2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Download 99.32 Kb.
bet17/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

Uyg‘onish davri falsafasi.
XIV va XVI asrlar G‘arbiy Evropada Uyg‘onish davri, deb yuritiladi. Bu uyg‘onish dastlab Italiyada, so‘ngra Evropadagi boshqa mamlakatlarda vujudga keladi.
Polyak olimi Nikolay Kopernik o‘zining 25 yil osmon jismlari ustida olib borgan kuzatishlarining natijasi sifatida 1543 yilda e’lon qilgan «Osmon jismlarining gir aylanishi» nomli kitobida Aristotel va Ptolomeyning cherkov rasmiy ravishda qabul qilgan geotsentrik nazariyasini o‘zining ilgari surgan geliotsentrik gipotezasi bilan rad etadi.
Ma’lumki, geotsentrik nazariyaga ko‘ra, olamning markazi Er, u harakatsiz, boshqa barcha planetalar, yulduzlar, hatto Quyosh ham uning atrofida harakat qiladi va aylanib turadi. N.Kopernikning yaratgan geliotsentrik gipotezasiga ko‘ra, Er olamning markazi emas, uning harakatsizligi noto‘g‘ri. Aksincha, Er, avvalo, o‘z o‘qi atrofida harakat qiladi, bu harakat tufayli kun bilan tun yuzaga keladi; ikkinchidan, olamning markazida Er emas, Quyosh turadi, uning atrofida boshqa sayyoralar bilan birga, Er ham aylanadi, natijada, Erda to‘rt fasl sodir bo‘ladi. Kopernikning bu kashfiyoti tabiatshunoslik fanlarida juda katta voqea bo‘lib, bu tabiatshunoslik fanlari rivoji uchun, dunyoviy ilmlarning rivojlanishi uchun tabiiy ona zamin rolini bajaradi.
Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) ta’limotida inson bilimining kuch-qudrati ta’kidlandi; insonning o‘zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir») vositasida qandaydir xudoga o‘xshash ekanligiga ishora qilindi. Kuzanskiyning faoliyatida dialektika unsurlarini ham topish mumkin.
Inson maqomini yuqori ko‘tarish g‘oyasi Piko della Mirandola (1463-1494) ijodida asosiy o‘rin tutadi. Inson tanlash erkinligiga ega va bu uni koinotga bog‘lab qo‘ymaydi va ijodiy qobiliyatini o‘z-o‘zicha namoyon qila olishligini ta’kidlaydi.
Mashhur «Tajribalar» asarining muallifi Mishel Montenning (1533-1592) skeptitsizmi doimiy ijodiy izlanishlar va tinib - tinchmaslik aqlning ramzi edi. Uning fikricha, inson tafakkuri doimiy ravishda tabiatning tabiiy qonunlarini bilish asosida mukammallashib borishi lozim.
Uyg‘onish davri panteizmining eng yirik vakili Djordano Bruno (1548-1600) edi. Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o‘xshashligi haqidagi dialektik g‘oyani ta’kidlagan holda, Bruno falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi taxminlarni ifodalab berdi. Uning ta’limoticha, moddiy olam birlamchi bo‘lib, ong ikkilamchidir; moddiy olam mangu va abadiydir, uni hech kim yaratgan emas, moddiy olam mangu, u so‘ngsiz va cheksiz, u cheksiz turlarda ifoda etiladi, undagi barcha predmet va hodisalar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqadorlikda. Olamda Quyosh sistemasidan tashqari yana sonsiz-sanoqsiz dunyolar mavjud. Olam bepoyon. Er esa ana shu bepoyon olamning zarrasidir. Brunoning bu qarashlari uchun uni Rim katolik cherkovi dahriylikda ayblab, Rimda olovda yondirib o‘ldiradi.


  1. Download 99.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling