2-mavzu. Raqamli turizm va elektron biznes Reja: Elektron biznesning an`anaviy biznes shaklidan farqi


Download 67.36 Kb.
bet4/5
Sana13.04.2023
Hajmi67.36 Kb.
#1355361
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Raqamli turizm va elektron biznes (1)

Korxona - iste`molchi andozasining xususiyatlari.
B2C andozadan korxona o`z tovar va xizmatlarni bevosita yakuniy iste`molchiga sotayotganida foydalaniladi. Konsteptual nuqtai nazardan bu andoza oldingiga nisbatan aniqroq va keng omma uchun tushunarliroq, shuning uchun ham hozirda u ommaviy axborot vositalarida eng ko`p tarqalgan. Bu andozadoirasida ishlaydigan yirik korxonalarga misol bo`lib, Ashagop.sosh hisoblanishi mumkin, u dunyo bo`yicha 30 mln.dan ortiq mijozga ega bo`lgan, kitoblarni ulgurji sotuvi bilan shug`ullanuvchi amerika firmasi. O`z faoliyatini kengaytirish jarayonida Amazon.com dunyoning istalgan mamlakatidagi iste`molchilarga tovar yetkazib berishni ta`minlaydigan sotuv tarmog`ining yangi andozasini yaratdi, B2C moshududda to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati va Internetga ulanish masalalarini yechish sharti bilan yirik shaharlar va uzoqroq hududlarda yashovchi iste`molchilar orasida tovar va xizmatlarga yetishishdagi farqni tenglashtirishga imkon beradi.
Umuman olganda, elektron tijorat virtual savdo maydonchasi, deganda shunday joy tushuniladiki, u yerda sotuvchi va xaridor o`rtasida shartnoma tuziladi va moliyaviy oldi - sotti amallari o`tkaziladi. Virtual savdo maydonchalari 3 ko`rinishda bo`ladi.

  1. Xaridor tomonidan tashkil etiladigan(customer-driven);

  2. Sotuvchilar tomonidan tashkil etiladigan (supplier-driven yoki seller

driven);

  1. Uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan (third-party-driven);

U yoki bu ko`rinishdagi elektron tijorat savdo maydonchalarini tashkil etish odatda xaridor va sotuvchilarning shu sohadagi faoliyatiga ta`sir etish darajasi bilan belgilaladi.
Customer - drivenko`rinishdagi maydonchalar bir yoki bir necha yirik kompaniyalar tomonidan tashkil etiladi va ko`pgina tovar buyuruvchilar kompaniyasini jalb etishga qaratilgan. Savdo maydonchalarining bu konstepstiyasi yirik kompaniyalarning sotib olish jarayonini optimallashtirish, buyurtmalarni yetkazib berish tarmo`gi va savdo kontaktlarini kengaytirishga bo`lgan ehtiyojlari bilan bog`lik.
Supplier - drivenko`rinishidagi maydonchalar sotuvchilar tomonidan tashkil qilinib, mijozlar sonini ko`paytirishga va xizmat ko`rsatish yoki mahsulotni sotish bo`yicha xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.
Third - party - drivenko`rinishidagi maydonchalar xaridor va sotuvchilarni uchrashtirish mas`uliyatini oladi. Odatda, bunday maydonchalar biznesning ma`lum sektorida va unda bo`ladigan jarayonlarda yaxshi mo`ljal oladigan tomonidan tashkil qilinadi. Haqiqatda bunday maydoncha tuzuvchi sotuvchi va xaridor o`rtasida o`ziga xos dallol vazifasini o`taydi. Bugungi kunda virtual savdo maydonchalarini tashkil etishning 3 asosiy ko`rinishini ajratib ko`rsatish mumkin: katalog, auksion va birja.
Katalog zamonaviy axborot tizimini katta quvvatli qidiruv imkoniyatlarini solishtirishva mahsulotni bir varakayiga bir necha parametrlar bo`yicha tanlashni, narxni, keltirib berish muddati, kafolati, xizmat ko`rsatish buyicha ma`lumotlar va boshqalarni hisobga olgan holda ishlatishni tashkil qilib beradi. Bu model nisbatan uncha katta bo`lmagan tovarlar bilan tez -tez oldi - sotdi qiladigan kuchli sotuvchi va xaridor fragmentastiyalashini tavsiflovchi tarmoklar uchun afzaldir. Agar ko`pgina oldi - sotdilar mashhur buyurtmachilar tomonidan ma`lum bir qoidalar asosida amalga oshirilsa va xaridorga sotuvchini tanlash uchun ko`p mayda buyurtmachilar takliflari bilan o`rganib chiqish zarurati bo`lganida katalogli model qo`l keladi va nihoyat, bu modelni talab yetarlicha aniq bo`lib narxlar kamdan - kam o`zgarganida qo`llash yaxshi samara beradi.
Auksion (kim oshdi savdosi) - narxlar qayd etilmagan, balki oldi - sotdi jarayonida o`rnatilgandagi savdo maydonchasi tashkiloti model. Bu model nostandart, uz yo`nalishidagi yagona yoki sifati tez buziluvchi mahsulotlar (xizmatlar, tovar) narxini aniqlashga o`z yondashishlari bo`lgan kompaniyalar tomonidan sotib olinganda yoki sotilganida ishlatiladi. Bu guruhga kamyob buyumlar, kapital uskunalar, tovarlar, avval ishlatilgan, zaxiralar va boshqalar kiradi.
Birja shunday savdo maydonchasiki, u yerda narx talab va taklif asosida belgilanadi va buning natijasida kuchli o`zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu model tovar va taklifni vaqtinchalik kelishuvini ta`minlaydi. U talab va taklifni real vaqt davomida kelishish mexanizmini tashkil kilishni, bozor narxini aniqlashni, shu bilan birga ro`yxatta olish jarayoni va oldi-sotdi o`tkazishni talab qiladi. Bu model keng tarqalgan maxsulotlar uchun maqbul hisoblanadi. Birja modeli talab va taklif notekis bo`lgan bozorda o`ziga jalb etadi. U bozor ishtirokchilari uchun ortiqcha yoki yuqori bo`lgan talabni boshqarishga yordam beradi. Shuni ham aytib o`tamizki, birjalar bir qancha holatlarda kompaniyalarga anonim holda oldi - sotdi qilishga imkon beradi, masalan, ovoza bo`lish sotuvchi va xaridor tutgan o`rnining raqobatbardoshligiga halaqit berishi mumkin bo`lgan oblastida u katta ahamiyatga ega. Ko`pincha virtual savdo maydonchalari bir emas, bir necha tashkilot ishlarining ko`rib chiqilgan modellarini baravar ishlatishadi, qachonki, bu holatlarda mijozlar o`zlarining imkoniyatlari darajasida savdo sxemalarini tanlab olishlari mumkin. Virtual savdo maydonchalarining yana bir xarakteristik spesifikasi ularning maxsuslashtirilganligidir. U quyidagicha bo`lishi mumkin:
1. Vertikal - biror bir tarmoq yoki mahsulot turiga mo`ljallangan;
2. Gorizontal (funksional) - ma`lum bir biznes - jarayonlarga mo`ljallangan.

Download 67.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling