2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Immanuil Kant
- Georg Vilgelm Fridrix Gegel
- Lyudvig Feyerbax
Nemis klassik falsafasi deb o‘n sakkizinchi asrning ikkinchi yarmi va o‘n to‘qqizinchi asrning boshlarida Germaniyada vujudga kelgan falsafaga aytamiz. Nemis mumtoz falsafasi o‘zidan oldin o‘tgan Evropa va jaxon ilg‘or falsafiy fikrlar va oqimlarning vorisi davomchisi bo‘lish bilan birga o‘z davridagi Evropaning kapitalistik taraqqiyot tarixiy tajribasiga hamda tabiatshunoslik hamda tabiatshunoslik texnikafiy ijtimoiy - gumanitar bilimlar sohalari qo‘lga kiritayotgan umumlashtirish asosida paydo bo‘ldi. Nemis mumtoz falsafasining paydo bo‘lishida I.Kant I.G.Fixte, F.SHelling, G.Gegel va L.Feyerbaxlarning falsafiy qarashlari muhim rol o‘ynadilar. Garchi ular falsafadagi turli oqimlarga mansub bo‘lgan bo‘lsalarda, lekin ularning falsafiy qarashlarini bir birlari bilan bog‘lovchi umumiy mushtarak tomonlari mavjud edi. Ayniqsa, mumtoz falsafiy fikr taraqqiyotida o‘z falsafiy qarashlarining orginalligi, yangiligi va boy mazmunga egaligi bilan buyuk o‘rin tutgan faylasuflar - bular: I.Kant, G.Gegel va L.Feyerbaxlardir.
Nemis mumtoz falsafasining asoschisi XVIII asr nemis burjuaziyasining mafkurachisi - bu Immanuil Kant (1724-1804) dir. Kantning falsafiy qarashlarining rivoji, asosan ikki davrga bo‘linadi: birinchi davri - tanqidiy davrgacha bo‘lgan falsafiy qarashlari (1770 yilgacha); ikkinchisi - «tanqidiy davr» yoki «transendental davr» falsafiy qarashlari. Tanqidiy davrgacha bo‘lgan davrda Kant yozgan eng yirik asar – bu «Butun umumiy tabiiy tarix va osmon mexanikasi nazariyasi» asari bo‘lib, u asosan tabiatshunoslik fanlarining falsafiy muammolariga bag‘ishlangan. U bu asarida «Nebulyar» kosmogonik gipotezani ilgari surib, unda Quyosh sitemasidagi planetalarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqida fikr yuritadi. Uning qarashicha, Quyosh sistemasi (Quyoshning o‘zi ham) dagi planetalar daslabki «tumanliklar»ning quyuqlashuvidan evolyusion yo‘l bilan tabiiy ravishda kelib chiqadi. SHu bilan birga, Kant bu asarida bizning Gallaktikamizdan tashqarida juda ko‘p galaktikalar tizimi metagalaktika - Katta koinotning mavjudligi haqida ham fikr yuritadi. Kant o‘z falsafiy qarashlarining ikkinchi davri-tanqidiy falsafa davrida u tabiatshunoslik fanlari falsafasidan falsafaning bilish nazariyasiga o‘tadi. Kant o‘zining bu davrida «Sof aqlni tanqid» (1781 y) «Amaliy aqlni tanqid» (1788 y) «Muhokama qobiliyatini tanqid» (1790) «Prolegamenlar» (1783y) asarlarini yozadi. Bu asarlarida u bilishning «tanqidiy» nazariyasini yaratib, inson bilishining turli shartlarini, bilish qobiliyatining chegarlarini tadqiq etadi. Kant o‘zining bu tadqiqotlarida insonning xudoni bilishni «narsa o‘zida» deb ataydi va uni bilish mumkin emas, deb e’lon qiladi. SHu bilan birga, u o‘z tadqiqotlarida inson borliqdagi o‘z-o‘zligicha mavjud narsalarning mohiyatini prinsip jihatdan bilishi mumkin emas, inson faqat hodisalarnigina, ya’ni uning o‘z tajribalarida yuz berishida vositachilik qiladigan usulini bilish mumkin. Nemis mumtoz falsafasining eng yirik vakili Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831)dir. U falsafada ob’ektiv idealistdir. Gegelcha birlamchi narsa – bu dunyo ruhi, insondan va olamdan tashqarida alohida mavjud bo‘lgan mutlaq g‘oyadir. Moddiy olam esa uning mahsuli, ikkilamchi, ya’ni u dunyo ruhining namoyon bo‘lishidir, uning gavdalanishidir. Uningcha bu dunyo ruhi, ya’ni mutlaq g‘oya yaratuvchi bosh sabab bo‘lib, tabiatdagi va jamiyatdagi har bir buyum yoki hodisa uning hosilasi, ya’ni shakllardan iborat, ularning mazmunlari esa ana shu dunyo ruhi yoki dunyo aqlidir. CHunki bu moddiy olamdagi predmetlar va hodisalar ana shu mutlaq g‘oyaning ko‘rinishi - shakllanishidan boshqa narsa emas. Gegel falsafada qadimgi yunon faylasufi Platon izidan borib, mutlaq g‘oyani birlamchi asos, deb qabul qiladi. Uning falsafadagi asosiy xizmati shundaki, u birinchi bo‘lib butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy jarayonni bir butun g‘oyaviy jarayon shaklida tushuntirib va tasvirlab berdi, mutlaq g‘oyani tinimsiz harakat, o‘zgarish, rivojlanish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishda olib tekshirdi hamda bu harakat, o‘zgarish va rivojlanishlarning o‘zaro ichki bog‘lanishi va ziddiyatlarini ochishga urindi. Nemis mumtoz falsafasi taraqqiyotida Lyudvig Feyerbax (1804-1872y.) Feyerbax falsafiy qarashlariga ko‘ra, tabiat inson va uning ongidan tashqarida, inson va uning ongiga bog‘liq bo‘lmagan, mustaqil mavjud bo‘lgan ob’ektiv reallikdir. Uning fikricha, tabiatni hech kim yaratmagan, u azaliy bor va abadiy mavjud bo‘ladi. Inson esa tabiatning mahsuli, tabiat rivojlanish bilan paydo bo‘lgan oliy mavjudot. Olam tabiatdangina iborat, tabiat esa materiya sifatida hech qanday mistik yoki ilohiy kuchga bog‘liq emas. Tabiat – bu yorug‘lik, issiqlik, elektr, magnetizm, havo, suv, o‘t, o‘simlik, hayvonot dunyosi va nihoyat insondan iborat. Feyerbax bunda Gegelning mutlaq g‘oyasini keskin tanqid qilib, Gegelning mutlaq g‘oyasi inson miyasidan yulib olingan va tabiatdan tashqari kuchga aylantirilgan inson aqlidan o‘zga narsa emas, deydi. Feyerbax falsafasi insonga va uning faoliyatiga qaratilgan. Demak, Feyerbax falsafaning asosiga insonni qo‘yadi. Bu degani: Feyerbax falsafasi antropologik tabiatga ega, uning materializmi antropologik materializmdir. Inson borliq va tafakkur birligining sub’ekti, asosi qilib olingandagina, bu birlikni haqiqiy deyish mumkin. Xullas, nemis mumtoz falsafasi o‘zi erishgan yutuqlari, uning vakillarining falsafiy qarashlaridagi mavjud cheklangan tomonlariga qaramay, insoniyat falsafiy fikr taraqqiyotida muhim o‘rin egaladi va o‘zidan keyin paydo bo‘lgan falsafiy ta’limotlarga nazariy manba’lardan biri sifatida xizmat qildi. Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling