2-mavzu: sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar struktura(tuzilma) siyosati, uning mohiyati va ahamiyati
Download 194.51 Kb. Pdf ko'rish
|
2-мавзу 9ff07a40fe4e83e40de0fd915b32ed23
№ Kompleks tarmoqlari Kompleks tarmoqqa kiruvchi tarmoqlar soni 1 Elektroenergetika sanoati 3 2 Ko’mir sanoati 2 3 Gaz sanoati 2 4 Neftь va neftni qayta ishlash 2 5 Qora metallurgiya 2 6 Rangli metallurgiya 4 7 Mashinasozlik va metallni qayta ishlash 40 8 Kimyo va neftь-kimyo sanoati 12 9 O’rmonsozlik, yog’ochni qayta ishlash va qog’oz sanoati 3 10 Qurilish materiallari sanoati 14
11 Oyna va chinni-fayans sanoati 2 12
Mikrobiologiya sanoati 12
13 Meditsina (farmatsevtika) sanoati 3 14
Poligrafiya 1 15 Engil sanoat 18
16 Oziq-ovqat sanoati 22 17
Un, yorma va yem sanoati 3 18 Qolgan tarmoqlar 21
3. Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoklar o’rtasidagi nisbatlar va o’zaro bog’liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi xamda unda yuz bergan va yuz beradigan o’zgarishlarni aks ettiradi. Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin: • ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini; • mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini; • sanoat va butun xalk xo’jaligining ilmiy-texnika salohiyatini; • mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini; • sanoat tarmog’ining «A» guruhi bilan «B» guruhi o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqadorligini; • ijtimoiy mexnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini; • mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o’sganligini. Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o’rtasidagi ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab olish kerak. Bu muammoni xal etish uchun bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr ichidagi tuzilmaviy o’zgarishlarni, uchinchisi esa, ishlab chiqarish aloqalarini ifodalaydi. Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: - mustaqil sanoat tarmoklarining soni; - tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog’i; - tarmoq rivojining sur’ati; - tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti. Mustaqil sanoat tarmoklarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi. Tarmoq strukturasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi, ishchilar soni va asosiy fondlar kiymatidagi salmog’i ko’rsatkichlari bilan o’lchanadi. Tarmoqning rivojlanish sur’atini quyidagicha ifodalash mumkin: S=100*P/X Bu yerda: S — tarmoqning rivojlanish sur’ati; P — tarmoq rivojlanishinint rejali darajasi; X — tarmoq rivojining xisobot davridagi darajasi. Tarmoqning rivojlanish koeffitsienti tarmoqlar tarkibidagi miqdor
o’zgarishlarni ifodalaydi va ma’lum davrda sanoat tarmog’i tuzilmasidagi siljishlarni ko’rsatib beradi. Bu koeffitsient quyidagi formula yordamida aniqlanadi: K=Tr*s/Sr*s Bu yerda: Tr * s — tarmoqning rivojlanish sur’ati; Sr * s — sanoatning rivojlanish sur’ati. Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning o’zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator omillar ta’sir etadi. Sanoat ishlab chikarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi: - fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlarini ishlab chiqarishta joriy etish; - material va yoqilg’i, energetika resurslarini iqtisodiy tejashni kuchaytirish; - ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning darajasi; - sanoat ishlab chiqarishining o’sish sur’atlari; - aholining moddiy va madaniy darajasi o’sishi; - ijtimoiy-tarixiy sharoitlar; - mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o’zlashtirish darajasi; - mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rni va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi. Sanoat tarmoq tuzilmasi o’zgarishiga eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbob-uskunalar va texnologaya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini joriy etish bilan bog’liq. Bu esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga va
shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan avtomobilsozlik, asbobsozlik, radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Bundan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti tufayli yangi progressiv xomashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya turlaridan foydalanish sanoatda ishlab chiqarish xarakterini o’zgartiradi. Yuqori tejamkorlikka ega bo’lgan xomashyo, material yarim-fabrikatlar va yoqilg’i ishlab chiqaradigan tarmoklar iste’molchi tarmoqlarga mahsulot yetkazib berish ko’lamini kengaytirishlari natijasida xalq xo’jaligining boshqa tarmoklar mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji nisbatan kamayadi. Masalan, sun’iy va sintetik tolani ishlab chiqarishning taraqqiy etishi to’qimachilik sanoatida bir so’mlik mahsulot uchun sarflanadigan tabiiy tola sarfini qisqartiradi. Natijada mahsulotning materialtalabligi kamayadi va sanoat bilan qishloq xo’jaligi, sanoatning qazib oluvchi tarmog’i bilan ishlov beruvchi tarmog’i o’rtasidagi nisbat o’zgaradi. Sanoat tuzilmasining o’zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllari — kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish va kombinatlashtirish juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarnish ko’payishi tarmoq taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosi oshishiga olib keladi. Ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonini ifodalagani holda ayrim mahsulotlar yoki mahsulot qismlarini mustaqil ishlab chiqarishga tayyorlashga, yanga sanoat tarmoqlari tashkil qilinishiga sabab bo’ladi. Masalan, ixtisoslashtirishning taraqqiy etishi natijasida mashinasozlikda butlovchi buyumlar sanoati, asbob-uskuna sanoati, asbobsozlik, elektronika va boshqa sohalar tashkil topadi. Kooperativlashtirish va kombinatlashtirish tarmoqlar o’rtasidagi aloqadorlikni kengaytiradi va tarmoq strukturasini murakkablashtiradi. Kishilar moddiy va ma’naviy farovonliginish o’sishi ham sanoat tarmoqlari tuzilmasining o’zgarishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Bu omil ta’siri ostida yengil va oziq-ovqat sanoatlarida chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti o’zgaradi, iguningdek, madaniy-maishiy buyumlar — televizor, soat, fotoapparat, kir yuvish mashinasi, mototsikl, motoroller va boshqalarni ishlab chiqaradigan maxsus tarmoklar tashkil topadi. Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omillardan yana biri — mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni hisoblanadi. Hozirgi davrda iqtisodiy integratsiyaga kiruvchi har bir mamlakatda ayrim tarmoqlar taraqqisti uchun qulay iktisodiy, ijtimoiy va tabiiy sharoitlar borligi tufayli iqtisodiy integratsiya dasturlari tuzilgan. Ulardagi sanoat o’z mamlaka-tining ehtiyojtarinigina emas, balki boshqa davlatlar ehtiyojlarini ham hisobga olgan holda rivojlanmokda. Mustaqillik yillarida O’zbekiston sanoat tarmoqlari tuzilmasida g’oyat muhim o’zgarishlar ro’y bermoqda.
Download 194.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling