2-mavzu. Serial funksiyasi va Serial port haqida tushuncha
Download 1.02 Mb.
|
2 maruza Serial va Serial port
2-mavzu.Serial funksiyasi va Serial port haqida tushuncha. Aziz o’quvchlar o’tgan darsimizda svetodiodlarni yoqib o’chirish vazifasini bajargan edik. Endi tasavvur qiling xuddi shu svetodiodlar biz ko’rmaydigan joyda bo’lsa, masalan qo’shni xonada bo’lsa, biz svetodiodlarni yonib-o`chgani bilsak bo’ladimi? Biz hozir quyidagi dasturni yozib ko’ramiz va yuqoridagi savolga javob topamiz: Mana ko’rib turibmizki biz svetodiodlarni ko’rmasdan turib ham ularning holati haqida bilib turibmiz. Demak bu ishni qilsa bo’lar ekan. Yozgan dasturimizni tahlil qiladigan bo’lsak u oddiy svetodiodni yoqib o`chirish kodi ekanligini ko’ramiz.Lekin bu yerda yozilgan Serial.begin(),Serial.println() nima ekan degan savol ham paydo bo’ladi. Endi Serial nima degan savolga javob topaylik. Serial - bu arduino mikrokontrollerini kompyuter yoki boshqa qurilmalar bilan ma`lumot almashishiga xizmat qiladigan funksiya(bajarilish,sodir bo`lish) bo’lib, biz u yordamida yozgan dasturlar qanday tartibda bajarilayotgani haqida ma’lumotlar olib turishimiz mumkin. Arduinodan kelgan ma`lumotlar arduino sketcherining(arduinoda yozilgan dasturning nomi) Serial portga chiqadi.Serial port- bu arduino va kompyuter o’rtasida aloqa almashish joyi bo’lib arduinodan kelgan ma’lumotlar shu yerda chiqadi va shu yerdan arduinoga ma’lumotlar jo’natishmiz mumkin. Arduino sketcherda Serial portni quyidagicha ochiladi: Ma’lumotlarni Serial portga chiqarish uchun birinchi arduino bilan kompyuter o`rtasida aloqa o`rnatishimiz kerak. Buning uchun biz void setup() ning ichiga Serial.begin() buyrug’ini yozishimiz kerak. Serial.begin() –bu arduino bilan biror qurilma o`rtasida aloqa o`rnatish uchun xizmat qiladigan buyruq. Serial.begin() ichida yozilgan “9600” ma’lumot almashish tezligi bo’lib, u 1s da 9600 bit ma`lumot almashishini bildiradi. Malumot almashish tezliklarining qiymatalari : 300, 1200, 2400, 4800, 9600, 19200, 115200 va hokazo. Arduino va kompyuter uchun eng ko’p ishlatiladigan malumot almashish tezlik 9600 xisoblandi. Qolaversa ko’p qurilmalar ham 9600 tezilik bilan ma’lumot almashadi. Ma’lumotlarni chiqarish uchun esa Serial.print() buyrug’i ishlatialadi. Serial.print()-bu ma’lumotlarni Serial portga chiqarish buyrug’i bo’lib,qavs ichida joylashgan ma’lumotlarni chiqaradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling