2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Download 99.32 Kb.
bet12/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980-1037) ilmiy- tabiatshunoslik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan, Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiridir.
Ibn Sino 260 nomdan ko‘proq boy adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Bizgacha uning 160 asari etib kelgan. Ular ichida eng yirigi 22 jilddan iborat «Kitob ash-shifo» («Ruhni davolash kitobi») bo‘lib, o‘z ichiga mantiq, fizika, riyoziyot va metafizikani qamrab oladi. Uning boshqa asarlari «Qonun fit-tib» («Davolash ilmi qonuni»), «Kitob an-najot» («Najot topish kitobi»), «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») va boshqalardir. Ibn Sino qalamiga quyidagi badiiy asarlar ham mansub: «Risola at-tayr», «Solomon va Ibsol», «Hay ibn YAqzon».
Borliq haqidagi ta’limot. Ibn Sino fikricha, borliq vojibul vujud (zarur bo‘lgan vujud), ya’ni birinchi sabab, Xudo, barcha ashyolarning ibtidosi va mumkinul vujud (bo‘lishi mumkin bo‘lgan vujud), ya’ni qolgan barcha narsalardan iboratdir. Vojibul vujud o‘z-o‘zicha bor bo‘lib, yagonadir. Mumkinul vujud (mumkin bo‘lgan vujud) birinchi sababdan kelib chiqib, ayni vaqtda ko‘plikdir, ya’ni o‘zida ko‘p ashyolarning paydo bo‘lish imkoniyatini sig‘diradi. SHunday qilib, borliq bo‘linmaydigan yagona va bo‘linadigan ko‘plikdan tashkil topgandir. Ko‘plik darhol paydo bo‘lmaydi, balki asta-sekin, sabab va oqibat shaklida namoyon bo‘ladi.
Borliqning barcha shakllari dastlab yagonada mavjud bo‘ladi. Birinchi sababdan uzoqlashgan sari ushbu shakllar ko‘proq mustaqillik kasb etib, faqat bevosita oldingi sababga nisbatangina bog‘liq bo‘ladilar. SHunday qilib, turli ashyolar vujudga (zaruriy vujud) nisbatan turlicha darajada yaqinlikda bo‘ladilar. Vojibul-vujudning xususiyati keyingi keladigan barcha vujudga uzatiladi. Bu ta’limotni deistik yo‘nalishdagi panteizm sifatida baholash mumkin.
Mumkinul vujud (bo‘lishi mumkin bo‘lgan vujud) javhar (substansiya) va orazdan (akundensiya) tashkil topgan eng umumiy va o‘zini ko‘plab namoyon etadigan javhar – birinchi ibtidodagi unsurlar (olov, havo, suv, tuproq)dir. Modda, shakl, ruh va aql – oddiy javharlardir, jism esa – murakkab javhar. Barcha ashyolarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat – jismiylik bo‘lib, modda va shakldan tashkil topadi. Ular o‘zaro bog‘liqdir va biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. «…modda jismiy shaklga ega va jismiy shaklsiz voqelik mavjud bo‘lmaydi. Binobarin, u jismiy shakl tufayli haqiqiy mavjud bo‘lgan javhardir. SHunday ekan jismiy shakl haqiqatda javhardir»3.
Ibn Sino dunyoni yagona birlikda deb hisoblaydi: «Bo‘shlik mavjud emas … butun dunyo yagona jismdir».

Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling