2-mavzu: Risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli
Download 1.34 Mb.
|
2-mavzu. Risk nazariyasi va uning sug\'urtadagi roli
Risklarni ehtimol tutilgan natijasiga ko‘ra ikkita katta guruhga ajratish mumkin(sof risklar,sun’iy risklar).Sof risklarga tabiiy, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish va savdo) kiradi.Sun’iy risklar tijorat riskining bir qismi bo‘lgan moliyaviy risklar kiradi. Risklar paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklariga bo‘linadi. Tabiiy risklar tarkibiga zilzila, suv toshqini, bo‘ron, chaqmoq urishi, yong‘in va har xil yuqumli kasalliklarni kiritish mumkin. Atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog‘liq risklar ekologiya risklarini tashkil etadi. Siyosiy risklar bevosita hukumat tomonidan urush holatlarini e’lon qilinishi, harbiy harakatlar, fuqarolar g‘alayonlari, ish tashlashlar, davlat tuzumining o‘zgarishi, qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi natijasida zarar ko‘rishni anglatadi. Siyosiy risklardan farqli ravishda tijorat risklari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziyon ko‘rish xavfini bildiradi.
Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling