2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Yangi davr falsafasining rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy


Download 99.32 Kb.
bet18/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

Yangi davr falsafasining rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoit.

YAngi zamon Evropa falsafasi. XVII -XVIII asrlar G‘arbiy Evropa taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Bu davr Evropa mamlakatlarida O‘rta asrchilik feodal munosabatlari tugatilib, kapitalistik munosabatlar to‘liq qaror topadi va rivojlana boshlaydi. Kapitalistik ishlab chiqaraish ehtiyoji tabiatni, insonning o‘zini, jamiyatni ilmiy o‘rganish, bilishni taqazo qiladi va uni o‘rganishni tezlashtiradi. Dengizlarda savdo munosabatlarining o‘sishi kemasozlikning rivojlanishiga, kemalar Er shari bo‘ylab ilmiy ekspeditsiyalarning uyushtirilishi, yangi erlar, yangi qit’alarni ochilishiga olib keladi. YAngi geografik kashfiyotlar qilinadi. Natijada, tabiatshunoslik bilimlari, mexanika, matematika, fizika, kimyo, astronomiya sohalarida yangi-yangi tadqiqotlar olib borilib, O‘rta asr sxolastikasi va diniy aqidalarni uloqtirib tashlanadi. YAngi ilmiy dunyoqarash shakllana boshlaydi.
Falsafiy tafakkurning yangi usulini yangi zamon falsafasi sifatida ifodalash mumkin.
YAngi zamon moddiyunchiligining otasi ingliz faylasufi F.Bekon (1551-1626) edi. Uning fikricha, falsafa avvalo amaliy xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim: agar u sxolastikachiligida qolsa, u haqiqiy bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham yangi fan bo‘lgan tabiatshunoslikning tajribaviy usulini ishlab chiqish Bekongagina nasib etdiki, u unda insonning tabiat ustidan kelajakdagi kuch-qudrati va hokimiyatining garovini ko‘rdi. Ammo bunday hokimiyatga faqat uning qonunlari ketidan boribgina erishish mumkin. Fanlarning xulosalari aniq dalillarga tayanishi va undan keng umumlashmalarga ko‘tarilishi lozim. Tajribaga asoslangan bilimlarga Bekon tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llanishga tavsiya etilgan induksiya, ya’ni kuzatish, tahlil qilish, solishtirish va tajriba o‘tkazishdan tarkib topgan usul muvofiq kelar edi. Ammo tajriba faqat shundagina haqiqiy bilim berishi mumkinki, qachonki ong yolg‘on sanamlar va timsollardan ozod bo‘lgan bo‘lsa. YAngi davrda tabiatni bilishga intilishning kuchayishi natijasida falsafada empirik va ratsionalistik oqimlar vujudga keladi. Empirik oqimning asoschisi F.Bekon hisoblanadi. Uning qarashicha, tabiatni bilshning manbai bu - tajriba, eksperiment, kuzatishdir.

Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling