2-mavzu. Raqamli turizm va elektron biznes Reja: Elektron biznesning an`anaviy biznes shaklidan farqi


Elektron bozorning an`anaviy bozordan farqlari


Download 46.58 Kb.
bet2/6
Sana27.10.2023
Hajmi46.58 Kb.
#1725973
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Raqamli turizm va elektron biznes Reja Elektron biznes-fayllar.org

Elektron bozorning an`anaviy bozordan farqlari.
Elektron bozor deb, uning ishtirokchilari va axborot strukturalari hamda telekommunikastiya texnologiyalari, tizimlari sharoitida ma`lum qonuniyatlar bilan xarakterlanadigan ishtirokchilar, ularning o`zaro ta`sir jarayonlari majmuasi tushuniladi. Elektron bozor an`anaviy jismoniy bozorga nisbatan ancha mukammal raqobat bilan xarakterlanadi. Elektron bozorda xaridor va sotuvchilarning katta soni ishlaydi, yangi ishtirokchilarning bozorga chiqishiga hech qanday to`siqlar yo`q, barcha ishtirokchilar axborotdan erkin foydalanadi. Sotuvchilar har xil o`lchamdagi, turli geografik rayonlarda joylashgan, elektron biznes vositalarini tadbiq etishning turli bosqichlaridagi kompaniyalar tomonidan e`tiborga havola etilganlar.Jismoniy bozorda katta kompaniyalar afzallikka ega.Chunki ular o`zlarining bozordagi katta o`rni, ulushi sababli iste`molchilarda o`zlarining tovar yoki xizmatlarini ancha sifatli, ancha ishonchli deb qabul qilish tuyg`usini shakllantiradilar.Elektron tijoratda bunday afzallik mavjud emas.Internetni buyuk tarozu ham deyishadi.
Kichik kompaniyalar katta muvaffaqqiyatga erishishlari va yirik kompaniyalar bilan barobar raqobatlashishi mumkin. Axborotdan erkin foydalanish har xil kompaniyalar tovarlari xarakteristikasi va narxini solishtirishi mumkin bo`lgan iste`molchilargagina foydali emas. Axborot texnologiyalari almashinuvlar natijasida topilgan iste`molchilar, ularning didi va ta`bi hakidagi axborotni yig`ish va saqlashga imkon beradi. Iste`molchilarga individual xizmat ko`rsatish yondashuvi amalga oshirilishi mumkin. Bu esa talabning noaniqligining darajasini pasaytiradi va korxonaning bu noaniqlik ta`sirida bo`ladigan zararlarini chetlatadi. Axborotning mavjudligi vaochiqligi xaridorlarga maksimal darajada ma`qul narx qo`yishda sotuvchilarga imkon beradi.
Zamonaviy bozorda faoliyat yurituvchi hamma korxonalarni ularning elektron bozorga bo`lgan munosabatiga ko`ra 3 guruhga ajratish mumkin:
  1. An`anaviy (brick-and-mortar) kompaniyalar - ular real, jismoniy bozorda faoliyat ko`rsatib, ma`lum vaziyatlar majbur qilmasa, elektron bozorga murojaat qilmaydilar.


  2. Aralash (dick-and-brick) korxonalar - ular o`z faoliyatlarining bir qismini internet orqali amalga oshiradilar. Bunday korxonaar faoliyatni ko`rib chiqayotganda elektron biznesning qullanishi ularga nima berishini aniqlash juda muhim.


  3. To`liq elektron (click-only) korxonalar - ular faqat internetda mavjud. Bunda ularning paydo bo`lishi sabablarini va ularning foydani qanday olishlarini tushunish juda muhim.


Elektron biznesda xaridorlar ham o`z xususiyatlariga ega bo`lib, ular an`anaviy jismoniy bozor xaridorlaridan farqqiladi. Intrenetdan foydalanish ma`lum apparat vositalari va ma`lum bir bilim darajasi mavjudligiga bog`lik. Shu sababli, internet foydalanuvchisini real bozorning o`rta darajadagi xaridoridan, umuman olganda, ancha yuqori foyda va bilim darajasi bilan xarakterlanadi. Turli mamlakatlarda ularning profillari va xaridorlik faoliyatining xususiyatlari mavjud. Bu shaxsiy kompyuterlar, aloqa liniyalari taraqqiyoti, mavjud taqsimlash tizimlarining ishonchliligi, milliy xaridor faoliyati xususiyatlariga, keng tarqalganligiv.b. larga bog`liq. Lekin bu milliy va davlat xususiyatlari doimiy yoki o`zgaruvchanmi, elektron biznesning keng tarkalishi va texnologiyaning keyingi mukammallashishi bilan bu holat o`zgaradimi degan savollar ustida uylab ko`rish kerak.


Elektron biznesda xaridorlarni 3 guruhga ajratish mumkin:


  1. An`anaviy yo`nalish tarafdorlari - ular sotib olmoqchi bo`lgan tovarni ko`rish, uni ushlash, sotuvchi bilan muloqot qilish (savdolashish)ni afzal ko`radilar. Bu iste`molchilar ularni ma`lum vaziyatlar majbur qilmasa, o`z xaridlarini elektron muhitda amalga oshirishga moyil emaslar. Bunday vaziyatlar iqtisod qilish (tejash), mavjud ish grafigini o`zgartirish, ijobiy fikr, do`stu-tanishlarning maslahati v. h. bo`lishi mumkin.



  2. Download 46.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling