2-mavzu. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish. Reja


Download 11.36 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi11.36 Kb.
#1791750
Bog'liq
2-mavzu. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorl-fayllar.org


2-mavzu. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish. Reja

2-mavzu. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish.

Reja:
1.Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning afzaliklari
2. E.G.Churilovaning teatrlashtirilgan faoliyatga oid «Art-fantaziya» dasturi Tayanch tushunchalar: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash, estetik sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli, dramalashtirish, didaktik.
Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning afzaliklari. Bolalar ijodkorligi teatrlashtirilgan faoliyat orqali yuzaga chiqadi va rivojlanadi, u bola shaxsiyatini rivojlantiradi, adabiyot, teatr, musiqaga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, o‘yin jarayonida aniq bir xissiyotni ifoda etish ko‘nikmasini shakllantiradi, fikrlashga, yangi obrazlar yaratishga yo‘naltiradi. Pedagog, psixolog va ota-onalarni o‘ylantirgan bir muammo borki, u ham bo‘lsa ayrim bolalarda ro‘y beradigan qurquv, qo‘zg‘alish, sustkashlik kabi holatlarning paydo bo‘lishi, boshqa bolarda ro‘y beradigan lanjlik, shoshma shosharlik kabi holatlarning baydo bo‘lishidir. Bolalarda ko‘p hollarda o‘zini tuta bilish ko‘nikmalari shakllanmagan, xotira, diqqat va nutq yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bolani hissiy chiniqtirish, siqilgan holatni yo‘qotish, badiiy tafakkur va his qilishni tarbiyalashning eng yaxshi yo‘li – o‘yin, fantaziya va to‘qib chiqarish orqali amalga oshiriladi. Buning barchasini teatrlashtirilgan faoliyat bera oladi. Bolalar ijodiyotining eng ko‘p tarqalgan turi sifatida aynan drammatizatsiya badiiy ijodiyotni bolaning ichki kechinmalari bilan bog‘laydi, chunki teatr bolaning hissiy dunyosiga ta’sir qila olishga ega bo‘lgan katta kuchdir. Shuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarni har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar ijodiy faoliyatining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun tarbiyachi quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:  teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirishga sharoit yaratish (ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sahnadagi ijro jarayonida o‘zini erkin tutish va ijrodan zavqlanish, mimika, intonatsiya, ahamiyatli harakatlar va h.k bilan improvizatsiya qilishga yo‘naltirish va sh.k.);  bolalarni teatr madaniyati bilan tanishtirsh (teatr faoliyati, teatr janrlari, qo‘g‘irchoq teatri ko‘rinishlari va turlari);  teatrlashtirilgan faoliyatni boshqa faoliyat turlari bilan yaxlit pedagogik jarayon sifatida uyg‘unlashtirish;  kattalar va bolalarning birgalikda teatrlashtirilgan faoliyat olib borishlariga sharoit yaratish. 37 Mazkur mezonlarni amalga oshirishda bir qator sharoitlarni yaratish lozim. Bu, birinchi navbatda, barcha talablarga javob bera oladigan ish jarayoni. Bizning fikrimizga ko‘ra, bolalarning teatrlashtirilgan faoliyatini to‘g‘ri tashkil etilishi pedagogik jamoaning mazkur ish yuzasidan kadrlar salohiyatini to‘g‘ri taqsimlanishiga va yo‘nalish, shakl va ish uslublarini to‘g‘ri tanlanishiga yordam beradi. Bu bolalar bilan muloqotning yangi usullarini amalga oshirishga, har bir bolaga individiual yondashishiga, oilalar bilan noan’anaviy tarzda birgalikda ish olib borishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni fikrlovchi va his qiluvchi, sevuvchi va faol inson, har qanday holatda ijodiy faoliyatga tayyor qilib tarbiyalashni asosiy maqsad qilib quyish lozim. «Art-fantaziya» dasturi Shunday talablarga E.G.Churilovaning teatrlashtirilgan faoliyatga oid «Artfantaziya» dasturi javob beradi. Ona ne predpolagaet bukvalnogo vыpolneniya. U kattalarni (pedagog, ota-onalarni) mazkur dasturdan foydalangan holda bolaning olamni his qilishi va o‘zini tutishida estetik tizimlarni faollashtirib, yangi sharoitlar yaratishga yo‘naltiradi.
«Art - fantaziya» dasturi besh qismdan iborat bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasasining katta va o‘rta guruh tarbiyalanuvchilari bilan dastur asosida ikki yil davomida ish olib borilmoqda.
1. «Teatrlashtirilgan o‘yin» - bolalar tomonidan faqatgina bilim va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lmay, balki o‘yin faoliyatini, estetik his, har qanday ishga ijodiy yondoshish, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan turli holatlarda muloqotga kirisha olishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu bo‘limning barcha o‘yinlari shartli ravishda ikki turga bo‘linadi: umumrivojlantiruvchi o‘inlar va maxsus teatrlashtirilgan o‘yinlar.
2. «Ritmoplastika» - bolalarning tabiiy psixomotorik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi, atrof-olam va jism o‘rtasidagi uyg‘unlikni his qiluvchi, tana harakati erkinligini rivojlantiruvchi ritmik, musiqiy, plastik o‘yin va mashqlar majmuasini o‘z ichiga qamrab oladi.
3. «Nutq texnikasi va madaniyati» - intonatsiya, mantiqiy nutq va orfoepiya, diksiya, to‘gri artikulyatsiya qoidalarini bilishi, to‘gri nafas olish va erkin nutq kunikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘yin va mashqlarni birgalikda olib borish. Aynan shu bo‘limga nutq shakllarini, badiiy fantaziya, kichik ertak va hikoyalar, sodda sherlar tuzish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi so‘z o‘yinlari qo‘shilgan. Shunday qilib, barcha mashqlarni uch turga ajratish mumkin:
-nafas va artikulyatsion mashqlar;
- diksion i intonatsion mashqlar;
-so‘z bilan ijodiy o‘yinlar.
4. «Teatrlashtirilgan madaniyat» - bolalarning teatr san’atiga oid boshlang‘ich kasbiy terminlari haqida ma’lumot va tushunchaga ega bo‘lishi. Bo‘limga quyidagi asosiy mavzular kiritilgan: «Teatr san’ati xususiyatlari», «Teatr san’ati turlari», «Asarning tug‘ilishi», «Teatrning ichki va tashqi dunyosi», «Tomoshabin madaniyati».
5. «Sahna asarini tayyorlash» - mualliflik asarlarini asoslab, o‘z ichiga quyidagi mavzularni qamrab oladi: «Asar bilan tanishish», «Kichik ko‘rinishlardan sahna asarigacha».
E.G.Churilova faoliyat turlari bo‘yicha umumiy dasturiy vazifalarni quyidagicha shakllantiradi: 1) Kognitiv qiziqishni faollashtirish. 2) Suhbat olib borishga, sahnadagi hamkorini o‘zi tanlashga, berilgan so‘zlarga ta’riflar tanlashga, asosiy his-tuyg‘ularni ifodalashda intonatsiyadan foydalanishga o‘rgatadi. 3) Teatrda o‘zini tutish madaniyati, tengdoshlariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish va ular bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish ko‘nikmalarini tarbiyalash. 4) Ko‘rish va eshitish diqqati, xotira, topqirlik, kuzatuvchanlik, fantaziya, tasavvur, tasviriy fikrlash, buyruqlar yoki musiqa signaliga qarab harakatlanish qobiliyati, boshqa bolalar bilan kelishilgan holda harakatlanish, turli vaziyatlarda 39 insonlar bilan aloqa qilish qobiliyati, sahna san’atiga qiziqish, har qanday hayoliy vaziyatga chin dildan ishonish (o‘zgarish va o‘zgartirish), tasavvurdagi jismlar bilan harakatlanish ko‘nikmasi, ritm va harakatlarni muvofiqlashtirish, plastik ta’sirlilik va musiqiylik, bolaning harakat qobiliyatlari, chaqqonlik va harakatchanlik, boshqa ijrochilar bilan to‘qnashmagan holda sahnada to‘g‘ri harakatlanish, turli plastik harakatlar yordamida tirik mavjudotlar obrazini yarata olishni bilish, turli qo‘l harakatlaridan foydalanishni bilish, musiqiy asarlarning xarakter va kayfiyatini, tug‘ri artikulyatsiya va nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish, tez aytish va sherlar orqali diksiyani erkin plastik improvizatsiyalarda yetakazib bera olishni rivojlantirish. 5) Bolalarni teatr terminlari, teatr san’ati turlari, sahna asari yaratuvchilari (teatr san’atining bosh ijodkorlari), tomosha zali va sahna bilan tanishtirish. 6) Asosiy mushaklar guruhi bilan ishlashni bilish. 7) So‘z lug‘atini boyitish. 8) Cheklanganlik va qo‘rslikni olib tashlash. 9) Ertaklar asosida etyudlar o‘ylab topish. 10) Bolalarga ma’lum ertak mavzulari asosida dramatizatsiyalashgan o‘yinlarni improvizatsiya qilish. «Art-fantaziya» dasturida tavsiya etilgan ko‘nikma va malakalar:  Kelishilgan holda yakka tartibda yeki ketma-ketlikda harakatlanishiga tayyorlik;  har bir bolaning tashqi ko‘rinishini eslab qolish va tasvirlab berish;  5-8 artikulyatsion mashqlarni bilish;  to‘liq bir yengillik uchun turli mushak to‘qimalari bilan ishlashni bilish; qisqa nafas olish va uzun nafas chiqarish, nutq o‘rtasida nafas chiqarmaslik; tez aytishlarni turli tezlikda, pichirlab va ovozsiz aytish; bitta jumla yoki tez aytishni turli intonatsiyalarda aytish; dialogik sheriy matnni so‘zlarni to‘g‘ri va aniq qo‘llagan holda kerakli intonatsiyada ifodali tarzda yoddan aytib berish; berilgan so‘zlar asosida gap tuzish; sodda dialoglar tuzish, ertaklar asosida etyudlar o‘ylab topish. 40 Tarbiyachi-pedagog katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan ishlash jarayonida quyidagilarni bilishi lozim:  fikrlash jarayoni va bilishga qiziqish, assotsiativ va majoziy fikrlashni kuchaytirish;  sahna san’atiga ta’sirchanlik, ixtiyoriy diqqat, xotira, kuzatuvchanlik, topqirlik, fantaziya, fikr tezligi, tashabbuskorlik va topqirlik, o‘zini harakatlarini sahnadagi sheriklari bilan kelishish, o‘zaro fikr almasha olish va turli holatlarda kattalar bilan muloqotga kirisha olish, jismlarga, sahnadagi sheriklariga va harakat joyiga nisbatan munosabatini o‘zgartirish; o‘zgarish va o‘zgartirish, o‘zining harakatlarini hayoliy sabablar bilan oqlay olish, bir harakatni turli holatlarda tirli hilda bajara olish, tana harakatlarini boshqara olish, to‘liq bir yengillik uchun turli mushak to‘qimalari bilan ishlashni rivojlantirish;  bolalarni ijodkorlikka, tengdoshlariga bilan yaxshi munosabatda bo‘lish va ular bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish ko‘nikmalarini tarbiyalash.  buyruqlar yoki musiqa signaliga qarab harakatlanish qobiliyatini mustahkamlash;  muloyim xatti-harakatlar qilish ko‘nikmalarini singdirish;  boshqa bolalar harakatlarini baholash va ularni o‘zining harakatlari bilan solishtirish;  bolalarni sahnada tabiiy xarakatlanishga o‘rgatish, tarbiyachi tomonidan berilgan yoki o‘ylab topilgan syujetlar asosida mustaqil etyudlar, emotsiyalar, harakatlar o‘ylab topish, sahnadagi hamkorlari harakatlariga yetarlicha e’tibor berishga o‘rgatish;  bolalarning motorik qobiliyatlari, moslashuvchanlik va chidamlilik, xayoliy narsalar bilan ishlash qobiliyatini oshirish;  dramatizatsiya o‘yinlarini bolalarga ma’lum ertaklar asosida dramma, balet, oper kabi improvizatsiya qilish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan faoliyat kunning istalgan vaqtida musiqa, tasviriy san’at va boshqa mashg‘ulotlar davomida, shuningdek ona 41 tili, atrof-olam kabi haftalik mashg‘ulotlarga singdirilgan holda tashkil etilishi mumkin. Har bir tarbiyalanuvchiga individual yondoshish maqsadida teatrlashtirilgan faoliyatning barcha turlarini tashkillashtirishda kichik guruhlar shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Mashg‘ulotdan kelib chiqqan holda kichik guruhlar har gal har hil shakllanishi lozim bo‘ladi.
http://fayllar.org
Download 11.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling