobiy Arastuning falsafiy qarashlarini chuqur o‘zlashtirib, uni targ‘ib qiladi. Masalan, Aras­tuning axloqiy ta’limotini sharxlab, shunday yozadi: «Oliy farog‘at fakat bu dunyoda bo‘lib, baxtni bu dunyodan tashqarida bor, deb hisoblanadigan barcha narsa aqlsizlikdir».

Forobiy «Baxtsaodatga erishuv haqida», «Fozil odamlar shahri» va boshqa asarlarida ijtimo­iy hayot masalalari bilan birga, fozil shaharda yashovchi xalqning axloqiy normalari, munosabatlari va xulq qoidalarini batafsil bayon etadi. Foro­biy inson va jamiyatni ta’riflashda evdemonizm nuqtai nazaridan to‘rib, fikr yuritadi. Aql va axloqning o‘zaro aloqadorligi tamoyiliga amal qiladi.

Faylasuf axloq nomalarini, aqillik bilan bog‘laydi. Uningcha, aqilli inson xar tomonlama, jumladan, axloqan mukammal bo‘ladi. Inson kamolotga erishuv yo‘lida xarakat qilganda aqliy bo‘lishga xam xarakat qilmog‘i lozim. SHundagina u ezgu niyatiga, ya’ni baxtsaodatga erishadi. YAxshi fazilatga ega bo‘lmoq uchun barcha ijobiy sifatlarni inson o‘zida mujassamlashtirmog‘i lozim. Xususan, inson jismoniy, axloqiy va aqliy jixatdan mukammal bulmog‘i, ya’ni idrokli, ziyrak bilimdon, yaxshi muomalali, pok adolatli, insonparvar, kuli ochiq, o‘z harakati va fikrida qat’iy, jasur, qo‘rqish va ojizlikni bilmaydigan bo‘lishi kerak

Bularning barchasiga bil im orqali erishiladi. Forobiy insoniy fazilatlarni ikkiga bo‘ladi, ya’ni nazariy fazilatlar va amaliy san’at (kasbhunar) fazilatlari. Inson bu fazilatlar yordamida baxtsaodatga erishadi.

Forobiyning fikricha, donolik bu baxt xaqida bilim beradigan fazilat, muloxazalilik va baxtsaodatga erishish xaqida bilim fazilatidir. Foro­biy fazilat xaqida ham fikr yuritib, u ezgulikka daxldor bo‘lishdan vujudga keladigan mexroqibat tufayli hosil bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. Ushbu fikrlar o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, kelajak sari dadil qadamlar bilan rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun katta ahamiyatga ega.

Respublikamiz Prezidenta Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek «Mamlakatimiz taraqiyoti xalqimizning jipslashib, birbirimizga mexroqibatli bo‘lishimizga bog‘gliq. SHu narsa bizga umid, ishonch va kuch bag‘ishlamoqda, tinchtotuv xayotga asos bulmoqda».

Xar bir kishi o‘zining kelajagini buyuk bir maqsad shaklida bashorat va tasavvur qila olmasa uning bunyodkorlik faoliyati susayadi xamda astasekin o‘z qiyofasini yo‘qota boshlaydi. Forobiyning fikricha, insoniy vujuddan maqsad — eng oliy baxtsaodatga erishuvdir, avvalo bu baxtsaodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni uziga g‘oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo‘lishi kerak keyin bu baxtsaodatga erishtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim bo‘ladi. Demak baxtni qo‘lga kiritish uchun inson faol, tashabbuskor bo‘lishi kerak Forobiy baxtsaodatga ilmma’rifat orqali erishiladi, chunki u olamning moxiyati, mazmuni xaqida to‘liq mukammal bilim, kasbhunar egallash uchun muximdir, deb ta’kidlaydi.

Forobiy insonning kamolotga erishuvida ta’limtarbiya nihoyatda zarurligini ko‘rsatib o‘tadi. U insonning ma’naviy xayotida onglilik va axloqiylikka e’tibor beradi. Forobiy inson axloqi uning faoliyatini belgilashda mezondir, ya’ni insonning ma’naviy boyligi, mazmuni uning axloqiy xarakatlarida namoyon bo‘ladi, deb xisoblaydi.

Forobiy «Baxtsaodatga erishuv haqida»gi risolasida inson guzallikni samarali idrok etishi uchun unda nozik tabiat va aqliy mukammallik zamini bo‘lishi keraq hissiy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lgan insongina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Inson aqlidroki tufayli hakikiy insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida guzallik va mukammallikni kashf etadi, deb o‘qtiradi. Forobiy odamlarni ilm bilan, san’at bilan shug‘ullanishga da’vat etadi va shu tufayli go‘zal narsalar tushunarli narsaga aylanadi, deb ko‘rsatadi.

Forobiy insonning o‘zo‘zini tarbiyalashida, uni estetik rivojlanishida nazm va musiqa san’atining o‘rnini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, san’atning barcha turlari birbiridan farq qiladi: nazm san’ati so‘z bilan, tasviriy san’at esa buyoqlar bilan ish ko‘radi, lekin ular insonga bir xil ta’­sir ko‘rsatadi. U Arastu izidan borib bu san’atlarning har ikkalasi taqlid qilish yordamida kishi­larning tasavvuriga va xissiyotiga ta’sir ko‘rsatishini maqsad qilib qo‘yadi, deb ta’kidlaydi.

Forobiyning fikricha, san’at insonda go‘zal es­tetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. SHu bois mutafakkir inson oldiga aloxida talablar qo‘yadi. U mazkur risolasida ta’limtarbiya masalalariga aloxida tuxtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini xamda ularning san’atni egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalash — tarbiyachilarning muqaddas vazifasi ekanligini ko‘rsatib beradi.

Forobiy insoniy sifatlarning barchasini odamlar va narsalar go‘zalligi tarzida baholab, ularni maksadga muvofiqlik va foydalilik tomonlari bilan uzviy bog‘laydi. U «SHe’r san’ati haqida» degan risolasida badiiy faoliyatni o‘ziga xos tarzda voeqelikka taqlid qilishga qiyos etib, musavvirlik va she’riyat birbiridan so‘z va bo‘yoq vositalarida ifodalanishi bilan farqlangan xolda, odamlar tasavvurlariga takdid orkali ta’sir utkazishni maksad qilib qo‘yadi, deydi. Bu ta’sir kuchi tasavvur deyiladi amda u tuyg‘u va aqdidrok oraligida turadi.

Ulug‘ uzbek mutafakkir olimi, o‘rta asr ilmfani va madaniyatining buyuk vakillaridan biri Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al Beruniy (973—1048 y.y.) ilmiy merosida il yurt axloqiy fikrlar yanada rivojlantirildi.

Beruniy ta’limotida axloqning moxiyati kishi­larning turmush tarzi bilan bog‘lab qaraladi. Boshqacha aytganda, Beruniy axloqning mazmunini ijtimoiy xodisalar, kishilarning moddiy extiyoji va manfaatlari bilan bog‘lagan xolda tushuntirishga xarakat qiladi. Uning fikricha, inson ongga ega bo‘lganligi, tafakkur qudrati soxibi sifatida unga mamlakatni obod qilishga va tartibot o‘rnatish buyurilgan. SHuning uchun u o‘z asarlarida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ab qiladi.

Beruniyning axloqiy ta’limotida rostguylik bi­lan adolat bir xil qiymatga ega bo‘lgan tushunchalar sifatida qaraladi. YOlgonchilik yovuzlik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi, zulm, omonatga xiyonat qilish xalqning buzilishiga sabab bo‘lib, yomon xulqlar sanaladi. Inson o‘zining dunyosini tarbiyalab borib, nafsini yomon xulqlardan tozalab, axloqiy davolash bilan kamolotga erishadi va salbiy xulqlardan xoli bo‘ladi. Xulqni yangilash insonning o‘ziga boshiq bulsada, sharoit bilan xam belgilanadi.

Beruniy insonning baxti bilim va ma’rifatda, deb biladi. U insonning ezguligi va uning olijanob axloqiy fazilatlarini mad etish bilan birga insondagi salbiy illatlarni qoralaydi. U xayotning ma’nosi masalasida ijodiy mehnat va yaxshilikni asos, deb hisoblaydi. Mehnat xayotda iz qoldiradi, uning mevasidan avlodlar foydalanadi. SHu bi­lan birga u zo‘ravonlik majburiy mehnatni qoralaydi, erkin mehnatni sharaflaydi.

Abu Rayon Beruniy nafosat haqidagi qarashlarida voqia-hodisalarning o‘zaro bog‘likligi va aloqadorlik manbai hamoanglik va uytunlikdir, deb ko‘rsatadi. Beruniy har qanday harakat va undan hosil bo‘ladigan natijalar moddaga taalluqdidir, uning o‘zi narsalar, voqea hodisalarni birbiriga bog‘laydi va ular shakllarini o‘zgartirib turadi, demak birlamchi moddaning o‘zi esa yaratuvchiga muhtojdir, degan fikrni ilgari suradi.

Beruniy estetik qarashlarda nafosatning tabiiy asosi sifatida amal qiladigan amoanglik ayrim hodisalarga amal qiladigan etilgan bo‘lib, guzalik tabiat va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholangan. Uning fikricha, hech nimaga muhtoj bo‘lmagan narsalarni etuq mukam­mal deyish mumkin.

Axloqiy ta’limotlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.y.) edi. Ibn Sinoning axloqiy ta’limoti Beruniyniki singari Forobiy qarashlari ta’sirida shakllandi va rivojlandi.

Ibn Sinoning ijodiy faoliyatida axloqiy masalalar katta o‘rin egallaydi. Bu muammolarga muallim o‘zining «Axloq», «Axloq fani», «Oila qurilishi» va boshka asarlarida katta o‘rin beradi. Uning axloqiy ta’limoti ijtimoiysiyosiy va falsafiy g‘oyalardan kelib chiqdi. Ibn Sinoning fikricha, axloqshunoslik yaxshilikni yomonlikdan ajratadigan va kishining baxtli bo‘lishi uchun sharoit ta’minlab beradigan fandir. U axloq kategoriyasiga yaxshilik va yomonlik ajratilgan va kishining baxtli bo‘lishi uchun sharoit ta’minlab beriladigan fandir.

Insoniy adolat inson xattixarakatining eng muxim bezagidir. Uningcha, adolat ruxiy lazzatning bosh o‘lchovidir. Adolat odamning ruhiy lazzatining bash o‘lchovidir. Adolat odamning uch istagi sabr, sabr, jasurlik donolik bilan paydo bo‘ladi. Agar in­son bu fazilatga ega bo‘lsa, u o‘zini saklay oladi, yaxshilikni o‘zida mustaxkamlab, xaqiqiy ruxiy lazzatga erishadi. Demak adolat yaxshilik bi­lan yomonlikning mezoni.

Ibn Sino insonning yaxshi axloqiy fazilatlariga kishilarning yomon xulq va xatti-xarakatlarini qarshi qo‘yadi. U insonning salbiy nuqsonlariga aldash, nafrat, zaiflik, adovat, o‘ch olish, bo‘xton, irodasizlik kabi yomon xislatlarni kiritadi. Mu­tafakkir insonning nuqsonlaridan biri ishiga qarama-qarshi bo‘lgan joxillikdir, deb ta’kidlay­di. Bu bilan xudbinlik va munofiqlikni qoralaydi, xaqiqiy do‘stlarni soxta do‘stlardan farqlashga chakiradi. «YAxshi do‘st, deydi u, kishining xamma yaxshi va yomon sifatlarini aks ettiruvchi oynadir. YAxshi do‘st o‘z vaqtida butun nuqsonlarni ko‘rsatadi, maslaxat va xatti-xarakati bilan bu kamchiliklarni yuqrtishta yordam beradi. Rostguylik sadoqat, pok muhabbat, iroda makr, yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi, ikkiyuzlamachilik faqat o‘z foydasini ko‘zlab do‘stlashish yomonlikdir».

Ibn Sino axloqiy ta’limotining muhim tomonlaridan biri bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasidir. U tarbiya kishilarning axloqiy fazilatlari rivojlanishida muhim rol o‘ynashini alohida ta’kidab, tarbiyaning asosiy maqsadi bolaga yaxshi axloqiy fazilatlarni singdirishdan iboratdir, deb isoblaydi. Uning fikricha, axloqiy tarbiyada jamoaning roli kattadir.

Ibn Sino yosh avlodni tarbiyalash oila va davlatning muxim vazifasi, jamiyat taraqqiyoti, jamiyatning xujalik va madaniy yutuqlari bevosita ma’lumotli, madaniyatli kishilarning o‘sishiga bog‘liq deb e’tirof etadi, «barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir» deb ta’lim beradi. «Mukammallik» atamasida u insonning ichki go‘zalligi va ezgulikka intilishini ifodalaydi.

Ibn Sino «Musiqa bilimiga oid to‘plam» asari birinchi maqola muqaddimasida tovushning sezgi organlariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish nafratlanish xissining paydo bo‘lishi kabi masalalarga tuxtaydi.

Unda musiqaning kishi xayotiga kanchalik zarurligi va uning paydo bo‘lishi sabablari haqida muloxaza yuritiladi. CHunki inson tabiati yoqimli narsalar orqali engil tortadi, orom oladi, aksincha og‘ir tortadi, orom yo‘qrladi, nafrat qo‘zgaladi.

XI asrning buyuk mutafakkiri YUsuf Xos Xojibning axloqiy qarashlari uning ijtimoiysiyosiy, diniy va boshqa g‘oyalarining negizini tashkil eta­di. Mutafakkir fikricha, odam kimligidan (xokim yoki oddiy kishi bo‘lishidan) katiy nazar inson bo‘lishi lozim, chunki dunyoda faqat insoniylikkina abadulabad krladi. SHu sababli uz nomining xamisha yaxshilik bilan eslanishini istagan kishi faqat yaxshilik qilishi lozim. Mutafakkir insoniylik deganda olijanob fazilatlarga ega axloqiy barkamollikni nazarda tutadi. Zero, axloqiy kamolot insonning butun xayoti va faoliyatining birlamchi asosidir. U jumladan, shunday deb yozgan edi: «Kimning odobi yaxshi va axloqi tug‘ri bo‘lsa, u kishi maqsadiga etadi va baht unga kulib boqddi», chunki «yaxshi axloq jamiki yaxshiliklarning zaminidir».

YUsuf Xos Xojibning fikricha, uzini kamtarona, muruvvatli qilib tutadigan kishigagina baxt kulib boqadi. Kalondimog‘, manmanlikka berilgan, maqtanchoq kishidan hamma yuz o‘giradi, bunday yomon xislatlar yaxshi odobli kishilarni o‘zidan yiroqlashtiradi. Xaqiqiy inson bulg‘usi avlodlar uni yuksak axloq-odobli kishi deb eslashlari uchun, o‘zi­dan keyin yaxshi nom qolishiga xamisha xarakat qishadi. SHu sababli deb ta’lim beradi u, agar kishi obru-e’tiborli bo‘lishni istasa, uning ko‘ngli ochiq, kiyofasi va so‘zlari ma’noli xamda yoqimli bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir inson kamolotga etishi uchun mazkur xislatlardan tashqari yana sabotli, chidamli va sabr-toqatli bo‘lishi darkorligini ta’kidlaydi. Inson xar taraflama layoqatli bo‘lishi zarur, ana o‘shandagina uning uchun xayot yanada yaxshiroq va xushchakchakroq bo‘ladi, baxt unga xamisha yor bo‘ladi.

YUsuf Xos Xojib oilaviy tarbiya — bolalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishda eng aso­shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan va tartibga soladigan muayyan xulqatvor, odob, xatti-xarakat tamoyillari va me’yorlarining majmuidir.

Axloq jamiyat va insonni o‘ziga xos tarzda go‘zallik qonuniyatlari vositasi bilan o‘rganuvchi eng qadimiy va xozirgi zamonda nihoyatda muxim axamiyatga ega fandir. SHu boisdan u doimo dono va iste’dodli kishilarning bahsiga sazovor bo‘lib, xamisha odamlarning diqqat e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. «SHarq Arastusi» nomi bilan mashxur bulgan buyuk olim Abu Nasr Forobiy «Axloq — o‘z muvozanatini yo‘qotganning xulqini tartibga keltiradi, mukamallikka etmagan xulqni mukammal kiladi va muvozanati buzilgan xulqning muvozana­tini sakdab qoladi. Bu ilm tananing salomatligi uchun xam foydalidir» — degan edi.

Dastlab axloq tushuncha sifatida SHarq mamlakatlarida vujudga kelgan. Ilk axloq tushunchasi kddimgi Misrda paydo bo‘lgan.

Qadimgi Xitoyda xam axloqiy fikrlarning taraqqty etganligini ko‘ramiz. Masalan, kadimgi Xitoy mehnat aholining ma’naviy hayoti va yuksak axloqi haqida «SHutszin» («Qushiqlar») kitobida ajoyib naqlar to‘plangan.

Kishilik jamiyatining butun taraqqiyoti davomida insonlar komillikka intilib yashaganlar va yashab kelmoqdalar. Insonning komillikka intilishi borasida fikr yuritar ekanmiz, bu erda inson­ning axloqi to‘g‘risida oz bo‘lsada mushoada qilmaslikning iloji yo‘q. Binobarin, axloq asosini insonning muayyan talab va extiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining yuqori darajalik xususiyati ana shu talab va extiyoj tabiatining qaysi darajadaligi bilan belgilanadi.

Talab va ehtiyoj — murakkab, ko‘p qirrali xodisadir. Insonning talab etiyojlarining kelib chiqishi va shakllanishi sabablari ijtimoiy taraqqiyot bilan bevosita bog‘likdir. Muayyan talab va extiyoj bo‘lmasa, inson axloqining ham muay­yan shakli vujudga kelmaydi. Talab etiyojlar in­sonni axloqa undaydi, axloq esa yangi-yangi ta­siy omil ekanligini, mabodo bolalarning xulq-atvori yomon bo‘lsa, bunga bola emas, ota aybdor ekanligini, ota o‘z farzandini aqilli va fahmli qilib tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u bolani doimo diqqat-e’tibor ostida tutishi lozimligini ta’kidlaydi. Mutafakkir o‘z bolalarini ortiqcha erkalatib, bu bilan ularning kelgusida noloyiq xatti-harakatlar qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdor bo‘ladigan ota-onalarni qattiq qoralaydi va kimki o‘g‘il yoki qizini taltaytirib yuborgan bo‘lsa, buning uchun u oxiri qattiq yig‘lashini aytadi.



Mutafakkirning fikricha, bolalarni hunar va bilimga o‘rgatish ularning axloq-odobini tarbiyalashning asosidir. SHuning uchun ham otaning eng birinchi burchi o‘z bolasiga zarur bilimni berish va uni hunarga o‘rgatishdir. U bola odobli bo‘lishi, uy vazifalarini sarishtalik bilan o‘z vaqtida bajarishi uchun uni go‘dakligidanoq tarbiyalamoq lozim, deb ta’kidlaydi.

YUsuf Xos Xojibning bunday qarashlari o‘z davri odobnomasi, axloqiy karashlarining yorqin namunasi sifatida O‘rta Osiyoda ilg‘or fikrlarning rivojlanishida katta rol o‘ynagan.
Download 49.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling