2-Mavzu Sanoat korxonalarining rivojlanish strategiyasini shakllantirish
Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar
Download 127.72 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalashtirish tamoyillari
Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar:
• maqsadni belgilash; • korxona faoliyatining turli xil yo‘nalishlari, iqtisodiyot va aholi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofikligini asoslab berish; • zarur moddiy-texnika asosini shakllantirish; • moliyalashtirish manbalarini aniqlash; • yakuniy natijalarning ijobiy bo‘lishiga erishish. Rejalashtirish tamoyillari: • ilmiylik tamoyili; • majmuaviylik tamoyili; • proporsionallik tamoyili; • uzluksizlik tamoyili; • optimallik tamoyili; • moslashuvchanlik tamoyili. Rejalashtirish turlari: • strategik rejalashtirish (10-15); • uzoq muddatli rejalashtirish (3-5); • qisqa muddatli rejalashtirish (1-3); • joriy rejalashtirish (choraklar). Rejalashtirish boshqarish jarayoni sifatida o‘z texnologiyasiga ega bo‘lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarning turi, kattaligi va muddatiga ko‘ra aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalarni bajarishda quyidagi omillar xisobga olinadi: • ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi; • xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi; • moliyaviy resurslar; • aylanma mablag‘lar mavjudligi va unga bo‘lgan extiyojlar; • ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi; • mahsulotni sotish kanallari. Rejalashtirish quyidagi talablarga javob bergan takdirdagina samarali va ishonchli xisoblanadi: • rejalashtirishning xar bir elementi va bosqichi kat’iy ravishda asoslab berilishi; • rejadagi vazifaning aniq va o‘z vaqtida bajarilishi, ya’ni rejaning adresliligi; • reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda xisobga olish, nazorat qilish va unga zarur xollarda o‘zgartirishlar kiritish; • ichki va tashki muxitdagi o‘zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro‘y bergan o‘zgarishlarga mos ravishda o‘z vaqtida qayta tashkil qilish; • fan-texnika taraqqiyoti va xo‘jalik yuritishning ilg‘or tajribalariga tayanish. Rejalashtirishning xar bir turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kuyidagilardir: • belgilangan rejalashtirish oralig‘ining aniqligi; • integratsiya va differensiatsiya darajasi, shuningdek, rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlar miqdori; • ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini xisob-kitob qilish darajasining aniqligi; • rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o‘rtasidagi majburiyatlarni taksimlash tartibi. Download 127.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling