2-mavzu. Sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi. Sanoatda fan-texnika taraqqiyoti Seminar rejasi
Download 57.5 Kb.
|
2-mavzu. Sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy sama
2-MAVZU. Sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi. Sanoatda fan-texnika taraqqiyoti Seminar rejasi: 1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va mezoni. 2. Iqtisodiy samaradorlikni tavsiflovchi ko’rsatkichlar. 3. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati 4. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari 5. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash. Iqtisodiyot - cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog’liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizim. Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to’rtinchilari esa qo’shimcha mahsulot deb ko’rsatadilar. Biz hozir bu yerda fikrlarning qaysi biri to’g’ri ekanligi haqida batafsil to’xtolmaymiz, lekin shuni aytish kerakki, ko’pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko’rsatkichi olingan foydaning harajatlarga nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi, deb tan olinadi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p qirrali masala bo’lib, bu aytilgan birgina asosiy ko’rsatkichda, uni to’la ravishda har tomonlama ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulot ning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: MU = M/V . Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga, ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko’rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini - KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini - K, mahsulot ni - M, yalpi daromadni -YaD bilan, foydani - F bilan belgilasak, quyidagi formulalar hosil bo’ladi:KU = M/K ; KU = YaD/K ; KU = F/K .Samaradorlikni aniqlashda bu ko’rsatkichlardan tashqari mahsulot ning mehnat sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi, degan ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulot ning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi: 1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo’llash. 2. Ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperasiyalash. 3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini o’zgartirish. 4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish. 5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish. 6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash. Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti omili hozirgi kunda respublikamiz uchun dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika taraqqiyotining evolyusion va revolyusion shakllari farqlanadi. Evolyusion shaklda rivojlanish deganda, FTTning mavjud texnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizasiyalash asosida rivojlanishi tushuniladi. Revolyusion shaklda rivojlanishi deganda esa, fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o’zgarishlar bo’lib, texnikaning eng so’nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qo’llash, prinsipial yangi texnologik tizimga o’tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shaklda rivojlanishi yuksak samara beradi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respubpikasining Prezidenti I.A.Karimov o’zining asarlarida iqtisodiyetning barcha tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuklari bilan qayta qurollantirish lozimligini ta’kidlamoqda. Shuning uchun eng avvalo texnika taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ishlab chiqarishning hamma sohalarini yangi, unumdor, arzon texnika bilan ta’minlovchi mashinasozlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratmoq lozimdir. Hozirgi davrning eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri – bu milliy iqtisodiyotning barcha sohalarda chuqur keskin o’zgarishlar hosil qilayotgan fan va texnikaning shiddatli rivojidir. Fzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish» komissiyasining 1997 yil 5 – iyunida bo’lib o’tgan majlisida shunday degan edi: «Fan – bu taraqqiyotni anglatadi. Ilm-fanni rivojlantirmay Vatan kelajagi to’g’risida gapirish qiyin». • Fan-texnika taraqqiyoti – bu juda murakkab va ko’p qirrali jarayondir. U ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o’z ichiga oladi. Shu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi. • Texnika taraqqiyotining asosini fan, ilmiy bilimlar tashkil etadi. • Fan – bu inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqyea- hodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo’lga solinadi. Fan ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir. • Texnika – bu eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda esa u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig’insidir. U ishlab chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi. • Texnologiya (yunoncha “techue“ – san’at, mahorat, uddalash va …logiya) – ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o’zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir. Biz bilamizki, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida fan- texnika taraqqiyotining uchta asosiy yo’nalishidan foydalanish mumkin ekan: • a) an’anaviy yo’nalish; • b) zamonaviy yo’nalish; • v) istiqbolli, ustuvorlik yo’nalish kabilar. Ushbu yunadishlardan istikbolli, ustuvor yo’nalishlarga quyidagilar kiradi: • elektronizasiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy informatikani ko’paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to’la axborotlashtirish, fundamental fanlar bo’yicha izlanishlarni kuchaytirish; • yangi, ilg’or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; • texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg’ilarning, xomashyo va materiallarning eng yangi turlarini yaratish; • mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni modernizasiyalash kiradi. Innovasiya – iqtisodiyotga mablag’ solish jarayoni. Yangilikni joriy etish: birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag’lar bo’lsa; ikkinchidan esa, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari natijalari bo’lgan yangi texnika va texnologiya. Ixtirochilikning rivojlanishi, biror yo’nalishdagi yirik ixtiro va kashfiyotlar maydonga kelishi innovasiyaning muhim omillari hisoblanadi.Mexanizasiyalash – bu qo’l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishdir. U ikki xil bo’ladi: a) kichik mexanizasiyalash; b) kompleks mexanizasiyalash. U ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga zamin tayyorlaydi. Ximiyalashtirish – bu ishlab chiqarishning hamma sohalarida ximiya fanining barcha yutuqlaridan keng foydalanish. Ishlab chiqarishning barcha jarayonlariga ximik materiallarni, xomashyo va materiallarni qayta ishlashning ximik usullarini joriy etishdash iboratdir. Ximiyalashtirish yordami bilan oldindan belgilangan xususiyatli xomashyo materiallarni tayyorlash mumkin. Masalan, bo’yoq va laklar, sintetik kauchuk, sintetik tola, plastmassalar va h.k. Samaradorlikni baxolashda Yangi texnika va texnologiyani joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligni aniqlash kerak bo’ladi. Shu sababli yangi texnika va texnologiyani joriy etish asosida xalq xo’jaligida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori ko’rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.FTT tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi grasmiy hujjatlar, ya’ni metodik qo’llanmalarda izohlabberilgan. Bular: • kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo’yicha Namunali (Tipovaya) metodika; • xalq xo’jaligida yangi texnika, ixtirochilik va rasionalizatorlik tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; • korxonalar va ishalb chiqarish birlashmalari boshqaruvining avtomatlashtirilgan sistemasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi; • boshqaruvning kompyuterlashtirilgan tizimining samaradorligini aniqlash metodikasi; • mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo’yicha tadbir-choralarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; • atrof-muhitni muhofaza etish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik metodika. Ilmiy-texnikaviy tadbirlarning ko’p yillik tajribalariga asoslangan turli ko’rsatkichlar, jumladan, mashina va texnikaviy vositalarni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish natijasida erishiladigan yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi: Ý=[31•â - 32•Ï]À2• S • Bu yerda: 31 va 32 – mavjud va yangi texnika yordamida mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlari (keltirilgan xarajatlar); Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling