2-mavzu qo’shilgan qiymat solig’Ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda tutgan o’rni
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
ҚҚС
104
QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I Qo’shilgan qiymat solig’ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda tutgan o’rni O’zbekiston Respublikasida qo’shilgan qiymat solig’i 1992 yilda joriy etilgan bo’lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo’lib 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi qonun va unga muvofiq ishlab chiqilgan 1992 yil 30 martdagi «Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lash tartibi to’g’risidagi» yo’riqnoma hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga muvofiq 1992 yilda dastlab qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 30 % miqdorida belgilangan. Qo’shilgan qiymat solig’ining ob’ektiv zarurligini davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish bilan ifodalash mumkin.Mamlakatimizda xilma xil mulk shakllarining paydo bo’lishi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ular faoliyatiga aralashuvi faqat qonun yo’li bilan ya’ni soliqlar jumladan, qo’shilgan qiymat solig’i orqali bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning yangi vazifalari paydo bo’ladi. Bu vazifalarga mamlakatimizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo’jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy chora tadbirlarini amalga oshirish uchun nafaqaxo’rlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqlarni ko’proq mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarini davlat hisobidan amalga oshiradi, kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatimiz jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlashga, harbiy texnikaga ham mablag’lar sarflaydi. Davlat fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, mamlakatda tartib intizom o’rnatish, uni boshqarish funkstiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga 105
oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni, jumladan qo’shilgan qiymat solig’ini ob’ektiv zarur qilib qo’yadi. Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling